Yoqilg‘i quyish shoxobchalari va gaz to‘ldirish inshootlarida profilaktik tadbirlar
Tadbirlar davomida mazkur obyektlarda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
✅ Shuningdek, ishchi-xizmatchilarga avariya va boshqa noxush holatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri harakat qilish, xavfsizlik choralarini ko‘rish hamda favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida tegishli xizmatlarga tezkor xabar berish tartiblari bo‘yicha tushuntirishlar berilmoqda.
Targ‘ibot tadbirlari doirasida favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarni bartaraf etish, shuningdek, xodimlarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida o‘quv mashqlari va amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkazilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganilmoqda
Kuni kecha davlat rahbari raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda hududlarda aholi turmush sharoitini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish, fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash hamda mavjud muammolarni mahallabay va xonadonbay yondashuv asosida hal etish masalalari muhokama qilindi. Yig‘ilishda ushbu vazifalarni amalga oshirishda mahalla yettiligining o‘rni, mas’uliyati va shaxsiy daxldorligi muhim ekani ta’kidlanib, har bir mahallada aholining muammolarini chuqur o‘rganish va ularni amaliy hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
✅ Mazkur yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, mahalla yettiligi a’zolarining shaxsiy mas’uliyati va daxldorligini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Nurafshon shahar bo‘limi boshlig‘i Z. Maqsudova bugun erta tongdan Dehqonobod, Qumariq, To‘ytepa, Evalak hamda Muqimiy mahallalarida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi.
O‘rganishlar davomida mahallalarda obodonlashtirish ishlarini tashkil etish, aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, fuqarolar bandligini ta’minlash hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣ Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari hamkorligida Bo‘stonliq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon viloyati Marhamat tumanida yashovchi, 2000 y.t. shaxs o‘zining boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtotransport vositasida tadbir ishtirokchilarining qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan qochishga urinib, avtomashina salonida bo‘lgan 2 dona o‘ramdagi shubhali moddalarni uloqtirib yuboradi.
So‘ngra, transport vositasi to‘xtatilib, uning salonidan qo‘shimcha yana 2 dona hamda mazkur shaxs qabul qilib olishi kerak bo‘lgan geolokatsiyadan esa 1 dona o‘ramdagi shubhali moddalar olindi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida aniqlangan moddalar “gashish” giyohvandlik vositasi hisoblanib, ularning jami og‘irligi 5 kg.ni tashkil etadi.
2️⃣ Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda katta miqdordagi sintetik narkotiklar fosh etildi.
2005 y.t. xorijiy davlat fuqarosi to‘xtatilib tekshirilganda, uning yonida zip-paketga solingan kukunsimon modda borligi ma’lum bo‘ldi hamda u vaqtincha yashayotgan xonadon ham xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada, turli oziq-ovqat mahsulotlari nomi ostida qadoqlangan paketlar ichida 4 kg 133 gr “3-xlorometkatinon”, 403 gr “Amfetamin”, 720 gr “MDMA” va 20 gr “kokain” giyohvandlik vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
3️⃣ Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Chegara qo‘shinlari hamda Bojxona organlari hamkorligida Uchqo‘rg‘on tumanidagi chegara-bojxona postida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘shni davlatdan mamlakatimizga kirib kelgan – Chortoq tumanida yashovchi, 2000 y.t. shaxs boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli transport vositasi tekshirildi.
Natijada uning yoqilg‘i baki ichiga 2 kg 513 gr “Alfa-PVP” sintetik giyohvandlik vositasi yashirilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.
Shuningdek, mazkur shaxs bilan chegara-bojxona postigacha birga kelib, postni piyoda kesib o‘tib, respublikamiz hududida uni kutib turgan 2005 y.t. chortoqlik sherigi ham ushlandi.
🕵️♂️ Hozirda har uchala holat yuzasidan narkosavdogarlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Nurafshonda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish yo'lidagi muhim qadam
🏛 Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasida Nurafshon shahridagi umumta’lim maktablari o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda davomat ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida profilaktik hamkorlik tashkil etildi.
⏩ Tadbirda voyaga yetmaganlarning nazoratsiz qolishining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘tkazilgan hamkorlik tadbirlari natijasida ta’lim muassasasi, mahalla va huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik kuchaytirilib, o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom muhitni shakllantirish, huquqbuzarliklarning erta oldini olish hamda o‘quvchilarni maktabga ishtirokini yaxshilash bo‘yicha rejali chora-tadbirlar belgilandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tuhfa
Nurafshon shahrida yana bir zamonaviy sport maskani foydalanishga topshirildi
Nurafshon shahrining Dehqonobod mahallasida yangi zamonaviy sport maydonchasi foydalanishga topshirildi.
Ochilish marosimida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, faollar, mahalla jamoatchiligi hamda yoshlar ishtirok etdi.
Yangi sport maydonchasi mahalla aholisining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va iqtidorli sportchilarni saralab olish uchun muhim imkoniyat yaratadi.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter🌐 Instagram
Nurafshon shahrida yana bir zamonaviy sport maskani foydalanishga topshirildi
Nurafshon shahrining Dehqonobod mahallasida yangi zamonaviy sport maydonchasi foydalanishga topshirildi.
Ochilish marosimida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, faollar, mahalla jamoatchiligi hamda yoshlar ishtirok etdi.
Yangi sport maydonchasi mahalla aholisining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va iqtidorli sportchilarni saralab olish uchun muhim imkoniyat yaratadi.
Tadbir davomida ushbu maskanda har shanba kuni turli sport turlari bo‘yicha ommaviy sport musobaqalari, sog‘lomlashtirish tadbirlari va yoshlar o‘rtasida bellashuvlar o‘tkazib borilishi belgilandi.Bunday ezgu tashabbuslar mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish, yosh avlodni jismonan barkamol etib tarbiyalash hamda aholining sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2