Talaba.uz | Ta'lim portali
5.46K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❗️ Toshkent shahridagi ayrim koʻchalar vaqtincha yopiladi

Davlat bayrog‘i va konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan ommaviy yugurish musobaqalari sabab quyidagi vaqtlarda ayrim ko‘chalar yopiladi.

⏳2023-yil 17-noyabr kuni soat 00:00 dan 19-noyabr kuni soat 12:00 gacha:

➖Afrosiyob koʻchasining Islom Karimov koʻchasi bilan kesishmasidan Beshyogʻoch koʻchasi bilan kesishmasigacha boʻlgan qismi;

⏳2023-yil 19-noyabr kuni soat 06:30 dan 09:30 gacha:

➖Afrosiyob koʻchasining Islom Karimov koʻchasi bilan kesishmasidan boshlab Oybek, Nukus va Abdulla Qodiriy koʻchalari.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli talabalar!

Sizlarni Juma ayyomi hamda 17-noyabr "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan muborakbod etamiz! O'qish va ishlarda omad va zafar yor bo'lishini tilab qolamiz!✊

Talabalarga ulashing😎👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Talabaligim (@TalabaUz)
MuXiJaN
Exx, bu qo'shiqni eshitib negadir ko'zimga yosh keldi😢

Talabalik - oltin davrim! Ushbu mazmunli va esda qolarli kunlarni qadriga yeting.

Kursdoshlarim sizlarni judayam sog'indim...

🎙#MuXiJan

Kursdoshlarga yuboring👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
18 NOYABR – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BAYROG‘I QABUL QILINGAN KUN!

Bugun 18 noyabr O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun. 1991 yil 18 noyabrda “O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i to'g'risida”gi qonunning qabul qilinishi bilan mamlakat davlat suverenitetining ramzi – bayrog'imiz tasdiqlandi.

Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtirib, chuqur ma'no-mazmun va qadriyatlarning timsoli hisoblanadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️ Talaba qanday holatlarda akademik taʼtil olishi mumkin?

JAVOB:

➖harbiy xizmatni oʻtash uchun;
➖salomatligini tiklash uchun;
➖homiladorlik va tugʻish uchun;
➖bolalarni parvarish qilish uchun;
➖oilasining betob aʼzosini (otasi, onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar, turmush oʻrtogʻi, farzandi) parvarish qilish uchun akademik taʼtil beriladi.
〰️〰️〰️

SAVOL:
Talabaning akademik ta’til olish haqidagi murojaati qay tartibda ko‘rib chiqiladi?

JAVOB:
Akademik ta’til olish uchun talaba tomonidan OTM rektori (direktori) nomiga ariza bilan murojaat qilinadi.

Arizaga akademik ta’til olish uchun sabab bo‘lgan holatni asoslovchi hujjat (talabani harbiy xizmatga chaqirish haqidagi chaqiruv qog‘ozi yoki talaba doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi yoxud oilasining betob a’zosi doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi) ilova qilinadi.

Murojaat bir haftalik muddatda ko‘rib chiqilib, ta’til berish OTM rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Unda akademik ta’tilning boshlanish va tugash sanasi ko‘rsatiladi.

❌ Talabaga akademik taʼtil berilishi uni oliy taʼlim muassasasidan chetlashtirish deb hisoblanmaydi.

❌ Talabalarga akademik taʼtil davrida stipendiyalar toʻlanmaydi.

❌ Akademik taʼtildan belgilangan muddatda qaytgan talabalarga ilgari oʻzlashtirilgan fanlarni qayta oʻzlashtirish majburiyati yuklatilmaydi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
#talabalardan

Assalomu alaykum hurmatli @Talabauz kanaling adminlari

- Biz UrDu ya'ni Urganch Davlat universitetida Budjet asosida o'qiymiz lekin 2 oydan beri stependiya tushmayapdi,

- Stependiya nega berilmayapdi deb so'raganimizda Prorektr qo'l qo'ymaganini bahona qilishyapdi.

"🤔 Gaplari rost bo'lsa demak, 2 oydan beri Prorektrimiz universitetga kelmagan, qo'l qo'yilmayotganini inobatga olib qarasak."


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Chet tilini o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi deb topilgan maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari Buyuk Britaniyaga jo‘nab ketdi

Maktablar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 84 nafar pedagog va o‘quvchilar 1 hafta davomida Angliyaning turli shaharlarida ta’lim sayohatida bo‘lib, Kembrij, Oksford kabi nufuzli universitetlar faoliyati bilan yaqindan tanishadi.

👉 https://kun.uz/uz/47529166

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️ Rasman: Talabalar uchun qishki ta’til muddati belgilandi

Barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim (davlat, nodavlat, xorijiy) muassasalarida qishki ta’til 2023-yilning 25-dekabridan boshlanib, 2024-yilning 7-yanvariga qadar davom etadi.

Darslar 8-yanvar, dushanbadan boshlanadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️Oliy ta’lim muassasalarida qishki sessiya ta’tildan keyin o‘tkaziladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Onangiz asrang

Onangiz yonida bir zum o‘tirib,
Mehrli ko‘zlarga bir to‘yib qarang,
Dunyo ishlarini bir chetga surib,
Onasi hayotlar, onangiz asrang!

Hayotdan ketganda qadri bilinar,
Tomoqqa hattoki suv ham ilinar,
Pushaymon bo‘larsiz, bag‘ir tilinar,
Onasi hayotlar, onangiz asrang!

Qalbini g‘am alam qamrab olmasin,
Yo‘lingizni kutib ko‘zi tolmasin,
Keksaygan ko‘nglida armon qolmasin,
Onasi hayotlar, onangiz asrang!

Onasin holidan xabarsiz kishi.
Mazmunsizdir umri, bahor-u qishi,
Hech qachon tugamas bu dunyo ishi,
Onasi hayotlar, onangiz asrang!

Onalar poyida bo‘lsa gar jannat,
Ne uchun onaga qilmaysiz xizmat,
Onadan ayrilmoq eng og‘ir qismat,
Onasi hayotlar, onangiz asrang!

Biz uchun hikmatdur aytgan har so‘zi,
Dunyoda onaday zot bormi o‘zi,
Faqat quvonch bilan yoshlansin ko‘zi,
Onasi hayotlar, onangiz asrang!

P.S.: Bugun onalarimizni yo‘qlab qo‘yish esdan chiqmasin!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
#talabalardan

"Assalomu alaykum @Talabauz jamoasi

JIZPIi yani jizzax politexnika insitutida ijarada yashovchi talabalarga ijara shartnoma pullari va imtihonni a'lo bahoga yopgan talabalarga qo'shimcha stependiya pul mablagi tashlab berilmayabdi"


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
#talabalardan

"Men Toshkent Davlat Texnika Universiteti 4-kurs tabalasiman. Universititemda talabalarga ajratilgan ijara puli berish to'xtatildi. Rahbaryatdan so'raganimizda yotoqxonalar to'lamaganligi sabali ijara puli berilmaydi, qachonki yotoqxonalar to'lsa yana ijara pulini berish davom etiladi degan javob oldik. Yotoqxonalar sharoiti yaxshi bo'lsa, talabalar o'zi xohlab joylashishi kerak emasmi? Yotoqxonalar sharoiti yaxshi emas va 1ta xonaga 8-10tagacha talabalarni joylashtirishadi. Kimni bunday sharoitda yashagisi keladi? Undan tashqari o'qishdan bo'sh payti ishlaydigan talabalarga ham yotoqxona qoidalari sababli to'g'ri kelmaydi.
Bundan tashqari ijara pulini bir qismi qoplab berishni boshlangandan so'ng ijara narxlari ham sun'iy ravishda oshdi. Endi biz buning uchun kompensatsiya ham ololmaymizmi? Nega boshqa institutlarda bunday ishlar qilinmaydi? Yoki Toshkent Davlat Texnika Universiteti boshqa davlatda joylashganmi?
Uning ustiga rahbaryatga chiqganimizda universitet hisobiga talabalar ijara pulini bir qismi qoplab berish uchun pul mablag'i tushganligini lekin uni sizlarga tashlab berishga haqqim yo'q degan javob oldik. Unda ushbu mablag' qayerga ketadi. Kimdir buni nazorat qiladimi o'zi?
Yotoqxonalar to'lmay qolganligi sababli ijara pulini to'xtatib qo'yish qanchalik to'g'ri?"


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Bugun 1 dekabr — qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

Bundan 34 yil oldin, 1989 yil 1 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining "Davlat tili to‘g‘risida"gi qonuni qabul qilingan.

Bugungi kunda 400 ming kishidan ko‘proq aholi vakillari qoraqalpoq tilida muloqot qiladi. Qoraqalpoq yozuvi 1928 yilgacha arab alifbosi asosida yozilgan, keyinchalik lotin alifbosiga o‘tgan. 1940 yilda kirill yozuviga o‘tkazilgan bo‘lsa, 1994 yilda lotin alifbosi qaytadan joriy etilgan.

----------------------------------

Qoraqalpoq tili kuni barchamiz uchun ham e’tiborli sana. Chunki qoraqalpoq do‘stlarimiz bizga qondosh, dindosh va tildosh yelkadosh hamdirlar.

Bu kun barchangizga muborak boʻlsin ☺️

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️Xorazmda talaba pnevmoniyadan vafot etdi

Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali talabasi pnevmoniyadan vafot etdi. 20 yoshli yigit kasallikka chalinganiga bir hafta bo‘lgan. U shifokorlar yordamiga qaramay, o‘z uyida vafot etgan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
FOJIAMIZ

Armani:
— Sizga kim kerak, azizim? «Qorovul Petrosyan» deysizmi? Vax-vax-vax! U qorovul emas, akademik! Donishmand odam! Yuring, uyini ko‘rsataman. Yaqinda ikki qavatli uy soldi, azamat!

Gurji:
— Kimni so‘rayapsiz, batano? «Etikdo‘z Panjikidze?» O-o-o! U etikdo‘z emas, akademik! Bunaqa donishmand odam yuz yilda bir tug‘iladi! Yuring, dachasiga oborib qo‘yaman. Uch qavatli dacha quryapti, azamat!

O‘zbek:
— Nima? Kim deysiz! «Akademik Alijonip?» Hech qanaqa akademik emas u! Qorovulchalik savodi yo‘q! Etikdo‘zchalik ilmi yo‘q! Gʻirt ahmoq odam. Poraxo‘r! O‘rikzorda dang‘illama imorat solayapti. Shuncha pulni qayoqdan oladi? Umuman... men hech qanaqa Alijonip-palijonipni tanimayman!

O'tkir Hoshimov


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
🇺🇿Uzbekistan Airways’dan talabalar uchun chegirmalar!

Qishki ta’til arafasida o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mahaliy yo‘nalishlar aviachiptalari tarifidan 50% chegirma e’lon qilamiz. Chegirma 2023-yil 23-dekabrdan boshlab 2024-yil 7-yanvariga qadar amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.

Aviachiptani 50% chegirma bilan hoziroq aviakompaniya agentlaridan va Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 9-uy manzilida joylashgan Uzbekistan Airways Sales filialida xarid qilishingiz mumkin. Batafsil ma’lumot www.uzairways.com saytida.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
O‘zbekistonda rus tili maktab darsligida onlayn kazino reklamasi chiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda rus tili maktab darsligida kazino reklamasi chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova bunga munosabat bildirdi.

Unda aytilishicha, 2022-yilda chop etilgan 10-sinf rus tili darsligidagi QR kod havolasi shu paytga qadar to‘g‘ri bo‘lgan va dars topshiriqlariga yo‘naltirgan. Bugungi kunda QR kodga bog‘langan sayt buzib kirilgani mutaxassislar tomonidan tasdiqlandi.

Vazirlik tomonidan 10-sinf rus tili darsligidagi mashqlarni bajarish uchun QR kod orqali kirilganda paydo bo‘layotgan onlayn kazino havolasiga kirish imkoniyatini cheklash bo‘yicha tegishli soha tashkilotlariga murojaat qilindi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❄️ Olimlarning ta’kidlashicha, yer yuzini butkul qor qoplasa ham hech bir qor zarrasiga boshqasiga o‘xshamaydi.

Amerikalik tadqiqotchi olim Uilson Bentley 50 yil davomida olib borgan kuzatishlari natijasida 1985 yil shunday xulosaga keldi. Qor zarrasini suratga tushirishni san’at darajasiga ko‘targan olim umrining yarmini shu ishga sarf etdi.

Har bir qor zarrasi osmondan tushgan mukammal san’at asaridir. Ana shu bir dona qor zarrasining o‘ziyoq inson zotiga Buyuk Yaratuvchini tanishga kifoya qiladi.
"Ya’ni, Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir» (Nahl surasi, 11-oyat).


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi