Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
#talabalaga_qulaylik

❗️NamMQIda 1 000 oʻrinli yangi talabalar turar-joyi barpo etilmoqda

Namangan muhandislik-qurilish institutining Islom Karimov koʻchasidagi talabalar turar-joyi hududida davlat-xususiy sheriklik asosida 12 qavatli, umumiy loyiha qiymati 86 mlrd 300 mln soʻm boʻlgan yangi turar-joy binosi qurilishi boshlandi.

Institut rektori, prorektorlar va qurilish tashkiloti rahbarlari ishtirokida ushbu turar-joy binosi loyihasi yana bir bor koʻzdan kechirildi. Oʻzbekona udumlarga muvofiq jonliq soʻyilib, duo-fotiha qilindi va qudratli mashinalar kotlovan qazishga kirishdi.

“Nifrit impeks” MChJ tomonidan tayyorlangan loyiha asosida 1 000 oʻrinli talabalar turar-joyi qurilishi 2023-yil oxiriga qadar yakunlanib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, yil boshida institutning 300 oʻrinli yana bir yotoqxonasi qurilishi boshlangan edi.

Maʼlumot uchun, Institut tasarrufida hozirgi kunda 2 ta talabalar turar joyi mavjud boʻlib, umumiy sigʻimi 800 oʻrinni tashkil etadi.
👍11🤣3
❗️“KONTRAKT” haqida qisqacha she'r...

Salom Ota, qalaysiz,
Kunimga siz yaraysiz,
Nega unday qaraysiz,
Kontrakt oshib ketdi...

Darsda xayol suraman,
Ijarada turaman,
Sizni yaxshi ko'raman,
Kontrakt oshib ketdi...

Rosti, aytmadim qo'shib,
Yig'lagim kelar jo'shib,
Stipendiya tushib,
Kontrakt oshib ketdi...

"O’qish" deya chopgandik,
Oxir kamol topgandik,
Yozda beshga yopgandik,
Kontrakt oshib ketdi.

Kunimiz o'tar arang,
Asablar bo'lar tarang,
Holimizga bir qarang,
Kontrakt oshib ketdi...

Byudjet edi zo'rimiz,
Shunga edi to'rimiz,
Qurib qopdi sho'rimiz,
Kontrakt oshib ketdi...

Ota, o'yga botasizov,
Novvasni ham sotasizov,
Yoki qarzga botasizov,
Kontrakt oshib ketdi...

Navro'z ZIYO
👍18😢9🔥4
❗️ Kunni yaxshi xabar bilan boshlaymiz!

Fargʻonalik oʻquvchi 1 mln 62 ming AQSh dollari sohibiga aylandi va muddatidan oldin 10 ta xalqaro universitet talabasi boʻldi!

Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida yashovchi Oybek Abduhalimov muddatidan oldin 10 ta xalqaro nufuzli universitet talabasi hamda jami 1 million 62 ming AQSH dollari miqdoridagi grant sohibiga aylandi.

Ular orasida AQSHdagi nufuzli Nyu-York, Temple, Valparaiso hamda Minnesota universitetlari bor.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍35🤣4🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Yashil makon” umummilliy loyihasining bahorgi mavsumiga start berildi

Shu munosabat bilan Bo‘ston shaharchasida joylashgan universitetning 7 gektarga yaqin yer maydonida 11 ming tup mevali va manzarali ko‘chatlar ekilmoqda.

Universitet Axborot xizmati

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍6
#Talabalardan_murojaat

❗️Akademik qarzdor talaba Magistrlik dessertatsiyasi himoyasiga qo'yiladimi?

Magistratura 2-bosqich talabalari bitta fanni o'zlashtira olmaganligi uchun akademik qarzdor bo'lsa, qayta o'qish talabalar tashabbusi bilan yozga bo'lishi yozilgan. Bitiruvchi magistrantlar hozirda stajirovka va MD ishlari bilan band. Shu paytda kechki ta'lim shaklida qilib qayta o'qib imtihon topshirib, ular ham yozda bitiradigan talabalar bilan birga diplom olish imkoniga egami? Akademik qarzdor talaba Magistrlik dessertatsiyasi himoyasiga qo'yiladimi?
Qarzdor talabalar yozda o'qishi belgilangan bo'lsa diplom olib doktoranturaga topshirishga ulguradimi? Ya'ni 15-oktabrgacha magistrlik diplomiga ega bo'ladimi?

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍14
Jizzax politexnika instituti ancha vaqtlardan beri shunday turadi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣78👍5👎4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Siz ham izoh bering

Kelajak xiyonatkori.

Kelajakda Siz shunday oʻqituvchi boʻlsangiz, hozirdanoq boshqa kasbni tanlang.
Bolalarni uvoliga qolmang!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤬22👎12👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#biroz_hazil

Eshitdilarmi Jahon tillari universiteti nomi o'zgaribdi 😅

Jahon tillarida o'qiydigan tanishlarga yuborıb qo'yamiz

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣50👍5👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☘ Xayrli tong!

✨ Alloh taolo bugungi kuningizni tinchlik ofiyatda, yaxshi kayfiyatda, savobli amallar bilan toʻla boʻlib oʻtishini sizga nasib qilsin!


🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍5
Yaponiyada maktab darsligi muqovasiga Sherdor madrasasi surati joylashtirildi

Samarqand shahridagi dunyoga mashhur Registon majmuasida joylashgan Sherdor madrasasi surati Yaponiya umumtaʼlim maktablarining “Jahon tarixi” darsligi (9-12-sinflar) muqovasiga joylashtirildi.

Darslik Yaponiyaning eng yirik “Yamakawa Shuppansha Ltd.” nashriyoti tomonidan tayyorlangan.

Qoʻllanma aprel oyidan boshlab yangi oʻquv yilida tarix fanidan darslik sifatida foydalanish rejalashtirilgan.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍31⚡8👏3
❗️Jizzax politexnika institutidan rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan rasmda asosiy o‘quv binosida joylashgan adolat qutisi aks etgan bo‘lib, uning kamera hududida turganini ko‘rishimiz mumkin.

O‘rganishlar natijasida ushbu rasm ayni kunlarda olingan rasm emasligi aniqlandi. Shuningdek, adolat qutisi institut hududida ta’mirlash-tozalash ishlari olib borilgan paytda mazkur joyga olib o‘tilganligiga oydinlik kiritildi. Ta’mirlash-tozalash ishlari yakunlangach adolat qutisi kuzatuv kameralari yo‘q bo‘lgan hududga olib o‘tilgan.

Shuni alohida qayd etish lozimki, institutda shaffoflikni ta’minlash, mansabdor shaxslar va pedagog-xodimlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarlik holatlarining oldini olish va shu kabi harakatlarga chek qo‘yish maqsadida doimiy ravishda qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.


P.s. Aslida qutining qachon rasmga olingani, qayerda turgani ahamiyatsiz. Shu quti qo'yilibdimi, demak adolatsizliklar bor, yo'l qo'yilayotgani achinarli... Agar o'sha mansabdor shaxslar, pedagoglar vijdon bilan ishlaganida edi ehtiyoj bo'lmasdi hech qanday quti-mutilarga.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣18👍15🐳1
#talaba_murojaati
#samarqand

‼️Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabalariga 2 oydan buyon stipendiya berilmayapti

Salom, men Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bank-moliya xizmatlari fakultetida grant asosida o'qiyman. Muammo shundaki, fevral va mart oylari uchun stipendiya haligacha(14.03.2023) berilmadi. Institut hisobchisidan soʻraganimizda "Bu oy ham olmaysizlar" degan javob oldik. Pulga muhtojligim uchun shunga tayanib qolganman. Agar iloji boʻlsa, shu muammoni hal qilib berishingizni barcha talabalar nomidan soʻrab qolaman!

Bundan tashqari, hech qaysi oyda stipendiya oʻz vaqtida berilmaydi, har doim choʻzib yurishadi. Boshqa institutlarda esa har oyning 5-sanasigacha tashlab berilishini eshitamiz.


🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍16💯2
❗️O‘zbekiston va Tojikiston OTM o‘rtasida 30 ga yaqin hujjat imzolandi

Forumning yalpi majlisida ikki davlat oliy taʼlim muassasalari rektorlari hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va istiqboldagi rejalarga bag‘ishlangan ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi hamda yakuni bo‘yicha mamlakatlar oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida 30 ga yaqin bitim, anglashuv memoradumi va yo‘l xaritalari imzolandi.

Ularda Tojikiston oliy o‘quv yurtlari bilan kimyo texnologiya, energetika, mashinasozlik, sanoat texnologiyasi, biotexnologiya, irrigatsiya va suv resurslari, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, farmakologiya, farmatsevtika kabi sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunga qadar ikki davlat oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida hamkorlik boʻyicha 65 dan ortiq shartnoma va memorandum mavjud. Ayni paytda yurtimizning 5 ta oliy o‘quv yurtida ta’lim tojik tilida olib boriladigan maktab, litsey va oliy o‘quv yurtlari uchun kadrlar tayyorlanmoqda.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤬6👍2👎2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14😁10🤣9
📢 E’LON!

🔵Tarjimonlikka qiziqadiganlar, bir daqiqaga qaravoringlarchi👋

🔔 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Toshkentdagi Gyote instituti qoshida badiiy tarjimon va adabiyotshunos olima Hafiza Qo‘chqorovaning “Mutarjimlik maktabi” o‘z faoliyatini boshladi.

🖥 Maktabda nemis, ingliz, rus va turk tillaridagi badiiy asarlarni o‘zbek tiliga va o‘zbek tilidan o‘sha tillarga tarjimalar qilinadi, shuningdek, yetuk ustozlar tomonidan tarjimashunoslik hamda adabiyotshunoslikka doir ma’ruzalar tashkil etiladi.

🚩 Maqsadimiz — badiiy tarjima borasida yangi iqtidorlarni kashf etish. Maktabga a’zo bo‘lish bepul! Bizga qo‘shiling va o‘z iste’dodingizni namoyon eting!

➡️Batafsil ma’lumot olish uchun @mutarjimlar_maktabi'ga murojaat qiling.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
❗️O‘zbekiston Senati 30 aprel kuni Konstitutsiya bo‘yicha referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi

O‘zbekiston Senati (parlament yuqori palatasi) 14 mart kuni parlament Qonunchilik (quyi) palatasining yangi konstitutsiya loyihasi bo‘yicha 30 aprel kuni referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorini ma’qulladi.

Bundan tashqari, taʼkidlanishicha, Senat yangi konstitutsiya toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ham maʼqullagan.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👎5👍2🐳1
❗️Bugun havo harorati 25 daraja iliq boʻladi

“Oʻzgidromet” 15-mart kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

Bugun kunduz kuni Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, respublika shimolida va choʻl hududlarida baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25° iliq boʻladi.

Poytaxtimizda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-22° iliq boʻladi.

Togʻli hududlarda baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Qor koʻchishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-13° iliq boʻladi.


🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍3👎2🔥1