Nurafshon shahrida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
✔️ Sayyor qabulga Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchilik qildi. Unda shahar IIB boshlig‘i A. Yuldashev, hokim o‘rinbosarlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tashkilot hamda korxonalar rahbarlari va mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
✔️ Har bir murojaat alohida tartibda ko‘rib chiqilib, mas’ullarga muammolarni hal etish bo‘yicha aniq vazifa va topshiriqlar berildi. Yechimi bevosita joyida ta’minlanishi mumkin bo‘lgan masalalar yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.✔️ Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan murojaatlar esa tegishli tashkilotlarga biriktirilib, ularning ijrosi belgilangan tartibda nazoratga olindi.
Bunday sayyor qabullar aholining murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish, muammolarni ortga surmasdan hal etish va fuqarolar bilan ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Obodonlashtirish xodimlariga bayram sovg‘alari ulashildi
✅ Shaharning ko‘chalari, jamoat joylari va hududlarini obod saqlashda fidokorona mehnat qilayotgan soha xodimlarining mehnatini qadrlash, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish maqsadida 100 ta oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat bayram sovg‘alari topshirildi.
Sovg‘alar Nurafshon shahridagi «Said ibn Vaqqos» jome masjidida obodonlashtirish xodimlariga tarqatildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
Bayramni tabiiy gazsiz o‘tkazmang!
Hurmatli tabiiy gaz iste’molchilari! Mustaqillik bayramini ko‘tarinki ruhda nishonlash maqsadida ketma-ket dam olish kunlari hisob raqamingizda mablag‘ tugab, tabiiy gaz avtomatik ravishda dasturdan o‘chib qolishi va noqulayliklar yuzaga kelishining oldini olish maqsadida tabiiy gaz uchun oldindan to‘lovni amalga oshirishni unutmang.
✅ Tabiiy gaz sarfi uchun to‘lovlarni HGT mobil ilovasi orqali amalga oshirishingiz, shuningdek, kunlik va oylik gaz sarfi haqida ma’lumot olib, gaz iste’molingizni kuzatish va boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM