Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan davlat xaridlari sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning bazaviy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida edu.icppa.uz platformasi orqali bepul onlayn o‘quv kursi tashkil etildi.
Platformada davlat xaridlari jarayonlarini bosqichma-bosqich o‘rganishga mo‘ljallangan 20 ta modul jamlangan. Videodarslar, testlar va amaliy keyslar orqali foydalanuvchilar xaridlarni rejalashtirishdan tortib, xarid tartib-taomillari va shartnomalarni boshqarishgacha bo‘lgan jarayonlar bo‘yicha zarur bilimlarni egallashi mumkin.
Muhimi, ta’lim to‘liq bepul va onlayn. Foydalanuvchi o‘ziga qulay vaqtda darslarni o‘zlashtirishi, har bir modul bo‘yicha bilimini sinovdan o‘tkazishi mumkin.
Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga 2 yil muddatga amal qiluvchi elektron sertifikat beriladi.
Platforma nafaqat davlat buyurtmachilari va xarid bo‘yicha mutaxassislar, balki davlat xaridlarida ishtirok etishni istagan tadbirkorlar hamda ushbu sohani o‘rganmoqchi bo‘lgan barcha foydalanuvchilar uchun ochiq.
Davlat xaridlarini o‘rganish uchun endi alohida joy va vaqt izlash shart emas — zarur bilimlar bir platformada jamlangan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon shahar Xalq qabulxonasi binosida o'tkaziladigan shaxsiy qabullar jadvali
🔸 Aholi murojaatlarini hal etishda yangi tizim yo‘lga qo‘yilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-mart sanasida «Aholi murojaatlarini ko‘rib chiqishga oid masalalarda» o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlaridan kelib chiqib, Nurafshon shahar hokimi va hokimning barcha o‘rinbosarlari tomonidan har haftada Xalq qabulxonasi binosida shaxsiy qabullar o‘tkazilishi belgilandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi
Nurafshon shahar Xalq qabulxonasida shahar hokimi o‘rinbosarlari O. Islomov, N. Jumanova hamda Sh. Inomxonovlarning fuqarolar bilan navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.
✅ Qabul davomida jami 7 nafar fuqaroning murojaati tinglanib, har bir masala yuzasidan tegishli tartibda o‘rganish ishlari olib borildi. Murojaatlarning 3 tasi ijobiy hal etildi, 2 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berildi, yana 2 nafar fuqaroning murojaati qo‘shimcha o‘rganish uchun nazoratga olindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Seul shahriga tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” biznes sammitida ishtirok etdi.
—
В продолжение программы пребывания в городе Сеуле Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в первом бизнес–саммите «Центральная Азия – Республика Корея».
#Mirziyoyev #sammit #MarkaziyOsiyo #Koreya
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
В продолжение программы пребывания в городе Сеуле Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в первом бизнес–саммите «Центральная Азия – Республика Корея».
#Mirziyoyev #sammit #MarkaziyOsiyo #Koreya
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X