Nurafshonda Mustaqillik bayrami tadbirlari davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Nurafshon shahrida bayram tadbirlari ko‘tarinki ruhda davom ettirilmoqda.
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi asosida mahallalarda tashkil etilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar aholiga bayramona kayfiyat ulashib, Vatanga muhabbat, istiqlol va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, Nurafshon City hududidagi favvoralar ansambli har kuni soat 20:00 dan 22:00 gacha shahar aholisi va mehmonlari uchun xizmat ko‘rsatmoqda. Musiqiy sadolar hamohangligidagi rang-barang favvora namoyishlari ayniqsa kechki payt shaharga o‘zgacha fayz va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlamoqda.
Bayram tadbirlari doirasida Vatan, istiqlol, tinchlik va milliy qadriyatlar tarannum etilgan kuy-qo‘shiqlar, raqslar hamda badiiy chiqishlardan iborat konsert dasturlari namoyish etilmoqda.
Tadbirlar Nurafshon shahar Madaniyat bo‘limi tomonidan tashkil etilib, unda shahar madaniyat markazlarining faol ijodkorlari va san’atkorlari ishtirok etmoqda.
Bunday tadbirlar xalqimizga bayram shukuhini ulashish, milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish, tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish hamda yurtdoshlarimiz o‘rtasida hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#Uzum_sayli
“Uzum sayli” xalqaro festivaliga 2 kun qoldi!
Manzil:Parkent tumani, Zarkent qishlog‘i.
Sana: 21-22-avgust kunlari.
📍 Joylashuv manzili
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter🌐 Instagram
“Uzum sayli” xalqaro festivaliga 2 kun qoldi!
Manzil:Parkent tumani, Zarkent qishlog‘i.
Sana: 21-22-avgust kunlari.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Muammo bormi? Darhol “Kuz-qish shtabi”ga murojaat qiling!
Nurafshon shahrida kuz-qish mavsumini barqaror va betalafot o‘tkazish, aholi uchun qulay sharoit yaratish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor aniqlash va bartaraf etish maqsadida “Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik shtabi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Shtab tomonidan shahardagi mavjud muammolarni aniqlash, ularni tezkor bartaraf etish, muammoli hududlarda vaziyatni barqarorlashtirish hamda kommunal va obodonlashtirish xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.
❗️ Agar hududingizda:
🔹obodonlashtirish va tozalik;
🔹 maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish;
🔹 ko‘cha va hududlarni saqlash;
🔹 kommunal xizmatlar;
🔹 kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lsa, murojaatingizni mas’ullarga yetkazing!
📞 Call-markaz: +998559032158
📲 Murojaatlar boti: ➡️ https://t.me/Nurafshon_shahri_BSK
❗️ Sizning murojaatingiz — muammoni tezkor aniqlash va bartaraf etishning muhim omili.
Muammo bormi? Hoziroq murojaat qiling! Kuz-qish mavsumini birgalikda barqaror va betalafot o‘tkazamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1👏1
Nurafshon shahar Xalq qabulxonasi binosida o'tkaziladigan shaxsiy qabullar jadvali
🔸 Aholi murojaatlarini hal etishda yangi tizim yo‘lga qo‘yilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-mart sanasida «Aholi murojaatlarini ko‘rib chiqishga oid masalalarda» o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlaridan kelib chiqib, Nurafshon shahar hokimi va hokimning barcha o‘rinbosarlari tomonidan har haftada Xalq qabulxonasi binosida shaxsiy qabullar o‘tkazilishi belgilandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kabinetda hal bo‘lmaydigan muammolar: hokim “og‘ir mahalla”dagi holatni o‘rgandi
Nurafshon shahridagi Qumariq mahallasi Prezidentning PQ–49-son qarori asosida “og‘ir mahalla” sifatida tanlab olinib, hududda aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan.
✅ Bugun Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov Qumariq mahallasida bo‘lib, hududdagi real holat va dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
Hokim o‘rinbosarlari, mahalla yettiligi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi rahbarlar, kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar mutasaddilari hamda tegishli mas’ullar ishtirokida o‘tkazilgan muhokamada har bir yo‘nalish bo‘yicha bajarilgan ishlar va mavjud muammolar tahlil qilindi.
❗️ Shahar hokimi, xususan, elektr energiyasi ta’minoti barqarorligini yaxshilash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosida sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotganini tanqid qildi. Shuningdek, hududda ishsizlikni kamaytirish va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi mavjud holat qoniqarsiz ekani qayd etildi.
Mas’ullarga muammolarni kabinetda turib emas, xonadonbay va ko‘chabay o‘rganish, aholi bilan bevosita muloqot qilish, aniqlangan masalalar bo‘yicha aniq muddat va mas’ullar belgilangan “yo‘l xaritasi”ni zudlik bilan shakllantirish hamda amaliy ishlarni tashkil etish vazifasi yuklatildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍2
Elektr ta’minoti barqarorligi ta’minlanmoqda
🔘 Jumladan, To‘ytepa mahalla fuqarolar yig‘inida xonadonlarni elektr ta’minoti bilan bog‘lash va mavjud tarmoqlarning texnik holatini yaxshilash doirasida SP kabellarini ulash ishlari amalga oshirilmoqda.🔘 Mutaxassislar tomonidan elektr tarmoqlari va hisobga olish qurilmalari ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, tarmoqlarning ishonchliligini oshirish hamda aholi uchun qulay va barqaror elektr ta’minotini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bunday amaliy ishlar shahar hududida elektr ta’minoti tizimini bosqichma-bosqich yaxshilash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Тадбиркорга амалий ёрдам — янги иш ўринлари ва фаровон оилалар кафолати
Тадбиркорликни қўллаб-қувватлаш — янги иш ўринлари яратиш, аҳоли даромадларини ошириш ва оилалар фаровонлигини таъминлашнинг муҳим омилидир.
Бош прокуратура ҳузуридаги Департамент томонидан тадбиркорлик субъектларига 6 072 та ҳолатда амалий ёрдам кўрсатилиши натижасида 6 459 та янги иш ўрни яратилди.
Бу рақамлар ортида минглаб инсонларнинг меҳнат қилиш, даромад топиш ва оиласи фаровонлигини таъминлаш имконияти бор.
Тадбиркорнинг муаммосини ҳал этиш — унинг фаолиятини ривожлантиришга, фаолиятнинг кенгайиши эса янги иш ўринлари яратилишига хизмат қилади.
Тадбиркор қўллаб-қувватланса — иш ўрни яратилади.
Иш ўрни яратилса — оила даромади ортади.
Оила фаровон бўлса — жамият фаровон бўлади.
Шу боис тадбиркорга кўрсатилаётган ҳар бир амалий ёрдам — иқтисодиётга, бандликка ва инсон фаровонлигига қўшилган амалий ҳиссадир.
Тадбиркорни қўллаб-қувватлаш — инсонни қўллаб-қувватлаш демакдир.
Департамент ишонч телефони 71-233-10-07
👉@Department_uz
Тадбиркорликни қўллаб-қувватлаш — янги иш ўринлари яратиш, аҳоли даромадларини ошириш ва оилалар фаровонлигини таъминлашнинг муҳим омилидир.
Бош прокуратура ҳузуридаги Департамент томонидан тадбиркорлик субъектларига 6 072 та ҳолатда амалий ёрдам кўрсатилиши натижасида 6 459 та янги иш ўрни яратилди.
Бу рақамлар ортида минглаб инсонларнинг меҳнат қилиш, даромад топиш ва оиласи фаровонлигини таъминлаш имконияти бор.
Тадбиркорнинг муаммосини ҳал этиш — унинг фаолиятини ривожлантиришга, фаолиятнинг кенгайиши эса янги иш ўринлари яратилишига хизмат қилади.
Тадбиркор қўллаб-қувватланса — иш ўрни яратилади.
Иш ўрни яратилса — оила даромади ортади.
Оила фаровон бўлса — жамият фаровон бўлади.
Шу боис тадбиркорга кўрсатилаётган ҳар бир амалий ёрдам — иқтисодиётга, бандликка ва инсон фаровонлигига қўшилган амалий ҳиссадир.
Тадбиркорни қўллаб-қувватлаш — инсонни қўллаб-қувватлаш демакдир.
Департамент ишонч телефони 71-233-10-07
👉@Department_uz