#jarayon
Nurafshon shahar tibbiyot xodimlarining favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish ko‘nikmalarini oshirish maqsadida Nurafshon City hududida favqulodda vaziyatlar bo‘yicha o‘quv-amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda tibbiyot xodimlarining harakat algoritmi, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, bemorlarni saralash va evakuatsiya qilish, shuningdek, jamoaviy himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish tartibi tushuntirildi.
Amaliy mashg‘ulotlar davomida tibbiyot xodimlari shartli ravishda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, ularning holatini baholash hamda xavfsiz hududga evakuatsiya qilish bo‘yicha ko‘nikmalarini mustahkamladilar.
Mashg‘ulot yakunida ishtirokchilarning bilim va amaliy ko‘nikmalari baholandi.
✅Telegram 🌐Instagram 📹YouTube✅Facebook

Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov shahar markazidagi Toshkent yo‘li ko‘chasida joylashgan turar joy obyektlarida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida qurilish jarayonlarining borishi, obyektlarning foydalanishga tayyorlik holati hamda hududdan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Jarayon davomida tegishli tashkilot va korxonalar rahbarlari, soha mutasaddilariga qurilishi yakunlangan binolarni belgilangan tartibda foydalanishga topshirish, qurilishi to‘xtab qolgan obyektlar bo‘yicha muammolar va to‘xtalish sabablarini o‘rganib, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish yuzasidan topshiriqlar berildi.
❗️Belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, shuningdek, hududda olib borilayotgan ishlarning natijadorligi mas’ullar tomonidan doimiy nazorat qilib borilishi ta’kidlandi.
✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook

❤1
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisidagi nutqidan asosiy fikrlar:
📌 “Hamdo‘stlikning 35 yillik davrida ko‘p narsalar o‘zgardi, ammo eng asosiy masala o‘zgarmasdan qoldi: mamlakatlarni yaqin insoniy munosabatlar, umumiy tarix va hamkorlikning ulkan salohiyati bog‘lab kelmoqda”;
📌 “Dunyo tubdan o‘zgarmoqda, ziddiyatlar ortib, odatiy iqtisodiy aloqalar qayta qurilmoqda. Bunday vaziyatda ishonchni mustahkamlash, pozitsiyalarni tez-tez uyg‘unlashtirib borish va kelishuvlarning real natija berishiga erishish ayniqsa muhimdir”;
📌 Davlatlarning umumiy salohiyatidan to‘liq foydalanish va savdo-investitsiya sohasidagi sheriklikni yangi bosqichga olib chiqish zarurligi ta’kidlandi;
📌 Tovar ayirboshlashdan qo‘shilgan qiymatning to‘liq zanjirlarini birgalikda yaratishga bosqichma-bosqich o‘tish maqsadga muvofiqligi qayd etildi;
📌 Erkin savdo zonasining cheklovlarsiz to‘liq faoliyat yuritishini ta’minlash zarurligiga urg‘u berildi;
📌 Texnik to‘siqlarni bartaraf etish, muvofiqlik sertifikatlari o‘zaro tan olinishini ta’minlash va davlat xaridlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish muhim ekani ko‘rsatib o‘tildi;
📌 Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha davlat xaridlari sohasida o‘zaro bozor ochishni kengaytirish to‘g‘risidagi bitim, shuningdek, Oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi hamkorlik dasturi tez fursatlarda kelishib olinishi va tasdiqlanishiga umid bildirildi;
📌 Oziq-ovqat va o‘g‘itlar eksportiga cheklovlar kiritishdan oldin o‘zaro xabardor qilish va maslahatlashish mexanizmini joriy etish taklif qilindi;
📌 Integratsiyalashgan logistika markazlarini tashkil etish, tranzit xarajatlarini sezilarli darajada qisqartirish, yuk tashish qoidalarini birxillashtirish hamda MDHda yagona transport axborot tizimini shakllantirish maqsadga muvofiqligi qayd etildi;
📌 Turkmaniston tomonining 2029-yilni Hamdo‘stlikning transport bog‘liqligi yili deb e’lon qilish haqidagi tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi;
📌 Mintaqaning energetik jihatdan bog‘liqligini yaqin o‘n yilliklarda rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli prognoz zarurligi qayd etildi;
📌 Kam uglerodli texnologiyalarni jadal joriy etish va yopiq sikldagi ishlab chiqarishlarni rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi. Sa’y-harakatlarni birlashtirish uchun MDHning resurslardan samarali foydalanish va aylanma iqtisodiyot sohasida hamkorlik konsepsiyasini ishlab chiqish taklif qilindi;
📌 Davlatlararo gumanitar hamkorlik jamg‘armasi formatini kengaytirish orqali madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish uchun yaxshi imkoniyatlar mavjudligi bildirildi;
📌 “Madaniy siyosat va kreativ industriyalar” forumini tashkil etish taklif qilindi;
📌 Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida Ichki ishlar vazirlari kengashiga MDH Qo‘shma aloqa markazini tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqishni topshirish taklifi bildirildi.
Facebook|Instagram|X
Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon
Bugun Nurafshon shahar hokimi Q. Xamdamov, shahar prokurori T. Karimov hamda shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i J. Sayfiyev boshchiligida tadbirkorlar ishtirokida navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlarning murojaatlari tinglanib, ular faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

Qabul natijasida:
✅ 3 ta tadbirkorlik subyektining faoliyati qayta tiklandi;
✅ 15 ta tadbirkorlik subyekti tegishli reyestrdan chiqarildi;
✅ 2 nafar tadbirkorga imtiyozli kredit olishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.
✅Telegram 🌐Instagram 📹YouTube✅Facebook
❤2👍2👎1
#eslatma
📢Internetda axborot tarqatishda qonunchilik talablarini bilasizmi?
Internet tarmog‘ida joylashtirilgan har bir noqonuniy post, video, izoh yoki repost uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik mavjud.
Shuningdek, mualliflik huquqiga rioya qilmasdan kontentdan foydalanish ham qonunchilikka zid hisoblanadi.
Mazkur talablar ommaviy axborot vositalari, internet nashrlari, bosma nashrlar, blogerlar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va kanal administratorlariga birdek tatbiq etiladi.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram

✔️O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, konstitutsiyaviy tuzumga qarshi da’vatlar, ommaviy tartibsizliklarga chaqiriqlar, yolg‘on (feyk) axborotlar, urush, terrorizm va ekstremizmni targ‘ib qiluvchi materiallar, shuningdek, fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazuvchi axborotlarni tarqatish taqiqlanadi.