Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
48.9K photos
4.81K videos
64 files
14.1K links
Download Telegram
🟦🟦

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyuldagi 418-son qaroriga asosan aholi va byudjet tashkilotlariga mahalliy ko‘mirni yetkazib berishda xususiy sektor vakillarini (keyingi o‘rinlarda — tadbirkorlar) jalb qiladi.

Tadbirkorlar reytingini Toshkent viloyatidan ro‘yxatdlan o‘tgan, hududiy hokimlarning tavsiyasini olgan holda quyidagi mezonlar asosida shakllantiriladi.
a) atrofi o‘ralgan omborining mavjudligi (yoki ijaraga olingani). Bunda ombor temir yo‘lga ega bo‘lsa, ustuvorlik berish;
b) keyinchalik Portalga integratsiya qilinadigan avtotarozisi mavjudligini inobatga olish;
v) avtoyuklagich mavjudligi (yoki ijaraga olingani);
g) ko‘mir sotish va yetkazib berish faoliyatining davomiyligini o‘rganish;
d) soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisobot oyi yakuniga ko‘ra muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud emasligini inobatga olish.


Tadbirkorlarni, joriy yilning 18-avgust (seshanba) kuni soat 15:00 – 17:00 gacha dan viloyat hokimligi — qurilish majmuasining zalida qabul qilinadi.

Manzil – Nurafshon shahar Toshkent yo‘li ko‘chasi 90-uy (aloqa uchun 71-232-80-46)

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


DIQQAT!


Nurafshon shahrida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

⚠️18-avgust kuni “Nurafshonshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan "Oybek" MFY, Oybek ko‘chasidagi D-57 mm past bosimli yer usti gaz quvurida aniqlangan gaz sizib chiqishini bartaraf etish ishlari olib boriladi.

Shu munosabat bilan "Oybek" MFYning barcha ko‘chalarida aholi va ulgurji iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish soat 08:00 dan 17:00 ga qadar vaqtincha to‘xtatiladi.


🔹 Gaz ta’minotidan vaqtincha uziladigan xonadonlar soni — 380 ta
🔹 Ulgurji iste’molchilar — 6 ta

❗️Hurmatli fuqarolar! Gaz uzilishi vaqtida xavfsizlik qoidalariga qatʼiy amal qilishingizni, gaz jihozlariga eʼtiborli boʻlishingizni soʻraymiz. Gaz isini sezsangiz, darhol mutaxassislarga qo'ng'iroq qiling!

☎️ Murojaat uchun telefon: (99) 004-81-04

Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshonda gaz tarmoqlari nazoratda

🔴Nurafshon shahrida kuz-qish mavsumini betalafot va barqaror o‘tkazish, aholi hamda ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz va ishonchli ta’minlash maqsadida gaz ta’minoti tizimlarida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, mavjud gaz tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash, aniqlangan nosozliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, gaz quvurlarini ta’mirlash va profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.

🔴Jumladan, “Oybek” MFY, M. Ulug‘bek ko‘chasida gaz quvurlarida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

🔴Shuningdek, “Navro‘z” MFY, A. Saxoba ko‘chasida fuqarolar murojaati asosida elektron gaz hisoblagich uskunasida aniqlangan gaz sizib chiqishi holati bartaraf etildi.


Shu bilan birga, mutaxassislar tomonidan aholi o‘rtasida gaz jihozlaridan tejamkor va oqilona foydalanish, ulardan xavfsiz foydalanish hamda belgilangan xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.

❗️Mazkur ishlar kuz-qish mavsumida gaz ta’minoti barqarorligini ta’minlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish va aholi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Bugun Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov rahbarligida navbatdagi hokimlik soati bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibidan shaharda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish, qonuniy tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, norasmiy bandlikni qisqartirish hamda tadbirkorlik subyektlari uchun teng raqobat muhitini ta’minlash masalalari o‘rin oldi.

Shuningdek, PQ-1 va PQ-2-son qarorlari ijrosi holati tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi.


❗️Muhokamalar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini jadallashtirish va mas’ul rahbarlarning javobgarligini kuchaytirish yuzasidan aniq topshiriq va vazifalar belgilab berildi.

🎥Batafsil — videolavhada.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3👎1🔥1👏1


"E-auksion" platformasida Nurafshon shahri hududidan Davlat mulkini ijaraga oling!

🔹Nurafshon shahrida 11 ta (Ko'rish)

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


“Yagona Vatan, yagona xalq” — Mustaqillik bayrami shukuhi Nurafshonda

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi PQ–120-son qarori ijrosini ta’minlash, xalqimizning hurriyat va ozodlik timsoli bo‘lgan Mustaqilligimizning qutlug‘ 35 yilligini munosib nishonlash maqsadida yurtimiz bo‘ylab bayram tadbirlari ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ezgu g‘oyasi ostida Nurafshon shahrining mahallalarida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar xalqimizga bayramona kayfiyat, Vatanga muhabbat va faxr-iftixor tuyg‘ularini ulashmoqda.

Ana shunday fayzli tadbirlardan biri kuni kecha Nurafshon City hududidagi favvora maydonida mahalla aholisi ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda katta-yu kichik bir davrada jam bo‘lib, istiqlolimiz bergan tinchlik va farovon hayot ne’matlariga shukronalik tuyg‘ularini his etdilar.


❗️Bayram tadbiri shahar Madaniyat bo‘limi boshchiligida hamda tumandagi Madaniyat markazlarining faol va iste’dodli ijodiy xodimlari ishtirokida tashkil etildi.

Yig‘ilganlarga Vatan, istiqlol, tinchlik va milliy qadriyatlarimizni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar, raqslar hamda badiiy chiqishlardan iborat mazmunli konsert dasturi taqdim etildi.

#Mustaqillik_35

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti boshlanadi.

Tadbirda 500 nafarga yaqin tadbirkor bevosita, ilk bor tumanlardagi studiyalardan yana 25 mingga yaqin biznes vakillari ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari tomonidan:

– tadbirkorlik uchun barqaror o‘sish trayektoriyasini ta’minlash,

– hududlarda biznes imkoniyatlarini oshirish,

– “sun’iy intellekt – boshqaruv samaradorligi – yangi investitsiyalar” ekotizimini yaratish,

– eksport salohiyatini oshirish, milliy brendlarni tashqi bozorlarga olib chiqish,

– biznesga ma’muriy bosimni keskin kamaytirish yo‘nalishlarida muhim tashabbuslar ilgari surilishi kutilmoqda.

Скоро начнется VI открытый диалог Президента Шавката Мирзиёева с предпринимателями.

В мероприятии непосредственно принимают участие около 500 предпринимателей, а также впервые – еще порядка 25 тысяч представителей бизнеса из студий в районах.

Ожидается, что глава нашего государства выдвинет важные инициативы по таким направлениям, как:

обеспечение устойчивой траектории роста предпринимательства;

– расширение возможностей для бизнеса в регионах;

– создание экосистемы «искусственный интеллект – эффективность управления – новые инвестиции»;

– наращивание экспортного потенциала, продвижение национальных брендов на внешние рынки;

– резкое сокращение административного давления на бизнес.

Facebook|Instagram|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM


Mehr va e’tibor — hasharda!

Nurafshon shahrining Oybek mahallasida istiqomat qiluvchi Anoraxon aya xonadonida Nurafshon yoshlar ishlari bo‘limi hamda Toshkent viloyatining Yosh ekologlar harakati a’zolari bilan birgalikda hashar ishlari olib borildi.

Hashar davomida xonadon atrofi obodonlashtirilib, tozalik va tartibga alohida e’tibor qaratildi. 🤝🌱

Bunday ezgu tashabbuslar mahallalarimizni yanada obod, xonadonlarimizni fayzli, tabiatimizni musaffo, jamiyatimizni esa mehr-oqibatli qilishga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Bugungi anjumanda ilk bor tuman studiyalaridan ham 25 mingga yaqin tadbirkor ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari yurtimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlashga faol hissa qo‘shayotgan 1 million 200 minglik biznes hamjamiyatini Tadbirkorlar kuni bilan tabrikladi.

Besh yil oldin tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazish anʼanasi boshlanganidan buyon biznesga to‘siq bo‘lgan minglab masalalarga yechim berildi. Bu borada 84 ta qonun, 861 ta farmon va qaror qabul qilindi.

Nima uchun? Tadbirkorlarimizga sharoit yaratib, yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish, odamlarimizni uzoqqa bormasdan, mahallasining o‘zida daromadli qilish uchun!

– dedi Prezidentimiz.

O‘tgan davrda biznes uchun ajratilgan kredit portfeli qariyb 3 karra oshib, 450 trillion so‘mga yetdi. Tadbirkorlar 650 trillion so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi.

Ko‘plab biznes vakillari xorijiy banklardan o‘z loyihalariga mustaqil ravishda 1 milliard dollar jalb qildi. Davlatimiz rahbari buni tadbirkorlarimiz zabt etgan yana bir ulkan marra sifatida baholadi.

Facebook|Instagram|X
1
Davlatimiz rahbari so‘nggi yillarda Xorazmda ham tadbirkorlik uchun mutlaqo yangi imkoniyatlar yaratilganini taʼkidladi. Qisqa davrda viloyatga 4 milliard dollar xorijiy investitsiya kirib, 10 mingta yangi quvvat ishga tushdi.

“Hazorasp” maxsus iqtisodiy zonasi va 31 ta sanoat zonasi tashkil etildi. Tuproqqalʼa va Yangiariqda jami 275 megavattli elektr stansiyalar barpo qilinib, korxonalarning barqaror energiya taʼminotiga xizmat qilmoqda.

Bugun Xorazm iqtisodiyotining 72 foizini kichik biznes yaratmoqda. Eksportda kichik biznes ulushi 81 foizga yetib, viloyat respublikada birinchi o‘ringa chiqdi.

Haftalik aviareyslar 16 tadan 102 taga, temir yo‘l qatnovlari 8 tadan 41 taga ko‘paydi. “Toshkent – Xiva” tezyurar poyezdi yo‘lga qo‘yildi, 35 kilometrlik yangi “Urganch – Xiva” avtomobil yo‘li ishga tushirilmoqda.

25 gektarda “Arda Xiva” turistik majmuasi barpo etildi, tadbirkorlar 7 ming o‘rinli 331 ta mehmonxona va mehmon uylarini tashkil qildi. Joriy yil Xorazmga 3 million xorijiy sayyoh kelishi kutilmoqda.

Xivada mehmonxona, savdo va ko‘ngilochar obyektlarni o‘z ichiga olgan “Sahro yulduzi” turistik kompleksi ham bunyod etiladi.

– Bir so‘z bilan aytganda, bugun Xorazm tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar markaziga aylanib bormoqda,

– dedi Prezident.

Facebook|Instagram|X
1