Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
48.9K photos
4.81K videos
64 files
14.1K links
Download Telegram


“Mustaqillik to‘yi” shodiyonalari ko‘tarinki ruhda davom etmoqda

Nurafshon shahrida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Mustaqillik to‘yi” festivali tashkil etildi.

🔘Ushbu bayram tadbiri Nurafshon City hududidagi “O‘zbekiston bog‘i”da bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlarning sevimli san’atkori Doston Ergashev, Nurafshon shahar Madaniyat markazi ijodiy jamoasi, “Boychechak” bolalar namunali raqs jamoalari tomonidan musiqiy va badiiy chiqishlar namoyish etildi.


Bayram dasturidan kuy-qo‘shiqlar, jo‘shqin raqslar, ijodiy chiqishlar hamda ko‘tarinki kayfiyat ulashgan musiqiy dasturlar o‘rin oldi.

“Mustaqillik to‘yi” festivali xalqimizning Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbati, birlik va hamjihatligini yanada mustahkamlashga xizmat qilgan bayram tadbirlaridan biri bo‘ldi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📺 OAV NIGOHIDA: 120 million dollarlik loyiha: Nurafshon shahrida Xitoy investitsiyasi asosida tashkil etilgan “DA SHUN GROUP” qurilish texnoparki faoliyati “O‘zbekiston 24” telekanalining maxsus ko‘rsatuvida.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1


Elektr ta’minotini yaxshilash ishlari davom etmoqda


Nurafshon shahrining “Taraqqiyot” MFY hududida elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash va mavjud elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

🔘Xususan, mahalla hududidagi transformatorning beton ustunlariga SIP kabellarini tortish va o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.


Mazkur ishlar elektr energiyasini uzatish tizimining ishonchliligini oshirish, tarmoqdagi nosozliklarning oldini olish hamda mahalla aholisi uchun barqaror elektr ta’minotini ta’minlashga xizmat qiladi.

Nurafshon shahrida aholiga qulay shart-sharoit yaratish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash hamda mahallalarni obod qilishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Bugun — Nurafshon shahri tashkil topgan kun!

2017-yil 24-avgust — Toshkent viloyatining ma’muriy markazi sifatida Nurafshon shahriga asos solingan tarixiy sana.

Mazkur muhim qaror davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilib, Nurafshonning yangi taraqqiyot bosqichiga tamal toshini qo‘ydi.

Oradan qisqa vaqt o‘tib, shahar qiyofasi tubdan o‘zgarib, zamonaviy infratuzilma, yangi yo‘l va kommunikatsiya tarmoqlari, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlari barpo etildi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport sohalarida ham keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.

Bugun Nurafshon — Toshkent viloyatining ma’muriy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotida muhim o‘rin tutadigan, jadal rivojlanayotgan zamonaviy shahar sifatida o‘ziga xos qiyofasini namoyon etmoqda.

Shahar taraqqiyoti, obodligi va aholi farovonligini ta’minlash yo‘lidagi ezgu ishlar izchil davom etmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon shahrida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil olib borilmoqda


🇺🇿Mustaqilligimizning 35 yilligi shodiyonalari oldidan Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov shahar markazidan o‘tuvchi Toshkent yo‘li ko‘chasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlarining borishini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

✔️O‘rganish davomida ko‘cha va unga tutash hududlarning holati, hududlarni obodonlashtirish, yashil maydonlarni parvarishlash hamda sug‘orish tizimini yaxshilash bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratdi.


Aniqlangan muammo va kamchiliklar mutasaddilar bilan birgalikda muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi. Shuningdek, hududning tashqi qiyofasini yanada yaxshilash, ishlarni zamonaviy shaharsozlik talablariga asosan tashkil qilish va aholi uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

✔️O‘rganish yakunida mas’ul tashkilot va korxonalar rahbarlariga belgilangan vazifalarni sifatli hamda o‘z muddatida bajarish yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi.


Topshiriqlar ijrosi nazoratga olinib, amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi muntazam kuzatib borilishi belgilandi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👎1🔥1👏1👌1🤝1


"E-auksion" platformasida Nurafshon shahri hududidan Davlat mulkini ijaraga oling!

🔹Nurafshon shahrida 11 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

Telegram 🌐Instagram
📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📺 OAV NIGOHIDA: Nurafshon shahrida tibbiyot sohasini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Tafsilotlar “Nurafshon TV” lavhasida.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM