Nurafshon shahri hokimligi
3.2K subscribers
48.9K photos
4.81K videos
64 files
14.1K links
Download Telegram


Nurafshon shahrida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi


Nurafshon shahrida aholi murojaatlarini bevosita o‘rganish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish hamda fuqarolarni qiynayotgan masalalarni mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqish maqsadida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

✔️Sayyor qabulga Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchilik qildi. Unda shahar IIB boshlig‘i A. Yuldashev, hokim o‘rinbosarlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tashkilot hamda korxonalar rahbarlari va mas’ul xodimlar ishtirok etdi.


💠Muloqot davomida fuqarolar tomonidan uy-joy va kommunal xizmatlar, yer va kadastr, yo‘l va infratuzilma, ijtimoiy himoya, moddiy yordam, sog‘liqni saqlash, bandlik hamda boshqa yo‘nalishlardagi masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

✔️Har bir murojaat alohida tartibda ko‘rib chiqilib, mas’ullarga muammolarni hal etish bo‘yicha aniq vazifa va topshiriqlar berildi. Ye­chimi bevosita joyida ta’minlanishi mumkin bo‘lgan masalalar yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

✔️Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan murojaatlar esa tegishli tashkilotlarga biriktirilib, ularning ijrosi belgilangan tartibda nazoratga olindi.


Bunday sayyor qabullar aholining murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish, muammolarni ortga surmasdan hal etish va fuqarolar bilan ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


Obodonlashtirish xodimlariga bayram sovg‘alari ulashildi


🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Nurafshon shahrida hududlarni obod va ozoda saqlash yo‘lida mehnat qilayotgan obodonlashtirish xodimlariga bayram sovg‘alari ulashildi.

Shaharning ko‘chalari, jamoat joylari va hududlarini obod saqlashda fidokorona mehnat qilayotgan soha xodimlarining mehnatini qadrlash, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish maqsadida 100 ta oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat bayram sovg‘alari topshirildi.


Sovg‘alar Nurafshon shahridagi «Said ibn Vaqqos» jome masjidida obodonlashtirish xodimlariga tarqatildi.

❗️Mazkur ezgu tashabbus mehnatkash yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash, ularning mashaqqatli mehnatini e’tirof etish hamda Mustaqillik bayrami shukuhini ulashishga xizmat qildi. Yurtimiz obodligi va xalqimiz farovonligi yo‘lida mehnat qilayotgan barcha obodonlashtirish xodimlariga minnatdorlik bildiramiz!

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4