Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
6 MILLION SO‘MGACHA ISH HAQI: 100 DAN ORTIQ BO‘SH ISH O‘RNI
Nurafshon shahrida ish izlayotgan fuqarolar uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Ayni paytda Degantepa mahallasidagi NEMO COLLECTION tikuvchilik korxonasida 100 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni mavjud.
Ish haqi 3 million so‘mdan 6 million so‘mgacha bo‘lib, mehnat faoliyati va orttirilgan tajribaga qarab ish haqining oshib borishi ko‘zda tutilgan.
✔️ 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan, ishlash istagidagi fuqarolar ishga taklif etiladi. Muhimi, ishga kirish uchun avvaldan maxsus malakaga ega bo‘lish shart emas. Korxonada malakasiz xodimlarga ham kasb o‘rgatilib, zarur mehnat ko‘nikmalari shakllantiriladi. Mazkur imkoniyatlardan foydalanib, fuqarolar doimiy bandligini ta’minlashi va o‘z daromadlarini oshirishi mumkin.☎️ 95 076 15 84📌 Lokatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oila mustahkamligi — jamiyat barqarorligining muhim omili
✔️ Unda shahar hokimi o‘rinbosari N. Djumanova, O‘rta Chirchiq tumanlararo sudi raisi R. Abduazimov, “Nuroniy” jamg‘armasi raisi, deputat J. Axmedkulov hamda mahallalardagi xotin-qizlar faollari ishtirok etdi.
Tadbir davomida oilaning jamiyatdagi o‘rni, oilaviy qadriyatlarni asrash, er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va mas’uliyatni mustahkamlash, farzandlar tarbiyasiga e’tibor qaratish hamda kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
✔️ Profilaktik tadbir doirasida ajrim yoqasida bo‘lgan 12 ta oila bilan individual suhbatlar o‘tkazildi. Olib borilgan tushuntirish va yarashtirish ishlari natijasida 5 ta oilaning yarashuviga erishildi. Bu orqali 9 nafar bolaning ota-onasi bag‘rida voyaga yetishi uchun imkoniyat yaratildi.
Uchrashuv yakunida oilaviy nizolarni barvaqt aniqlash, muammoli oilalar bilan manzilli ishlash va ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
❗️Bunday amaliy ishlar oilalar mustahkamligini ta’minlash, farzandlar manfaatini himoya qilish va mahallalarda sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Rasmiy axborot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi yetakchisi Nodirbek Abdusattorov Olimpiadadagi tarixiy g‘alaba butun xalqimizning yutug‘i ekanini ta’kidladi.
U O‘zbekiston Hindiston, Xitoy va AQSh kabi kuchli terma jamoalarni mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritganini qayd etdi.
"Bizda javob har doim bitta: biznikidek shaxmatni sevadigan Prezident dunyoda hech qayerda yo‘q!"
Abdusattorov, shuningdek, jahonning eng katta sahnalarida O‘zbekiston sharafi va bayrog‘ini munosib himoya qilishga va’da berdi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🔥1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshonda oyiga 4 million so‘mgacha daromadli ish izlayapsizmi? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun!
❗️Nurafshon shahrining Nurafshon MFY hududida joylashgan “Celebrity Style” — Irodat MCHJ korxonasi malakali tikuvchini ishga taklif etmoqda.
Korxonada xodimlar uchun qulay mehnat sharoitlari yaratilgan. 5 kunlik ish haftasi asosida faoliyat olib boriladi.
Shuningdek, uzoq hududlardan qatnovchi xodimlar uchun maxsus avtobus xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa xodimlar uchun ishga qatnashda qo‘shimcha qulaylik yaratadi.
Agar siz tikuvchilik sohasida ishlash istagida bo‘lsangiz, 4 million so‘mgacha daromad olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
☎️ Murojaat uchun:
+998 99 873 80 58 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.📌 Lokatsiya
“Celebrity Style” jamoasi sizni kutib qoladi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Nurafshonda O‘qituvchi va murabbiylar kuni tantanali nishonlandi
🔘 Tadbirda Nurafshon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev so‘zga chiqib, yig‘ilgan ustoz va murabbiylarni, ular timsolida shahardagi barcha ta’lim sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.
Tadbir davomida ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish, ularning mehnatini munosib qadrlash hamda samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.
🔘 Bayram tadbiri doirasida ta’lim sohasida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh o‘qituvchi va murabbiylarga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Tadbirning badiiy qismida yoshlarning sevimli san’atkori Doston Ergashev, Nurafshon shahar Madaniyat markazi ijodiy jamoasi hamda “Boychechak” bolalar namunali raqs jamoasi tomonidan musiqiy va badiiy chiqishlar namoyish etilib, bayram ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
❗️Nurafshon shahar hokimligi barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etib, ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, sharafli va mas’uliyatli faoliyatlarida kuch-g‘ayrat hamda yangi yutuq va muvaffaqiyatlar tilaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2❤1