Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
48.9K photos
4.81K videos
64 files
14.1K links
Download Telegram


Bugun Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov rahbarligida navbatdagi hokimlik soati bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibidan shaharda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish, qonuniy tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, norasmiy bandlikni qisqartirish hamda tadbirkorlik subyektlari uchun teng raqobat muhitini ta’minlash masalalari o‘rin oldi.

Shuningdek, PQ-1 va PQ-2-son qarorlari ijrosi holati tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi.


❗️Muhokamalar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini jadallashtirish va mas’ul rahbarlarning javobgarligini kuchaytirish yuzasidan aniq topshiriq va vazifalar belgilab berildi.

💠Batafsil

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


Nurafshonda muhim masalalar deputatlar ishtirokida ko‘rib chiqildi

Bugun Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Kengashining navbatdagi 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda kun tartibidan shahar hayotining muhim yo‘nalishlariga oid masalalar o‘rin oldi.

🔘 Jumladan, Nurafshon shahar hokimining 2026-yil 8-iyuldagi 153-10-213-F/26-sonli farmoyishini tasdiqlash hamda uning ilovasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish masalasi ko‘rib chiqildi.

🔘Shuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Nurafshon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktorining 2026-yil I yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.


Sessiya davomida kun tartibidagi har bir masala deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, tegishli taklif va mulohazalar bildirildi. Shuningdek, sessiya kotibi hamda sanoq komissiyasi raisining xulosalari eshitildi.

🔘Muhokamalar yakuni bo‘yicha shaharni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholining farovonligi va yashash sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish hamda amalga oshirilayotgan islohotlarning natijadorligini ta’minlashga qaratilgan tegishli qarorlar qabul qilindi.


🟢Sessiyada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, qabul qilingan qarorlarning amaliy natijadorligini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyuldagi 418-son qaroriga asosan aholi va byudjet tashkilotlariga mahalliy ko‘mirni yetkazib berishda xususiy sektor vakillarini (keyingi o‘rinlarda — tadbirkorlar) jalb qiladi.

Tadbirkorlar reytingini Toshkent viloyatidan ro‘yxatdlan o‘tgan, hududiy hokimlarning tavsiyasini olgan holda quyidagi mezonlar asosida shakllantiriladi.
a) atrofi o‘ralgan omborining mavjudligi (yoki ijaraga olingani). Bunda ombor temir yo‘lga ega bo‘lsa, ustuvorlik berish;
b) keyinchalik Portalga integratsiya qilinadigan avtotarozisi mavjudligini inobatga olish;
v) avtoyuklagich mavjudligi (yoki ijaraga olingani);
g) ko‘mir sotish va yetkazib berish faoliyatining davomiyligini o‘rganish;
d) soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisobot oyi yakuniga ko‘ra muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud emasligini inobatga olish.


Tadbirkorlarni, joriy yilning 18-avgust (seshanba) kuni soat 15:00 – 17:00 gacha dan viloyat hokimligi — qurilish majmuasining zalida qabul qilinadi.

Manzil – Nurafshon shahar Toshkent yo‘li ko‘chasi 90-uy (aloqa uchun 71-232-80-46)

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


DIQQAT!


Nurafshon shahrida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

⚠️18-avgust kuni “Nurafshonshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan "Oybek" MFY, Oybek ko‘chasidagi D-57 mm past bosimli yer usti gaz quvurida aniqlangan gaz sizib chiqishini bartaraf etish ishlari olib boriladi.

Shu munosabat bilan "Oybek" MFYning barcha ko‘chalarida aholi va ulgurji iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish soat 08:00 dan 17:00 ga qadar vaqtincha to‘xtatiladi.


🔹 Gaz ta’minotidan vaqtincha uziladigan xonadonlar soni — 380 ta
🔹 Ulgurji iste’molchilar — 6 ta

❗️Hurmatli fuqarolar! Gaz uzilishi vaqtida xavfsizlik qoidalariga qatʼiy amal qilishingizni, gaz jihozlariga eʼtiborli boʻlishingizni soʻraymiz. Gaz isini sezsangiz, darhol mutaxassislarga qo'ng'iroq qiling!

☎️ Murojaat uchun telefon: (99) 004-81-04

Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshonda gaz tarmoqlari nazoratda

🔴Nurafshon shahrida kuz-qish mavsumini betalafot va barqaror o‘tkazish, aholi hamda ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz va ishonchli ta’minlash maqsadida gaz ta’minoti tizimlarida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, mavjud gaz tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash, aniqlangan nosozliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, gaz quvurlarini ta’mirlash va profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.

🔴Jumladan, “Oybek” MFY, M. Ulug‘bek ko‘chasida gaz quvurlarida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

🔴Shuningdek, “Navro‘z” MFY, A. Saxoba ko‘chasida fuqarolar murojaati asosida elektron gaz hisoblagich uskunasida aniqlangan gaz sizib chiqishi holati bartaraf etildi.


Shu bilan birga, mutaxassislar tomonidan aholi o‘rtasida gaz jihozlaridan tejamkor va oqilona foydalanish, ulardan xavfsiz foydalanish hamda belgilangan xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.

❗️Mazkur ishlar kuz-qish mavsumida gaz ta’minoti barqarorligini ta’minlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish va aholi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Bugun Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov rahbarligida navbatdagi hokimlik soati bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibidan shaharda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish, qonuniy tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, norasmiy bandlikni qisqartirish hamda tadbirkorlik subyektlari uchun teng raqobat muhitini ta’minlash masalalari o‘rin oldi.

Shuningdek, PQ-1 va PQ-2-son qarorlari ijrosi holati tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi.


❗️Muhokamalar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini jadallashtirish va mas’ul rahbarlarning javobgarligini kuchaytirish yuzasidan aniq topshiriq va vazifalar belgilab berildi.

🎥Batafsil — videolavhada.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3👎1🔥1👏1


"E-auksion" platformasida Nurafshon shahri hududidan Davlat mulkini ijaraga oling!

🔹Nurafshon shahrida 11 ta (Ko'rish)

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1