Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi: Ta’lim sohasida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

💬 "Yoshlarning oliygohlarda davlat hisobidan grant asosida o‘qish huquqi Konstitusiyada belgilanmoqda. Bu bilan iqtidorli yoshlarning davlat hisobidan oliy ta’lim olish imkoniyati kafolatlanmoqda. Bu oliy ta’limda hamisha davlat granti uchun kvotalar ajratiladi va ushbu tartib hech qachon bekor bo‘lmaydi degani" — Oliy Majlisning Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi Jahongir Shirinov

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍4⚡1🍌1
Omadli insonlar!

Agar bugun ertalab sog' - salomat uyg'ongan bo'lsangiz dunyodagi 7 mlrd, 916 mln insondan baxtliroq ekansiz!

Agar bu tongni tanda dardsiz kutib olgan bo'lsangiz ayni damda 1.2 mlrd insondan omadliroqsiz!

Urush taxlikasi va xavf - xatarsiz, hayotingizga tahdidsiz kun kechirayotgan bo'lsangiz 500 mln insondan erkinroq ekansiz!

Cho'ntagingizda pulingiz bo'lsa dunyodagi omadi kulgan 1 mlrd insondan birisiz!

Ota - onangiz, turmush o'rtog'ingiz va farzandlaringiz yoningizda, oilangiz ahil bo'lsa siz dunyodagi noyob insonlar qatoridasiz!

Bergan ne'matlariga yaratganga shukur ayting!

Juma muborak!

🎓
Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍57❤‍🔥9🔥4
E savodingga o't tushsin!

Shuni yozgan odam ham vaqtida kimnidir joyini band qilib o'qiganda a oliy ta'limda? Xayriyat, buyruq direktor tomonidan halicha imzolanmabdi. Hech yo'qsa u savodlidir?!

P.s. Talabalar, kelajakda bajargan ishingiz orqasidan la'nat, qarg'ish eshitmaslik uchun ham qoyillatib o'qinglar. Jamiyatga kerakli kadr bo'ling, qo'g'irchoq emas!

🎓
Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤬28👍15👏2
#statistika

Statistika agentligiga ko‘ra, 2022/23-o‘quv yili boshiga respublikamizda faoliyat yuritayotgan 191 ta oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni 1 million nafardan oshgan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍10👎3👏3
❗️Toshkent metropolitenining 7-bekati vaqtincha yopiladi

Toshkent metropolitenining «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishi 6- va 7-bekatlari oralig‘idagi yer ustki qismida Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Qo‘yliq dehqon bozori tomon qurilayotgan avtomobil yo‘l o‘tkazgichining qurilish ishlari yakunlanmoqda.

Shu munosabat bilan metropolitenning 7-bekati (Qo‘yliq) joriy yilning 11 mart kunidan 18 mart kuniga qadar metro yo‘lovchilariga vaqtincha xizmat ko‘rsatmaydi.

«Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishida poyezdlar harakati «Do‘stlik-2» bekati bilan 6-bekat oralig‘ida tashkil etiladi. Yo‘lovchilar uchun 6- va 7-bekat oralig‘ida qo‘shimcha avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍7👎1
#Talabaga_yordam

⚡️Bo'sh ish o'rinlarini o'zida jamlagan platforma yaratildi!

💠O'zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining ochiq ma'lumotlari asosida respublika miqyosida mavjud bo'sh ish o'rinlari haqida ma'lumot beruvchi telegram boti ishga tushirildi.

📌Ushbu bot orqali respublika miqyosida turli sohalar bo'yicha real vaqt rejimida yangilanib turuvchi bo'sh ish o'rinlari bo'yicha ma'lumotlar olishingiz mumkin.

➡️ Bundan tashqari ushbu platforma (@edu_vakant_bot) orqali talabalar ham o'zlari uchun bo'sh ish o'rinlari topishlari mumkin.

Barcha talabalarga ulashing ♻️

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Toshkent 1966 yil. Glinka ko'chasi. Pedagogika instituti. Hozirgi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti unversiteti.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍16😍6🔥1
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziriga UNESCOning nufuzli xalqaro mukofoti topshirildi

10-mart kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov Ekvatorial Gvineyaning Jibloho shahrida tabiiy fanlar sohasidagi tadqiqotlar uchun YUNESKO – Ekvatorial Gvineya xalqaro mukofotini qabul qilib oldi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍6👎2
❗️Yana bir talaba o'z joniga qasd qildi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 10-mart kuni soat 21:25 larda Samarqand viloyati Oqdaryo tumani "O‘zbekiston" mahallasida yashagan 18 yoshli qiz D.O. (oliy ta’lim muassasasi talabasi) Oqdaryo tumani va Samarqand tumanini bog‘lab turuvchi Qoradaryo ko‘prigidan o‘zini suvga tashlab joniga qasd qilgan.

Marhumaning o‘lim sababini aniqlash uchun sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan Oqdaryo tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmokda.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
😢14👍8😱4
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Qozogʻiston Respublikasi bilan oliy taʼlim va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim sohasida hamkorlik qilinadi

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–90-son, 10.03.2023-y.) qabul qilindi

📁 Qarorga muvofiq, Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida oliy taʼlim va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim tasdiqlandi.

☑️ Mazkur bitim 2022-yil 22-dekabr kuni Toshkent shahrida imzolangan.

🏢 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.

⚠️ Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin Oʻzbekistonning majburiyatlari bajarilishini taʼminlaydi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍8👎2
#Hazil

6 para dars o‘qib avtobusga chiqqaningda😁

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣84👍12😁7
#talabalaga_qulaylik

❗️NamMQIda 1 000 oʻrinli yangi talabalar turar-joyi barpo etilmoqda

Namangan muhandislik-qurilish institutining Islom Karimov koʻchasidagi talabalar turar-joyi hududida davlat-xususiy sheriklik asosida 12 qavatli, umumiy loyiha qiymati 86 mlrd 300 mln soʻm boʻlgan yangi turar-joy binosi qurilishi boshlandi.

Institut rektori, prorektorlar va qurilish tashkiloti rahbarlari ishtirokida ushbu turar-joy binosi loyihasi yana bir bor koʻzdan kechirildi. Oʻzbekona udumlarga muvofiq jonliq soʻyilib, duo-fotiha qilindi va qudratli mashinalar kotlovan qazishga kirishdi.

“Nifrit impeks” MChJ tomonidan tayyorlangan loyiha asosida 1 000 oʻrinli talabalar turar-joyi qurilishi 2023-yil oxiriga qadar yakunlanib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, yil boshida institutning 300 oʻrinli yana bir yotoqxonasi qurilishi boshlangan edi.

Maʼlumot uchun, Institut tasarrufida hozirgi kunda 2 ta talabalar turar joyi mavjud boʻlib, umumiy sigʻimi 800 oʻrinni tashkil etadi.
👍11🤣3
❗️“KONTRAKT” haqida qisqacha she'r...

Salom Ota, qalaysiz,
Kunimga siz yaraysiz,
Nega unday qaraysiz,
Kontrakt oshib ketdi...

Darsda xayol suraman,
Ijarada turaman,
Sizni yaxshi ko'raman,
Kontrakt oshib ketdi...

Rosti, aytmadim qo'shib,
Yig'lagim kelar jo'shib,
Stipendiya tushib,
Kontrakt oshib ketdi...

"O’qish" deya chopgandik,
Oxir kamol topgandik,
Yozda beshga yopgandik,
Kontrakt oshib ketdi.

Kunimiz o'tar arang,
Asablar bo'lar tarang,
Holimizga bir qarang,
Kontrakt oshib ketdi...

Byudjet edi zo'rimiz,
Shunga edi to'rimiz,
Qurib qopdi sho'rimiz,
Kontrakt oshib ketdi...

Ota, o'yga botasizov,
Novvasni ham sotasizov,
Yoki qarzga botasizov,
Kontrakt oshib ketdi...

Navro'z ZIYO
👍18😢9🔥4
❗️ Kunni yaxshi xabar bilan boshlaymiz!

Fargʻonalik oʻquvchi 1 mln 62 ming AQSh dollari sohibiga aylandi va muddatidan oldin 10 ta xalqaro universitet talabasi boʻldi!

Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida yashovchi Oybek Abduhalimov muddatidan oldin 10 ta xalqaro nufuzli universitet talabasi hamda jami 1 million 62 ming AQSH dollari miqdoridagi grant sohibiga aylandi.

Ular orasida AQSHdagi nufuzli Nyu-York, Temple, Valparaiso hamda Minnesota universitetlari bor.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍35🤣4🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Yashil makon” umummilliy loyihasining bahorgi mavsumiga start berildi

Shu munosabat bilan Bo‘ston shaharchasida joylashgan universitetning 7 gektarga yaqin yer maydonida 11 ming tup mevali va manzarali ko‘chatlar ekilmoqda.

Universitet Axborot xizmati

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍6