Nurafshon shahri hokimligi
3.13K subscribers
49.7K photos
4.91K videos
70 files
14.3K links
Download Telegram
✅✅✅✅

Qumariq mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda


Nurafshon shahar "Qumariq" MFY hududida elektr ta’minotining barqarorligini ta’minlash hamda TP-48 transformator podstansiyasidagi yuklamani kamaytirish maqsadida qo‘shimcha transformator o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur ishlar natijasida hududdagi elektr tarmoqlarining yuklamasi me’yorlashtirilib, iste’molchilarga elektr energiyasini barqaror yetkazib berish imkoniyati yanada yaxshilanadi.


Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar Nurafshonda elektr ta’minoti sifatini yaxshilash, mavjud tarmoqlarning barqaror ishlashini ta’minlash va aholiga qulay shart-sharoit yaratishga xizmat qiladi.

✅Telegram 🌐Instagram 📹YouTube✅Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

📺 OAV NIGOHIDA: 
Nurafshon shahrida nogironligi bo‘lgan va rivojlanishida o‘ziga xos ehtiyojlari mavjud bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Erta aralashuv” xizmati samarali faoliyat yuritmoqda.

Mazkur xizmat orqali bolalarning rivojlanishidagi ehtiyojlari erta aniqlanib, ularga zarur korreksion va rivojlantiruvchi yordam ko‘rsatilmoqda.

Tafsilotlar “O'zbekiston 24” telekanali lavhasida.

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

Mehnat yarmarkasi: fuqarolarga mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rni taklif etildi


Yarmarka Nurafshon shahar hokimligi, Respublika ishchi guruhi a’zolari, shahar Adliya bo‘limi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi.
🔘Yarmarkada 20 dan ortiq korxona va tashkilot ishtirok etib, fuqarolarga 1 120 ta bo‘sh ish o‘rni taqdim etildi. Unda jami 187 nafar ishsiz fuqaro qatnashib, mavjud vakansiyalar, mehnat shartlari hamda ishga joylashish imkoniyatlari bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘ldi.


❗️Tadbir yakunlariga ko‘ra, 31 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi. 6 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitish kurslariga yo‘naltirildi. Shuningdek, 2 nafar fuqaroga imtiyozli kredit olish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatish belgilandi.

✅Telegram 🌐Instagram 📹YouTube✅Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

Qumariq mahallasida kambag‘al oilalar uchun yangi daromad manbai yaratiladi

✅Nurafshon shahar Qumariq mahallasini ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish maqsadida xonadonbay o‘rganishlar asosida ishlab chiqilgan amaliy loyihalar shahar hokimi Qobil Xamdamovga taqdim etildi.

Taqdimotda mahalladagi mavjud muammolarni manzilli hal etish, aholi bandligini ta’minlash hamda oilalarning doimiy daromad manbalarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zmilliybank AJ Nurafshon shahar boshqaruvchisi T. Nishonxo‘jayev tomonidan mahalladagi kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularni daromadli faoliyatga jalb etishga qaratilgan loyihalar haqida axborot berildi.

Bugungi kunda Qumariq mahallasida 31 ta kambag‘al oila mavjud bo‘lib, ularda jami 106 nafar oila a’zosi istiqomat qiladi.

🔘Mazkur oilalarni kambag‘allikdan chiqarish va bandligini ta’minlash maqsadida 3 ta asosiy loyiha ishlab chiqildi. Jumladan, kooperatsiya asosida brokkoli yetishtirish, parrandachilikni rivojlantirish hamda rotang mebellar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Loyihalar orqali fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish, shuningdek, ularni zarur resurslar, kasbiy ko‘nikmalar va amaliy ko‘mak bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.


🔘Xususan, 1 gektar zaxira yer maydonida zamonaviy issiqxona tashkil etish uchun 1,5 mlrd so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilishi, loyiha doirasida 20 ta kambag‘al oilani jalb etish hamda har bir oilaga 5 sotixdan yer maydoni ajratish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, 5 ta kambag‘al oilani parrandachilikka jalb etib, tuxum yetishtirish orqali qo‘shimcha daromad manbaini yaratish, yana 5 ta oilani rotang mebellar ishlab chiqarishga o‘qitish, zarur vositalar va xomashyo bilan ta’minlash orqali ularning daromadlarini oshirish ko‘zda tutilgan.


Taqdim etilgan loyihalar yuzasidan shahar hokimi Qobil Xamdamov mas’ullarga tegishli vazifalarni belgilab berdi. Xususan, har bir oilaning ehtiyojidan kelib chiqib manzilli yondashish, loyihalarni amaliy bosqichga olib chiqish va belgilangan chora-tadbirlarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

❗️Mazkur tashabbuslar Qumariq mahallasida aholi bandligini oshirish, oilalar daromadini ko‘paytirish va kambag‘allikni qisqartirish, fuqarolar uchun barqaror daromad manbalarini yaratishga qaratilgan amaliy ishlarni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

✅Telegram 🌐Instagram 📹YouTube✅Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🔥1👏1