Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
49.3K photos
4.87K videos
69 files
14.2K links
Download Telegram


Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha topshiriqlar ijrosi manzilli nazorat qilinmoqda


🇺🇿Prezident raisligida joriy yil 3-sentabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchiligida yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda kambag‘allikni qisqartirish, oilalar daromadini oshirish va ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi.
Yig‘ilishda mahallalarga biriktirilgan vakillar tomonidan tegishli qaror asosida ishlarni tizimli tashkil etish, reyestrga kiritilgan oilalarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish hamda har bir kambag‘al oila bilan individual ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, kambag‘al oilalar vakillarini doimiy ish bilan ta’minlash, bog‘cha yoshidagi farzandlarini maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish, katta yoshdagi farzandlarni turli to‘garaklarga jalb etish, oilalarni faol va tajribali lider tadbirkorlarga biriktirish, fuqarolarning daromadlarini legallashtirish va rasmiylashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.


Shahar shtabi tomonidan belgilangan vazifalarning “mahalla yettiligi” tomonidan bajarilishi holati ham tanqidiy ko‘rib chiqildi. Mas’ullarga mavjud sustkashliklarni bartaraf etish, har bir oila bilan manzilli ishlash va belgilangan topshiriqlarni sifatli hamda o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

❗️Yig‘ilish yakunida mas’ullarga har bir oilaning muammosini aniqlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va oilalarni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan individual amaliy choralarni kuchaytirish topshirildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi qabul bo‘limi tibbiyot xodimlarining bir kunlik faoliyati


Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasining qabul bo‘limida tibbiyot xodimlari sutka davomida fuqarolarga tezkor va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, bemorlarni qabul qilish, ularning holatini dastlabki baholash hamda zarur tibbiy yo‘nalishlarga yo‘naltirish bo‘yicha mas’uliyatli vazifalarni bajarib kelmoqda.

Qabul bo‘limi — inson salomatligi bilan bog‘liq eng muhim jarayonlar boshlanadigan maskanlardan biri. Bu yerda har bir murojaat ortida inson taqdiri, har bir qaror ortida esa katta mas’uliyat turadi.


❗️Tibbiyot xodimlarining kundalik faoliyati tezkorlik, e’tibor, hushyorlik va kasbiy mas’uliyat bilan uyg‘un holda olib boriladi. Bemorlar bilan muloqot qilish, ularning holatini kuzatish, shifokor ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida bajarish va zarur yordamni ko‘rsatish — ularning kundalik mehnatining ajralmas qismidir.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
🔵 Endi yer va bino sotib olish biznes uchun og‘ir yuk bo‘lmaydi: to‘lov shartlari yengillashtirilmoqda

Davlat aktivlari va yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha tadbirkorlarga moliyaviy erkinliklar berilmoqda. Endi ishlab chiqarish yoki biznesni kengaytirish uchun davlat ob’yektlarini katta yuk va ortiqcha to‘lovlarsiz xarid qilish mumkin:

🔵Avans to‘lovi 15%: Bu biznesga katta pullarni birdaniga muzlatib qo‘ymay, ularni yangi loyihalar va ishlab chiqarishga yo‘naltirish imkonini beradi.
🔵To‘liq to‘lovga 25% chegirma: Agar aktiv qiymati 6 oy ichida to‘liq to‘lansa, shartnoma summasining chorak qismi kechib yuboriladi.
🔵7 yilgacha foizsiz bo‘lib to‘lash: Aktiv qiymatining yarmini (50%) 6 oyda to‘lagan xaridorga qolgan qismini 7 yil davomida foizsiz to‘lash imkoniyati beriladi (yoki 35% ini 3 oyda to‘lab, qolganini 5 yilga bo‘lib to‘lash mumkin).


📖 “Tayyor paket” yerlar: Yer uchastkalari loyihasi, ruxsatnomalari va kommunikatsiya texnik shartlari tayyor holda savdoga chiqariladi. Ya’ni auksiondan yer olib, hujjat yig‘ish va tarmoqlarga ulanish uchun 6 oydan 1 yilgacha vaqt yo‘qotishga chek qo‘yiladi.

