Talaba.uz | Ta'lim portali
5.48K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlangan

✅ Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlangan.

📆 Apellatsiya arizalari 27-avgustga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali (talabgorning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinadi.

📌 Talabgor apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

🔖 Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

❗️ Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi lozim.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
⚡️ Abituriyentlarga nechanchi o‘rinda turganini ko‘rish imkoniyati ochildi

Bilimni baholash agentligi tomonidan mandat.uzbmb.uz saytida kengaytirilgan qidiruv funksiyasi ochildi va unda OTM, tegishli yo‘nalish, ta’lim shakli va tilini tanlagan holda yakuniy mandatda abituriyentlarning joylashgan joyini ko‘rish mumkin bo‘ldi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
❓ O‘qishga kirish qiyinmi? Joriy yilda 60 ball bilan 1500 ga yaqin yo‘nalishga kontraktga kirsa bo‘lar edi

O‘qishga kirish qiyin yoki osonligini ko‘rsatuvchi eng yaxshi ko‘rsatkich, bu o‘tish ballarini tahlil qilishdir. Menga doim qiziq bo‘lgan, masalan, 100 ball olgan abituriyent qayerlarga o‘qishga kira oladi? Nechta joyga bali yetgan bo‘lardi?

Yuqoridagi jadvalda davlat granti uchun 4 ming 256 ta, to‘lov-kontrakt uchun esa kunduzgi ta’limda 3 ming 215 ta, sirtqida 1 ming 458 ta, kechkida 285 ta va masofaviyda 80 ta yo‘nalishlardagi 2024-yilgi o‘tish ballarining tahlili aks etgan.

Davlat granti bo‘yicha

Davlat granti misolida ko‘radigan bo‘lsak, 100 ball olgan abituriyentlar 1 ming 532 ta yo‘nalishga grantga kira olgan. Bu umumiy yo‘nalishlarning 36% ini tashkil qiladi.

Joriy yilda 70 ball bilan 570 ta (13,4%) yo‘nalishga davlat grantiga kirish mumkin bo‘ldi.

150 ball olganlar esa 70 foiz grantga kirdi, degani bo‘lgan. Faqat to‘g‘ri yo‘nalish tanlay olgan bo‘lsa bo‘ldi.

To‘lov-kontrakt bo‘yicha

Kontraktda esa kirish ballari aaaancha past. Masalan, atigi 80 ball bilan kunduzgi ta’limning 56 foiz yo‘nalishiga, sirtqida 72%, kechkida 60%, masofaviyda esa 96% yo‘nalishga kontraktga o‘qishga kirsa bo‘ladi. Bor-yo‘g‘i 80 ball to‘plasa yetadi.

Yoki 60 ball bilan barcha ta’lim shakllarini qo‘shganda 1 ming 466 ta yo‘nalishga kontraktga kirish mumkin edi.

100 ball to‘plasangiz-ku, kontraktga kirish ehtimolingiz juda yuqori bo‘lgan. Masalan, kunduzgida 2 ming 286 ta (71%), sirtqida 1 ming 274 ta (87%) yo‘nalishga o‘tish ballari 100 dan past bo‘lgan.

Albatta, bu umumlashtirilgan natijalar. Ayrim talabgir yo‘nalishlarda kirish ballari yuqori bo‘lganini bilaman. Lekin unaqalar soni juda kam bo‘lgan.

Umumiy holat shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘qishga kirish juda oson, faqat to‘g‘ri yo‘nalish tanlay olishga ham ko‘p narsa bog‘liq. Boshqacha aytganda, yoki orzu qilingan o‘ta nufuzli yo‘nalishga kirish uchun yetarli darajada o‘qish kerak, yoki to‘plangan ballga yarasha yo‘nalish tanlash kerak.

©️ Xushnudbek

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
⚡️ Oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili 9-sentyabr, dushanba kunidan boshlanadi

Akademik litseylarda esa yangi o‘quv yili 4-sentyabr, chorshanba kunidan boshlanadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
⚡️ Klinik ordinaturaga qabul imtihonlari ertadan boshlanadi

24-26 avgust kunlari
yurtimiz ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari, oliy tibbiy taʼlim o‘quv yurtlari va klinik ordinatorlarni o‘qitish vakolati berilgan xususiy klinikalari uchun klinik ordinaturaga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlariga kirish soat 7:00 da boshlanadi. Talabgorlar tmbm.ssv.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnoma va o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli bilan imtihon manzillariga imtihon boshlanishidan kamida 1 soat oldin yetib kelishlari so‘raladi.

❌ Kirish imtihonlariga hujjat topshirmagan, imtihonga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha tanlov o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bir kuni bir kishi meni yo‘qlab kelibdi. Salom-alikdan so‘ng muddaoga o‘tdi.

"Domla, 5000 dollar beraman, dissertatsiyani yozib bering, himoyadan keyin yana beraman, xullas, rozi qilaman" dedi.

"Farzandlardan nechta?" so‘radim.

"Ikkita..."

"Ularning aybi nima?" deb so‘radim.

Dovdiradi.

"Tushunmadim, domla..." dedi.

"Shunday qilib dissertatsiya yoqlasangiz hukmi halolmi yoki harom?" deb so‘radim.

"Bilmadim..."

"Siz menga halolligini isbotlab bering, sizga shart yozib beray, bir oy o‘tirsam bitta dissertatsiya tayyor bo‘ladi. Endi teskarisi bo‘lsachi? Ya’ni, harom. Fan nomzodi bo‘lasiz, fan nomzodiga yarasha oylik olasiz. Bu oyligingiz halolmi yoki harom? Agar harom bo‘lsa, bolalaringizga shuni yedirasizmi? Bolalaringizning aybi nima? Ularni halol yedirish o‘rniga bunday qilsangiz kelajagi nima bo‘ladi? Ozgina qiynalasiz, tan-joningiz sog‘, nima qilasiz go‘daklaringizning kelajagini barbod qilib? Bu gapni siz aytmadingiz, men eshitmadim, borib ishingizni qilavering!"

"Uzr, domla..."

"Bir gap esingizda tursin, ota-ona, ayniqsa, erkak kishi yetti pushtiga mas’uldir. Siz kim bo‘lsangiz yetti avlodingiz ham shu bo‘ladi. Buni genetika deydi, allaqachon isbotlab qo‘ygan! Mavzu beraylik, o‘rganing, ishlang!"

"Ming bor, uzr, domla..."

Keyin u kishini ko‘rmadim. Boshqa kelmadi.

©️ Baxtiyor Abdug'afur

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
⚡️ 2024-yilda oliy taʼlim tashkilotini tugatganlar ham toifa olishlari mumkin

2024-yilda oliy taʼlim tashkiloti tugatgan stajor-oʻqituvchi sifatida ishga qabul qilinganlar ham joriy yilning avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan attestatsiyada oʻz ixtiyoringizga koʻra navbatdan tashqari turi boʻyicha qatnasha oladi hamda past natija qayd etgan taqdiringizda ham ularga nisbatan salbiy qaror qabul qilinmaydi.

🗓 Ilgari attestatsiyadan oʻtmagan ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlar yoki oliy taʼlim tashkilotlarini bitirib birinchi bor ishga kirgan pedagog kadrlar kasbiy faoliyatiga uch yil toʻlgandan soʻng navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtkaziladi.

✔️ Ushbu sinovlardan ishtirok etib toifa sertifikati olgan stajor-oʻqituvchilardan kasbiy sertifikat talab qilinmaydi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
⚡️ «Super-kontrakt» haqida ayrim maʼlumotlar

O‘qishga kira olmagan ko‘plab abituriyentlarda super-kontrakt bilan bog‘liq savollar paydo bo‘layotganini hisobga olib, ayrim tushuntirish berib o‘taman.

‼️ Eng avvalo bir narsani unutmang: 2024-yil uchun super-kontrakt narxi va tartiblari hozircha tasdiqlangani yo‘q. Tasdiqlansa, qo‘shimcha xabar beramiz.

❓ 4 ballgacha yetmaganlar qancha to’laydi?

Super-kontraktning 4 ballgacha shkalasi quyidagicha:

➖ o‘tish baliga 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;

(masalan, kontrakt 10 mln so’m bo’lsa, 1 ballgacha yetmaganlar 15 mln so’m to’laydi);

➖ 1,06 balldan 2,05 ballgacha — 2 barobari;

➖ 2,06 balldan 3,05 ballgacha — 2,5 barobari;

➖ 3,06 balldan 4,05 ballgacha — 3 barobari.

❗️ ESLATMA: 4,05 ballgacha deb yozilganiga ko‘pchilik chalg‘imoqda va buni 4,5 ball deb o‘ylayapti. Ammo unaqa emas. 4,05 (to‘rt-u yuzdan nol besh) ball bilan 4,5 (to‘rt yarim) ballning farqi katta. Kirish chizig‘iga 4,1 (to‘rt-u bir) balldan ko‘p yetmagan abituriyentlar yuqoridagi 4 ballik shkalaga tushmaydi.

4,1 ball va undan ko‘proq
yetmaganlarning barchasiga (56,7 balldan baland bo‘lsa) 8, 10, 12, 15, 17 va 25 baravar qo‘llanadi.

❓ Super-kontrakt bilan bir qatorda oddiy kontrakt ham qo‘shib to‘lanadimi?

❗️ Yo‘q, unaqa emas. Birinchi yili faqat super-kontrakt summasi to‘lanadi, oddiy (bazaviy) kontrakt qo‘shib to‘lanmaydi. Ikkinchi yildan boshlab esa faqat oddiy kontrakt to‘lanadi, super-kontrakt to‘lanmaydi.

❓ Super-kontrakda o‘qishni xohlaganlar qachongacha ariza berishi kerak?

❗️ Hali super-kontrakt uchun arizalar qabul qilinmayapti. Ertagayoq OTMga yugurib borishingiz shart emas. Arizani sentyabr oyida, o‘qishlar boshlangach ONLAYN berasiz.

Kim birinchi ariza bersa, o‘sha birinchi qabul qilinadi, degan qoida yo‘q. Talabgorlar to‘plangan ballga qarab tartibga solinadi, yaʼni avval yuqori ball to‘plaganlarga imkon beriladi.

❓ Ariza berish uchun OTMga borish kerakmi?

❗️ Yo‘q. 3 yildan buyon super-kontrakt uchun arizalar onlayn qabul qilinadigan bo‘ldi. Siz uyingizdan chiqmagan holda internet orqali ariza yuborasiz. Buning uchun OTMga kelish, kimnidir kabinetida navbat kutish, kimlargadir iltimos qilish shartmas. Ariza qabul qilinadigan sayt ishga tushgach, qo‘shimcha xabar qilinadi.

❓ O‘qishga KIRGANLAR boshqa yo‘nalishga super-kontraktni tanlay oladimi?

❗️ Masalan, birinchi va ikkinchi yo‘nalishga bali yetmadi, lekin uchinchi yo‘nalishga o‘qishga kirdi. Abituriyent uchinchi yo‘nalishda o‘qishni istamay, birinchi yoki ikkinchi yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy oladimi?

✅ Bu masala hozircha ochiq turibdi, joriy yilgi tartib tasdiqlanmagan.

O‘tgan yili abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa, unda istisno tariqasida faqat BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi. Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Yaʼni 3 ga kirgan bo‘lsa, 2-yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy olmasdi, faqat BIRINCHIga ruxsat berilgandi. Joriy yilgi tartib tadsiqlansa, qo‘shimcha xabar beriladi.

❓ O‘qishga KIRA OLMAGANLAR istalgan beshta yo‘nalishda super-kontrakt qila olishadimi?

❗️ Ushbu masala ham hozircha nomaʼlum. Aniq bo‘lgach, xabar beriladi. O‘tgan yili beshala yo‘nalishiga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yo‘nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi.

❓ Super-kontrakt uchun ta’lim krediti beriladimi?

❗️ Yo’q, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berilmaydi. Ammo ayrim banklar tijoriy shartlarda oddiy kredit taklif qilishi mumkin.

Ammo super-kontraktga kirganlar 2-kursdan oddiy kontrakt to’lashga o’tadi, shu sababli bemalol 2-kursdan taʼlim krediti olishi mumkin. Ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’limga beriladi.

❓ Super-kontraktni bo’lib to’lasa bo’ladimi?

❗️ Ha, 4 ga bo’lib to’lash mumkin.

©️ Xushnudbek

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
⚡️ Shoshiling, ikki kun qoldi! 56.7 balldan kam to‘plaganlar ham kollej/texnikum tanlovida qatnasha oladi

Xabaringiz bor ayni kunlarda oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar my.uzbmb.uz saytida kollej yoki texnikumlarning kasb va mutaxassisligi hamda ta’lim shaklini tanlamoqda. Tanlov 27-avgustga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Bunda amaldagi tartibga ko‘ra kirish imtihonlarida qatnashgan barcha abituriyentlar tanlovda ishtirok etishi mumkin. Kollej/texnikumlarga qabulda minimal o‘tish ballari belgilanmagan.

Shunday ekan, sizlarda 2 kun vaqt qolmoqda.

❗️Ma’lumot uchun joriy yilda texnikum yoki kollejlarga alohida ro‘yxatdan o‘tib, imtihon topshirilmaydi. Yoʻnalish tanlab qoʻysa boʻldi. Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin.

Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari (MANDAT) tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
⚡️ Yangi o‘quv yilining boshlanish sanalari ma’lum bo‘ldi
✔️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra 2024/2025-o‘quv yili:

➖ oliy ta’lim muassasalarida – 9-sentyabr;
➖
akademik litseylarda – 4-sentyabr;
➖ kasb-hunar maktablarida – 4-sentyabr;
➖
kollej va texnikumlarning 2- va undan yuqori kurslari uchun – 4-sentyabr kunidan boshlanishi belgilandi.

🔹Kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun 2024/2025-o‘quv yilining boshlanishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
⚡️ Pedagoglarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bepul amalga oshirilishi lozim

Iqtisodiyot va moliya, Sog‘liqni saqlash hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan chiqarilgan qo'shma xatda "Pedagog maqomi to‘g‘risida"gi qonunga (7-modda) binoan, pedagoglar uchun tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tish huquqi berilgani, majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tish xarajatlari uchun joriy yilda Davlat byudjetidan 71,4 mlrd so‘m ajratilgani ma’lum qilingan.

Hududiy boshqarmalarga majburiy tibbiy ko‘rikni pedagoglar uchun bepul tashkil etish topshirig‘i berilgan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
⚡️ Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning 48 foizdan ziyodi ayollar

👨‍🏫 Joriy yilda test sinovi natijalariga ko‘ra oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 186 871 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning:

👨‍💻 96 516 nafari (51,6 %) — erkaklar;
👩‍💻 90 355 nafari (48,4 %) — ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi.

🎓 Davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarda ayollarning ulushi erkaklarga nisbatan ko‘proq ekanligini ko‘rish mumkin. Jumladan:

👉 erkaklar — 18 572 nafar (45,1%);
👉 ayollar — 22 581 nafar (54,9%).

🟢 2024—2025-o‘quv yili qabulida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning o‘rtacha yoshi 19 yoshni (erkak va ayollarda bir xil) tashkil etdi.

📌 Talaba bo‘lgan ayollarning eng yoshi 15 yosh bo‘lsa, eng yoshi kattasi 69 yosh, erkaklarda esa bu ko‘rsatkich mos ravishda 15 va 60 yoshni tashkil etadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
⚡️ Bugun apellatsiya arizalarini qabul qilishning so‘nggi kuni

✅ 2024-yil 18-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlangan edi.

🖥 Shuningdek, 22-avgust kuni talabalar o‘qishini xorjiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan edi.

👨🏻‍💻 Apellatsiya arizalarini qabul qilish my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshirilmoqda va bugun (27-avgust) arizalarni qabul qilishning so‘nggi kuni hisoblanadi.

🔖 Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

🏛 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi lozim.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
⚡️Bugun professional ta'lim muassasalariga tanlovning so‘nggi kuni

✅ Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar tomonidan 2024-yil 18-avgustdan my.uzbmb.uz saytida professional ta’lim muassasasi (kollej yoki texnikum), kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlash davom etmoqda.

❗️ Bugun (27-avgust) professional ta'lim muassasalariga tanlovning so‘nggi kuni bo‘lib, abituriyentlar soat 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz saytida professional ta’lim muassasasi (kollej yoki texnikum), kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlashlari, shuningdek, tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin.

🗓 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

⭐️ @TalabaUz barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Prezident maktablarining 2-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi

Imtihon natijalari Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasida e'lon qilindi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
‼️ Magistratura natijalari to‘liq tayyor holga keltirilgan. Bugun e’lon qilinishi kutilmoqda.

* 2 kun avval texnik xatolik bo’lib ayrim natijalar ko‘rinib qolgan edi. Lekin bu natijalar asliga to‘g‘ri emas va haqiqiy hisoblanmaydi. Bugun chiqadigan yakuniy natija 2 kun oldin saytda ko‘ringandan boshqacha bo‘lishi mumkin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Joriy oʻquv yilidan boshlab OTMlarda “Registrator ofisi” faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli asosan, oliy taʼlim tizimida 2024-2025 oʻquv yilidan boshlab “Registrator ofisi” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
 
📌 Qayd etilishicha, registrator ofisining funksional vazifalariga oʻquv boʻlimi, dekanatlar, buxgalteriya, marketing va amaliyot boʻlimi, ilmiy boʻlim, xalqaro aloqalar boʻlimlarining vazifalari oʻtkazilmoqda.
 
🏢 Registrator ofisida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
 
–  talabalarning shaxsiy hujjatlarini arxivgacha saqlash;
– registrator ma’lumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilash;
– transkriptni yuritish va unga talabalarning baholarini kiritish;
– bitiruvchilarning diplomlarini rasmiylashtirish va taqdim etish;
– talabalar kontingenti bo‘yicha statistika yuritish.

Shuningdek, 1-bosqichga tavsiya qilingan talabalarning hujjatlari ham mazkur registrator ofisida qabul qilinadi.
 
✔️ “Registrator ofisi”ni malakali (xorijiy oliy taʼlim tashkilotini tamomlagan yoki xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida tajriba oʻtagan shaxslarga ustuvorlik beriladi ) xodimlar bilan toʻldirish koʻzda tutilgan.
 
Oliy taʼlimni rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda “Registrator ofisi” xodimlari uchun seminar-treninglar hamda iqtisodiy oʻqishlar tashkil qilish belgilandi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
⚡️ Magistratura qabul natijalari e’lon qilinmoqda

2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

Talabgorlar natijalarni magistr.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM