Nurafshon shahrida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi
Nurafshon shahridagi barcha umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Tadbirlar davomida shahar tashkilot va muassasalari rahbarlari o‘zlariga biriktirilgan ta’lim muassasalarida bo‘lib, ustoz va murabbiylar hamda o‘quvchilarni yangi o‘quv yili boshlanishi bilan muborakbod etdilar.
✅ Jumladan, Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov 57-umumta’lim maktabida bo‘lib, ustoz va o‘quvchilarni yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan samimiy tabrikladi hamda Prezidentimizning yangi o‘quv yili munosabati bilan yo‘llagan tabriklari o‘qib eshittirildi.
Qolaversa, hokim o‘z nutqida o‘quvchilarga bilim olish yo‘lida muvaffaqiyat, yangi marralar va katta zafarlar, ustozlarga esa sharafli va mas’uliyatli faoliyatlarida kuch-g‘ayrat tiladi. Shuningdek, 1-sinfga qadam qo‘ygan o‘quvchilarga “Prezident sovg‘asi” tantanali ravishda topshirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤1🔥1👏1🤝1
Nurafshon shahar Xalq qabulxonasi binosida o'tkaziladigan shaxsiy qabullar jadvali
🔸 Aholi murojaatlarini hal etishda yangi tizim yo‘lga qo‘yilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-mart sanasida «Aholi murojaatlarini ko‘rib chiqishga oid masalalarda» o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlaridan kelib chiqib, Nurafshon shahar hokimi va hokimning barcha o‘rinbosarlari tomonidan har haftada Xalq qabulxonasi binosida shaxsiy qabullar o‘tkazilishi belgilandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
Vazifalar ijrosi muhokama qilindi
Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchiligida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi. Unda shahar hokimining barcha o‘rinbosarlari, hududdagi tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda hokimlikning barcha xodimlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda kun tartibidan o‘rin olgan qator dolzarb masalalar muhokama qilinib, belgilangan vazifalarning ijrosi, mavjud muammolar va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar tanqidiy-tahliliy nuqtayi nazardan ko‘rib chiqildi.
Jumladan, yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan o‘quvchilar xavfsizligini har tomonlama ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Shuningdek, ijtimoiy soha obyektlari, ta’lim muassasalari hamda tibbiyot maskanlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ham muhokama qilindi. Mazkur obyektlarda issiqlik tizimlari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va zarur infratuzilmaning mavsumga shayligini ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
Yig‘ilish davomida davlat rahbari va viloyat rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar, shuningdek, yuqori turuvchi tashkilotlardan kelib tushgan vazifalar ijrosi ham atroflicha tahlil qilindi. Har bir topshiriqning belgilangan muddatlarda va sifatli bajarilishini ta’minlash, ijro intizomini yanada kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.
Bundan tashqari, mahalla yettiligi faoliyati, balansda bo‘lgan va tadbirkorlarga foydalanish uchun berilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish, yashirin iqtisodiyotning oldini olish, shaharda bo‘sh turgan yer maydonlarini iqtisodiy aylanmaga jalb etish masalalari ham chuqur ko‘rib chiqildi.
Muhokamalar davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, hududlarda ishlarni jadallashtirish hamda har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullarning shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha aniq topshiriq va vazifalar belgilab berildi.
❗️Yig‘ilish yakunida topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, belgilangan vazifalar yuzasidan muntazam nazorat olib borish hamda aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
73-maktabda yangi o‘quv yilining ilk qo‘ng‘irog'i yangradi!
Nurafshon shahridagi 73-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
✅ Jumladan, shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Ahror Eshboyev mazkur maktabda bo‘lib, ustoz va o‘quvchilarga ezgu tilaklarini bildirdi. Tadbirda ustoz va o‘quvchilar yangi o‘quv yili bilan muborakbod etilib, 1-sinfga qadam qo‘ygan o‘quvchilarga “Prezident sovg‘asi” tantanali ravishda topshirildi.
❗️ Yangi o‘quv yili — yangi bilimlar, ezgu maqsadlar va katta marralar sari ilk qadam!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan mavsum oldi tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda
Nurafshon shahrida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, ko‘p qavatli uy-joylar va ularga tutash hududlarni mavsumga tayyorlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
✅ Xususan, boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan ko‘p qavatli uy-joylarda mavsum oldi tayyorgarlik ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Jumladan, “Begzod Servis 777” MChJ boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan ko‘p qavatli uylarning tom qismlari ta’mirlanib, kirish yo‘laklari hamda bolalar maydonchalari tartibga keltirilmoqda.
Shuningdek, uy-joylarga tutash hududlar chiqindilardan tozalanib, obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Aholining murojaat va ehtiyojlaridan kelib chiqib, zarur xizmatlar ko‘rsatilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
❗️ Mazkur ishlar kuz-qish mavsumida aholi uchun qulay sharoit yaratish, ko‘p qavatli uy-joylarning texnik holatini yaxshilash hamda hududlarda obodonlik va tozalikni ta’minlashga qaratilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM