Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
#rasman
❗️To‘xtasinov Ilhomjon Madaminovich O‘zbekiston davlat Jahon tillari universitetining rektori etib tayinlandi

Bugungacha Samarqand davlat chet tillari institutida rektor bo'lib ishlagan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👏33👍18🎉15
"O‘g‘limning muhtaram o‘qituvchisi!

…Men o‘g‘limga hayotni bo‘yab-bejab ko‘rsatishingizni istamayman. U hayotda hamma ham adolatli va samimiy bo‘lavermasligini bilishi shart.
Siz unga hayotda ablahlar ham qahramonlarga aylantirilishi mumkinligini, uquvsiz va takabbur rahbarlarga ham sodiq xodimlar uchrashi mumkinligini tushuntirishdan qo‘rqmang.
Unga uqtiringki, modomiki dushmanlari bor ekan, demak do‘stlari ham bo‘ladi.
Bilaman, bunga ancha vaqt sarflanadi, lekin imkoningiz bo‘lsa, unga nohalol yo‘l bilan topilgan o‘n dollardan ko‘ra, halol yo‘l bilan topilgan bir dollar ko‘proq foyda keltirishini o‘rgating.
Shunday ta’lim beringki, u g‘alaba nashidasini surish uchun oldin yutqazish alamini totib ko‘rish kerakligini anglasin.
Qo‘lingizdan kelsa, uning tabiatiga hasad chang solmasligining chorasini ko‘ring.
Unga maqtanchoq odamlar ustidan g‘alaba qozonish juda ham oson bo‘lishini his etishga sharoit yarating. Yana imkoningiz bo‘lsa, uni kitoblarga oshno qiling…
Shunday ta’lim beringki, u jasur, kuchli, temir irodali yigit bo‘lib ulg‘ayish bilan birga, ko‘kdagi qushlardan, qirlar uzra ochilgan gullardan va bu gullardan bol yig‘ib yurgan asalarilardan, qo‘yingchi tabiatning betakror go‘zalliklaridan ta’sirlana oladigan nozik qalbga ham ega bo‘lsin.
Shunday o‘qitingki, u hayotdagi eng mayda holatlar yuzasidan ham mulohaza qilib ko‘rishni o‘rgansin.
Men uning shu kichik yoshidanoq hayotda qalloblik qilib g‘alabaga erishgandan ko‘ra, halollik tufayli omadsizlikka uchrash afzal ekanini anglab yetishini istayman.
Uni atrofdagilar har qancha o‘z yo‘riqlariga yurgizishga urinishmasin, o‘z shaxsiy fikrlarida sobit tura olishga ham o‘rgatasiz, degan umiddaman.
Uni yumshoq fe’llilar bilan – yumshoq, qahrlilar bilan qahrli bo‘lishga o‘rgating.
O‘g‘limga mohiyatni anglamasdan turib, g‘alaba qozonganlar tarafiga o‘tib ketadigan olomonga ergashmaslikni uqtirishga harakat qiling.
Uni hammani eshitishga va har bir eshitganlarini mulohaza qilib, haqiqatni ajratib olishga o‘rgating.
O‘rgata olsangiz, mahzun vaqtda kulish kerakligiga o‘rgating.
Vaqti kelganda ko‘z yoshi to‘ka bilishni va buning hech uyatli emasligini o‘rgating.
Unga o‘ziga ortiqcha zeb bermaslik kerakligini o‘rgating.
Zarurat bo‘lganida o‘z aqli va tanasidagi mushaklar kuchini eng qimmat narxda sotishi mumkin-u, lekin o‘lsa ham yuragi, ruhi, vijdonini sotishga haqqi yo‘qligini anglating.
Unga jasur bo‘lish uchun eng avvalo sabrli bo‘lish lozimligini uqtiring. O‘tda qattiq toblangan po‘latgina yuqori sifatga ega bo‘lishini tushuntiring.
Unda o‘ziga ishonch hissini shakllantiring, shundagina u boshqalarga ham ishonch bilan munosabatda bo‘ladi.
U bilan yumshoq, lekin ortiqcha muloyimliksiz muomala qiling.
…Bilaman, Sizdan istayotganlarimni bajarish oson ish emas, lekin, har holda so‘raganlarim orasidan qo‘lingizdan nima kelishini ajratib olsangiz ham bo‘ladi.
U ajoyib bola, yaxshi bola — mening o‘g‘lim!.. Balki u ham kelajakda dunyoning yetakchi liderlaridan bo‘lar…

Sizga cheksiz hurmat va ishonch bilan Abram Linkoln,
1855 yil".


AQSHning o‘n oltinchi prezidenti Abram Linkolnning besh yoshli o‘g‘li Uilyamning o‘qituvchisiga yozgan maktubi

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍46👏16🎉16
Beozor, ochiq ko‘ngil, mehribon insonni hatto hayvonlar ham yaxshi ko‘radi.

Abdulhodiy Yusuf

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
🔥46👍33❤14
Ana ijaraga uy ham topildi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
😁89👍19❤14
Oliy ta’lim olish istagida bo‘lgan abituriyentlar uchun yana bir qator yengilliklar berilmoqda

2023/2024-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan bakalavriatga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, quyidagilarga:

➖ talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan birida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati;

➖ ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan 2-, 3-, 4- yoki 5-bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga talabalikka tavsiya etilgan, biroq to‘plagan bali tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida to‘lov-kontrakt asosidagi o‘tish balidan past bo‘lgan abituriyentlarga tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati berildi.

Bunda, abituriyentlarning kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari asos sifatida qabul qilinadi.

Eslatma: belgilangan tartibga ko‘ra, kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, belgilangan minimal o‘tish balidan (56,7 balldan) kam ball to‘plagan abituriyentlarga ham birinchi o‘quv yiliga muayyan ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorining 2 barobariga teng to‘lovni amalga oshirish sharti bilan o‘qishga kirish huquqi beriladi.

Ⓜ️ Edu.uz

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍18😁6🎉3
⚡️14 ta hududiy professional tayyorgarlik markazlari tashkil etiladi

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga asosan, professional ta’lim tizimini rivojlantirish orqali o‘quvchilarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga o‘rgatish maqsadida:

➖700 ta professional ta’lim muassasalarida ta’lim sifati oshirilib, moddiy-texnika bazasi takomillashtiriladi;

➖14 ta hududiy professional tayyorgarlik markazlari tashkil etilib, malaka toifasiga ega bo‘lgan pedagog kadrlar ulushi 50 foizga, masofaviy yoki aralash shakllarda tashkil etiladigan malaka oshirish kurslari ulushi 30 foizga yetkaziladi;

➖o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlashda davlat granti axborot texnologiyalari, qurilish, transport va logistika yo‘nalishlarida 100 foizga yetkaziladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍11🎉3🔥1
Super-kontraktni bo’lib to’lash muddatlari haqida

Qoidaga ko’ra, super-kontraktda o’qimoqchi bo’lganlar talabalikka qabul qilish to’g’risida buyruq chiqishi uchun dastlab 50% qismini to’lashi kerak. Oddiy kontraktga kirganlar esa 25% qismini to’lasa yetadi.

Odatda super-kontraktning yarmini 15-sentyabrgacha to’lashni so’rashadi. Ammo kontrakt va super-kontrakt miqdorlari kech tasdiqlangani hamda natijada ariza berish kech boshlangani hisobiga ushbu muddat uzaytirilsa kerak (oddiy kontraktda ham). O’zi har yili uzaytirishadi bu muddatni.

Ko’pchilik agar biz 50% ni to’lasak, qolgan yarmini qachon to’lash kerak, deb so’rayapti.

Qolgan 50% qismini OTM rektorlari belgilagan muddatda to’lash kerak. Odatda bu muddatlar oddiy kontrakt muddatlari bilan bir xil bo’ladi. Ya’ni:

75% qismini — 1-aprelgacha;

100% qismini — 1-iyulgacha.

Eslatib o’tamiz, agar super-kontraktni 15-oktyabrga qadar 100% miqdorda qoplasangiz, sizga 10% chegirma beriladi. Lekin bu 10% chegirma oddiy kontrakt uchun hamda 4 ballgacha shkaladagi super-kontrakt uchun taalluqli emas.

Xushnudbek

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍19👏14🎉14
❗️Prezidentning ushbu qarori hufiyona bekor qilindimi?

"Murojaatim quyidagilardan iborat, mening qizim Toshkent Davlat ona-tili va adabiyoti universitetida kontrakt asosida taxsil oladi.

Prezidentning tegishli qaroriga asosan, viloyatlardan kelgan qiz bolalarning yashashi uchun ijara haqinining bir qismini davlat tomonidan to‘lab berilishi belgilangan edi(adashmasam Toshkent shahri uchun bu 1 BXM edi), lekin bu yildan boshlab ushbu kompensatsiya puli to‘lanishi universitet tomonidan noma’lum sabablarga ko‘ra to‘xtalibdi.

Rektoratda - "Faqat temir daftarga kiritilgan va kam ta’minlangan oilalar farzandlariga to‘lanadi" degan vajni keltirishibdi. O‘zim nafaqaxo‘rman, lekin kontrakt bo‘lsa xam qizimni Toshkentda o‘qitayapman. Ajablanarlisi, universitetda talabalarga - "Yashash hududlaringdagi MFYlardan borib kam ta’minlangan yoki temir daftarga kiritilgan oila degan ma’lumotnomani olib kelsalaring ijara puli to‘lanadi, "MFY bergan ma’lumotnomani baribir hech kim tekshirmaydi, rasmiyatchilik uchun kerak" deb aytishibdi. Ehtimol bunaqa oilalar tegishli idora ma’lumotlar bazasida ham bordir, MFY raislari xam axmoq emasdir bunaqa soxta ma’lumotnomani berishga.

Xullas, ehtimol prezidentning ushbu qarori hukumat tomonidan xufiyona bekor bo‘lgandir, biz esa bexabar qolgandirmiz. Shu masalaga aniqlik kiritishingizni so‘rab qolamiz."

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍28😁13🔥10
❗️Namangan muhandislik-texnologiya instituti talabalari haligacha sentyabr oyining stipendiyasini olishgani yo'q.

"Bugun 16 sentyabr, lekin hali ham sentyabr oyi stipendiyasi tushgani yo'qku, qayerga murojaat qilsam bo'ladi, stipendiyalar har oyning 5 chi sanasigacha tushgan bo'lishi kerak ediyu, bizga mana shu 10 kun kechiktirgani uchun kompensatsiya to'lab berishadimi?"

Prezident imzolagan qarorga institut mas'ullari tupurib qo'yganmi yoki talabalar pulini aylantirish bilan ovvorami?

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
😁10🤬4👍2
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqda “Namangan muhandislik-texnologiya instituti talabalari haligacha sentyabr oyining stipendiyasini olishgani yo'q” sarlavhasi bilan material e’lon qilindi.

Ushbu murojaat yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, talabalar stipendiyasini plastik karta orqali tarqatish bo’yicha dasturlarda texnik nosozliklar va bir qator kamchiliklarga duch kelingan. Shu sababli stipendiyalarni kechiktirmaslik uchun zarur choralar amalga oshirilib, joriy yilning sentyabr oyi stipendiyalari institut xisobchilik bo’limi kassasida naqd pulda tarqatilishi yo'lga qo'yilgan.

Hurmatli talabalar,
Stipendiyalarni yetkazish maqsadida xisobxona kassasi yakshanba - 17 sentyabr kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha ham ishlashini ma'lum qilamiz.
Agarda, NamMTIda stipendiyalarni olish bo’yicha muammolarga duch kelsangiz institut bosh xisobchisiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin:
Institut xisobchilik bo’limi - tel:+99894 275 50 00; 69-232-9294.

©NamMTI Axborot xizmati

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍17😁13🎉9
"O‘zbekneftgaz" AJ tomonidan oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalari uchun “GTL stipendiyalar dasturi - 5” tanlovi e’lon qilindi.

Unda texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining 3-, 4-bosqich bakalavr va 1-, 2-bosqich magistr ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.

Gʻoliblar uch bosqich natijalariga ko‘ra aniqlanadi.

Joriy yilning 15 sentyabridan 15 oktyabriga qadar talabgorlardan ushbu havola orqali anketa to‘ldirib, ro‘yxatdan o‘tishlari va https://t.me/uzgtl_scholarshipbot telegram-boti orqali o‘zlari haqida batafsil ma’lumot beruvchi video yuborishlari so‘raladi.

Joriy yilning 20 oktyabridan 15 noyabriga qadar onlayn anketalar va videolar orqali saralangan talabalar o‘rtasida mutaxassisliklari va ingliz tili bo‘yicha yozma ish yoki test shaklida imtihon o‘tkaziladi.

Joriy yilning 20 noyabridan 15 dekabriga qadar ikkinchi bosqichda yuqori natijaga erishgan talabalar suhbatda ishtirok etadi.

Tanlov doirasida o‘tkaziladigan har bir bosqich bo‘yicha batafsil ma’lumot (keyingi bosqichga o‘tgan talabalar ro‘yxati, imtihon o‘tkazish kuni, joyi va vaqti) Kompaniyaning rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilib boriladi.

Dastur g‘oliblarini taqdirlash marosimi joriy yilning dekabr oyida o‘tkaziladi.

Gʻoliblarga 1 yil mobaynida har oy 1 000 000 so‘m miqdorida stipendiya to‘lab boriladi hamda oliy ta’lim muassasasini tugatgandan so‘ng doimiy ish bilan ta’minlanadi.

Shuningdek, “Uzbekistan GTL” zavodida kengaytirilgan ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tash imkoniyatiga ega bo‘lishadi. (Amaliyot davomida transport, yashash va ovqatlanish xarajatlari Kompaniya tomonidan qoplanadi.)

Eslatib o‘tamiz, ushbu stipendiya dasturi 2019-2020 o‘quv yilida ta’sis etilgan. O‘tgan o‘quv yillarida dasturda jami 5714 nafar talaba qatnashib, 70 ga yaqin iqtidor egalari g‘olib va faol ishtirokchi sifatida e’tirof etilgan.

“Uzbekistan GTL” MCHJ Matbuot xizmat

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍22🎉10👏9
⚡️ Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF–213-son Farmonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun davlat granti asosida 3 000 ta, to‘lov-kontrakt asosida 6 500 ta qo‘shimcha kvota ajratilishi belgilangan.

✅ Mazkur Farmon ijrosi yuzasidan Davlat komissiyasining navbatdagi bayonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun tumanlar kesimida tarmoq sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimida:

🔸 respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga – davlat granti asosida 3 000 ta;

🔸 viloyatlardagi davlat oliy ta’lim muassasalariga – bazaviy to‘lov-kontrakt asosida 6 500 ta qo‘shimcha qabul parametrlari tasdiqlandi.

✅ Bunda:

🔹 davlat granti asosidagi qabul parametrlari – kirish imtihonlarida 68,0 ball va undan yuqori ball to‘plagan, lekin davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan;

🔹 bazaviy to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari – kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantirildi.

👨🏻‍💻 Qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etilgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar tavsiya etilganlik holatini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

📋 Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga tanlov qaydnomalari yetkazilgan.

Ⓜ️ BMB

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍18👏15😁8
​❗️ Yoshlar daftariga kiritilganlarga 1.320.000 so‘mgacha bir martalik yordam puli beriladi

📄 Vazirlar Mahkamasining 07.06.2022 yildagi 312-son qaroriga ikkinchi ilova qilib keltirilgan nizomga asosan, «Yoshlar daftari»ga kiritilgan moddiy ahvoli og‘ir yoshlarga bir martalik moddiy yordam yuqoridagi rasmda keltirilgan sxemaga muvofiq har bir individual holatda

🔷 Ariza beruvchining hayotiy vaziyati murakkabligini, uning ijtimoiy himoyaga muhtoj ekanligini inobatga olgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari (1 320 000)gacha miqdorda to‘lab beriladi.

❗️Moddiy yordam shaxsga bir kalendar yil davomida bir marotaba beriladi.

🔷 Shaxsga bir martalik moddiy yordam berilishi uni «Yoshlar daftari»dan chiqarishga asos bo‘lmaydi. Ya’ni, Sizga bir martalik yordam pulini berdik endi Sizni yoshlar daftaridan chiqaramiz deyishga mas’ullar haqli emas.

Fuqarolarga beriladigan imtiyozlar, baxillik qilmay, ulashinglar

Farhod Normbo'tayev

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍15❤9😁7
Maktabda tanaffus vaqti.

🏃🏻 Avval va hozir 📱

Avvallari bolalar katta boʻlgan sari kuchga toʻlib borishardi. Sababi doim harakatda boʻlishgan. Hozir esa aksincha, doim bir joyda oʻtirishadi, kam harakat, qon aylanmaydi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍34🎉12😁11
O‘zgarish bugundanmi yoki bugun dammi?

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍21😁17🎉8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Andijon qishloq xo'jaligi institutidagi holat.

"Aka bu holatni ko'ring, men singlim shu yerda o'qiydi. Yotoqxonada turadi. Shu holat bo'lib turaversa biz qanday ishonaylik? O'qishda qizlar, bollar aralash hoxlaganday o'ynashib, bilganini qilyapti. Institut madaniyat boshqaruvchilari vazifasiga shu darajada loqaydmi?"

Kanalimiz obunachisidan kelgan ushbu videoda qandaydir shubhali holatlar ham kuzatilgandek. Obunachimizning ta'kidlashicha, hijobli qizlar ham majburlikdan olib chiqilgan. Balkim boshqa sababi ham bordir, nima bo'lgan taqdirda ham fitna qilishayotgan bo'lmasa bo'ldi...

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
😁24👍9❤7