Nurafshonda xotin-qizlar bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazi ochildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-dekabrdagi PF-240-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Nurafshon shahrining “Navro‘z” mahallasida tikuvchilik markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
❗️Tadbirda faollar, hudud nuroniylari ishtirok etib, aholi farovonligini ta’minlash, xususan, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.
Mazkur markazda xotin-qizlarga tikuvchilik sirlarini o‘rganish, kasb-hunar egallash hamda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
Markaz faoliyati orqali yoshlar va xotin-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratish ko‘zda tutilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👏2🔥1👌1
➡️ Kreditlash shartlari:🔷 Mehmonxona qurish uchun — 50 milliard so‘mgacha;🔷 Mehmonxonani rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun — 20 milliard so‘mgacha;🔷 Kredit muddati — 10 yil (120 oy)gacha;🔷 Imtiyozli davr — 2 yil;🔷 Kreditlar tijorat banklari tomonidan ajratiladi.➡️ Foiz xarajatlarini qoplash:
Kreditlarning milliy valyutada yillik 16 foizdan, xorijiy valyutada esa SOFR, EURIBOR yoki SHIBOR stavkalaridan oshgan qismi bo‘yicha foiz xarajatlari “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan qoplab beriladi.➡️ Murojaat tartibi:
Kredit mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyoj Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy turizm boshqarmalari orqali yig‘iladi va Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markaziga taqdim etiladi.
Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi,
Tadbirkorlar bilan ishlash bo‘limi:
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo‘lar chiroylik!
Tomorqasi besamar, o‘zi ishsiz yurganlarni Nurafshon shahar Muqimiy mahallasida yashovchi Muzaffarxo‘jayevlar xonadoniga taklif qilamiz.
✅ Obod xonadon vakillari 40 yildan buyon tomorqasidagi 18 sotix issiqxonadan yiliga 80–100 milliongacha daromad olmoqda. Davlat tomonidan ajratilgan 15 million so‘mlik imtiyozli kredit esa ishlarni yanada rivojlantirdi. Yiliga 2–3 marotaba hosil, halol mehnat oila a’zolariga ham hobbi, ham jismoniy mashg‘ulot, ham daromad manbaiga aylangan.
Videoni ko‘ring, siz ham harakatni boshlang. Unutmang, baxtli hayot siri — mehnatda. Siz ham shunday tomorqa tashkil qilmoqchi bo‘lsangiz, mahalla hokim yordamchisiga murojaat qiling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fuqarolar murojaatlari joyida hal etilmoqda
Nurafshon shahrida fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularni qiynayotgan masalalarni joyida ko‘rib chiqish hamda amaliy yechimlar ishlab chiqish maqsadida shahar hokimi Qobil Xamdamov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.
Unda shahar hokimining o‘rinbosarlari, tegishli tashkilotlar mas’ullari, mahalla faollari hamda boshqa mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etdi.
✅ Qabul davomida fuqaroning murojaati eshitildi. Har bir murojaat alohida tartibda ko‘rib chiqilib, masalalarning mazmuni chuqur tahlil qilindi hamda ularni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan zarur choralar belgilandi.
Qabulda ko‘tarilgan masalalarning asosiy qismini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yer va kadastr, qurilish, kommunal hamda yo‘l infratuzilmasi, bandlik va sog‘liqni saqlash yo‘nalishlariga oid murojaatlar tashkil etdi.
Yakunda mas’ul tashkilotlar rahbarlariga har bir murojaat yuzasidan aniq vazifalar yuklatilib, ularning ijrosini belgilangan muddatlarda ta’minlash hamda amalga oshirilgan ishlar haqida murojaatchilarga belgilangan tartibda ma’lumot berish topshirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍2🔥1
NURAFSHON SHAHAR PROKURORI TO'LQIN KARIMOVNING AHOLIGA MUROJAATI
Hurmatli Nurafshon shahar aholisi!
Bugungi kunda jamiyatimizda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish – ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Bu borada har bir fuqaroning huquqiy ongi va madaniyati hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Afsuski, so‘nggi vaqtlarda ayrim shaxslar tomonidan turli jinoyat va huquqbuzarliklar, xususan, firibgarlik, o‘g‘rilik, bezorilik hamda kiberjinoyatlar sodir etilmoqda. Ayniqsa, internet tarmoqlari orqali amalga oshirilayotgan aldovlar ko‘payib, fuqarolarning mol-mulki va ishonchiga jiddiy zarar yetkazilmoqda.
Shu munosabat bilan barchangizni quyidagilarga qat’iy rioya etishga chaqiraman:
— Har qanday qonunbuzarlik holatlariga befarq bo‘lmang, jamiyatda sodir bo‘layotgan noqonuniy harakatlarga murosasiz munosabatda bo‘ling;
— Shaxsiy ma’lumotlaringizni, bank karta rekvizitlari, parol va tasdiq kodlarini hech kimga bermang;
— Noma’lum raqamlar, shubhali qo‘ng‘iroqlar va internet orqali kelayotgan takliflarga ishonmang;
— Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida farzandlaringiz nazoratini kuchaytiring;
— Har qanday shubhali vaziyatda zudlik bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiling.
Qonunbuzarlik va jinoyat sodir etgan har qanday shaxsga nisbatan qonun doirasida muqarrar javobgarlik choralari qo‘llaniladi. Hech kim jazodan chetda qolmaydi. Jinoyatga qo‘l urgan shaxs nafaqat o‘z taqdiriga, balki oilasi va yaqinlarining kelajagiga ham jiddiy putur yetkazishini unutmasligi lozim.
Shuningdek, ayrim fuqarolarning yengil daromad ilinjida turli noqonuniy yo‘llarga kirib ketishi aslo oqlanmaydi. Halol mehnat va qonuniy faoliyat – barqaror va munosib hayotning yagona kafolatidir.
Aziz yurtdoshlar!
Sizni yana bir bor ogohlikka, hushyorlikka va qonunlarga hurmat ruhida yashashga chaqiraman. Huquqiy savodxonlikni oshirish, jinoyatchilikka qarshi kurashda faol bo‘lish – har birimizning fuqarolik burchimizdir. Faqat birgalikda harakat qilsakkina, jamiyatimizda tinchlik, xavfsizlik va adolatni ta’minlay olamiz.
Nurafshon shahar prokurori To‘lqin Karimov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👎3❤1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM