Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
48.9K photos
4.81K videos
64 files
14.1K links
Download Telegram
#jarayon

Xabar berganimizdek, joriy yil 21-22-avgust kunlari Parkent tumani, Zarkent qishlog‘ida “Uzum sayli” xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi.

Festivalga katta tayyorgarlik jarayonlari ketmoqda. Keng maydon bo‘ylab hududlarning o‘ziga xos anʼana va urf-odatlarini aks ettiruvchi povilyonlar qad rostlayapti, ko‘rkazmalar uchun joylar hozirlanyapti. Xullas, ish jarayoni qizg‘in kechmoqda.

Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni Parkentning betakror va go‘zal tabiatidan,  "Uzum sayli"ning chinakam zavqidan bahra olishga chorlaymiz!

Sayilga marhamat!

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Murojaatlar e’tiborda: fuqarolar masalalari bo‘yicha navbatdagi qabul


Nurafshon shahridagi Xalq qabulxonasida fuqarolar murojaatlari bo‘yicha navbatdagi qabul tashkil etildi.

Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchiligida bo'lib o'tgan yig'ilishda hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va korxonalar rahbarlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Qabul davomida fuqarolar uy-joy va kommunal xizmatlar, yer va kadastr, infratuzilma, ijtimoiy himoya, moddiy yordam, sog‘liqni saqlash, bandlik hamda boshqa masalalar yuzasidan o‘z murojaatlarini bildirdi.


Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, muammolarni hal etish yuzasidan aniq topshiriq va vazifalar belgilandi. Joyida hal etish imkoniyati mavjud bo‘lgan masalalar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.

Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar mas’ul tashkilotlarga biriktirilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

❗️Fuqarolar murojaatlariga e’tibor, muammolarga amaliy yondashuv va natijadorlik — aholi bilan ishlashda asosiy mezon sifatida belgilanmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshonda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda


Nurafshon shahridagi mahallalarda energiya barqarorligini ta’minlash, elektr tarmoqlari va transformator punktlarining kuz-qish mavsumidagi barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Muqumiy MFY hududidagi TP-335 transformator punktida mavjud qurilmaning rubinligini almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Qumariq MFY hududidagi TP-43 transformator punktida esa mavjud 160 kVA quvvatli transformatorni yuklamadan xalos etish maqsadida 250 kVA quvvatli transformatorni montaj qilish ishlari olib borilmoqda.


Shuningdek, Qumariq MFY hududida transformator uchun tayanch ustunlarini o‘rnatish hamda elektr kabellarini tortish ishlari davom etmoqda.

Mazkur ishlar elektr ta’minoti tizimining ishonchliligini oshirish, mavjud yuklamalarni kamaytirish hamda kuz-qish mavsumida iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

❗️Kuz-qish mavsumini barqaror va betalafot o‘tkazish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


Nurafshonda tadbirkorlik istagidagi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi


Nurafshon shahrida yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashish hamda mavjud muammolariga amaliy yechim topishga qaratilgan ochiq muloqot tashkil etildi.

✔️Uchrashuvda Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov, shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev, yoshlar yetakchilari hamda tegishli tashkilot va idoralar mas’ullari ishtirok etdi.

✔️Muloqot avvalida shahar hokimi mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va yoshlar uchun biznes boshlash imkoniyatlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘xtalib, Prezidentimiz tashabbusi bilan tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi yoshlar uchun yangi imkoniyat va qulayliklar yaratilayotganini ta’kidladi.


Suhbat davomida yoshlarning biznes g‘oyalari, tadbirkorlik faoliyatini boshlashdagi ehtiyojlari hamda mavjud to‘siqlar muhokama qilindi. Shuningdek, imtiyozli moliyalashtirish, davlat dasturlari doirasidagi qo‘llab-quvvatlash choralaridan foydalanish, kasb-hunar egallash va bandlik masalalari yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.

✔️Yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.


Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni mustaqil faoliyatga yo‘naltirish va yangi loyihalarini ro‘yobga chiqarish uchun amaliy ko‘mak berishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1