Islohot maqsadi — iqtisodiyotda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirib, yillar davomida foydalanilmay yotgan aktivlarni real qiymat, daromad va yangi ish o‘rinlari yaratadigan loyihalarga aylantirishdir.

https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


DIQQAT! AVTOTRANSPORT QATNOVI VAQTINCHA TO‘XTATILADI


Hurmatli Nurafshon shahri aholisi va yo‘l harakati qatnashchilari! Nurafshon shahri Bobur ko‘chasida, “Makro” supermarketi yon qismida yangi yer osti piyodalar yo‘lini qurish-montaj ishlari olib borilishi munosabati bilan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida avtotransport vositalari qatnovi vaqtincha to‘xtatiladi.

2026-yil 8-sentabr kuni soat 06:00 dan qurilish-montaj ishlari yakunlangunga qadar Bobur ko‘chasida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.


Mazkur vaqtinchalik cheklov qurilish ishlarini xavfsiz tashkil etish hamda aholi va yo‘l harakati qatnashchilarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy etilmoqda.

❗️Haydovchilardan mazkur hududda harakatlanishda ehtiyotkor bo‘lishlari, yo‘l belgilariga amal qilishlari hamda imkon qadar muqobil yo‘nalishlardan foydalanishlari so‘raladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3


Nurafshonda xotin-qizlar bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazi ochildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-dekabrdagi PF-240-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Nurafshon shahrining “Navro‘z” mahallasida tikuvchilik markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

❗️Tadbirda faollar, hudud nuroniylari ishtirok etib, aholi farovonligini ta’minlash, xususan, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.

Mazkur markazda xotin-qizlarga tikuvchilik sirlarini o‘rganish, kasb-hunar egallash hamda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zarur sharoitlar yaratilgan.

Markaz faoliyati orqali yoshlar va xotin-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratish ko‘zda tutilgan.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👏2🔥1👌1
Yangi mehmonxonalar qurish va mavjudlarini yangilashni rag‘batlantirish maqsadida mehmonxona subyektlari uchun imtiyozli kreditlash tartibi joriy etildi.

➡️ Kreditlash shartlari:

🔷 Mehmonxona qurish uchun — 50 milliard so‘mgacha;
🔷 Mehmonxonani rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun — 20 milliard so‘mgacha;
🔷Kredit muddati — 10 yil (120 oy)gacha;
🔷Imtiyozli davr — 2 yil;
🔷Kreditlar tijorat banklari tomonidan ajratiladi.

➡️ Foiz xarajatlarini qoplash:

Kreditlarning milliy valyutada yillik 16 foizdan, xorijiy valyutada esa SOFR, EURIBOR yoki SHIBOR stavkalaridan oshgan qismi bo‘yicha foiz xarajatlari “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan qoplab beriladi.

➡️ Murojaat tartibi:

Kredit mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyoj Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy turizm boshqarmalari orqali yig‘iladi va Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markaziga taqdim etiladi.


📌Batafsil ma’lumot uchun:
Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi,
Tadbirkorlar bilan ishlash bo‘limi:
☎️ Tel.: +99877 448 77 88.

https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo‘lar chiroylik!

Tomorqasi besamar, o‘zi ishsiz yurganlarni Nurafshon shahar Muqimiy mahallasida yashovchi Muzaffarxo‘jayevlar xonadoniga taklif qilamiz.

Obod xonadon vakillari 40 yildan buyon tomorqasidagi 18 sotix issiqxonadan yiliga 80–100 milliongacha daromad olmoqda. Davlat tomonidan ajratilgan 15 million so‘mlik imtiyozli kredit esa ishlarni yanada rivojlantirdi. Yiliga 2–3 marotaba hosil, halol mehnat oila a’zolariga ham hobbi, ham jismoniy mashg‘ulot, ham daromad manbaiga aylangan.


Videoni ko‘ring, siz ham harakatni boshlang. Unutmang, baxtli hayot siri — mehnatda. Siz ham shunday tomorqa tashkil qilmoqchi bo‘lsangiz, mahalla hokim yordamchisiga murojaat qiling.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


"E-auksion" platformasida Nurafshon shahri hududidan Ko'chma savdo joylarini sotib oling!


🔹Nurafshon shahrida 508 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM