Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
​DIQQAT! DIQQAT!
#QABUL2019

Hurmatli abiturientlar!
O‘qishga qabul tugadi deb o‘ylaysizmi?

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti nufuzli xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda 2+2 tizimida tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qishga taklif etadi!

Moskva davlat qurilish universiteti
(Rossiya)

5340200 - Bino va inshootlar qurilishi (270800 - Строительство (профиль: Промышленное и гражданское строительство));

5340500 - Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish (270800 - Строительство (профиль: Производство и применение строительных материалов, изделий и конструкций)).

Belarus milliy texnika universiteti
(Belarus Respublikasi)

5340100 - Arxitektura - (1-690101 - Архитектура);

5340400 - Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (issiqlik-gaz ta’minoti va ventilyatsiya) - (1-700402 - Теплогазоснабжение, вентиляция и охрана воздушного бассейна);

5347200 - Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini loyihalash va ulardan foydalanish - (1-700403 - Водоснабжение, водоотведение и охрана водных ресурсов).

ABITURIENTDAN TALAB QILINADIGAN KERAKLI HUJJATLAT!

- O‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumoti haqidagi hujjatning nusxasi (asli ko‘ratiladi);
- Pasportdan nusxa (asli ko‘rsatiladi);
- Tibbiy ma’lumotnoma (forma 086-U shaklidagi);
- Ariza (rus tilida, qabul komissiyasida to‘ldiriladi);
- 6 dona 3.5x4.5 fotosurat.

Ta’lim turi: kunduzgi (To‘lov shartnoma asosida);
Ta’lim to‘liq rus tilida;
Hujjatlarni qabul qilish muddati 10 avgustga qadar!
Shoshiling!

QABUL SHARTLARI!

Abiturientlarni o‘qishga qabul qilish, kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha tanlov asosida amalga oshiriladi.
Abiturientlar dastlab rus tilida diktant shaklidagi sinovdan o‘tadilar.

"Arxitektura" ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha hujjat topshirgan abiturientlar "Rasm, kompozitsiya, chizmachilik"dan ijodiy imtihon topshiradilar. Ijodiy imtihonda olingan ballar umumiy ballarga qo‘shiladi. Tanlovdan muvaffaqqiyatli o‘tgan abiturientlar har yili 15 sentyabrgacha o‘qishga qabul qilinadilar.

Ta’limning birinchi ikki yili SamDAQIda, keyingi bosqichlari xorijiy Oliy ta’lim muassasalarida davom ettiriladi.

Xorijiy universitetlarda o‘qishni muvaffaqiyatli tugatgan talabalar SamDAQI va xorijiy hamkor universitetlarning ikki tomonlama (double degree) diplomiga ega bo‘ladilar.

Arizalar SamDAQIning Arxitektura fakulteti binosida qabul qilinmoqda.
Manzil: Samarqand shahri, Lolazor ko‘chasi 70.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun qabul komissiyasi manzillari:
Telefon:
(+99866) 237-43-87;
e-mail: qabul@samgasi.uz
Telegram manzil: @samgasi_websayti
Qabul kunlari: ish kunlari 9:00 dan 18:00 gacha;

Barcha yangiliklar👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Savol: Imtihon topshirgandan keyin javoblari qancha vaqtda chiqadi?

Javob: Bugun topshirilgan imtihonning javobi bir kundan sòng, 18-00 dan 19-00 gacha vaqt oralig'ida chiqadi.

====================

Savol: Imtihon javobini qanday bilsam bo'ladi?

Javob: cabinet.dtm.uz portalidan bilsangiz bo'ladi. Buning uchun sizga berilgan ID yoki pasport seriya va raqamingiz kerak bo'ladi.

====================

Savol: Yo'nalishimda kim qancha ball to'plaganini, nechinchi o'rinda turganini qanday bilsam bo'ladi?

Javob: mandat.dtm.uz portalida ro'yhat chiqariladi. Portalda o'quv yurti, ta'lim shakli va ta'lim tilini belgilaysiz, keyin o'z yo'nalishingizni tanlaysiz.

====================

Savol: O'qishga kirgan kirmaganligimni qachon bilaman?

Javob: Barcha OO'Yu uchun imtihonlar tugagach, tahminan 20-avgustdan 25-avgustgacha (aniq emas) bo'lgan muddatda bilasiz.

====================

Savol: O'qishga tavsiya etilgan, etilmaganligimni (kirgan-kirmagan) hozir bilsam bòladimi?

Javob: Yo'nalishingiz bo'yicha maksimall ball to'plagan bo'lsangiz aniq kirdingiz.
Agar maksimall to'plash mumkin bo'lgan ballning (189 ball) 30% dan kam (56.7) to'plagan bo'lsangiz unda o'qishga kira olmaganingiz aniq (afsus).

====================

Savol: Imtihonga belgilangan vaqtda bora olmasam keyin boshqa kun borish mumkinmi?

Javob: Yo'q. Abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyent uchun mazkur sana va vaqt qat'iy hisoblanib, unga boshqa sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsat berilmaydi.

===================

Savol: Hali imtihonga kirish ruhsatnomasini olmagandim, qanday olsam bo'ladi?

Javob: cabinet.dtm.uz portalidan olsangiz bo'ladi.

====================

Savol: TATU uchun imtihonlar qachon tugaydi?

Javob: Aniq bo'lmagan ma'lumotga ko'ra 13-avgust kuni oxirgi guruh kiradi.

====================

Savol: Mening yo'nalishimda barcha imtihonlarni topshirib bo'ldi. Kvotada ko'rsatilgandan pastda turibman. O'qishga kira olmadimmi?

Javob: Kirmaganiz aniq emas.
Saytdagi natijalar yakuniy emas. Shunchaki kim necha ball olganini va ballar ketma-ketligidagi joylashuvni ko‘rsatyapti xolos. Hali u yerdagi o‘rinlar bir nechta sabablarga ko‘ra o‘zgarishi mumkin.

Birinchidan, harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uchun ajratilgan alohida 5% lik kvotaga kirganlar bu ro‘yxatdan chiqib ketadi.

Ko‘pchilik haligacha bexabar ekan, eslatib qo‘yay, joriy yildan harbiy tavsiyanoma uchun qo‘shimcha ball berilmaydi, ular alohida kvota uchun kurashadi. Batafsil.

Ikkinchidan, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun imtiyozli ravishda ajratilgan qo‘shimcha 2% li davlat granti asosidagi kvotaga kirganlar bu ro‘yxatdan chiqib ketadi.

Uchinchidan, harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun ajratilgan alohida 5% li davlat granti asosidagi kvotaga kirganlar bu ro‘yxatdan chiqib ketadi.

Shuningdek, hozir bazada uchta yo‘nalishni tanlaganlar barcha uchta yo‘nalishda ko‘rsatilmoqda. Testlar to‘liq yakunlangach, ular tanlagan ustuvor yo‘nalishlariga qarab, yo‘nalishlarga bo‘linib ketadi va qolgan 2 ta yo‘nalish ro‘yxatidan chiqib ketadi.

Batafsil ma'lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Diqqat 3- avgust imtixon javoblari chiqadi boshladi

Hurmatli abituriyentlar, adminlarga faqatgina ID yoki pasport seriya yuboringlar

Murojaatlar ko‘pligi sabab sizga darhol javob qaytara olmasliklari mumkin. Kuting. Sabrli bo‘ling

Mana shu adminlarga yuboring:👇👇
✅ @Ball_dtm2019

✅ @TS3MASTER

✅ @MMN03

✅ @Qaydasan_guliimm

✅ @aliabdurasuloff

✅ @Bobur_5655

✅ @yuldashevsamir

✅ @shox6014

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining oltinchi kuni (3-avgust) natijalari e'lon qilindi

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha eng yuqori ballar:

- kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:
Toshkent moliya institutining 5230600 – Moliya ta’lim yo‘nalishi – 187,9 ball;

- sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha:
Toshkent moliya institutining 5230900 – Buxgalteriya ta’lim yo‘nalishi – 167,8 ball;

- kechki ta’lim shakli bo‘yicha:
Toshkent davlat pedagogika universitetining 5111700 – Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ishi ta’lim yo‘nalishi – 132,2 ball.

