Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
‼️ Buxoro davlat universitetining 11 nafar iqtidorli talabalariga 5 oydan beri stipendiya bermay, aldab kelishmoqda

Buxoro davlat universiteti Kuzatuv Kengashi raisining tashabbusi bilan tashkil qilingan “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati stipendiyasi tanlovida 70 dan ortiq talabalar ishtirok etdi. Tanlov jarayonlari 2 bosqichda o‘tkazildi. 1-bosqichda 13—14-mart kunlari tanlov komissiyasi tomonidan talabgorlarning o‘quv, ilmiy-ijodiy ishlari baholandi. 2-bosqich 27-mart kuni “O‘zbekiston tarixi”, “Chet tili” fanlaridan test jarayonlari o‘tkazildi va har bir fakultet kesimida (11 ta fakultet) stipendiya sovrindorlari (11 ta) aniqlandi.

Tanlov Nizomiga asosan “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining stipendiyasi har bir fakultet bo‘yicha bir nafar talabaga tayinlanadi. Tanlov g‘oliblariga bir kalendar yili davomida (ya’ni 2023-yil yanvar oyidan 2024-yil yanvar oyigacha) nomli davlat stipendiyalariga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya to‘lanadi (1.400.00 — 1.500.000 so‘m atrofida).

Lekin afsuski mana iyun oyi tugayapti, talabalarga hali ham stipendiya berilmadi. Tegishli tashkilotlardan ushbu holatni nazoratga olishlarini so‘raymiz.

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

🔠 ㅤ 📩 🛒ㅤ ↪️
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Top-1000 OTMlar ro'yxati (2022-yil uchun).pdf
3.3 MB
#2023

🎓Diplomlari to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadigan xorijiy oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati

✅ Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/+D8upafGDfsdiNGNi

🔠 ㅤ 📩 🛒ㅤ ↪️
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
#Qabul2023 #Abituriyent2023
📢 Tanlov ustuvorligini belgilash

👨🏻‍💻 Abituriyentlarga onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bilan birga tanlov ustuvorligini ham belgilaydi.

✅ Bunda 2 ta tanlov ustuvorligi mavjud bo‘lib, abituriyent ustuvorlik sifatida:

1️⃣ “Davlat granti”ni tanlasa — tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;

2️⃣ “Ta’lim yo‘nalishi”ni tanlasa — har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

👆 Yuqoridagi rasmda ularning aniq mexanizmi ko‘rsatilgan.

📌 Tanlov abituriyent tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi bo‘yicha u tanlagan ustuvorlik asosida amalga oshiriladi.

Abituriyentlardan ustuvorlikni belgilashda e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz!

✅ Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi

🔠 ㅤ 📩 🛒ㅤ ↪️
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
❗️Shavkat Mirziyoev Ozbek tili va adabiyoti fanidan yuqori ball olgan yoshlarga imtihon xarajatlarini qoplab berish kerakligini ta’kidladi

“Hozirgi vaqtda, chet tillari bo
yicha xalqaro imtihonlarda yuqori ball olgan yoshlarga imtihon xarajatlari qoplab berilmoqda.

Ozbek tili va adabiyoti fani uchun ham mana shunday tartibni joriy etishni taklif qilaman.

Shuningdek, o
zbek tili va adabiyoti fani oqituvchilari uchun 50 foizli ustama joriy qilsak, adolatdan boladi (hozir – 20 foiz)”, – dedi nomzod.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️ Bu yil 50,6 ming xotin-qiz o‘qishga kirish uchun tavsiyanoma oldi

◼️ Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi 2 000 ta grant o‘rni va 500 ta kontrakt kvota uchun tavsiyanomaga ariza topshirgan xotin-qizlarning telefoniga tavsiyanoma berish-bermaslik haqida xabar yuborilganini bildirdi.

Bu yil 38,7 ming ehtiyojmand xotin-qiz tavsiyanoma oldi. Ular 2 mingta grant kvota uchun harakat qiladi. Bu grant uchun kerakli ball yig‘olmaganlar hamma qatori umumiy tanlovda qatnashadi.

5 yillik stajlilar uchun ajratilgan qo‘shimcha 500 ta kontrakt kvota uchun esa 11,9 ming odam tavsiyanoma olgan.

✅ Hozir tavsiyanoma ma’lumotlari elektron bazaga kiritilyapti.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
#Ана_булмасам

❗️71 yoshli talaba

71 yoshli ayol bakalavr darajasini oldi.

Chinnigul opa Do'stxo'jayeva endi magistratura bosqichiga tayyorgarlikni boshlab yubordi.

P/S. Siz bo'lsangiz o'qishdan nolib yuribsiz.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌙 Qurbon Hayitingiz bilan chin dildan tabriklaymiz!

Mustahkam sog'lik, pok niyatlar va ezguliklar yor bo'lsin. Qilgan xayrli amallaringiz yuz karra bo'lib ko'paysin!!!

https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❓Hujjat topshirib bo’lgandan keyin yana yo’nalishni o’zgartirsa bo’ladimi?
#abituriyent

✅ JAVOB: Ha, bo’ladi.

Siz toki hujjatlar qabuli tugagunga qadar (20-iyulgacha) bemalol o’z yo’nalishlaringizni o’zgartirishingiz mumkin.

O’tgan yillarda tugatganlar to’lov qilib bo’lgandan keyin ham yo’nalishlarni o’zgartirsa bo’ladi. Bunda to’lov kuyib ketmaydi yoki yana qayta to’lov qilish talab etilmaydi.

21-iyul soat 00:01 dan boshlab, yo’nalishlarni o’zgartirib bo’lmaydi.

Bundan tashqari, sizlarga do’stona maslahatim, tezroq yakuniy qarorga kelib, oldinroqdan aniq belgilab oling. Negadir hamma oxirgi kungacha taqaydi va 20-iyul kuni serverga yuklama kuchayib ketadi. Shunaqa payti balki saytda uzilishlar ham kuzatilishi mumkin. Tag’in oooooxiriga kelganda 20-iyul soat 23:59 da yo’nalishni o’zgartirgingiz kelib qolib, saytdagi texnik vaziyat sabab buni qilolmay, keyin afsus qilib o’tirmang.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️"Irrigatsiya" instituti talabasi ekanligi aytilayotgan talaba yigit shilqimlik qilgani tufayli 10 sutkaga qamaldi.

24-iyun kuni kechki soat 23larda sergeli tumanidagi ko'p qavatli uylarning birida "irrigatsiya" talabasiligi aytilayotgan shaxs rus millatiga mansub bo'lgan bir qizga liftda shilqimlik qilgan.

Talabaga 10 sutka qamoq jazosi tayinlangan.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
#YoshlarKuni #YouthDay #ДеньМолодёжи

30-iyun – O‘zbekistonda yoshlar kuni!

Yoshlik, bu — orzu.
Bu — ishonch.
Bu — jasoratga intilish.
Bu — kelajakka tuzilgan ulkan rejalar.
Bu — istiqbolning boshlanishi.
BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
🔠 ㅤ 📩 🛒ㅤ ↪️
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Talaba.uz | Ta'lim portali
#YoshlarKuni #YouthDay #ДеньМолодёжи 30-iyun – O‘zbekistonda yoshlar kuni! Yoshlik, bu — orzu. Bu — ishonch. Bu — jasoratga intilish. Bu — kelajakka tuzilgan ulkan rejalar. Bu — istiqbolning boshlanishi. BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN! ✅Talaba.uz rasmiy…
🚌Bugun, 30-iyun kuni Toshkentda avtobuslar yoshlarga bepul xizmat ko'rsatadi

Poytaxt hokimligining ma’lum qilishicha, Yoshlar kuni munosabati bilan taqdim etilayotgan ushbu imtiyoz 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lganlarga amal qiladi.

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🔠 ㅤ 📩 🛒ㅤ ↪️
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️“O'zbekiston bosqichma-bosqich sirtqi ta'limdan voz kechadi”.

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi departament boshlig'i Abduvali Xoliqovning aytishicha, sirtqi ta'lim shakli hozir o'zini oqlamayapti. Bu ta'lim shakli bosqichma-bosqich masofaviyga o'tkaziladi.

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🔠 ㅤ 📩 🛒ㅤ ↪️
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
↪️O’qishni tamomlaganingni nishonlab o’tirgan vaqting ishsizlar soni yana 1taga ko’paygani hayolingga kelib qolsa…

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🔠 ㅤ 📩 🛒ㅤ ↪️
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️O'zbekistonda 1 iyuldan davlat OTMlari magistratura mutaxassisliklariga onlayn hujjat topshirish boshlandi. Jarayon 30 iyulga qadar davom etadi.

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🔠 ㅤ 📩 🛒ㅤ ↪️
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Harbiy tavsiyanoma 5 ta oliy ta’lim muassasasiga o‘tadimi?

Harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasiga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga (oliy harbiy ta’lim muassasalari bundan mustasno) o‘qishga kirish uchun alohida qabul parametrlari ajratiladi.

Alohida qabul parametrlari umumiy qabul parametrlarining besh foizi miqdorida ajratilib, oliy ta’lim muassasalari kesimida (har bir ta’lim shakli bo‘yicha) taqsimlanadi.

Tavsiyanomaga ega abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan birinchi oliy ta’lim muassasasiga ajratilgan alohida qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etadi.

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🔠 ㅤ 📩 🛒ㅤ ↪️
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Odam qaysidir jihati bilan boshqalardan ajralib turishi kerak. Katta hayotda ham sizni ana shu ajralib turuvchi jihatlaringiz bilan esga olishadi.

Siz hamma kirayotgani uchun qaysidir universitetga kirishingiz yoki hamma kiyayotgani uchun qaysidir kiyimni kiyishingiz, hamma foydalanayotgani uchun qaysidir telefon rusumidan foysalanishingiz shart emas.

Boshqacharoq bo'ling!

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
🔠 ㅤ 📩 🛒ㅤ ↪️
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Chet elda o'qidi degan soxta hujjat tayyorlab berishni taklif qilayotgan firibgarlardan ogoh bo'ling!

Buxoro innovatsiyalar universiteti xodimi mahalliy fuqaroni aldov yoʻli bilan ishonchiga kirib, uni Qirgʻiz Respublikasidagi oliy oʻquv yurtida oʻqiyotganligi toʻgʻrisida soxta hujjatlar tayyorlab, goʻyoki koʻchirish yoʻli bilan Buxoro shahridagi Osiyo xalqaro universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 26 mln. soʻm talab qiladi va oldindan 500 AQSH dollari va 14 mln. 400 ming soʻm olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan ushlangan.

So'ngi yillarda yangi nodavlat oliygohlar ochilib o'qishga kiritib qo'yaman deb pul oladigan "uddaburonlar"ning bozori uncha yurishmay qoldi. Hozirda yangi firibgarlik "Qo'shni davlatlardan bir yil o'qidi" degan soxta hujjat tayyor berish" taklif etilmoqda.

Qadrli abituriyentlar va ularning ota-onalari nodavlat universitetlarga kirish uchun kimgadir qo'shimcha pul berish shart emas. Chetda o'qidi degan soxta hujjat esa o'sha zahoti aniqlanib huquqni muhofaza qiluvchi organlar yuborilishi mumkin. Ushbu hujjat soxtaligi hozir aniqlanmagan taqdirda ham universitetni bitirib ketganingizdan keyin ham diplomni bekor qilishga asos bo'ladi.

Shunday hayotingizni yangi sahifasiga soxta hujjatlarsiz qadam tashlang!

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi

🔠 ㅤ 📩 🛒ㅤ ↪️
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasman: Magistraturaga kirishda tasdiqlangan sertifikatlar ro'yxati-2023

✅ 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan.

❌ O'tgan yilgi tasdiqlangan sertifikatlardan farqli o'laroq, ushbu yilda Linguaskill hamda Tömer sertifikatlari ro'yxatga kiritilmagan.

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

🔠 ㅤ 📩 🛒ㅤ ↪️
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1