#eslatma
📢Internetda axborot tarqatishda qonunchilik talablarini bilasizmi?
Internet tarmog‘ida joylashtirilgan har bir noqonuniy post, video, izoh yoki repost uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik mavjud.
Shuningdek, mualliflik huquqiga rioya qilmasdan kontentdan foydalanish ham qonunchilikka zid hisoblanadi.
Mazkur talablar ommaviy axborot vositalari, internet nashrlari, bosma nashrlar, blogerlar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va kanal administratorlariga birdek tatbiq etiladi.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram

✔️O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, konstitutsiyaviy tuzumga qarshi da’vatlar, ommaviy tartibsizliklarga chaqiriqlar, yolg‘on (feyk) axborotlar, urush, terrorizm va ekstremizmni targ‘ib qiluvchi materiallar, shuningdek, fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazuvchi axborotlarni tarqatish taqiqlanadi.
Shuningdek, mualliflik huquqiga rioya qilmasdan kontentdan foydalanish ham qonunchilikka zid hisoblanadi.
Mazkur talablar ommaviy axborot vositalari, internet nashrlari, bosma nashrlar, blogerlar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va kanal administratorlariga birdek tatbiq etiladi.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
#Jarayon
Nurafshon shahrining Yangiobod MFY hududidagi “NURAFSHON AVENUE” turar-joy majmuasi qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov, nuroniylar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Shuningdek, loyiha doirasida bolalar maydonchasi, ochiq sport maydonchalari hamda oilaviy hordiq chiqarish uchun ayvonchalar (besedkalar) tashkil etiladi. Bundan tashqari, 140 ta avtomobilga mo‘ljallangan avtoturargoh qurilishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur loyiha zamonaviy turar-joy sharoitlarini yaratish, hududning obodonligini yanada oshirish hamda aholi uchun qulay va farovon yashash muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.
✅Telegram 🌐Instagram 📹YouTube✅Facebook

❗️Loyiha uchun jami 0,72 gektar yer maydoni ajratilgan bo‘lib, shundan 0,61 gektar hududni ko‘kalamzorlashtirish va yashil maskanlar barpo etish rejalashtirilgan. Majmua atrofida manzarali daraxtlar ekilib, aholi uchun shinam va osoyishta muhit yaratishga alohida e’tibor qaratiladi.
Shuningdek, loyiha doirasida bolalar maydonchasi, ochiq sport maydonchalari hamda oilaviy hordiq chiqarish uchun ayvonchalar (besedkalar) tashkil etiladi. Bundan tashqari, 140 ta avtomobilga mo‘ljallangan avtoturargoh qurilishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur loyiha zamonaviy turar-joy sharoitlarini yaratish, hududning obodonligini yanada oshirish hamda aholi uchun qulay va farovon yashash muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.
✅Telegram 🌐Instagram 📹YouTube✅Facebook
❤1
#bandlik
OYLIK 5 MILLIONDAN BOSHLANADI! ISHGA MARHAMAT
Nurafshon shahrining Oppoq MFY hududida joylashgan “Rahmon Umar Fayz” MChJ qurilish firmasi 130 nafar erkak ishchilarni ishga taklif etadi.
📞 Ishga joylashish uchun: +998 90 161 41 09 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
Agar e’londa ko‘rsatilgan ish o‘rinlariga joylashishda muammolarga duch kelsangiz, Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin: +998 99 873 80 58.
✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook

💰 Oylik ish haqi: 5 000 000 so‘mdan boshlanadi.
📅 Ish tartibi: 6 kunlik ish haftasi.
🕐 Ish vaqti: 08:00 dan 17:00 gacha.
🍽 Tushlik vaqti: 12:00 dan 13:00 gacha.
Tushlik korxona hisobidan ta’minlanadi.
📞 Ishga joylashish uchun: +998 90 161 41 09 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
Agar e’londa ko‘rsatilgan ish o‘rinlariga joylashishda muammolarga duch kelsangiz, Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin: +998 99 873 80 58.
✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
❤1👎1🤝1
#jarayon
Nurafshon shahrida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida tayyorgarlik ishlari izchil olib borilmoqda.
Xususan, muammoli mahallalardagi mavjud holatlar shahar hokimi Qobil Xamdamov tomonidan shaxsan nazoratga olinib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar tashkil etilmoqda.
Jumladan, Taraqqiyot mahallasida bir necha yillardan buyon aholini qiynab kelayotgan markazlashgan issiqlik ta’minoti tarmoqlarini tortish ishlari nazoratga olinib, ushbu yo‘nalishda keng ko‘lamli amaliy ishlar olib borilmoqda.
Mazkur ishlarning asosiy maqsadi kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, aholini issiqlik bilan barqaror ta’minlash hamda hudud aholisi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratishdan iborat.

👍1🤝1