Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
49.3K photos
4.87K videos
69 files
14.2K links
Download Telegram


Hokimlik soatida dolzarb masalalar muhokama qilindi

Bugun, Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchiligida navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda shahar prokurori To‘lqinjon Karimov, shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i Jasur Sayfiyev, hududdagi korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda mahalla yettiligi vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda, avvalo, kambag‘allikni qisqartirish, ishsizlikni kamaytirish, aholi bandligini ta’minlash va fuqarolar daromadlarini oshirish borasida mahalla yettiligi hamda hududga biriktirilgan rahbarlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Har bir mahalla kesimida mavjud muammolar, foydalanilmayotgan imkoniyatlar va ishga joylashtirishga muhtoj fuqarolar bilan ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, o'tgan haftada o‘tkazilgan “Hokimlik soati”da berilgan topshiriqlarning ijrosi tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi. Mas’ullarga topshiriqlarni belgilangan muddatlarda va sifatli bajarish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Kun tartibidagi yana bir muhim masala — o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish bo‘yicha qonun ijrosini ta’minlash masalasi bo‘ldi.

Muhokamalar davomida mas’ullarning axborotlari tinglanib, har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Mahalla, korxona va tashkilotlar kesimida ishlarni tizimli tashkil etish, ijro intizomini kuchaytirish hamda natijadorlikni ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Belgilangan vazifalar ijrosi mas’ullar tomonidan qat’iy nazoratga olindi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Forwarded from Rasmiy axborot
✏️Prezident Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik" maqolasi e’lon qilindi

Koreya Respublikasining yetakchi nashrlaridan biri — "The Chosun Daily"da Prezident Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik" sarlavhali maqolasi e’lon qilindi.

Maqolada O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi tarixiy rishtalar, bugungi alohida strategik sheriklik, savdo-investisiya aloqalari hamda munosabatlarni yangi texnologik bosqichga olib chiqish istiqbollariga alohida e’tibor qaratilgan.

Maqolada qayd etilganidek

🔵so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo hajmi 5 barobarga oshgan;

🔵Koreyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan investisiyalari hajmi 8 milliard dollardan oshgan;

🔵Ayni paytda mamlakatimizda Koreya kapitali ishtirokida 700 dan ziyod qo‘shma korxona va loyihalar amalga oshirilmoqda;

🔵KOICA, Koreya Eksimbanki va EDCF bilan hamkorlikdagi loyihalarning umumiy portfeli 3,5 milliard dollardan ortiq;

🔵2025 yilda Markaziy Osiyo davlatlarining umumiy yalpi ichki mahsuloti 500 milliard dollardan oshgan.

Prezident ikki mamlakat iqtisodiyotining o‘zaro to‘ldiruvchanligi yangi o‘sish drayverlarini yaratish uchun katta imkoniyat ekanini ta’kidlab, hamkorlikni umumiy ishlab chiqarish tizimlari, texnologik platformalar va yangi bozorlarni shakllantirish darajasiga olib chiqish muhimligini ta’kidladi.

"Ishonchim komilki, aynan shu asosda hamkorligimizning yangi sahifasini ochishimiz — alohida sohalardagi muvaffaqiyatli hamkorlikdan umumiy ishlab chiqarish tizimlari, texnologik platformalar va yangi bozorlarni shakllantirishga o‘tishimiz mumkin. Bu esa mamlakatlarimiz barqaror va uzoq muddatli farovonligining yanada mustahkam poydevorini barpo etadi".


Maqolada sun’iy intellekt, yarim o‘tkazgichlar, robototexnika, elektr transport vositalari, biofarmasevtika, aqlli qishloq xo‘jaligi va “aqlli shaharlar” istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari sifatida belgilangan. Shuningdek, ta’lim va inson kapitaliga investisiya kiritish, akademik almashinuv va qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish muhimligi e’tirof etgan.

Prezident, shuningdek, Markaziy Osiyo-Koreya Respublikasi sammiti O‘zbekiston va Koreya munosabatlari bilan bir qatorda, butun mintaqa bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim maydon ekaniligiga alohida urg‘u berdi.

"...O‘zbekiston siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, amaliy hamkorlikni kengaytirish va sheriklikning yangi, samarali mexanizmlarini shakllantirishga qaratilgan qator dolzarb tashabbuslarni ilgari surish niyatida. Bu tashabbuslar “Markaziy Osiyo — Koreya Respublikasi” formatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, uni yanada tizimli, dinamik va uzoq muddatli mintaqaviy ustuvor vazifalarga yo‘naltirilgan mexanizmga aylantirishga qaratilgan".


Prezident maqolasida qayd etilganidek, O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklik nafaqat ikki tomonlama munosabatlarni, balki Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik, innovatsiya va umumiy taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlarni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

"Markaziy Osiyo va Koreya Respublikasi tinchlik, innovatsiyalar, o‘zaro ishonch va umumiy farovonlikka asoslangan hamkorlikning yangi makonini shakllantira olishiga chin dildan ishonaman"- deydi Davlatimiz Rahbari maqolada.


🔥 Ma’lumot o‘rnida: The Chosun Daily — 1920 yilda tashkil etilgan «Chosun Ilbo» mediaguruhi tarkibidagi nashr bo‘lib, Koreya Respublikasidagi yirik axborot platformalaridan biri hisoblanadi.

Nashr siyosat, iqtisodiyot, jamiyat va xalqaro munosabatlarga oid dolzarb voqealarni keng yoritib boradi. Unda O‘zbekiston Prezidentining maqolasi e’lon qilinishi ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikka bo‘lgan yuksak e’tiborning yana bir ifodasidir.


https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Yana bir yoshning bandligi ta'minlandi

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida joriy yil 3-sentabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda hududlarni kambag‘allikdan chiqarish borasida ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahrida Islohotlar shtabi tashkil etilib, har bir mahallaga malakali mutaxassislar biriktirildi. Shahar hokimi rahbarligidagi ishchi guruhlar tomonidan mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar muvofiqlashtirib borilmoqda.

Xususan, “Obod turmush” mahallasida yashovchi yosh hududga biriktirilgan rahbar hamda yoshlar yetakchisi ko'magi bilan hududdagi lider tadbirkorga biriktirilib, uning korxonasiga ishga joylashtirildi. Natijada yana bir yoshning bandligi ta’minlanib, bir oilaning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga erishildi.

❗️Bunday amaliy ishlar shaharning barcha mahallalarida izchil davom ettirilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Forwarded from NURAFSHON BSK
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#BU_MUHIM

Majburiy badalni o'z vaqtida to'lab borishingiz, avvalo, Sizning manfaatingizga xizmat qiladi. Nima uchun deysizmi?

Batafsil videorolikda tanishing!


➡️NURAFSHON BSK gruhiga ULANING va MUROJAAT yuboring:
👇👇👇
📱 https://t.me/Nurafshon_shahri_BSK
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Uch avlod — yagona ma’naviy qadriyatlar atrofida


Nurafshon shahridagi 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik va yurtga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.

🔘Unda Nurafshon shahar “Nuroniy” jamg‘armasi raisi, deputat Jo‘ra Axmedqulov, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Sherzod Botirov, nuroniylar, "buvijonlar maktabi" a‘zolari hamda maktab o‘quvchilari ishtirok etdi.


Uchrashuv davomida nuroniylar o‘z hayotiy tajribalari, turli davrlarda xalqimiz boshidan kechirgan sinov va mashaqqatlar, yurt tinchligi va osoyishtaligining inson hayotidagi beqiyos ahamiyati haqida o‘quvchilar bilan samimiy suhbatlashdilar.

🔘Ayniqsa, mustaqillikning xalqimiz hayotidagi tarixiy o‘rni, bugungi tinch va farovon kunlarning qadriga yetish, Vatan ravnaqi va taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Yoshlar ajdodlardan qolgan boy ma’naviy merosni asrab-avaylash, kattalarning hayotiy saboqlaridan ibrat olish va kelajak uchun mas’uliyat bilan yashashga chaqirildi.


Shuningdek, tadbir davomida avlodlar hayotidagi mushtarak qadriyatlar, oila va jamiyatda kattalarga hurmat, yoshlarga g‘amxo‘rlik kabi ezgu an’analar xususida fikr almashildi.

❗️Mazmunli muloqot va samimiy suhbatlarga boy o‘tgan uchrashuv avlodlar o‘rtasidagi uzviy ma’naviy aloqalarni mustahkamlash, yoshlarning hayotiy dunyoqarashini kengaytirish hamda ularni Vatanga sadoqat, tinchlikni qadrlash va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2