Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Endi bitiruvchilari ishga joylashmagan universtitutlar tugatilishi mumkin. Ana endi, «mehnat shartnoma opke, shartnomaga pechat bostirib ke» boshlanib ketmasa bo‘ldi. O‘zini hurmat qilgan ish beruvchiyam «avval diplomingni opke» deydi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
😁28👍13🤣12
❗️Talaba 775 ming 520 AQSH dollari miqdoridagi imtiyozli grant mablagʻini qoʻlga kiritdi

Fargʻona viloyati Beshariq tumanidagi 2-umumtaʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi Abdulloh Muhammadov muddatidan oldin xorijning nufuzli 11 ta oliy taʼlim muassasalarida oʻqish imkoniga ega boʻldi. Shu tariqa iqtidorli oʻquvchi 775 ming 520 AQSH dollari miqdoridagi imtiyozli grant mablagʻini qoʻlga kiritdi.

U oʻqishga qabul qilingan oliy taʼlim dargohlari qatorida AQSH, Malayziya, Shveysariya, Birlashgan Arab Amirliklari singari davlatlarning TOP-100 talikka kiruvchi universitetlari bor.

Shuningdek, 2022-2023 oʻquv yili bitiruvchisi bir vaqtning oʻzida Malayziya universitetiga qabul qilinib, yuz foizlik grant sohibiga aylandi. Unga Shveysariyadagi Franklin universitetida oʻqish boʻyicha ham imtiyoz berilib, buning uchun 97 ming 520 AQSH dollari miqdorida grant ham taqdim etildi. Oʻz navbatida isteʼdodli oʻquvchi Dubaydagi (BAA) Curtin universitetida ham oʻqishi mumkin. Buning uchun unga maxsus sertifikat va grant mablagʻi ajratildi.

A. Muhammadovning aytishicha, matematika va ingliz tili fanlari boʻyicha oʻtkazilgan imtihonlarda xalqaro SAT sertifikati hamda IELTS xalqaro sertifikatini ham qoʻlga kiritgan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍34👎4🏆2
🌙 Juma muborak!

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam): “Sizlar uchun eng xayrli kun – juma kunidir. Shunday ekan bu kuni menga ko‘p salavotlar aytinglar, chunki bu kungi salavotlar menga ko‘rsatiladi”, deb aytganlar (Abu Dovud rivoyati).

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❤‍🔥9👍2
❗️Samarqand davlat universitetida Yaponiyaning Tottori universiteti vakolatxonasi ochiladi

Ushbu vakolatxonaning asosiy faoliyati Tottori universitetining Qurg‘oqchil mintaqalarni tadqiq qilish xalqaro markazi (Arid Land Research Center) olimlari tomonidan qurg‘oqchil hududlarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan yangi innovatsion ishlanmalar va bilimlarni O‘zbekistonga transfer qilish, sinovdan o‘tkazish hamda amaliyotga keng joriy qilishga qaratiladi.

Ta’kidlash lozimki, mazkur xalqaro markaz qurg‘oqchil mintaqalardan ilmiy asoslangan holda samarali foydalanish, xususan sho‘rlangan va suv taqchil hududlarda dehqonchilikni rivojlantirish bo‘yicha dunyo darajasida e’tirof etilgan Yaponiyadagi yetakchi markaz hisoblanadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️O'zbekiston hududida haroratning rang shkalasiga nisbatan o'zgarishi ehtimoli.

17-fevral kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati +10 darajagacha.
Surxondaryo viloyatida havo harorati +14°С gacha ko‘tarilishi mumkin. Tog'li hududlarda +2°C gacha.

Yomg'ir. Shimolda engil yog'ingarchilik (yomg'ir, qor). Buxoro, Navoiy viloyatlarida ertalab baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi. Togʻ oldi va togʻli hududlarda vaqti-vaqti bilan (yomgʻir, qor), baʼzan kuchli.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍8🔥1
❗️Kelgusi o‘quv yilida 14 ta yo‘nalishga sirtqi ta’lim uchun qabul bo‘lmaydi

Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasining xabar berishicha, 2023/2024 o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining quyidagi 14 ta ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi:

● Matematika va informatika
● Fizika va astronomiya
● Kimyo
● Biologiya
● Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari
● O‘zbek tili va adabiyoti
● Ona tili va adabiyoti (tillar bo‘yicha)
● O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili
● O‘zga tilli guruhlarda rus tili
● Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha)
● Chaqiriqqacha harbiy ta’lim
● Maktab menejmenti
● Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (tillar bo‘yicha)
● Maxsus pedagogika (faoliyat turlari bo‘yicha)


Yuqoridagi ko‘rsatilmagan pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍17🤨6🔥1
❗️Oʻqishni koʻchirib berishni vaʼda qilgan firibgar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻrgʻontepa tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan X.X. fuqaro G.E.ning farzandini oʻqishini tanishlari yordamida qoʻshni Qirgʻiziston Respublikasi tibbiyot institutidan Andijon davlat tibbiyot institutiga koʻchirib berish evaziga 4 250 AQSH dollarini qoʻlga kiritganligi aniqlanib, shundan 1 mln soʻmini qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍4🔥2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
3 ta farzandim va ayolim bilan birga tuproqning ostida qoldim. 2 farzandim o‘sha zahoti vafot etdi. 6 oylik chaqalog'imizni og‘zimdagi tupukni berib 5 kun hayotda tutib turoldim. Keyin u ham vafot etdi. 7- kun g‘ishtlarni orasini qo‘lim bilan qazdim, suv chiqdi. Qor suvi edi, vaholanki mamlakatda qor yo‘q.

U suv bilan tirik qoldik. Robbim bizga hidoyat, rizq nasib etdi.Bundan keyin hayotimni ALLOHga bag‘ishlayman. Qur’on o‘rganaman. Biz Qur’onni, islomni tanimas ekanmiz.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍39😢28
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzurida korrupsiya haqida xabar berish imkonini beruvchi “Call-markaz” faoliyat yuritmoqda

“1253”
qisqa raqami orqali O‘zbekistonning istalgan hududidan bog‘lanish va mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlar to‘g‘risida xabar berish mumkin.

Taqdim etilgan har bir murojaat qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi ta’minlanadi.

“Call-markaz”ning mutaxassislari yordamida korrupsiyaga qarshi kurash masalalari bo‘yicha bepul huquqiy maslahat olish mumkin.

Ma’lumot uchun: 2022-yil davomida “Call-markaz” orqali jismoniy va yuridik shaxslardan 2 300 dan ziyod murojaatlar kelib tushgan.Ulardan 2 115 tasiga markaz xodimlari tomonidan huquqiy maslahat va tushuntirish berilgan. 200 ga yaqin murojaat asosida Agentlik tegishli idoralar bilan hamkorlikda o‘rganish o‘tkazgan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍10
❗️16 yoshdan oshgan 129 ming abituriyentlar oʻqishga hujjat topshirmasligi mumkin!

Joriy yilda maktabni tamomlab, oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishni rejalashtirgan 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida fuqarolik pasporti, ya’ni ID-karta olishlari shart.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda 16 yoshga to‘lgan 129 mingdan ortiq bitiruvchilar ID-karta olmagan.

OTMlarga abituriyentlarning hujjatlari onlayn qabul qilinadi. Onlayn hujjat topshirishda abituriyentlar yoki biometrik pasport, yoki ID-karta ma’lumotlarini kiritish talab etiladi.

❗️Shu bois, 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida, yana ham aniqrog‘i OTMga qabul jarayonlari boshlangunga qadar ID-karta olish harakatida (hozir biometrik pasport bermayapti, faqat ID-karta beriladi) bo‘lishlarini tavsiya etamiz.

Ertaga hujjat topshirish boshlanganda navbatlar ko‘payib ketib, qiynalib qolmang!

Pasport olmagalarga yuborib qoʻying!↗️

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12
❗️TIBBIY MAʼLUMOTNOMALAR QACHONDAN ELEKTRON SHAKLDA BOʻLADI?

Prezident farmoni loyihasiga muvofiq, aholini sifatli tibbiy xizmatlar bilan taʼminlash maqsadida quyidagilar belgilanmoqda:

2023-yilda 30 ta oilaviy poliklinika, 110 ta oilaviy shifokor punkti va 520 tagacha ixcham mahalla tibbiyot punktlarini tashkil etish;

vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy maʼlumotnomalar berilishini bosqichma-bosqich elektron shaklga oʻtkazish.

Bunda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy maʼlumotnomalar:

Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida – 2023-yil 1-iyuldan;
Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlarida – 2023-yil 1-oktyabrdan;
respublikaning boshqa hududlarida – 2024-yil 1-yanvardan elektron shaklga oʻtkaziladi.

Shunga koʻra, 2024-yil 1-yanvardan tibbiy maʼlumotnomalarni qogʻoz shaklda talab qilish taqiqlanadi.

2023-yil 1-iyuldan Toshkent shahrida bosqichma-bosqich davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari joriy etiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍7
❗️Mirzo Ulug’bek vorislari Respublika tanloviga 43 125 nafar ishtirokchi ro’yxatdan o’tdi

Iqtidorli yoshlarni qo’llab quvvatlash maqsadida tashkil etilgan tanlovning bu yilgi bosqichiga ro’yxatdan o’tish o’z nihoyasiga yetdi.

Bu yili tanlovga 2 barobar ko’proq ishtirokchilar ro’yxatdan o’tishga ulgurdi. Bu esa yanada ko’proq yosh iqtidor egalari o’z loyihalarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo’lganini ko’rsatadi.

IQ-test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirib, o’z loyihasini yuklagan yoshlar tanlovning 1-bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritishadi.

Tuman/shahar kesimida o’tkaziladigan
1-bosqich taqdimotlari fevral oyi oxirida start oladi va g’oliblar bir marotabalik pul mukofotlari bilan rag’batlantiriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍11🐳2👎1
❗️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonovning topshiriqlari

17-raqamdagi topshiriq ham juda qiziq. Buni qisqacha yana mana bu nomlar bilan atash mumkin: trollik qilish, ulugʻlash, maqtash, maddohlik qilish kabi variantlar bilan ifodalasa ham boʻladi.

Tizim sha’nini himoya qilish degani nima u? Oʻqituvchi dars bersinmi yo tizim sha’nini ulugʻlab oʻtirsinmi? Masalan, Adliya vazirligi atrofida salbiy fikrlar deyarli uchramaydi. Buyam xuddi shunday gap: tizim toʻgʻri ishlasa, uni himoya qilishga hojat qolmaydi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍15🤬10🤣6
❗️Endi o‘qituvchilar bir yo‘nalishda o‘qib, ikkita fandan dars berishi mumkin

Prezidentning “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni ko‘ra, 2022/2023-o‘quv yilidan o‘quv dasturlari o‘zaro yaqin bo‘lgan 4 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi:

- Matematika va informatika (qo‘shimcha informatika fani o‘qituvchisi),
- Pedagogika (qo‘shimcha tarbiya fani o‘qituvchisi),
- Biologiya (qo‘shimcha tabiiy fanlar o‘qituvchisi),
- Maxsus pedagogika: surdopedagogika (qo‘shimcha surdotarjimon)
bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha mutaxassislik (kvalifikatsiya) berish tartibi joriy qilingan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍11
Audio
❗️ Ma'naviyat bo'limi rahbari va uning TTJdagi biznesi...

Ushbu rukn murojaat botimizdan kelgan.Qattiq iltimosdan keyin kanalga qo'yildi.

🗣Bu dastur kanal ma'muriga tegishli emas!

Biz shunchaki sizlarga taqdim etamiz.

⚡️Muallif shaxsining sir qolishini so'ragan( mr.anonim).

Ertangi kun, dasturda nazarda tutilgan shaxs uchun yomon o'tishi aniq)

8 minut qimmatli vaqtingizni o'g'irlaymiz, balkim bu sizning OTMingizdagi holatdir?

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤬9👍6👎2
#talabadan_murojaat

❗️"Hech kim bizlarga qiyo ham boqmaydi"

Assaloma aleykum! Qoraqalpogʻiston Tibbyot Instituti talabasiman.
Vazirlar Maxkamasining 561 sonli qaror 03.10.2022-yilda bitiruvchi kurslarni ish bilan taminlash boʻyicha. Bizlarni oʻz ishimizdan boʻshatib, oʻqishga oflaynga chaqirishyapti. Shu masalani yordam bersangiz.

Bizlar amaliyotda hech oʻrgana olmayapmiz. Oʻrgatishmayapti. Oʻzlarimiz mustaqil oylik olib ishlaganimiz yaxshi hamma narsani oʻrganyapmiz. Oʻz ustimizda ishlayapmiz. Boshliqlarimiz bizdan ish talab qiladi, oyliksiz amaliyotda yursak hech kim bizlarga qiyo ham boqmaydi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍37👎7
#talabadan_murojaat
#Jizzax

❗️"Ko'p talabalar kreditga qolib ketishgan"

Assalom u alaykum TalabaUz kanali boshqaruvchilari! Men O'zMU jizzax filialida 3-kurs talabasiman. Bizda 2-tur qayta topshirish imtihonlariga ruxsat berishmayapti. Lekin O'zMU rasmiy kanalida ruxsat etilgan. 15-fevraldan 15-martga qadar bizga ham ochib berishini so'rasak, bu bizga taalluqli emas, degan javob olyapmiz. Ustozlardan iltimos bizga ham 2-imkoniyat bepul ochib berilsin guruhimizdagi ko'p talabalar kreditga qolib ketishgan. Shu masalada amaliy yordam berishingizni iltimos qilaman.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍20👏1
#talabadan_murojaat

❗️O'qishni ko'chirish uchun Toshkentda propiska bo'lishi kerakmi?

Assalom aleykum! MenToshkentda MCHJ da ishlayman. Bo'lajak turmush o'rtog'im Andijon tibbiyot intitutida o'qiydi. Shuni Toshkent shahriga ko'chirishim uchun mendan doimiy propiska bo'lishi kerak. Lekin menda vaqtinchalik propiska mavjud shu bilan ham ko'chirish imkoni bormi?

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍10
Qanday ajoyib odamlarimiz borligining kichik bir dalili

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍68😢11🔥5
❗️ Maxsus anketalar to'ldirilmoqda

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining absurd topshirigʻi ijrosini bajarishga oliy ta’lim muassasalari allaqachon kirishib ketibdi. Joylarda talabalar maxsus anketalar to’ldirayotgan ekan.

Anketadagi savollarga e’tibor bering. Judayam absurd. Masalan, kim oʻzini xulq-atvorimda buzilishlar bor yoki agressivman, deb yozib beradi? Bu savollarni qaysi “kallali”(lar) tuzgan?

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣37🤬10👍8