Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
⚡️ Joriy yil xorijiy va nodavlat OTMda davlat granti asosida o‘qish uchun 1 200 ta kvota ajratildi (oldingi yillari 1000 ta edi)

O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat granti asosida ajratilgan o‘rinlarning oliy ta’lim tashkilotlari kesimidagi taqsimoti.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha 2 foizli kvota

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti

🌟 Jami: 3 898 ta qo‘shimcha kvota. Shundan:

➖ kunduzgi – 2 560 ta;
➖ sirtqi – 1 043 ta;
➖ kechki – 183 ta;
➖ masofaviy – 112 ta.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha 2000 ta davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi

✅ Unga ko‘ra:

📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 111;
📍 Andijon viloyati – 183;
📍 Buxoro viloyati – 112;
📍 Jizzax viloyati – 81;
📍 Qashqadaryo viloyati – 193;
📍 Navoiy viloyati – 60;
📍 Namangan viloyati – 165;
📍 Samarqand viloyati – 227;
📍 Surxondaryo viloyati – 155;
📍 Sirdaryo viloyati – 50;
📍 Toshkent viloyati – 177;
📍 Farg‘ona viloyati – 221;
📍 Xorazm viloyati – 110;
📍 Toshkent shahri – 155.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bakalavr_turdosh_2024.pdf
1.8 MB
⚡️ Bakalavriat turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati

Oliy taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori bo‘yicha turdosh taʼlim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Yo‘nalishlar jami 32 ta turdosh guruhlarga ajratildi.

Ma’lumot uchun:
Quyidagi ta’lim yo‘nalishlari soha (tarmoq, yo‘nalish, faoliyat turi) bo‘yicha mos ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) guruhiga turdosh hisoblanadi:

➖ “Kasb ta’limi (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”;
➖ “Professional ta’lim (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”;
➖ “Xizmat ko‘rsatish texnika va texnologiyasi (xizmat ko‘rsatish tarmoqlari bo‘yicha)”;
➖ “Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha)”.

Shuningdek, ko‘chirish yoki qayta tiklashga ariza topshirganlarning ilgari ta’lim olgan yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) amaldagi Klassifikatorga muvofiqlashtirib, inobatga olinadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️ BU MUHIM:

Turli tavsiyanomalar orqali davlat granti uchun qo‘shimcha kvotaga da’vogarlik qiladigan imtiyozli abituriyentlar yodidan chiqarmasligi kerakki, ushbu imtiyoz faqatgina 68 balldan ko‘proq to‘plaganlarga qo‘llanadi.

Agar tavsiyanomasi bor abituriyent, u xoh xotin-qizlar bo‘lsin, xoh harbiylarning farzandlari bo‘lsin, 68 dan kamroq ball to‘plagan bo‘lsa, unda mazkur imtiyoz qo‘llanmaydi, tavsiyanomasi kuyadi.

Agar tavsiyanomasi kontrakt uchun ham imtiyozli qo‘shimcha kvota beradigan bo‘lsa, unda bu imtiyozdan foydalanish uchun abituriyent kamida 56,7 ball olishi kerak. Undan past ball olsa, imtiyozi kuyadi.

✍️ Xushnudbek

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Toshkent shahrida Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutiga 2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul parametrlari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, bakalavriat 16 ta ta’lim yo‘nalishi (kunduzgi/sirtqi) uchun jami 1 135 ta kvota (120 ta grant/1015 ta kontrakt), magistraturaning 6 ta mutaxassisligi uchun 60 ta kvota (18 ta grant/42 ta kontrakt) ajratildi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasi - 2024.pdf
229.7 KB
⚡️ Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari uchun qo‘shimcha kvota

“Mehribonlik”
uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, yigirma besh yoshgacha bo‘lgan vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar (25 yoshga to‘lmagan) uchun qo‘shimcha bir foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti

🌟 Jami: 1 949 ta qo‘shimcha kvota. Shundan:

➖ kunduzgi – 1 280 ta;
➖ sirtqi – 521 ta;
➖ kechki – 92 ta;
➖ masofaviy – 56 ta.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Sirtqi ta’lim shaklidagi 5 ta ta’lim yo‘nalishi uchun pedagogik staj talab etiladi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan sirtqi ta’lim shakliga maktab ta’limi tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lgan abituriyentlar qabul qilinadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi. Bular:

🔹 boshlang‘ich ta’lim;
🔸 tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
🔹 musiqa ta’limi;
🔸 jismoniy madaniyat;
🔹 texnologik ta’lim.

Bunda kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan va hozirda faoliyat koʻrsatib kelayotgan pedagog xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan olinadi.

Ma’lumot uchun, Prezidentning PQ-289-son (21.06.2022-y.) qarorida pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan va ro‘yxatdan o‘tish davrida ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib boruvchi shaxslar qabul qilinishi belgilangan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Harbiylarning farzandlari uchun qo‘shimcha 2%li davlat granti asosidagi kvota taqsimoti

Davlat qabul komissiyasining bayoni bilan harbiylarning farzandlari uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining tashkilotlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

❗️ESLATMA: mazkur imtiyozli kvota faqat birinchi yo‘nalish uchun amal qiladi. Ikkinchi, uchinchi va h.k. yo‘nalishlarga taalluqli emas.

‼️ ESLATMA-2: ushbu qo‘shimcha kvota faqat kunduzgi ta’lim uchun taalluqli. Agar 2 foizli tavsiyanoma olgan harbiyning farzandi birinchi yo‘nalishga sirtqi, kechki yoki masofaviyni tanlasa, unda imtiyozdan foydalana olmaydi. Albatta, birinchi yo‘nalishga kunduzgini tanlash kerak. Qolgan 2, 3, 4 va 5-yo‘nalishlarga istaganini tanlash mumkin.

❓ Bu yerda faqat tashkilotlar nomi bor ekan, lekin na OTMlar, na yo‘nalishlar yo‘q-ku?

Imtiyozli kvota OTMlar yoki yo‘nalishlar kesimida emas, tashkilotlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi?

Masalan, Mudofaa vazirligiga 775 ta joy berilgan. Aytaylik, Mudofaa vazirligi tizimidagi xodimlarning farzandlari uchun jami 2 mingta tavsiyanoma berilgan (bu shunchaki misol, aslida ko‘p yoki kam bo‘lishi mumkin). Ular qaysi OTMni birinchi yo‘nalish sifatida tanlagani muhim emas. Masalan, kimdir Yuridik universitetni, kimdir Tibbiyot akademiyasini, kimdir Moliya institutini tanlagan va h.k. Qaysi yo‘nalishlarni tanlagani ham muhim emas.

Xullas, tanlagan oliygohidan qat’i nazar, Mudofaa vazirligi tizimida tavsiyanoma olgan 2 ming nafar harbiylarning farzandlari to‘plagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 775 nafar abituriyent o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga davlat granti asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi. Qolgan abituriyent esa o‘zi to‘plagan bali bo‘yicha umumiy tartibda barcha bilan bellashadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirishlari mumkin.

❓ Harbiylarning farzandlariga berilgan tavsiyanoma ball qo‘shib beradimi?

Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi. Ular o‘zlari to‘plagan ball bilan bellashadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari - 2024.pdf
151.7 KB
⚡️ Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun qo‘shimcha kvota

Huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha besh foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti

✅ Jami: 1 742 ta qo‘shimcha kvota.

❗️ Diqqat! Ushbu kvota birinchi oliy ta’lim muassasasiga kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllari uchun amal qiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bojxona organlari xodimlari farzandlari - 2024.pdf
166.4 KB
⚡️ Bojxona organlari xodimlarning farzandlari uchun qo‘shimcha kvota

Bojxona xizmatiga salmoqli hissa qo‘shgan, ish jarayonida ma’lum bir natijalarga erishgan bojxona organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning farzandlari uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti

✅ Jami: 697 ta qo‘shimcha kvota.

❗️ Diqqat! Ushbu kvota birinchi oliy ta’lim muassasasiga kunduzgi ta’lim shakli uchun amal qiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM