Bugun Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov rahbarligida navbatdagi hokimlik soati bo‘lib o‘tdi.
✅ Yig‘ilish kun tartibidan shaharda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish, qonuniy tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, norasmiy bandlikni qisqartirish hamda tadbirkorlik subyektlari uchun teng raqobat muhitini ta’minlash masalalari o‘rin oldi.✅ Shuningdek, PQ-1 va PQ-2-son qarorlari ijrosi holati tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Nurafshonda muhim masalalar deputatlar ishtirokida ko‘rib chiqildi
🔘 Jumladan, Nurafshon shahar hokimining 2026-yil 8-iyuldagi 153-10-213-F/26-sonli farmoyishini tasdiqlash hamda uning ilovasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish masalasi ko‘rib chiqildi.🔘 Shuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Nurafshon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktorining 2026-yil I yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.
Sessiya davomida kun tartibidagi har bir masala deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, tegishli taklif va mulohazalar bildirildi. Shuningdek, sessiya kotibi hamda sanoq komissiyasi raisining xulosalari eshitildi.
🔘 Muhokamalar yakuni bo‘yicha shaharni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholining farovonligi va yashash sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish hamda amalga oshirilayotgan islohotlarning natijadorligini ta’minlashga qaratilgan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyuldagi 418-son qaroriga asosan aholi va byudjet tashkilotlariga mahalliy ko‘mirni yetkazib berishda xususiy sektor vakillarini (keyingi o‘rinlarda — tadbirkorlar) jalb qiladi.
Tadbirkorlar reytingini Toshkent viloyatidan ro‘yxatdlan o‘tgan, hududiy hokimlarning tavsiyasini olgan holda quyidagi mezonlar asosida shakllantiriladi.
a) atrofi o‘ralgan omborining mavjudligi (yoki ijaraga olingani). Bunda ombor temir yo‘lga ega bo‘lsa, ustuvorlik berish;
b) keyinchalik Portalga integratsiya qilinadigan avtotarozisi mavjudligini inobatga olish;
v) avtoyuklagich mavjudligi (yoki ijaraga olingani);
g) ko‘mir sotish va yetkazib berish faoliyatining davomiyligini o‘rganish;
d) soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisobot oyi yakuniga ko‘ra muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud emasligini inobatga olish.
Tadbirkorlarni, joriy yilning 18-avgust (seshanba) kuni soat 15:00 – 17:00 gacha dan viloyat hokimligi — qurilish majmuasining zalida qabul qilinadi.
Manzil – Nurafshon shahar Toshkent yo‘li ko‘chasi 90-uy (aloqa uchun 71-232-80-46)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM