Obodonlashtirish xodimlariga bayram sovg‘alari ulashildi
✅ Shaharning ko‘chalari, jamoat joylari va hududlarini obod saqlashda fidokorona mehnat qilayotgan soha xodimlarining mehnatini qadrlash, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish maqsadida 100 ta oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat bayram sovg‘alari topshirildi.
Sovg‘alar Nurafshon shahridagi «Said ibn Vaqqos» jome masjidida obodonlashtirish xodimlariga tarqatildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
Bayramni tabiiy gazsiz o‘tkazmang!
Hurmatli tabiiy gaz iste’molchilari! Mustaqillik bayramini ko‘tarinki ruhda nishonlash maqsadida ketma-ket dam olish kunlari hisob raqamingizda mablag‘ tugab, tabiiy gaz avtomatik ravishda dasturdan o‘chib qolishi va noqulayliklar yuzaga kelishining oldini olish maqsadida tabiiy gaz uchun oldindan to‘lovni amalga oshirishni unutmang.
✅ Tabiiy gaz sarfi uchun to‘lovlarni HGT mobil ilovasi orqali amalga oshirishingiz, shuningdek, kunlik va oylik gaz sarfi haqida ma’lumot olib, gaz iste’molingizni kuzatish va boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlarning muammolari joyida hal bo‘lmoqda
Nurafshon shahrida “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi. Unda shahar hokimi Qobil Xamdamov, shahar IIB boshlig‘i Azizjon Yuldashev, shahar prokurori o'rinbosari Sanjar Qarshiyev hamda tegishli tashkilot va idoralar vakillari hamda turli masalalarda murojaat qilgan yoshlar ishtirok etdi.
✅ Uchrashuv davomida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va kengaytirish, ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, imtiyozli kreditlardan foydalanish hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan yoshlarning murojaatlari tinglandi.
Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida joyida o‘rganilib, yoshlarning imtiyozli kredit olish, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha masalalariga amaliy yechimlar belgilandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
To‘ytepa mahallasida ichimlik suvi tarmoqlari tortilmoqda
Nurafshon shahrining To‘ytepa mahallasi hududida aholini sifatli va barqaror ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-393-son qarori asosida mahallada yangi ichimlik suvi tarmoqlarini tortish va mavjud infratuzilmani yaxshilash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Mazkur ishlar natijasida hududdagi xonadonlarning ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanib, aholiga qulay va zamonaviy sharoit yaratish ko‘zda tutilgan.
Bunday loyihalar — aholi farovonligi va mahallalar infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👎1🔥1