Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bakalavr_turdosh_2024.pdf
1.8 MB
Oliy taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori bo‘yicha turdosh taʼlim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi.
Yo‘nalishlar jami 32 ta turdosh guruhlarga ajratildi.
Ma’lumot uchun:
Quyidagi ta’lim yo‘nalishlari soha (tarmoq, yo‘nalish, faoliyat turi) bo‘yicha mos ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) guruhiga turdosh hisoblanadi:
Shuningdek, ko‘chirish yoki qayta tiklashga ariza topshirganlarning ilgari ta’lim olgan yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) amaldagi Klassifikatorga muvofiqlashtirib, inobatga olinadi.
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Turli tavsiyanomalar orqali davlat granti uchun qo‘shimcha kvotaga da’vogarlik qiladigan imtiyozli abituriyentlar yodidan chiqarmasligi kerakki, ushbu imtiyoz faqatgina 68 balldan ko‘proq to‘plaganlarga qo‘llanadi.
Agar tavsiyanomasi bor abituriyent, u xoh xotin-qizlar bo‘lsin, xoh harbiylarning farzandlari bo‘lsin, 68 dan kamroq ball to‘plagan bo‘lsa, unda mazkur imtiyoz qo‘llanmaydi, tavsiyanomasi kuyadi.
Agar tavsiyanomasi kontrakt uchun ham imtiyozli qo‘shimcha kvota beradigan bo‘lsa, unda bu imtiyozdan foydalanish uchun abituriyent kamida 56,7 ball olishi kerak. Undan past ball olsa, imtiyozi kuyadi.
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Unga ko‘ra, bakalavriat 16 ta ta’lim yo‘nalishi (kunduzgi/sirtqi) uchun jami 1 135 ta kvota (120 ta grant/1015 ta kontrakt), magistraturaning 6 ta mutaxassisligi uchun 60 ta kvota (18 ta grant/42 ta kontrakt) ajratildi.
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasi - 2024.pdf
229.7 KB
“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, yigirma besh yoshgacha bo‘lgan vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar (25 yoshga to‘lmagan) uchun qo‘shimcha bir foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan sirtqi ta’lim shakliga maktab ta’limi tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lgan abituriyentlar qabul qilinadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi. Bular:
Bunda kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan va hozirda faoliyat koʻrsatib kelayotgan pedagog xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan olinadi.
Ma’lumot uchun, Prezidentning PQ-289-son (21.06.2022-y.) qarorida pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan va ro‘yxatdan o‘tish davrida ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib boruvchi shaxslar qabul qilinishi belgilangan.
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat qabul komissiyasining bayoni bilan harbiylarning farzandlari uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining tashkilotlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.
Imtiyozli kvota OTMlar yoki yo‘nalishlar kesimida emas, tashkilotlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi?
Masalan, Mudofaa vazirligiga 775 ta joy berilgan. Aytaylik, Mudofaa vazirligi tizimidagi xodimlarning farzandlari uchun jami 2 mingta tavsiyanoma berilgan (bu shunchaki misol, aslida ko‘p yoki kam bo‘lishi mumkin). Ular qaysi OTMni birinchi yo‘nalish sifatida tanlagani muhim emas. Masalan, kimdir Yuridik universitetni, kimdir Tibbiyot akademiyasini, kimdir Moliya institutini tanlagan va h.k. Qaysi yo‘nalishlarni tanlagani ham muhim emas.
Xullas, tanlagan oliygohidan qat’i nazar, Mudofaa vazirligi tizimida tavsiyanoma olgan 2 ming nafar harbiylarning farzandlari to‘plagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 775 nafar abituriyent o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga davlat granti asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi. Qolgan abituriyent esa o‘zi to‘plagan bali bo‘yicha umumiy tartibda barcha bilan bellashadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirishlari mumkin.
Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi. Ular o‘zlari to‘plagan ball bilan bellashadi.
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari - 2024.pdf
151.7 KB
Huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha besh foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bojxona organlari xodimlari farzandlari - 2024.pdf
166.4 KB
Bojxona xizmatiga salmoqli hissa qo‘shgan, ish jarayonida ma’lum bir natijalarga erishgan bojxona organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning farzandlari uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasi - 2024.pdf
277.5 KB
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar uchun besh foizli qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bilan birga tanlov ustuvorligini ham belgilaydi.
“Davlat granti”ni tanlasa — tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;
“Ta’lim yo‘nalishi”ni tanlasa — har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.
tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining istalgan biriga davlat granti asosida o‘qishga kirish muhim bo‘lsa, “Davlat granti” ustuvorligini;
davlat granti yoki to‘lov-kontrakt bo‘lishidan qat’iy nazar birinchi tanlagan yo‘nalishlariga o‘qishga kirish muhim bo‘lsa, “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorligini tanlash maqsadga muvofiq.
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/2025-o‘quv yilida kontrakt summalari quyidagicha belgilangan:
Ma’lumot uchun, 2023/2024-o‘quv yilida bakalavriat uchun stipendiyasiz o‘qish narxi – 18 mln so‘m, magistratura uchun – 21 mln so‘m edi.
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Abituriyentlar yo‘nalish tanlayotganda quyidagi ikkita ustuvorlikdan birini belgilashlari mumkin: «Davlat granti» yoki «Ta’lim yo’nalishi».
Bu ikkalasining maʼnosi qanaqaligini mana bu yerda tushuntirganman:
https://t.me/xushnudbek/24770
Ammo 2022-yildan boshlab bir nechta taʼlim shakllarini aralash tanlash imkoni paydo bo‘ldi. Ya’ni bir abituriyent beshta yo’nalish tanlayotganda ham kunduzgi, ham sirtqi, ham kechki va ham masofaviyni aralashtirib tanlashi mumkin.
Shu sababli ko‘pchilikda savol tug‘ilmoqda, agar biz «Davlat granti» degan ustuvorlikni tanlasak, unda sirtqi yoki kechki taʼlim shakllarida tanlov qanaqa bo‘ladi, axir ularda davlat granti yo‘q-ku deb.
Buni so‘zda tushuntirish biroz mushkulroq, shu sababli ikkala ustuvorlik uchun ham alohida chizma tayyorladim. Shunda ketma-ketlik qanaqa bo‘lishini osonroq tushunib olishingiz mumkin.
Qisqa qilib aytganda, “davlat granti” ustuvorligi xuddi kunduzgidek bo‘laveradi, faqat sirtqi, kechki yoki masofaviy tanlanganda grant qismi tashlab ketiladi xolos.
Agar siz beshalasiga ham sirtqi yoki kechki kabi yo’nalishni tanlayotgan bo’lsangiz, unda ustuvorlikning mutlaqo farqi yo’q. Xohlaganingizni tanlayvering, ikkalasi ham birdek amal qiladi.
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM