Nurafshon shahar Xalq qabulxonasi binosida o'tkaziladigan shaxsiy qabullar jadvali
🔸 Aholi murojaatlarini hal etishda yangi tizim yo‘lga qo‘yilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-mart sanasida «Aholi murojaatlarini ko‘rib chiqishga oid masalalarda» o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlaridan kelib chiqib, Nurafshon shahar hokimi va hokimning barcha o‘rinbosarlari tomonidan har haftada Xalq qabulxonasi binosida shaxsiy qabullar o‘tkazilishi belgilandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kabinetda hal bo‘lmaydigan muammolar: hokim “og‘ir mahalla”dagi holatni o‘rgandi
Nurafshon shahridagi Qumariq mahallasi Prezidentning PQ–49-son qarori asosida “og‘ir mahalla” sifatida tanlab olinib, hududda aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan.
✅ Bugun Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov Qumariq mahallasida bo‘lib, hududdagi real holat va dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
Hokim o‘rinbosarlari, mahalla yettiligi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi rahbarlar, kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar mutasaddilari hamda tegishli mas’ullar ishtirokida o‘tkazilgan muhokamada har bir yo‘nalish bo‘yicha bajarilgan ishlar va mavjud muammolar tahlil qilindi.
❗️ Shahar hokimi, xususan, elektr energiyasi ta’minoti barqarorligini yaxshilash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosida sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotganini tanqid qildi. Shuningdek, hududda ishsizlikni kamaytirish va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi mavjud holat qoniqarsiz ekani qayd etildi.
Mas’ullarga muammolarni kabinetda turib emas, xonadonbay va ko‘chabay o‘rganish, aholi bilan bevosita muloqot qilish, aniqlangan masalalar bo‘yicha aniq muddat va mas’ullar belgilangan “yo‘l xaritasi”ni zudlik bilan shakllantirish hamda amaliy ishlarni tashkil etish vazifasi yuklatildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍2
Elektr ta’minoti barqarorligi ta’minlanmoqda
🔘 Jumladan, To‘ytepa mahalla fuqarolar yig‘inida xonadonlarni elektr ta’minoti bilan bog‘lash va mavjud tarmoqlarning texnik holatini yaxshilash doirasida SP kabellarini ulash ishlari amalga oshirilmoqda.🔘 Mutaxassislar tomonidan elektr tarmoqlari va hisobga olish qurilmalari ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, tarmoqlarning ishonchliligini oshirish hamda aholi uchun qulay va barqaror elektr ta’minotini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bunday amaliy ishlar shahar hududida elektr ta’minoti tizimini bosqichma-bosqich yaxshilash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Тадбиркорга амалий ёрдам — янги иш ўринлари ва фаровон оилалар кафолати
Тадбиркорликни қўллаб-қувватлаш — янги иш ўринлари яратиш, аҳоли даромадларини ошириш ва оилалар фаровонлигини таъминлашнинг муҳим омилидир.
Бош прокуратура ҳузуридаги Департамент томонидан тадбиркорлик субъектларига 6 072 та ҳолатда амалий ёрдам кўрсатилиши натижасида 6 459 та янги иш ўрни яратилди.
Бу рақамлар ортида минглаб инсонларнинг меҳнат қилиш, даромад топиш ва оиласи фаровонлигини таъминлаш имконияти бор.
Тадбиркорнинг муаммосини ҳал этиш — унинг фаолиятини ривожлантиришга, фаолиятнинг кенгайиши эса янги иш ўринлари яратилишига хизмат қилади.
Тадбиркор қўллаб-қувватланса — иш ўрни яратилади.
Иш ўрни яратилса — оила даромади ортади.
Оила фаровон бўлса — жамият фаровон бўлади.
Шу боис тадбиркорга кўрсатилаётган ҳар бир амалий ёрдам — иқтисодиётга, бандликка ва инсон фаровонлигига қўшилган амалий ҳиссадир.
Тадбиркорни қўллаб-қувватлаш — инсонни қўллаб-қувватлаш демакдир.
Департамент ишонч телефони 71-233-10-07
👉@Department_uz

Nurafshonda gaz ta’minoti tizimini yaxshilash ishlari davom etmoqda
🔴 Jumladan, "Qumariq" MFY, Zarafshon ko‘chasidagi gaz taqsimlash tarmog‘ida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, xonadonlarda tabiiy gazdan xavfsiz va oqilona foydalanish bo‘yicha fuqarolarga tegishli tushuntirishlar berilib, eslatmalar tarqatildi.🔴 Degantepa MFY hududida esa aholi xonadonlariga bosim sozlagichlarini o‘rnatish ishlari davom ettirilmoqda. Mazkur qurilmalar gaz bosimini me’yorlashtirish va iste’molchilar uchun xavfsiz foydalanish sharoitlarini ta’minlashga xizmat qiladi.
❗️Bu kabi profilaktik va texnik tadbirlar gaz ta’minoti tizimining barqarorligini oshirish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish hamda aholi xonadonlarida xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM