Nurafshonda OIV/OITS mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi
🔘 Shu munosabat bilan Nurafshon shahrida OIV/OITSning oldini olish, kasallikning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda aholining tibbiy savodxonligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.
🔘 Unda ommaviy axborot vositalari vakillari hamda soha mutaxassislari ishtirok etib, OIV infeksiyasining yuqish yo‘llari, profilaktika choralari, erta aniqlash va muntazam tibbiy tekshiruvlarning ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.
Matbuot anjumanida jurnalistlar tomonidan mavzu doirasida turli savollar berilib, mutaxassislar tomonidan ularga batafsil va asoslantirilgan javoblar taqdim etildi. Shuningdek, aholiga OIV/OITS bo‘yicha ishonchli va to‘g‘ri ma’lumotlarni yetkazish, kasallikning oldini olishda jamoatchilik xabardorligini oshirish muhimligi ta’kidlandi.
❗️Mazkur tadbir OIV/OITSning oldini olish borasidagi targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, aholining xabardorligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
“Situatsion tahliliy markaz – Aqlli shahar” faoliyati yuzasidan seminar o‘tkazildi
Nurafshon shahar prokurorining katta yordamchisi E. Abdualiyev tomonidan shaharda tashkil etilgan “Situatsion tahliliy markaz – Aqlli shahar” faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda mas’ul xodimlarning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, bozorlarni raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni tahliliy monitoring qilish tartibi va usullari yuzasidan tushunchalar berildi.
Shuningdek, raqamlashtirish jarayonida mavjud muammolar, ularning kelib chiqish sabablari va bartaraf etish choralari muhokama qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda qonuniylikni yanada mustahkamlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tushuntirish va ko‘rsatmalar berildi.
Seminar yakunida “Situatsion tahliliy markaz – Aqlli shahar” faoliyatini samarali tashkil etish, amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli ravishda tahlil qilib borish hamda belgilangan vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥1
To‘ytepa mahallasida sayyor qabul: murojaatlar nazoratga olindi
✔️ Sayyor qabulda shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev, Nurafshon shahar Kengashi deputatlari hamda tegishli korxona va tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etdi. Muloqot davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, moddiy yordam, yer va kadastr, qurilish, kommunal xizmatlar hamda infratuzilmaga oid qator masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
✔️ Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, fuqarolarga tegishli tushuntirishlar berildi. Qabul jarayonining o‘zida hal etish imkoniyati mavjud bo‘lgan ayrim masalalar ijobiy yechim topgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar nazoratga olinib, mas’ul tashkilot va mutasaddilarga biriktirildi.
Shuningdek, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilanib, murojaatlarning qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi va ijrosi ta’minlanishi bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
❗️Bunday sayyor qabullar aholini qiynayotgan muammolarni bevosita joyida o‘rganish, ularning amaliy yechimini ta’minlash hamda fuqarolar bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishga xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshonda ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati quriladi
🔘 Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev, Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov, nuroniylar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
🔘 Yangi maktab-internat uchun 16 400 kvadrat metr maydon ajratilgan. Loyiha doirasida zamonaviy o‘quv binosi, o‘quvchilar uchun barcha zarur sharoitlarga ega alohida yotoqxona barpo etiladi. Shuningdek, hududning 5 876 kvadrat metri ko‘kalamzorlashtirilishi rejalashtirilgan.
Maktab-internatning tashkil etilishi nafaqat Nurafshon shahri, balki Toshkent viloyatining barcha hududlaridagi san’atga qiziqishi va ijodiy salohiyati yuqori bo‘lgan yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Ayniqsa, yotoqxonaning mavjudligi viloyatning olis shahar va tumanlarida yashovchi iqtidorli o‘g‘il-qizlarning shu yerda istiqomat qilib, ixtisoslashtirilgan ta’lim olishiga imkon beradi.
❕ Maktab-internatini kelgusi o‘quv yiliga qadar foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlarning bandligi va tashabbuslari muhokama qilindi
✔️ Unda shahar hokimi Qobil Xamdamov, shahar IIB boshlig‘i Azizjon Yuldashev, shahar prokurori o‘rinbosari Sanjar Qarshiyev, tegishli tashkilot va idoralar vakillari hamda yoshlar ishtirok etdi. Muloqot davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish, kasb-hunarga o‘qitish, imtiyozli kreditlardan foydalanish hamda boshqa ijtimoiy masalalarga oid murojaatlari tinglandi.
Yoshlar tomonidan bildirilgan har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi. Jumladan, ishga joylashish, kasb-hunar egallash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va imtiyozli moliyaviy imkoniyatlardan foydalanish yuzasidan amaliy ko‘mak ko‘rsatish choralari belgilandi.
✔️ Shuningdek, yoshlarning yangi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va ularni daromadli faoliyatga yo‘naltirish yuzasidan zarur tavsiya va tushuntirishlar berildi.
❕Bunday ochiq muloqotlar yoshlar bilan bevosita va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash hamda har bir murojaat yuzasidan aniq amaliy choralarni belgilashga xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍1🔥1👏1