Test sinovlari natijalarini shaxsiy kabinet orqali ya'ni cabinet.dtm.uz sayti orqali pasport seriyasi va raqamini yoki abituriyent ID sini kiritgan holda ko'rish mumkin.

©Davlat test markazi

Batafsil⬇️⬇️
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Фарғона политехника институти Россия Федерациясининг Новосибирск давлат техника университети хамда В.Г.Шухов номидаги Белгород давлат технология университетига бакалавриат ва магистратура қўшма таълим дастурларига қуйидаги йўналишлар бўйича хужжатлар қабул қилиниши бошланганлигини маълум қилади.

Ҳужжатларни қабул қилиш 2019 йилниг 10 августигача (шу куни ҳам) амалга оширилади.
Тақдим этиладиган ҳужжатлар рўйхати:
1. олий таълим муассасалари ректорлари номига ариза;
2. ўрта (ўрта махсус) маълумот тўғрисидаги ҳужжатнинг асл нусхаси;
3. 3,5х4,5 хажмдаги 6 дона рангли фотосурат;
4. 086-У шаклдаги тиббий маълумотнома ;
5. паспорт нусхаси ; http://ferpi.uz/pages/event/465

Батафсил маълумот👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Олий ирода соҳиби қаерда бўлса ҳам мақсади йўлида имкон топади.
Илм олишдан чарчамайлик.

Kanalga ulanish👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​OʼZBEKISTON VA BELARUS OʼRTASIDA TAʼLIM HUJJATLARNI OʼZARO TAN OLISH BOʼYICHA HUKUMATLARARO BITIM IMZOLANDI

Joriy yilning 1-avgust kuni Minsk shahrida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Belarusь Respublikasi Prezidenti Аleksandr Lukashenko rahbarligida boʼlib oʼtgan muzokaralarda ikki davlat oʼrtasida taʼlim hujjatlarini oʼzaro tan olish boʼyicha bitim imzolandi. Ushbu Bitimning imzolanishi ikki davlat oʼrtasida kelgusida oliy taʼlim sohasidagi hamkorlik aloqalarining yanada rivojlanishi, qolaversa, oʼzbek va belarus xalqlarining oʼzaro hamjihatligi va doʼstligining mustahkamlanishiga hissa qoʼshadi.
Soʼnggi yillarda malakali kadrlar tayyorlash boʼyicha hamkorlik jadallik bilan rivojlanmoqda. 2018 yildan buyon Oʼzbekistonda Maksim Tank nomidagi Belorus davlat pedagogika universiteti va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, shuningdek, Belorus davlat informatika va radioelektronika universiteti va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining qoʼshma fakultetlari muvaffaqiyatli faoliyat koʼrsatmoqda.
2018/2019 oʼquv yilida Belarusning nufuzli universitetlari bilan hamkorlikda 3 ta OTMda tashkil etilgan qoʼshma taʼlim dasturlari (double degree)da 195 nafar talaba tahsil olmoqda.

Yangi oʼquv yilidan boshlab 18 ta OTMda hamkorlikda kadrlar tayyorlashni yoʼlga qoʼyish rejalashtirilgan.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti – Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti axborot texnologiyalari qo‘shma fakulteti (TATU-BDIRU ATQF) bakalavriati qabul jarayoni to'g'risida ushbu havola orqali batafsil ma'lumot olsangiz bo'ladi.

TATU matbuot xizmati

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Миллиардер Стив Джобс 56 ёшида ошқозон ости бези саратони касаллиги билан ҳалок бўлди. Унинг сўнгги сўзи ҳаётнинг мазмуни ҳақида эди:

✅ Ҳозир мен касалхонада ётиб, бутун умримни эсласам, менда мавжуд бўлган барча бойлик ўлим олдида ҳеч нарса эмаслигини ҳис қиламан.

✅ Ўзингизга муносабатингизни яхшиланг ва бошқаларга ҳам ҳурматда бўлинг.

✅ Вақт ўтган сайин 30$ ёки 300$ турадиган соатлар бир вақтни кўрсатишини ҳис қила бошлайсиз.

✅ Биз 150 000$ ёки 30 000$лик машина билан юрсак ҳам мақсад ва масофа бир хил эканлигини, 300$ ёки 10$ шаробни ичсак ҳам бир хил “маза”ни ҳис қилишни бошлаймиз.

✅ Сиз яшаётган 300 кв метр ёки 3000 кв метрли уй ичида барибир ёлғизсиз ва бошқалар билан тенгсиз. Сизнинг ҳақиқий бахтингиз бу дунёги моддий нарсалар ўткинчи эканлигини ҳис қилиш.

✅ Самолётга биринчи класс ёки эконом классга чиқсангиз ҳам парвоз қилаётган самолётингиз қуласа сиз ҳам у билан бирга қулайсиз...

✅ Ҳақиқий бахт дўстингиз ёки бирор инсон билан чин дилдан суҳбатлашганингиздадир.

👉 @TalabaUz 👈
​​Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Бердақ номидаги Қорақалпоқ давлат университети ҳамкорликда ишловчи хорижий олий таълим муассасалари билан биргаликда ҚЎШМА ТАЪЛИМ ДАСТУРИ.

Ҳужжатлар 1 августдан 10 август санасигача қабул қилинади. Маълумот учун телефонлар:
+99861 223-60-19, +99861 223-66-55, www.karsu.uz
Манзил: Нукус шаҳри, Ч.Абдиров кўчаси №1

Қабул комиссиясига 2019 йилнинг 1 августидан 10 августигача қуйидаги ҳужжатларни тақдим қилишингиз керак:
Бакалавр таълим йўналишига:
• Ректор номига ариза - 2 нусхада;
• Умумий ўрта таълимни (11-синф асосида) тугатганлиги ҳақида ҳужжат ёки ўрта махсус, касбий таълим муассасасини тугатганлиги ҳақида ҳужжат ва унинг иловасининг асл нусхаси ва уларнинг нотариус тасдиғидан ўтган рус тилидаги таржимаси - 2 нусхада;
• Паспортнинг асл нусхаси кўрсатилиб, 2 дона кўчирмаси ва нотариус тасдиғидан ўтган рус тилидаги таржимаси – 2 нусхада;
• 3,5×4,5 ўлчамдаги 8 дона рангли фотосурат;
• ОИВ йўқ эканлиги ҳақидаги “ОИТСга қарши курашиш маркази”дан маълумотнома (рус тилида)
Магистратура мутахассисликларига:
• Ректор номига ариза; - 2 нусхада;
• Тегишли мутахассислик бўйича бакалавр дипломи (баҳолар иловаси билан) асл нусхаси ва уларнинг нотариус тасдиғидан ўтган рус тилидаги таржимаси - 2 нусхада;
• Паспорт асл нусхаси, 2 дона кўчирмаси ва паспортнинг нотариус тасдиғидан ўтган рус тилидаги таржимаси - 2нусхада
• 3,5×4,5 ўлчамдаги 8 дона рангли фотосурат;
• ОИВ йўқ эканлиги ҳақидаги “ОИТСга қарши курашиш маркази”дан маълумотнома (рус тилида)

Батафсил👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Diqqat 4-avgust imtihon javoblari chiqa boshladi.

Hurmatli abituriyentlar, adminlarga faqatgina ID yoki passport seriya yuboringlar.

Murojaatlar ko‘pligi sabab sizga darhol javob qaytara olmasliklari mumkin. Kuting. Sabrli bo‘ling.

Mana shu adminlarga yuboring:👇👇

✅ @Anonymous_06

✅ @mr_TUlT

✅ @student_tuitsf

✅ @Ball_dtm2019

✅ @Pulatov_M_A

✅ @TS3MASTER

✅ @MMN03

✅ @Qaydasan_guliimm

✅ @aliabdurasuloff

✅ @Bobur_5655

✅ @shox6014

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Cеҳр-жодуга ружу (ёҳуд ТерДУ ректори қабулхонаси остонасидаги ўқитувчининг аҳмоқгарчилиги)

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
🎓 Sessiya, seminar, o'qish tashvishlar
✍ Leksiya yozishlar, darsdan qochishlar
😍 Umrning mazmuni ushbu damlarim
👨‍🎓 Talabalik davrim - oltin damlarim!


Safimizga qo'shil👇

https://t.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
🌏🇺🇿Андижон давлат университети хорижий давлатлар олий таълим муассасалари билан ҳамкорликдаги қўшма таълим дастурларига ўқишга таклиф этади!

🇧🇾🇺🇿Беларусь Республикасининг Полоцк давлат университети билан ҳамкорликда:

👨🏻‍🎓Бакалавриатура: Технологик таълим йўналиши. Квота 25 та.
✅Ўқиш (2+2) 2 йил Ўзбекистонда, 2 йил Полоцк давлат университетида.

🇷🇺🇺🇿Россия Федерациясининг Н.П.Огарёв номидаги Мордовия давлат миллий тадқиқот университети билан ҳамкорликда:

👩‍🏫👨‍🏫Бакалавриатура: Филология ва тилларни ўқитиш: рус тили таълим йўналиши. Квота 25 та;

✅Ўқиш (2+2) 2 йил Ўзбекистонда, 2 йил Мордовия давлат миллий тадқиқот университетида.

👩🏻‍🔬👨‍🔬Магистратура: Биология (фан йўналиши бўйича) мутахассислиги бўйича. Квота 4 та.

✅Ўқиш (1+1) 1 йил Ўзбекистонда, 1 йил Мордовия давлат миллий тадқиқот университетида.

✅Битирувчиларга 2 та диплом берилади;

♻️Таълим шакли: кундузги (тўлов шартнома асосида);

📚Кириш имтиҳонлари:
ДТМ томонидан алоҳида ташкил этиладиган тест синови (рус тилида) ҳамда хорижий ҳамкор олий таълим муассасаси вакиллари билан суҳбат (имтиҳон) (рус тилида)дан иборат.

🗂📂Абитуриентдан талаб этилувчи ҳужжатлар:

📔ўрта ёки ўрта махсус маълумоти ҳақидаги ҳужжатнинг нусхаси (асли кўрсатилади);
📒паспорт нусхаси (асли кўрсатилади)
ариза (рус тилида тўлдирилади);
🖼6 дона 3.5х4.5 расм

📆Ҳужжатларни қабул қилиш муддати: 10 августга қадар.

Қўшимча маълумот учун телефонлар:
📞(74) 223 88 30,
📞(90) 217 20 76,
📞(93) 244 69 56

📧E-mail:
agsu_info@edu.uz
wolffar7@mail.ru

Каналга уланиш👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Магистратура мутахассисликларига имтиҳонлар бошланди

Жорий йилнинг 6 август куни Тошкент давлат аграр университетида 2019-2020 ўқув йили учун магистратура мутахассисликларига ҳужжат топширган номзодлар ўртасида мутахассислик фанлардан имтиҳонлар бошланди.
2019/2020 ўқув йили учун тасдиқланган қабул квотаси бўйича Тошкент давлат аграр университети магистратурасига 23та мутахассисликларига 429 номзод ҳужжат топширган.

Энг кўп Қишлоқ хўжалик маҳсулотларини сақлаш ва дастлабки ишлаш технологияси (маҳсулотлар турлари бўйича) мутахассисликига ҳужжат топширилган. 48 номзод

Энг кам
Картошкачилик мутахассисликига ҳужжат топширилган. 9 номзод

Жараённинг очиқ ва шаффофлигини таъминлаш мақсадида назоратчилар ва видеокузатувлар ташкил этилди.

Барча номзодаларга омад ёр бўлсин.

Батафсил👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga imtixon topshirgan abituriyent imtixon javoblarini ko'rganida😭😁

Abituriyentlarga yuboramiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
ABITURIENTLAR DIQQATIGA!
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI VA POLOTSK DAVLAT UNIVERSITETI TMI-PDU QO‘SHMA FAKULTETI 2019/2020 O‘QUV YILI UCHUN BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHLARIGA QABUL E’LON QILADI.


Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Ҳарбий тавсиянома аҳамиятини йўқотди(ми?)

Ниҳоят кўп йиллардан бери жамоатчиликнинг энг кўп эътирози ва муҳокамасига сабаб бўлаётган мавзу — ҳарбий тавсияномага эга абитуриентларга берилаётган имтиёз масаласи ўз ечимини топди. 

