Talaba.uz | Ta'lim portali
5.43K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Ramazonda yoqqan yomg’ir

Ona ming qilsada baribir ona,
Xol so‘rar: Issiqda charchamadingmi?
Bu jaziramada ketgancha yona,
Tashna bo‘lmadingmi, chanqamadingmi?

Atay sinash uchun aylayman javob,
Onajon kelsada g‘aflatdan qochgim.
Qolsamda beajr, yohud besavob,
Judayam kelyapti og‘zimni ochgim.

Onam cho‘chib ketar, esingni yebsan,
Bir kungina ro‘zang buzganing uchun.
Jazo olmog‘ingni istamasdirman,
Kafforating o‘tab yana oltmish kun...

Bu ayol...
Keltirib qo‘ymasa yaxshiydi iymon-
Deb shayton esidan og‘a boshlaydi.
Xidoyat topsin va bo‘lsin deb omon,
Ko‘zimdan yomg‘irlar yog‘a boshlaydi...

©️ Abdurahmon Meshayan

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍16❤‍🔥3🔥3
❗️Pedagog talabalar diqqatiga!

Maktab direktorlarini lavozimga tayinlash tizimi oʻzgartirilishi kutilmoqda

Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirova vazirlikning “Vazirga murojaat” rukni ostida eʼlon qilingan videomurojaatda maʼlum qildi.

💬 “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maktab direktorlarini lavozimga tayinlash va umumtaʼlim muassasalarini zamonaviy va bilimli rahbar kadrlar bilan taʼminlash maqsadida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan joriy yil davomida maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktorlarini lavozimga lavozimdan ozod etish jarayonini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari tomonidan tanlov asosida tashkil etish boʻyicha tegishli huquqiy hujjat loyihasi tayyorlanmoqda
”, – deyiladi bayonotda.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍13🤨3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Flash Sale | Online Ingliz Tili Darslarim Uchun Mega Chegirma!

Bugun Siz 59.000 So'mga To'liq 9 Oylik Darslarimga Qo'shilish Imoniyatiga Egasiz.

✅️ Ingliz tilini eng zamonaviy metod yordamida online tarzda tez, oson va samarali o'rganing.

‼️ Online darsning asl narxi 1 oyga 200.000 so'm va umumiy 9 oyga mo'ljallangan. Bugun 15 aprel darslarimga "Flash Sale" chegirmasini e'lon qildim va 50 o'quvchini to'liq 9 oylik kursga bor yo'g'i 59.000 so'mga qabul qilaman. Bu bir marotabalik to'lov bo'lib ushbu aksiyada darsga qo'shilgan o'quvchilar 9 oy davomoda boshqa to'lov qilmaydi.

📩 To'liq ma'lumot @realenglishfullpack

PS: "Flash Sale" asosida umumiy 50 o'quvchi qabul qilinishini eslatib o'taman. Imkoniyatni qo'ldan noy bermasdan men bilan hoziroq bog'laning.

Ijtimoiy tarmoqlarim;

Telegram | Instagram | YouTube
👍7
📌 Grant asosida o'qishni tamomlaganlar 3 yil davlatga ishlab berish majburiyati bekor bo'ldimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu mavzu keng muhokama qilinmoqda. Shuningdek murojaatbotimizga ham ushbu xabarlarga oydinlik kiritib berishimizni so'rashgan. Tegishli vazirlik mas'ullari va yuristlar bergan ma'lumotlarga ko'ra 3 yil davlatga ishlab berish amaliyoti bekor bo'lmagan, idoraviy hujjat o'z kuchidaligi aytilmoqda.

Shuningdek davlat granti hisobiga tahsil olgan talabalar 3 yillik majburiy mehnat faoliyatini kambag'allik yuqori bo'lgan hududlarda amalga oshirishlari haqida takliflar ko'rib chiqilmoqda.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👎24👍12👏1
р.pdf
261.6 MB
❗️Yangilanayotgan Konstitutsiya. 100 savolga 100 javob qoʻllanmasi bilan tanishing.

Ushbu qoʻllanmada:
- Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga kiritilishi taklif etilayotgan 100 ta eng muhim yangiliklarning mazmun-mohiyati savol-javob tarzida batafsil yoritilgan;
- turli yoshdagi fuqarolarning konstitutsiyasiviy islohotlar bilan bogʻliq masalalarni oson va asoslantirilgan tarzda tushunishiga yordam beradi;
- u referendum tashkilotchilari va keng jamoatchilikka moʻljallangan.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍6👎6
❗️ Stipendiyalar oshdimi?

Yo’q, Prezident farmoni bilan faqat byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqlari, pensiyalar va nafaqalar 7%ga oshyapti.

Talabalarning stipendiyalari oshgani yo‘q, bu haqda farmonda hech narsa deyilmagan.

Kontraktlar oshadimi?

Aslida qoidaga ko‘ra, talabalarning to‘lov-kontraktlari ham oshishi kerak, chunki bazaviy kontrakt miqdorlari mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga bog‘lab qo‘yilgan. Ya’ni aslida qoidasi bo’yicha mehnatga haq to’lash miqdori oshganda kontraktlar ham oshadi.

Lekin bu borada xulosaga biroz shoshmagan ma’qul. Sababi pandemiyadan keyin bir necha yildan buyon kontraktlar miqdori oshirilmayapti, eski holicha turibdi. Mehnatga haq to’lash miqdori bir necha bor oshgan bo’lsa-da, lekin kontraktlar oshirilmadi.

Yana ham bu bo’yicha sohaga mas’ullar rasmiy aniqlik kiritgani maqsadga muvofiq.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👎18👍15😐1
❗️ Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti diqqatiga!

Assalomu alaykum! Biz magistraturaning qishgi qabulida 2023-yil 20-fevraldan rasman oʻqishni boshladik. Lekin bizga mart, aprel oylarini stependiyasi tushdi. Ammo fevral oyining 8 kunligi tushmadi. Shunga aniqlik kiritib berishlarini soʻraymiz.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣12👍6😱1
Ⓜ️ 19-aprel kuni Toshkent metropoliteni Yer usti halqa yo‘lining 7-bekatida (Qo‘yliq) poyezdlar harakati to‘xtatiladi.

Shu kuni poyezdlar harakati Do‘stlik-2 — 6-bekat oralig‘ida tashkil etiladi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
❗️Sunʼiy intellekt oʻqituvchilar oʻrnini egallaydimi?!

Business Insider nashri ChatGPT (sunʼiy intellekt) sabab yoʻqolib ketishi mumkin boʻlgan 10 ta kasbni eʼlon qildi, ular orasida oʻqituvchilik ham bor.

Rivojlangan mamlakatlarining barcha oʻqituvchilari o‘quvchi va talabalarning uy vazifalarini tayyorlashda ChatGPT dan foydalanib, belgilangan qoidalarni buzishlaridan xavotirda.

Rochester texnologiya institutining Hisoblash texnikasi va axborot fanlari fakulteti dekani o‘rinbosari Pengcheng Shining fikricha, o‘qituvchilar sunʼiy intellekt ularning ish o‘rniga xavf solishi haqida ham o‘ylashlari kerak.

“ChatGPT endilikda darslarni osonlikcha oʻrgatishi mumkin”, – deydi Shi New York Post nashriga bergan intervyusida — Bilim nuqtayi nazaridan xato va noaniqliklar mavjud boʻlsa-da, buni osongina yaxshilash mumkin, buning uchun tizimda tegishli koʻnikmani shakllantirish kerak”.

Ammo oʻrta maktabning matematika va tabiiy fanlar oʻqituvchisi Shannon Ahern ChatGPT uning oʻrnini egallashidan xavotirda emas. U dars jarayonlarini rejalashtirishda ayni tizimdan foydalanadi.

“Biz insonlar yuzma-yuz mashgʻulotlarda yuzaga keladigan, oʻzaro shaxsiy muloqotlarga doim muhtojmiz”, – deydi u, Insider nashriga bergan intervyusida.

Shuningdek, roʻyxatdan oʻqituvchilikdan tashqari quyidagi kasblar ham oʻrin olgan:

1. Texnik vakansiyalar (koderlar, dasturchilar, dasturiy taʼminot muhandislari, maʼlumotlar tahlilchilari);
2. Media ishlari (reklama, kontent yaratish, kopirayting , jurnalistika);
3. Yuridik sohadagi ish oʻrinlari (parayurist, yurist yordamchisi);
4. Marketologlar;
5. Moliyaviy ish oʻrinlari (moliyaviy tahlilchilar, shaxsiy moliyaviy maslahatchilar);
6. Treyderlar, grafik dizaynerlar;
7. Buxgalterlar, qoʻllab-quvvatlash xizmati xodimlari.

ChatGPT nima o‘zi? 👉 https://kun.uz/uz/42292599


🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍8👎5
❓❔Nega ko‘pchilik talabalar o‘qish davomida muvaffaqiyatli bo‘lolmaydi?

1. Fokusni bitta narsaga jamlamaslik
- ko'pchilik talabalar o‘qilishi, bajarilishi kerak bo‘lgan rejalarni bir-biridan ajratish o'rniga, qisqa vaqt ichida juda ko'p fanlarni o‘rganishga, topshiriqlarni bajarishga harakat qilishadi. Bu esa tez charchash va diqqat bo‘linishiga olib keladi.

2. Ruhiy salomatlikka e'tibor bermaslik - Bazi OTM'larning o‘ta talabchan o‘qitish tizimi talabalarning ruhiy salomatligiga ta'sir qilishi mumkin. Stress, charchash holatlariga e'tibor bermaslik va akademik kurash kabi ruhiy omillar ko‘pchilik talabalarni jismoniy depressiyaga ham tushirib qo‘yadi.

3. Zarur bo'lganda yordam so'ramaslik - Talabalar dars topshiriqlari, klinik amaliyotlar yoki o'qishning boshqa jihatlari davomida mustaqil o‘rganishga qiynalib qolishadi, odatda. Biroq, ko'pchilik talabalar - ustozlar, katta kurslar yoki bilimliroq tengdoshlaridan yordam so'ramaydi, bu esa past baholarga olib keladi va vaqtida o'rganish imkoniyatlarini cheklab qo‘yadi.

4. Diqqat va intizomning yetishmasligi - Talabalari o'qish davomida diqqatni jamlashlari va intizomli bo'lishlari kerak. Lekin, ijtimoiy tarmoqlar, televizor va do'stlar davralari kabi chalg'itadigan narsalar ularni o'rganish va xotira qobiliyatlariga salbiy ta'sir ko‘rsatadi.

5. Vaqtni noto'g'ri boshqarish - talabchan ish yukini hisobga olgan holda, vaqtni boshqarish talabalar uchun juda muhimdir. Vaqtni noto'g'ri boshqarilishi o'tkazib yuborilgan muddatlarga, chala bajarilgan topshiriqlarga yoki imtihonlarga yaxshi tayyorgarlik ko'rmaslikka sabab bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda, talabalar ta'lim davomida muvaffaqiyatga erishishlari uchun aniq maqsadli, diqqatli va belgilangan maqsad amalga oshmaguncha intizomli bo'lishlari kerak.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
💯18👍11👏1
❗️Namangan davlat universitetidan shedever diplom)

Namanganda korrupsiya -faravon hayotimiz poydevori ekan😂

Universitet bo‘lgandan keyin oliy ta’limdagi korrupsiyani nazarda tutgan bo‘ladi-da, to‘g‘rimi?

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣55👍9😁3
Namangan davlat universitetida “Korrupsiya — farovon hayotimiz poydevori” mavzusida tanlov oʻtkazilgani rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan diplom korrupsiya yoki Konstitutsiya bilan bogʻliq tanlovlar uchun berilmagani maʼlum qilindi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍12😁5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️“Yangi tahriridagi Konstitutsiyamizda yoshlar uchun alohida bob ajratilmoqda va yoshlarning ijtimoiy-siyosiy iqtisodiy huquqlari kafolatlanmoqda.”

Jizzax viloyatida minglab yoshlar ishtirokida yangi tahriridagi Konstitutsiya targʻibotiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbirda yosh avlod vakillari ham Konstitutsiya borasidagi oʻz fikrlarini bayon etishdi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍218👎7😁1
❗️Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi xalqaro darajada e’tirof etildi

Rossiya Federatsiyasining Qozon davlat tibbiyot universitetida o‘tkazilgan Xalqaro yoshlar tibbiy forumida Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi Farruxjon Ashurboyev ilmiy faoliyati bilan ishtirok etdi.

Anjumanda talabamizning ilmiy ishi hay’at a’zolari tomonidan yuqori baholanib, Farruxjon Ashurboyev 1-darajali diplom va statuetka bilan taqdirlandi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍23🔥3👏2
❗️Bizni taʼlimdan boshqasi qutqarmaydi, qutqarolmaydi

Hozirgidek imkoniyatlar taʼlim sohasida boʻlmagan, umuman bu sohaga bunchalik koʻp eʼtibor berilgan paytni eslolmayman ham. Lekin biz jamiyat sifatida oʻzgarishni xohlasak, oʻzgarishni oʻzimizdan boshlashimiz kerak.

Oʻtgan yili talabalarning kontrakt pullarini toʻlab berish uchun davlatdan 1 trillion soʻmga yaqin pul ajratilgan, lekin bizning talabalar atigi 400 mlrd soʻmlik kontrakt olishgan.

Bu degani 600 mlrd soʻm ishlatilmay qolib ketdi, men shunday bolalarni bilaman, ular kontrakni toʻlashga pulim yoʻq deb oʻqishmadi. Lekin buyoqda shuncha pul ishlatilmadi.

Buning asosiy sababi oʻzimiz. Oʻzimiz salgina izlanmaymiz, salgina harakat qilib miyani ishlatib koʻrmaymiz, imkoniyat izlashdan koʻra bahona topishga ustamiz. Agar chindan jamiyat oʻzgarishini xohlasangiz, oʻzgarishni oʻzingizdan boshlang. Atrofga yaxshilab razm solsangiz, har qadam imkoniyat.

Oʻz ustingizda ishlamasangiz, yotib yeganga togʻ chidamaydi, toʻrt yil universitetda oʻqish bilan ish bitmaydi, hayotda faqat doimiy izlanadiganlar, abadiy student (lifelong student) boʻladiganlar yutuqda boʻladi. Qolganlar esa oylikdan oylikka kun sanab umrini oʻtib ketganini ham sezmay qoladi.

Bektosh HATAMOV
"Mushtum"dan olindi

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍17👎3