Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❗️Magistratura javoblari qachon chiqadi?

Ko’pchilik magistratura uchun qishki qabulning javoblari qachon chiqishi haqida so’rayotgan edi. Bu bo’yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ullaridan aniqlik kiritdim.

Ma’lum qilinishicha, ayni kunlarda deyarli barcha javoblar tayyorlangan, kelgusi haftada Davlat qabul komissiyasining bayoni chiqishi kutilmoqda.

Demak, kelasi haftada magistraturaga topshirgan abituriyentlar o’z natijalarini bilib olishlari mumkin bo’ladi.


👉 @xushnudbek

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍5
❗️TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

Davlat
test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish https://my.dtm.uz/ilmiy/service havola (“Ilmiy markaz” bo‘limi) orqali amalga oshirilmoqda va 13-fevralga (to‘lovni amalga oshirish 14-fevral soat 10:00) ga qadar davom etadi.

Imtihonlar esa 15-fevral kuni soat 14:00 Toshkent shahrida Davlat test markazi binosi (Bog'ishamolko'chasi 12-uy) da kompyuterda elektron tarzda o‘tkaziladi.

TOEFL ITP va TOEIC imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikatlari taqdim etiladi.

TOEFL ITP va TOEIC sertifikatlari xalqaro tan olingan sertifikatlar bo‘lib, mazkur sertifikatlarga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Imtihonlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot va qo‘llanmalar:

TOEFL ITP — ma’lumot | qo‘llanma;
TOEIC Listening and Reading Test — ma’lumot | qo‘llanma;
TOEIC Speaking and Writing Tests — ma’lumot | qo‘llanma.

Murojaat uchun:
- (95) 515-68-68

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍6
❗️Talabalardan yangilik!

Konspekt qilishni yangi usuli.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍26🤣26❤‍🔥2
❗️“Istiqbol” gazetasi havaskor ijodkorlarga o‘z ijodiy qobiliyatlarini sinab ko‘rishi uchun imkoniyat taqdim etadi!

DIQQAT TANLOV!

Agar siz yam-yashillikni sog‘ingan, boychechaklar unib chiqishini intiq bo‘lib kutayotgan qalamkashlardan biri bo‘lsangiz albatta
“Bahorga maktub” nomli ijodiy tanlovimizda ishtirok eting!!!

Tanlov shartlari quyidagilardan iborat:

1. Bahor fasliga maktub yo‘llang! Siz yozgan maktub 1-3 bet oralig‘ida, Word dasturining Times New Roman 14 shrifti, 1,5 intervalda yozilgan bo‘lishi kerak;

2. Maktubda bahorni sog‘inganingizni, bahorda nimalarni amalga oshirmoqchi ekaningizni, tabiatga murojaatingizni mazmunli ifoda etib bera olishingiz kerak;

3. Maktubingiz imloviy va uslubiy xatolardan xoli bo‘lishi kerak;
4. Tanlovda professional ijodkorlar ishtirok etishi mumkin emas!

5. Tanlovga yuborilayotgan maktublar joriy yilning 15-fevraldan 15-martiga qadar qabul qilinadi. Materiallar tanlov uchun tuzilgan maxsus tanlov hay’ati tomonidan ko‘rib chiqiladi.

6. Eng yaxshi deb topilgan ijodiy ishlar tahririyat ijtimoiy tarmoqlarida yoritib boriladi. G‘oliblar 25 –mart kuniga qadar gazetaning ijtimoiy sahifasida e’lon qilinadi.

7. Tanlovda g‘olib, deb topilgan maktub egalari maxsus nominatsiyalar bo‘yicha e’lon qilinadilar.

8. G‘olib bo‘lgan mualliflar DIPLOM va tahririyat SOVG‘ASI bilan taqdirlanadilar. Shuningdek, o‘z ijodiy ishlarini yil davomida “Istiqbol” gazetasining bosma nashrida chop etish imkoniyati beriladi.

Agar siz g‘olib bo‘lsangiz-u, tahririyatga kelishga imkoningiz bo‘lmasa, biz sizga “O‘zbekiston pochtasi” orqali g’oliblik diplomi va tahririyat sovg‘asini yuboramiz.

Tanlovda ishtirok etish uchun ijodiy ishlarni @tanlov_hakami profiliga yuborishingiz mumkin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍8
Dekanatga kiraverishda eshikka yozib qo'yilgan xabarlardan biri😁

To'g'risiyamda, bularni qizlar haqida ma'lumot berishdan boshqa ishi yo'qmi)))

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣54👍6🍌3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ish bermas diplom...

”O‘z kuchim bilan kirib, Narhozda kontraktga o‘qidim. 2 ta oliy ma’lumotli diplomim bor. Lekin ochiq aytaman DIPLOM BIR TIYINGA QIMMAT, ishga kirolmaysan, agar tanishing(tankang) bo‘lmasa. Bankka kirmoqchi bo‘lganman, qo‘limda diplom kallamda bilimim bilan - 500$ PORA so‘rashgan o‘shanda...”

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍20👎6🤣5
AQSh NNT Tinchlik Jamg'armasi Fund For Peace (FFP) mojarolarning erta oldini olish, tinchlik o'rnatish, xavfsizlik va inson huquqlariga qiziqqan talabalarga amaliyot taklif qiladi.
Stajorlar xalqaro munosabatlar sohasida amaliy tajriba, xalqaro va NNT hamjamiyatida mukammal ish tajribasiga ega bo’lish imkoniyati beriladi.

Davomiyligi: kamida 3-4 oy.


Vazifalar:nizolarni tahlil qilish;
tadqiqot o'tkazish va maqolalar/ma'ruzalar yozish;
tahrirlashda yordam berish;
alohida mamlakatlar ma'lumotlarini monitoring qilish va yangilash;
FFP nomidan konferensiyalar/ davra suhbatlarida ishtirok etish.

Talablar:
bakalavr/magistratura talabasi bo'lishi; ingliz tilida ravonlik.

Oyiga 350$ yarim kunlik va oyiga $700 toʻliq ish kuni.

Ariza topshirish oxirgi muddati:
bahorgi amaliyot (yanvar-may) - 2023 yil 15 noyabr;
yozgi (may/iyun-avgust) - 2023 yil 15 mart;
kuzgi (sentyabr-dekabr) - 2023 yil 15 iyul.

Batafsil

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍3
❗️O'quv kontrakt nimaga asoslanib belgilanadi?

Men Farg'ona shaharidagi Koreya Xalqaro Universiteti 4-kurs talabasiman. 2- smestrda 4-kurs talabalari o'qish davri fakultetlarga qarab 1 oy yoki 15 kunlik dars qolgan. Ba'zi fakultetlarda 3 ta, ba'zilarida 2 ta fandan darsi qolgan.

O'qish davri qisqa, undan keyin amaliyot belgilangan, ammo 2- smestr uchun kontrakt summasi pasaytirilmayapti. Ijtimoiy- gumanitar yo'nalishga $1260, texnik muhandislikka $1350 belgilangan.

Dars davomiyligi va fanlar ozligi sababli kontrakt summalari ham tushirilishi kerak. Ammo universitet tomonidan bu haqida hech qanday ma'lumot chiqmayapti, faqat kontraktni shu summani to'lashimizni so'ralyapti.

O'quv kontrakt nimaga asoslanib belgilanadi? Buzga shu haqda ma'lumot berishsin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍15😐5
❗️Toshkent davlat texnika universiteti talabasi begona qizga tahdid qilmoqda.

Murojaat botimizga ismi sir saqlanishini so'ragan murojaatchimizning aytishicha (rasmdagi)Toshkent davlat texnika universiteti talabasi Rasulov Doston qizning fotosuratlarini instagram ijtimoiy tarmog'iga raqamlari bilan (haqoratomuz) e'lon qilib tarqatib yuborgan. Bizda hamma isbot dalillar bor!

Bundan tashqariga yigit qizni haqorat qilib qo'rqitib kelmoqda. Hozir qizning ahvoli yaxshi emas, u joniga qasd qilmoqchi ham bo'lgan.

Yanada aniqlik kiritish maqsadida, qizning onasi bilan ham suhbat qurdik. "Qizimning ahvoli yaxshi emas, har kuni yo'lini to'sib unga tazyiq o'tkazarkan. Bugun ertalabdan qo'shnilarim telefon qilib, qizimni rasmi instagramda bir kecha uchun tekin deb nomlangan rasmi va raqamlari bilan chiqib ketganini aytdi. U yigitga telefon qilsam, ustimdan kulib tashladi. Qizim menga shu vaqtgacha qo'rqqanidan aytolmay kelgan. U yigit qizimga tarsaki ham tushirgan. Kecha 02 qilib, uning ustidan ariza yozdim. Iltimos sizdan qizim o'zini bir nima qilib qo'ymasin, bunaqa g'alamislarga chora ko'rsin..." deydi biz bilan suhbat qurgan qizning onasi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlardan ushbu masalada ijobiy yechim qilishlarini so'rab qolamiz...

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤬86👍16😱10
❗️Oliy ma’lumot olish uchun 3 yil o‘qiladigan yo‘nalishlar borligini bilasizmi?

✅ Ushbu rasmda ko‘rsatilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qish muddati 3 yil etib belgilangan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
❗️Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling: ular plastik kartalardan pul yechib olishning yangi sxemasini o‘ylab topishdi.

Sxema quyidagicha: siz «tasodifan» kartangizga pul olasiz, keyin ular noma’lum raqamdan qo‘ng‘iroq qilib, uni noto‘g‘ri o‘tkazganliklarini aytishadi. Suhbat davomida kartada qancha pul borligini aniqlab, raqamingizga keladigan kodni yozib berishingizni so‘rashadi. Keyin ular sizning kartangizdan barcha pullarni olib qo‘yishadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍19🤣8🤬6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Vazir qovun tushirdi(mi?).

Sog‘liqni saqlash vaziri jurnalistning savoliga javob berayotib jiddiy qovun tushirdi.

Uning fikricha Shifokorlarning oyligini oshirish shart emas va xalq ko‘ngildan chiqarib tashlab ketgan pul yetarli.

Kechirasizu xurmatli vazir! Qayerdan chiqarsa ham u korrupsiya bo‘lmaydimi? Nega shifokor, davlat muassasasida ishlab bemor qo‘liga qarab o‘tirishi kerak. Yoki ochiq pul olishga ruxsatmi bu?

Qovunni kattasini tushirdiz!


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣117🤬17👍12
❗️Litsenziyaga ega boʻlmagan oliy taʼlim muassasalaridan ogoh boʻling!

“Medical and pedagogy University" tomonidan berilgan diplomlar Oʻzbekistonda oliy taʼlim muassasasi diplomi sifatida tan olinadimi?”

Maʼlumotlarga koʻra, yuqorida nomi keltirilgan taʼlim tashkilotiga Oʻzbekistonda oliy taʼlim xizmatlarini koʻrsatish huquqini beruvchi hech qanday litsenziyaga ega emas.

Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 29-moddasiga asosan, nodavlat taʼlim tashkilotlari litsenziya olingan kundan eʼtiboran taʼlim faoliyati bilan shugʻullanishga haqlidir.

Nodavlat taʼlim tashkilotlariga litsenziya berish Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori asosida amalga oshiriladi.

Shuni yodda tutish muhimki, tegishli litsenziyaga ega boʻlmagan yoki belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtmagan taʼlim tashkilotlari tomonidan berilgan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatlar nafaqat Oʻzbekiston Respublikasida balki boshqa davlatlar tomonidan ham tan olinmaydi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍8👎1
#talaba_murojaati

❗️Bizga imkoniyat berishsin!

Assalomu alaykum!
Bilamizki bugungi kunda hamma oʻzi istagan xorijiy tillarni, IT ni va boshqa koʻp kasblarni internet orqali, xususan You Tube platformasida oʻrganish imkoniyatiga ega.

Men Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti talabalari nomidan sizga murojaat qilyapman. Sababi shundaki biz institut kutubxonasiga tez-tez borib turamiz. Asosan kompyuterlarga ehtiyojimiz bor. Yaqinda davlatimiz rahbari “Ibrat farzandlari” tashabbuskorlari bilan uchrashdi. Biz ham “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida til oʻrganishni maqsad qildik, albatta qoʻshimcha tayyorlanishga.

Afsuski, bizni YouTubedan uzub qoʻyishgan. Institut kutubxonasiga borar ekansiz u yerda zamonaviy kasblarni organish niyatida oʻz ustida ishlayotgan talabalarni koʻrib xursand ham bolasiz ham achinasiz. Negaki ular nimanidir oʻrganish uchun borgan, lekin eng muhimi afsuski, platformani cheklab qoʻyishgan. Bir necha bor guvohi boʻldim kelib qaytib ketgan talabalarning. Hammasi kontraktda oʻqiydi va ortiqcha megabaytlar sotib olishni oʻzi ham boʻlmaydi.

Bilamizki You Tubega koʻp megabayt sarflanadi. Nima demoqchimanki, biz yoshlarni ozgina oʻylasangizlar. Iltimos Youtubeni ochib berishsa, biz ham nimadir oʻrganaylik. Hamma kompyuterda internet ishlamaydi barbir, hech boʻlmasa youtubega dostup beringlar. Hammasi zamonaviy, lekin sanoqli kompyuterni internetga ulab, uniyam cheklab qoʻygandan nima foyda. Bizga imkoniyat beringlar biz ham izlanish uchun boramiz.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍29🤣4
❗️Vazir: Iqtidorli talabalarni xorijiy universitetlarga stajirovkalarga joʻnatish anʼanasini yoʻlga qoʻyish lozim

Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida davlat oliy taʼlim muassasalarining faoliyat samaradorligini baholash, tahlil qilish va oshirish chora-tadbirlari hamda ustuvor vazifalarni belgilash boʻyicha kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi.

👉Batafsil ushbu havolada

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27😁7👎1
Talaba.uz | Ta'lim portali
⚡️ Vazir qovun tushirdi(mi?). Sog‘liqni saqlash vaziri jurnalistning savoliga javob berayotib jiddiy qovun tushirdi. Uning fikricha Shifokorlarning oyligini oshirish shart emas va xalq ko‘ngildan chiqarib tashlab ketgan pul yetarli. Kechirasizu xurmatli…
⚡️ Kun latifasi.

Bitta bemor vrachga ko‘rinib, lecheniyalarni yozdirib, raxmat doktor deb chiqib ketayotsa vrach tomoq qiribdi. Bemor to‘xtabdiyu tushunmay yana chiqib ketayotganmish.

Vrach yana tamoq qiribdi. Bemor to‘xtabdida - Xa doktor, biror gapiz bormi? desa
Vrach :
- Siz vazirni gapini yo eshitmagansiz yo qilmayapsiz deb sekin cho‘ntagiga ishora qilarmish.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣94👍8
Biror so'z aytishga ojizmiz.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
😭71😢28💔7
Yotoqxonaga DXM yoki YAIDXP orqali joylashish tizimi yoʻlga qoʻyilishi mumkin

🔺Davlat dasturi* loyihasiga koʻra talabalarga yotoqxonaga onlayn joylashish imkoniyatlarini beruvchi Davlat xizmatlari markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatiladigan bepul elektron xizmatni joriy etish taklif etilmoqda.

Bunda:

➖yotoqxonalar hisobini yuritish reyestrini ishlab chiqish;

➖ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni ustuvor ravishda joylashtirish;

➖Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ariza berish va toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratish nazarda tutiladi.

(*2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi)

Sizning fikringiz qanday? Taklif qoldirish uchun link👇
https://taklif.strategy.uz/83-2/

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍7👎2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bizseninleyiztürkiye

🇺🇿🤝🇹🇷Toshkent moliya instituti jamoasi Turkiyaning janubi-sharqiy viloyatlarida ro‘y bergan kuchli zilzila oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va katta talafotlar ko‘rilgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi!

She'r muallifi: Bobur Bobomurod
She'rni TMI talabalari o'qidi.

TMI axborot xizmati

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍21🔥5👎1