Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
49.3K photos
4.87K videos
69 files
14.2K links
Download Telegram


Fuqarolar murojaatlari e’tibor markazida


Bugun Nurafshon shahar Xalq qabulxonasida aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan navbatdagi qabul o‘tkazildi.

Qabulda shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev, hokim o‘rinbosari N. Djumanova, shuningdek, tegishli korxona va tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etdi.

Muloqot davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, moddiy yordam, yer va kadastr masalalari, qurilish, kommunal xizmatlar hamda infratuzilmani rivojlantirishga oid murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat amaldagi qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqilib, ularni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.


Ko‘tarilgan masalalarning ayrimlari qabul jarayonining o‘zida ijobiy yechim topgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar nazoratga olinib, ijrosi uchun mas’ul tashkilotlarga biriktirildi.

❗️Fuqarolar bilan muntazam ravishda tashkil etilayotgan bunday uchrashuvlar aholini qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning yechimini topish hamda davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.

Yil boshida respublikada kambag‘allik darajasi 5,8 foizga tushib, ehtiyojmand aholi soni 2 million 200 ming nafar edi. Hozir bu ko‘rsatkich 1,5 million nafarni tashkil etmoqda.

Ishni to‘g‘ri tashkil qilgan 49 ta tuman va 3 ming 429 ta mahalla ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylanayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Ayni paytda qolgan 159 ta tuman va shahar hamda 5 ming 536 ta mahalladagi mas’ullar faoliyatida natija yetarli emasligi tanqid qilindi.

Davlatimiz rahbari barcha hududlarga bir xil vakolat, resurs va imkoniyat berilganini ta’kidlab, ulardan samarali foydalanish zarurligini qayd etdi.

Facebook|Instagram|X
1
Yig‘ilishda joylarda natija bo‘lmayotganining asosiy sabablari tahlil qilindi.

“Mahalla yettiligi” uchun mas’ul rahbarlar viloyat, tuman, shahar va mahalladagi xodimlarga qabul qilingan qarorlarni qanday ijro etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar bermayotgani qayd etildi.

Ayrim rahbarlar yaratilgan sharoitlardan to‘g‘ri foydalanish va “yettilik” faoliyatiga xolis baho berishni bilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Tuman va mahallada kambag‘allik hamda ishsizlikka mas’ul xodimlarda hadik borligi, hech kim mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishni istamayotgani tanqid qilindi.

Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha 50 yillik tajribaga ega Xitoy ham zamon talabidan kelib chiqib, quyi tizimga doimiy ravishda aniq ko‘rsatmalar berib borishi ta’kidlandi.

O‘tgan uch yilda mahallalardagi tadbirkorlik loyihalariga 314 trillion so‘m resurs ajratildi. Lekin kreditlarning kambag‘allikni qisqartirishga ta’siri barcha tumanda birdek sezilmayapti,

– dedi davlatimiz rahbari.

Facebook|Instagram|X
Diqqat, Tanlov!
🇺🇿Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi “Jonajon oʻzbek tilim” tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:

• oʻzbek tilining oʻziga xos xususiyatlari, muammo va yechimlari yoritilgan eng yaxshi ilmiy tadqiqot;

• oʻzbek tilini raqamlashtirishga qaratilgan eng yaxshi dasturiy mahsulot;

• oʻzbek tilining boy imkoniyatlari tarannum etilgan eng yaxshi badiiy-ijodiy asar;

• davlat tili boʻyicha ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan eng yaxshi material;

• oʻzbek tili targʻibotiga bagʻishlangan eng yaxshi videorolik;

• oʻzbek tilini xalqaro miqyosida ommalashtirishga xizmat qilayotgan eng yaxshi amaliy ish;

• oʻzbek tilining xorijlik doʻstlari tomonidan yaratilgan eng yaxshi ilmiy-ijodiy ish.

⚠️Tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar o‘zi haqidagi ma’lumotlarni (namuna: Ismi, otaismi, familiyasi, ish joyi yoki o‘qish joyi) ilmiy-ijodiy ishining elektron nusxasini ilova qilgan holda 20-avgustdan 20-sentabrgacha yuborishlari lozim.

Hujjatlar quyidagi manzillarda qabul qilinadi:

• Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi

(Manzil: Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Bobur koʻchasi 21A);

@Jonajontilim_bot telegram boti;

Uz_til_jamgarma@umail.uz elektron pochtasi.

G‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Mukofotlar 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida topshiriladi.

✈️Telegram | ™️Facebook | 📺 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshonda yong‘inlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik ko‘riklar o‘tkazildi

Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan “Nurafshon Dehqon bozori” MCHJ hududida yong‘inlarning oldini olish hamda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida profilaktik ko‘riklar o‘tkazildi.

Ko‘rik davomida yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM