Nurafshon shahri hokimligi
3.13K subscribers
49.7K photos
4.91K videos
70 files
14.3K links
Download Telegram
#21-oktabr

“Ona tilim — faxrim!” rasmlar tanlovi o‘tkazildi

21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Nurafshon shahridagi 12-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida yosh avlod qalbida ona tiliga mehr va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirish maqsadida “Ona tilim — faxrim!” shiori ostida rasmlar tanlovi tashkil etildi.

Tadbir shahar hokimi maslahatchisi M. Shoismanova, Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Z. Maxsudova hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent viloyati bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi.


Tanlovda yosh ijodkorlar ona tilimizga muhabbat, milliy g‘urur va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini aks ettirgan ijodiy ishlari bilan ishtirok etdilar. Tadbir yakunida faol va iqtidorli ishtirokchilar rag‘batlantirildi.

Mazkur tanlov yoshlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ona tilimizga hurmat va milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
👍3👏2❤1
#Yarmarka

Ish izlayotgan fuqarolar diqqatiga!

14-oktabr kuni soat 10:00 da Qumariq MFY dagi 32-maktabda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkaziladi.

Mehnat yarmarkasida Nurafshon shahrida faoliyat yuritayotgan quyidagi tashkilot va korxonalar ishtirok etadi:

🔘Shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi;

🔘Shahar tibbiyot birlashmasi;

🔘«Angren Bunyod Fayz»;

🔘«Milliy bank»;

🔘«Mikrokreditbank»;

🔘BRB;

🔘SQB;

🔘«Maxsus Trans»;

🔘«Texnopark»;

🔘Toshkent viloyati Migratsiya agentligi;

🔘TMT;

🔘«Irodat Textil»;

🔘Shuningdek, boshqa sanoat korxonalari va tashkilotlar.

Yarmarkada 1 000 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etiladi.

❗️Barcha ish qidirayotgan ishsiz aliment to'lovchi fuqarolar, yoshlar, ayollar, bitiruvchilar, probatsiyadagi va JIEMdan qaytgan fuqarolar, shuningdek kasb-hunar o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.

Ish izlayotgan barcha fuqarolarni ushbu imkoniyatdan foydalanishga chaqiramiz!

✅Telegram 🌐Instagram 📹YouTube✅Facebook
❤1
#rasman

Nurafshon shahar Xalq qabulxonasi binosida o'tkaziladigan shaxsiy qabullar jadvali

🔸Aholi murojaatlarini hal etishda yangi tizim yo‘lga qo‘yilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-mart sanasida «Aholi murojaatlarini ko‘rib chiqishga oid masalalarda» o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlaridan kelib chiqib, Nurafshon shahar hokimi va hokimning barcha o‘rinbosarlari tomonidan har haftada Xalq qabulxonasi binosida shaxsiy qabullar o‘tkazilishi belgilandi.


Mazkur muntazam ravishda tashkil etiladigan shaxsiy qabullar hudud fuqarolarida yuzaga kelayotgan turli muammolarni joyida o‘rganish, ularni qisqa muddatlarda samarali hal etish va ijrosini ta’minlashda mustahkam zamin bo‘lib xizmat qiladi.

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
❤1
#jarayon

Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov shaharda faoliyat yuritayotgan qurilish tashkilotlari rahbarlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Muloqot davomida shaharda ko‘p qavatli turar joy binolari hamda boshqa turdagi qurilish obyektlarini barpo etayotgan tashkilotlar vakillarining murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan muammolar o‘rganildi.

Xususan, ayrim qurilish obyektlarida ishlarning to‘xtab qolishiga sabab bo‘layotgan omillar muhokama qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Shahar hokimi Nurafshon qiyofasini zamonaviy va obod shaharga aylantirish, Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlik salohiyatini namoyon etishda qurilish tashkilotlari muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

Shuningdek, har bir qurilish loyihasida, eng avvalo, aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, zamonaviy shaharsozlik talablariga qat’iy rioya qilish hamda qurilish ishlarining sifatli tashkil etilishi zarurligi qayd etildi.

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
❤3
​#modernizatsiya

"​Yangi O‘zbekiston" massivlarni tashqi tabiiy gaz tarmog‘iga ulash ishlari olib borilmoqda

​Nurafshon shahri “Yangiobod” MFY hududida barpo etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massivlarni diametri Ø219 mm li yerusti o‘rta bosimli tabiiy gaz bilan taʼminlash bo‘yicha tashqi gaz tarmoqlarini qurish va montaj qilish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

​📍 Rejadagi tashqi gaz tarmog‘i: 3 500 km.

​Hududda istiqomat qiluvchi aholini barqaror va xavfsiz tabiiy gaz bilan taʼminlash maqsadida belgilangan qurilish-montaj ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
❤1