Nurafshon shahri hokimligi
3.13K subscribers
49.7K photos
4.91K videos
70 files
14.3K links
Download Telegram
✅✅✅✅

To‘ytepa mahallasida sayyor qabul: murojaatlar nazoratga olindi


✅Bugun Nurafshon shahar “To‘ytepa” MFY binosida aholining murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni manzilli hal etish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

✔️Sayyor qabulda shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev, Nurafshon shahar Kengashi deputatlari hamda tegishli korxona va tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etdi. Muloqot davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, moddiy yordam, yer va kadastr, qurilish, kommunal xizmatlar hamda infratuzilmaga oid qator masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.


✔️Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, fuqarolarga tegishli tushuntirishlar berildi. Qabul jarayonining o‘zida hal etish imkoniyati mavjud bo‘lgan ayrim masalalar ijobiy yechim topgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar nazoratga olinib, mas’ul tashkilot va mutasaddilarga biriktirildi.


Shuningdek, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilanib, murojaatlarning qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi va ijrosi ta’minlanishi bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

❗️Bunday sayyor qabullar aholini qiynayotgan muammolarni bevosita joyida o‘rganish, ularning amaliy yechimini ta’minlash hamda fuqarolar bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishga xizmat qilmoqda.

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

Nurafshonda ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati quriladi


✅Bugun Nurafshon shahridagi “ Business City” hududida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

🔘Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev, Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov, nuroniylar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

🔘Yangi maktab-internat uchun 16 400 kvadrat metr maydon ajratilgan. Loyiha doirasida zamonaviy o‘quv binosi, o‘quvchilar uchun barcha zarur sharoitlarga ega alohida yotoqxona barpo etiladi. Shuningdek, hududning 5 876 kvadrat metri ko‘kalamzorlashtirilishi rejalashtirilgan.


Maktab-internatning tashkil etilishi nafaqat Nurafshon shahri, balki Toshkent viloyatining barcha hududlaridagi san’atga qiziqishi va ijodiy salohiyati yuqori bo‘lgan yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Ayniqsa, yotoqxonaning mavjudligi viloyatning olis shahar va tumanlarida yashovchi iqtidorli o‘g‘il-qizlarning shu yerda istiqomat qilib, ixtisoslashtirilgan ta’lim olishiga imkon beradi.

❕ Maktab-internatini kelgusi o‘quv yiliga qadar foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

✅Telegram 🌐Instagram 📹YouTube✅Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅✅

📺 OAV NIGOHIDA: Nurafshon shahrining “Obod turmush” mahallasida ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash hamda aholini qiynab kelayotgan muammolarni joyida hal etish maqsadida tashkil etilgan mehnat yarmarkasi tafsilotlari “Nurafshon TV” lavhasida.

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

Yoshlarning bandligi va tashabbuslari muhokama qilindi

✅Nurafshon shahrida “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida yoshlarning murojaat va takliflarini tinglash, ularni qiynayotgan masalalarni o‘rganish hamda mavjud muammolarga amaliy yechim topish maqsadida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi.

✔️Unda shahar hokimi Qobil Xamdamov, shahar IIB boshlig‘i Azizjon Yuldashev, shahar prokurori o‘rinbosari Sanjar Qarshiyev, tegishli tashkilot va idoralar vakillari hamda yoshlar ishtirok etdi. Muloqot davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish, kasb-hunarga o‘qitish, imtiyozli kreditlardan foydalanish hamda boshqa ijtimoiy masalalarga oid murojaatlari tinglandi.


Yoshlar tomonidan bildirilgan har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi. Jumladan, ishga joylashish, kasb-hunar egallash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va imtiyozli moliyaviy imkoniyatlardan foydalanish yuzasidan amaliy ko‘mak ko‘rsatish choralari belgilandi.

✔️Shuningdek, yoshlarning yangi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va ularni daromadli faoliyatga yo‘naltirish yuzasidan zarur tavsiya va tushuntirishlar berildi.


❕Bunday ochiq muloqotlar yoshlar bilan bevosita va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash hamda har bir murojaat yuzasidan aniq amaliy choralarni belgilashga xizmat qilmoqda.

✅Telegram 🌐Instagram 📹YouTube✅Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍1🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

7 MILLION SO‘MGACHA ISH HAQI: 100 DAN ORTIQ BO‘SH ISH O‘RNI


Nurafshon shahrida ish izlayotgan fuqarolar uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Ayni paytda shahar markazidagi "Textill Mill Tashkent" qoʻshma korxonasida 100 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni mavjud.

Ish haqi 2.5 million so‘mdan 7 million so‘mgacha bo‘lib, mehnat faoliyati va orttirilgan tajribaga qarab ish haqining oshib borishi ko‘zda tutilgan.

✅ Quyidagi lavozimlarga ishga taklif qilamiz:

✔️Menejer
25–35 yoshdagi qizlar ishga taklif qilinadi.
Talablar:
🔘hisob-kitobni yaxshi bilish;
🔘rus tilida ta’lim olgan bo‘lish.
Ish haqi: 5 000 000–6 000 000 so‘m.

✔️ Kompyuter va hisob-kitob bo‘yicha mutaxassis
🔘35 yoshgacha bo‘lgan, universitetni tamomlagan, kompyuter va hisob-kitobni yaxshi biladigan nomzodlar ishga taklif qilinadi.

✔️Dizayner
18–25 yoshdagi qizlar ishga taklif qilinadi.
Talab:
🔘kompyuterdan yaxshi foydalana olish.
Ish haqi: 2 500 000 so‘mdan boshlanadi.

✔️To‘quv bo‘limi
🔘18–35 yoshdagi qizlar va yigitlar ishga taklif qilinadi.
🔘Ish tartibi: 2 kun kunduzgi smena, 2 kun tungi smena, 2 kun dam olish.
Ish haqi: 2 500 000–5 000 000 so‘m.

✔️ Krossovka ishlab chiqarish bo‘limi — yelimlovchi
🔘25–35 yoshdagi yigitlar ishga taklif qilinadi.
Ish haqi: 3 000 000 so‘mdan boshlanadi.

✔️ Krossovka ishlab chiqarish bo‘limi — tikuvchi
🔘Tikishni biladigan ayollar ishga taklif qilinadi.
Ish haqi: 2 700 000 so‘mdan boshlanadi.


☎️ 95 193 35 33
📌Lokatsiya

❗️Mazkur chora-tadbirlar Prezident raisligida joriy yil 3-sentabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar asosida Nurafshon shahrida ishsizlikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda fuqarolar daromadlarini oshirishga qaratilgan.

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1