Nurafshon shahri hokimligi
3.13K subscribers
49.7K photos
4.91K videos
70 files
14.3K links
Download Telegram
#jarayon

Bugun Nurafshon shahar hokimi Q. Xamdamov, shahar prokurori T. Karimov hamda shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i J. Sayfiyev boshchiligida tadbirkorlar ishtirokida navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlarning murojaatlari tinglanib, ular faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Qabul natijasida:

✅ 3 ta tadbirkorlik subyektining faoliyati qayta tiklandi;

✅ 15 ta tadbirkorlik subyekti tegishli reyestrdan chiqarildi;

✅ 2 nafar tadbirkorga imtiyozli kredit olishda amaliy yordam ko‘rsatildi.


Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

✅Telegram 🌐Instagram 📹YouTube✅Facebook
❤2👍2👎1
#eslatma

📢Internetda axborot tarqatishda qonunchilik talablarini bilasizmi?

Internet tarmog‘ida joylashtirilgan har bir noqonuniy post, video, izoh yoki repost uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik mavjud.
✔️O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, konstitutsiyaviy tuzumga qarshi da’vatlar, ommaviy tartibsizliklarga chaqiriqlar, yolg‘on (feyk) axborotlar, urush, terrorizm va ekstremizmni targ‘ib qiluvchi materiallar, shuningdek, fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazuvchi axborotlarni tarqatish taqiqlanadi.

Shuningdek, mualliflik huquqiga rioya qilmasdan kontentdan foydalanish ham qonunchilikka zid hisoblanadi.

Mazkur talablar ommaviy axborot vositalari, internet nashrlari, bosma nashrlar, blogerlar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va kanal administratorlariga birdek tatbiq etiladi.

✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
#Jarayon

Nurafshon shahrining Yangiobod MFY hududidagi “NURAFSHON AVENUE” turar-joy majmuasi qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov, nuroniylar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

❗️Loyiha uchun jami 0,72 gektar yer maydoni ajratilgan bo‘lib, shundan 0,61 gektar hududni ko‘kalamzorlashtirish va yashil maskanlar barpo etish rejalashtirilgan. Majmua atrofida manzarali daraxtlar ekilib, aholi uchun shinam va osoyishta muhit yaratishga alohida e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, loyiha doirasida bolalar maydonchasi, ochiq sport maydonchalari hamda oilaviy hordiq chiqarish uchun ayvonchalar (besedkalar) tashkil etiladi. Bundan tashqari, 140 ta avtomobilga mo‘ljallangan avtoturargoh qurilishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur loyiha zamonaviy turar-joy sharoitlarini yaratish, hududning obodonligini yanada oshirish hamda aholi uchun qulay va farovon yashash muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.

✅Telegram 🌐Instagram 📹YouTube✅Facebook
❤1
#bandlik

OYLIK 5 MILLIONDAN BOSHLANADI! ISHGA MARHAMAT

Nurafshon shahrining Oppoq MFY hududida joylashgan “Rahmon Umar Fayz” MChJ qurilish firmasi 130 nafar erkak ishchilarni ishga taklif etadi.

💰 Oylik ish haqi: 5 000 000 so‘mdan boshlanadi.
📅 Ish tartibi: 6 kunlik ish haftasi.
🕐 Ish vaqti: 08:00 dan 17:00 gacha.
🍽 Tushlik vaqti: 12:00 dan 13:00 gacha.
Tushlik korxona hisobidan ta’minlanadi.


📞 Ishga joylashish uchun: +998 90 161 41 09 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Agar e’londa ko‘rsatilgan ish o‘rinlariga joylashishda muammolarga duch kelsangiz, Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin: +998 99 873 80 58.

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
❤1👎1🤝1