Давлатимиз раҳбарининг шу йил 5-июлдаги «Ўзбекистон Республикаси Президентининг айрим ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш, шунингдек, баъзиларини ўз кучини йўқотган деб ҳисоблаш тўғрисида»ги фармонига биноан эндиликда ҳарбий тавсияномага эга абитуриентлар мазкур имтиёздан олий таълим муассаса­ларига ажратилган умумий квота доирасида фойдалана олмайди. Бирор олий таълим муассасасига ўқишга топширганда, унга тавсияномаси учун ҳеч қандай қўшимча балл берилмайди. 

Хўш, бу йилги давлат тест имтиҳонларида муддатли ҳарбий хизматни ўтаб, ҳарбий қисм қўмондонлигининг тавсияномаларига эга бўлганлар мазкур имтиёздан қандай фойдаланиши мумкин? 

Имтиёзга эга бўлганлар, аввало, олий ҳарбий таълим муасса­саларига ўқишга топширган­дагина тўплаган балининг 50 фоизи миқдорида қўшимча бални қўлга кирита олади. 

Маҳаллий олий таълим муассасаларининг кундузги, сиртқи ва кечки таълим йўналишларига ҳужжат топширган имтиёзли йигитлар ҳарбий тавсияномага эга абитуриентлар учун белгиланган алоҳида 5 фоизлик квота доирасида ўзаро беллашади. Масалан, Тошкент давлат техника университетига ҳужжат топширган 500 нафар имтиёзли абитуриент 208 ўрин учун курашади. Улардан энг юқори балл тўплаган 38 нафари давлат гранти, қолган 170 нафари тўлов-шартнома асосида ўқийди. Қолганлар олган бали бўйича умумий квотада омадини синаб кўради. Ҳуқуқшунос-блогер Хушнуд Худойбердиевнинг «Телеграм»даги саҳифасида бу борада ҳам тушунарсиз ҳолат мавжудлиги таъкидланади. Унинг фикрича, тавсияномага эга абитуриент алоҳида ажратиб олинган квота доирасида тўлов-шартнома асосида ўқишга тавсия этилса, лекин у тўплаган балл умумий квота гуруҳида давлат гранти асосида ўқишга етарли бўлса, унда бу масала қандай ҳал этилади. «Бу ҳарбий тавсияномага эга абитуриентга нисбатан адолатсиз­лик бўлиб қолмайдими? Балки бунинг жавоби аллақачон мутасаддиларда бордир, ким билсин», дейди ҳуқуқшунос-блогер. 

Ҳарбий тавсияномага эга абитуриентлар учун белгиланган ушбу 5 фоизлик квота доирасида ўқишга қабул қилиш тизими­нинг ўтган йилгидан фарқли жиҳати шуки, энди бу тартиб Миллий рассомлик ва дизайн институти, Ўзбекистон давлат консерваторияси, Ўзбе­кистон давлат санъат ва маданият институти, Миллий рақс ва хореография олий мактаби каби ижодий имтиҳон талаб этиладиган ОТМларда ҳам амал қилади. 

Эслатиб ўтамиз, 2006–2011-йиллари ҳарбий тавсияно­мага эга абитуриентларга максимал балнинг 25 фоизи(56,7 балл), 2012—2016-йиллари 27 фоизи (61,2 балл), 2017-2018-йиллари эса ўзи тўплаган балнинг 50 фоизи миқдорида имтиёз қўлланилган. 

Аброр УМАРҚУЛОВ (www.marifat.uz)

Каналга уланиш👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Diqqat 5-avgust imtihon javoblari chiqa boshladi.

Hurmatli abituriyentlar, adminlarga faqatgina ID yoki passport seriya yuboringlar.

Murojaatlar ko‘pligi sabab sizga darhol javob qaytara olmasliklari mumkin. Kuting. Sabrli bo‘ling.

Mana shu adminlarga yuboring:👇👇

✅ @Anonymous_06

✅ @student_tuitsf

✅ @Ball_dtm2019

✅ @Pulatov_M_A

✅ @TS3MASTER

✅ @MMN03

✅ @Qaydasan_guliimm

✅ @Bobur_5655

✅ @shox6014

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA