Ayni paytda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining 27-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Deputatlar sessiya kun tartibiga muvofiq bir qator muhim masalalarni ko‘rib chiqib, muhokama qilmoqdalar.
Sessiyani quyidagi havola orqali jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.👇🏻👇🏻👇🏻
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Inson qadri uchun: Nurafshonda ehtiyojmand bemorlar davlat ko'magida davolanmoqda
Toshkent viloyati hokimining 2026-yil 24-avgustdagi farmoyishiga muvofiq, ehtiyojmand bemorlarda endoprotezlash operatsiyalarini o‘tkazish hamda zarur tibbiy vositalarni xarid qilish uchun viloyat byudjetidan 1 milliard 200 million so‘m mablag‘ ajratilgan edi.
✅ Mazkur imkoniyatdan Nurafshon shahrining Obod mahallasida yashovchi Mavjuda Bahromova ham foydalanmoqda. Unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatish, endoprotezlash amaliyotini o‘tkazish va davolash jarayonlari boshlandi.
Mazkur bemorning davolanishi davlat tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilmoqda. Bu kabi amaliy ko‘maklar ehtiyojmand fuqarolarning salomatligini tiklash va ularning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤2👏1🤝1
Nurafshon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Bugun xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi 27-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hayotiga oid muhim masalalar, hududni rivojlantirish, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda aholi uchun qulay sharoitlar yaratish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
✅ Sessiya avvalida tegishli saylov okruglarida o‘tkazilgan saylov yakunlari ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, 13-“Yoshlik” saylov okrugidan Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov, 15-“Birlik” saylov okrugidan esa shahar mahallalar uyushmasi rahbari Zulfiya Maqsudova deputat etib saylangani e’tirof etildi.
Yangi saylangan deputatlarga deputatlik guvohnomasi hamda ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.
Shundan so‘ng sessiya kun tartibidagi boshqa masalalar muhokamasiga o‘tildi.
Xususan, shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining 2026-yil I va II choraklarida mahalliy budjet parametrlari ijrosi yuzasidan hisoboti tinglandi. Shuningdek, yilning 2-mavsumida “Fuqarolar tashabbuslari” jamg‘armasi hisobidan g‘olib bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirish hamda mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalaridan mablag‘larni yo‘naltirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan fikr va takliflar bildirilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Ish izlayotgan fuqarolar diqqatiga!
Ertaga 8-sentabr kuni soat 10:00 da Nurafshon shahar "Taraqqiyot" MFY binosida, Nurafshon shahar hokimligi, Respublika ishchi guruhi vakillari, shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan hududdagi ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish maqsadida bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi o'tkaziladi.
❗️Barcha ish qidirayotgan ishsiz aliment to'lovchi fuqarolar, yoshlar, ayollar, bitiruvchilar, probatsiyadagi va JIEMdan qaytgan fuqarolar, shuningdek kasb-hunar o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.
Ish izlayotgan barcha fuqarolarni ushbu imkoniyatdan foydalanishga chaqiramiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: elektr tarmoqlari modernizatsiya qilinmoqda
Nurafshon shahrida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, elektr ta’minotining barqarorligini ta’minlash hamda iste’molchilarga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida elektr tarmoqlarida ta’mirlash va modernizatsiya ishlari olib borilmoqda.
🔹 Yangiobod MFY hududidagi TP-963 transformator punktida beton ustunlarga SIP kabellar tortilmoqda. Shuningdek, 12-sonli ko‘p qavatli uy hududida shikastlangan elektr simlarini modernizatsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.
🔹 Navro‘z MFY hududida TP-189, 250 kVA quvvatli transformatorning mavjud yuklamasini kamaytirish va elektr ta’minotini yanada barqarorlashtirish maqsadida qo‘shimcha 250 kVA quvvatga ega TP-140 transformatorini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun jadal rivojlanib, zamonaviy qiyofaga ega bo‘lib borayotgan Nurafshonning tarixi ham o‘ziga xos va boy.
✅ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati hamda O‘zbekiston tarixi telekanali hamkorligida shahardagi qadimiy qadamjolardan biri — “Mushuk ota” ziyoratgohi tarixiga bag‘ishlangan maxsus ko‘rsatuv suratga olindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM