Tibbiyot birlashmasida bemorlar xavfsizligi ta’minlanmoqda
Shuningdek, shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi hududida bemorlarni tez tibbiy yordam avtomobillaridan xavfsiz qabul qilish va tegishli bo‘limlarga yo‘naltirish jarayonlarini tartibga solish maqsadida rangli chiziqlar tizimi joriy etildi.
🔴 Qizil rang — hayotiga xavf soluvchi, og‘ir ahvoldagi bemorlar uchun. Ular zudlik bilan shoshilinch tibbiy yordam va intensiv davolash yo‘nalishlariga yo‘naltiriladi.🟡 Sariq rang — holati o‘rtacha og‘ir bo‘lgan, tibbiy ko‘rik va davolashga muhtoj bemorlar uchun. Ular tegishli ixtisoslashtirilgan bo‘limlarga yo‘naltiriladi.🟢 Yashil rang — holati nisbatan barqaror, shoshilinch tibbiy yordamga ehtiyoji kamroq bo‘lgan bemorlar uchun. Ular ambulator ko‘rik yoki tegishli davolash bo‘limlariga yo‘naltiriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1
“Mustaqillik to‘yi” shodiyonalari ko‘tarinki ruhda davom etmoqda
🔘 Ushbu bayram tadbiri Nurafshon City hududidagi “O‘zbekiston bog‘i”da bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlarning sevimli san’atkori Doston Ergashev, Nurafshon shahar Madaniyat markazi ijodiy jamoasi, “Boychechak” bolalar namunali raqs jamoalari tomonidan musiqiy va badiiy chiqishlar namoyish etildi.
Bayram dasturidan kuy-qo‘shiqlar, jo‘shqin raqslar, ijodiy chiqishlar hamda ko‘tarinki kayfiyat ulashgan musiqiy dasturlar o‘rin oldi.
❕“Mustaqillik to‘yi” festivali xalqimizning Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbati, birlik va hamjihatligini yanada mustahkamlashga xizmat qilgan bayram tadbirlaridan biri bo‘ldi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Elektr ta’minotini yaxshilash ishlari davom etmoqda
🔘 Xususan, mahalla hududidagi transformatorning beton ustunlariga SIP kabellarini tortish va o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur ishlar elektr energiyasini uzatish tizimining ishonchliligini oshirish, tarmoqdagi nosozliklarning oldini olish hamda mahalla aholisi uchun barqaror elektr ta’minotini ta’minlashga xizmat qiladi.
❕Nurafshon shahrida aholiga qulay shart-sharoit yaratish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash hamda mahallalarni obod qilishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun — Nurafshon shahri tashkil topgan kun!
2017-yil 24-avgust — Toshkent viloyatining ma’muriy markazi sifatida Nurafshon shahriga asos solingan tarixiy sana.
Mazkur muhim qaror davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilib, Nurafshonning yangi taraqqiyot bosqichiga tamal toshini qo‘ydi.
Oradan qisqa vaqt o‘tib, shahar qiyofasi tubdan o‘zgarib, zamonaviy infratuzilma, yangi yo‘l va kommunikatsiya tarmoqlari, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlari barpo etildi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport sohalarida ham keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.
Bugun Nurafshon — Toshkent viloyatining ma’muriy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotida muhim o‘rin tutadigan, jadal rivojlanayotgan zamonaviy shahar sifatida o‘ziga xos qiyofasini namoyon etmoqda.
Shahar taraqqiyoti, obodligi va aholi farovonligini ta’minlash yo‘lidagi ezgu ishlar izchil davom etmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon shahrida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil olib borilmoqda
✔️ O‘rganish davomida ko‘cha va unga tutash hududlarning holati, hududlarni obodonlashtirish, yashil maydonlarni parvarishlash hamda sug‘orish tizimini yaxshilash bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratdi.
Aniqlangan muammo va kamchiliklar mutasaddilar bilan birgalikda muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi. Shuningdek, hududning tashqi qiyofasini yanada yaxshilash, ishlarni zamonaviy shaharsozlik talablariga asosan tashkil qilish va aholi uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.
✔️ O‘rganish yakunida mas’ul tashkilot va korxonalar rahbarlariga belgilangan vazifalarni sifatli hamda o‘z muddatida bajarish yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi.
Topshiriqlar ijrosi nazoratga olinib, amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi muntazam kuzatib borilishi belgilandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👎1🔥1👏1👌1🤝1