Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
49.3K photos
4.87K videos
69 files
14.2K links
Download Telegram


Fuqarolar masalalari bo‘yicha navbatdagi qabul


Nurafshon shahridagi Xalq qabulxonasida fuqarolar murojaatlari bo‘yicha navbatdagi qabul tashkil etildi.

Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchiligida bo'lib o'tgan ushbu qabulda hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va korxonalar rahbarlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Qabul davomida fuqarolar uy-joy va kommunal xizmatlar, yer va kadastr, infratuzilma, ijtimoiy himoya, moddiy yordam, sog‘liqni saqlash, bandlik hamda boshqa masalalar yuzasidan o‘z murojaatlarini bildirdi.


Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, muammolarni hal etish yuzasidan aniq topshiriq va vazifalar belgilandi. Joyida hal etish imkoniyati mavjud bo‘lgan masalalar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.

Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar mas’ul tashkilotlarga biriktirilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

❗️Fuqarolar murojaatlariga e’tibor, muammolarga amaliy yondashuv va natijadorlik — aholi bilan ishlashda asosiy mezon sifatida belgilanmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1


Nurafshon shahar Xalq deputatlari Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhiga ochiq tanlov e'lon qilinadi

Yoshlar maslahat guruhi nima? — Bu yoshlarning mahalliy boshqaruvdagi ishtirokini ta’minlash, ularning muammolari va takliflarini Kengash deputatlariga yetkazish uchun tuzilgan maslahat organidir.

❗️ Kimlar ishtirok etishi mumkin? — 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan faol yoshlar, shahar hududida yashovchi, o‘quvchi, talaba yoki ishlovchilar, jamoada ishlashga va yangi g‘oyalarni ilgari surishga tayyor nomzodlar.
Xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan yoshlarning ishtiroki alohida qo‘llab-quvvatlanadi!

📝 Ariza topshirish:
🗓 Muddat: 21-sentyabrgacha.
🔹 Aizani
@YMG_arizalar_qabuli_bot orqali topshirasiz.

💡 Savollaringiz bormi?
Axborot uchrashuvimizga keling:
📅 Sana: 22-23-sentyabr .
🕒 Vaqt: 10:00 dan 12:00 gacha.
📍 Joy: Yoshlar markazi.

KELAJAGINGIZNI BUGUN BIZ BILAN BIRGA QURING! 🚀

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3


Yoshlar murojaatlari tinglanib, amaliy yechimlar belgilanmoqda


Nurafshon shahrida yoshlarning muammolarini manzilli o‘rganish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va murojaatlari yuzasidan amaliy choralar ko‘rishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda yoshlar bilan ishlashning manzilli tizimi doirasida navbatdagi uchrashuv tashkil etilib, yoshlarni qiynayotgan masalalar muhokama qilindi.

🔘Muloqotda shahar hokimi Qobil Xamdamov, shahar prokurori o‘rinbosari Sanjar Qarshiyev hamda mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.


Uchrashuv davomida yoshlarning murojaatlarini shunchaki tinglash bilan cheklanib qolmasdan, har bir masala bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilashga alohida e’tibor qaratildi.

🔘Xususan, yoshlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini boshlash, ishsiz yoshlarni ish bilan ta’minlash, mavjud biznesini kengaytirish, ishga joylashish, kasb-hunar o‘rganish, moliyaviy ko‘mak va imtiyozlardan foydalanish bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.


Bildirilgan murojaatlar tegishli mutasaddilar ishtirokida ko‘rib chiqilib, ayrim masalalar yuzasidan zarur topshiriqlar joyida berildi. Yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va kasbga yo‘naltirish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.

❗️Shuningdek, uchrashuv yakunida ishsiz yoshlarni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish va ularning bandligini ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1
Нурафшон_шахар_СЕНТЯБР_ОЙИ_ВАКАНЦИЯСИ_2.xlsx
37.5 KB


Nurafshon shahar hokimligi ishsiz fuqarolarni shahardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga taklif etadi

Hurmatli fuqarolar!
Agar siz ayni paytda ish izlayotgan bo‘lsangiz, o‘zingizning mutaxassisligingiz, malakangiz va qiziqishlaringizga mos bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.

Shuningdek, ishga joylashish masalasida qo‘shimcha ma’lumot olish yoki amaliy ko‘makka ehtiyoj sezsangiz, yashash hududingizdagi hokim yordamchisi yoki mahalla yettiligi a’zolariga murojaat qilishingiz mumkin.


❗️Sizni munosib ish bilan ta’minlash va bandligingizni oshirish yo‘lida hamkorlik qilishga tayyormiz.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1