Talaba.uz | Ta'lim portali
5.47K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
‼️ Magistratura natijalari to‘liq tayyor holga keltirilgan. Bugun e’lon qilinishi kutilmoqda.

* 2 kun avval texnik xatolik bo’lib ayrim natijalar ko‘rinib qolgan edi. Lekin bu natijalar asliga to‘g‘ri emas va haqiqiy hisoblanmaydi. Bugun chiqadigan yakuniy natija 2 kun oldin saytda ko‘ringandan boshqacha bo‘lishi mumkin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Joriy oʻquv yilidan boshlab OTMlarda “Registrator ofisi” faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli asosan, oliy taʼlim tizimida 2024-2025 oʻquv yilidan boshlab “Registrator ofisi” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
 
📌 Qayd etilishicha, registrator ofisining funksional vazifalariga oʻquv boʻlimi, dekanatlar, buxgalteriya, marketing va amaliyot boʻlimi, ilmiy boʻlim, xalqaro aloqalar boʻlimlarining vazifalari oʻtkazilmoqda.
 
🏢 Registrator ofisida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
 
–  talabalarning shaxsiy hujjatlarini arxivgacha saqlash;
– registrator ma’lumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilash;
– transkriptni yuritish va unga talabalarning baholarini kiritish;
– bitiruvchilarning diplomlarini rasmiylashtirish va taqdim etish;
– talabalar kontingenti bo‘yicha statistika yuritish.

Shuningdek, 1-bosqichga tavsiya qilingan talabalarning hujjatlari ham mazkur registrator ofisida qabul qilinadi.
 
✔️ “Registrator ofisi”ni malakali (xorijiy oliy taʼlim tashkilotini tamomlagan yoki xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida tajriba oʻtagan shaxslarga ustuvorlik beriladi ) xodimlar bilan toʻldirish koʻzda tutilgan.
 
Oliy taʼlimni rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda “Registrator ofisi” xodimlari uchun seminar-treninglar hamda iqtisodiy oʻqishlar tashkil qilish belgilandi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
⚡️ Magistratura qabul natijalari e’lon qilinmoqda

2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

Talabgorlar natijalarni magistr.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/2025-oʻquv yili qabulida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari natijalariga koʻra toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarnig  birinchi oʻquv yili uchun amalda belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdori tasdiqlandi.

Shuningdek, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatini 2024-yil 15-oktyabrga qadar to‘liq toʻlagan abituriyentlarga 10%lik chegirma beriladi.

💾 PDF shaklida yuklash

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
⚡️ Chet tili imtihonlariga talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish davom etmoqda

📆 2024-yil 27–29-sentabr kunlari Bilimni baholash agentligi tomonidan ingliz va arab tillaridan malaka imtihonlari o‘tkaziladi.

✅ Imtihonlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar 15-avgustdan boshlab my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tmoqda. 14-sentabr ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi sanasi hisoblanadi.

❗️ Malaka imtihonida ishtirok etish uchun talabgorlar bazaviy hisoblash miqdorining 1.5 baravarida to‘lov qilishadi.
15-sentabr to‘lov qilishning so‘nggi muddati sanaladi.

✅ Eslatma: chet tillaridan malaka imtihonlarining 2024-yil 2-yarimyillik uchun jadvali tez kunlarda e'lon qilinadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
🏢 9-sentyabrdan metro bekatlariga yaqin 27 ta OTMda dars jarayonining boshlanish vaqti belgilandi

🚂 Toshkent shahar metropolitenida yoʻlovchi oqimini toʻgʻri taqsimlash, talabalarning oʻz vaqtida dars mashgʻulotlariga yetib borishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida bekatlarga yaqin joylashgan oliy taʼlim muassasalarining maqbullashtirilgan o‘qish vaqtlari jadvali tasdiqlandi.

Unga koʻra, 2024-yil 9-sentyabrdan yuqoridagi 27 ta oliy ta’lim maskani (rasmda👆) talabalari ushbu grafik asosida darslarga qatnashadi.

👉 PDF shaklida yuklab olish

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eng pastiga rozi bo'lib nimani isbotlamoqchisiz?

👤 Shaha Dolimov

Ilojsizlar bilan o’qiysiz…

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16
❗️Vaqtida qadrlang

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41
⚡️ Xorijiy til sertifikati borlar talaba bo‘lgan

✅ Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi 81-son farmoniga muvofiq 2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

💯 Joriy 2024/2025 o‘quv yili qabulida ham fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga kunduzgi ta'lim shakli bo‘yicha talabalikka tavsiya etilganlarning asosiy qismini xorijiy tildan sertifikatga ega abituriyentlar tashkil etadi. Jumladan, davlat grantiga yuz foiz (nemis va fransuz tilini istisno qilganda) chet tillaridan sertifikatga ega abituriyentlar tavsiya etilgan.

📌 Ma'lumotlar bilan rasmda batafsil tanishish mumkin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Samarqand davlat universiteti mas'ul xodimlari tuxmati qilgani uchun jazoga tortiladimi?

Menimcha bu tarixiy voqea bo'ladi. Samdu xodimlar sharmandalarcha jazoga tortilmoqda.

Talaba Shoxrux Rofiyevga tuxmat qilib, talabalarga yolg'on guvohlik berishga majbur qilgan xodimlar bugun qonun oldida javob berishadi.

Oliy sudga yana bir bor tashakkur, adolat qaror topishiga ishonamiz!

Samdu'dagi tuxmatkash va pastkash xodimlar esa butun universitet oldida sharmanda bo'lgan bo'lsa ajab emas!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15
⚡️ Endi ayrim abituriyentlar “yurisprudensiya” yo’nalishiga suhbat asosida qabul qilinadi

🇺🇿Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga koʻra, yuridik texnikumlar negizida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylari tashkil qilinadi.

📌 Ushbu litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini “yurisprudensiya” yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalariga suhbat asosida test sinovlarisiz qabul qilish tasdiqlandi.
 
Shuningdek, qarorga asosan:

– maktablarda “Huquq sinfi” va huquq fanlari chuqurlashtirilgan holda o‘qitilishini tashkil etish orqali yuridik kadrlarni tayyorlashda “maktab–litsey–texnikum–universitet” tizimi joriy etiladi;
 
– Adliya vazirligining maxsus platformasi orqali huquq fani o‘qituvchilarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini uzluksiz oshirib borish hamda ularni metodik ta’minlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
 
– o‘quvchilar orasida “Huquq bilimdoni” fan olimpiadasi, huquq fani o‘qituvchilari orasida “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazib boriladi;
 
– maktab o‘quvchilarining huquqiy bilimlarini mustaqil o’zlashtirishiga qaratilgan ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanmalari, videoroliklar, kompyuter o‘yinlari va mobil ilovalari yaratiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Endi talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish bo‘yicha onlayn ariza berishlari mumkin

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qaroriga asosan ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini davlat budjeti hisobidan qoplab berilishi bo‘yicha arizalarni onlayn yuborish imkoniyati yaratildi.

Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:

1️⃣ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
2️⃣ shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi.
3️⃣ “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.

Bunda 1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.

Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi.

Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati: 👉http://ijara.soliq.uz

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ “Super” kontrakt uchun arizalarni onlayn qabul qilish va shartnomalarni berish boshlandi

Ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari belgilandi.

Unga ko‘ra, to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga:

1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
1,06
balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
2,06
balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
3,06
balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.

Bunda ushbu toifadagi abituriyentlar uchun toʻlov-kontraktning minimal miqdorlarini hisoblashda:

🗣 oliy ta’lim muassasalarida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan (stipendiyasiz) bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha oʻqitish qiymati qoʻllaniladi;

💬 moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarida esa, 2024/2025-o‘quv yili qabuli uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha o‘zlari belgilagan (stipendiyasiz) to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan yuqoridagi barobarlar hisoblanadi.

❗️ Eslatma: shartnoma uchun arizalar kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn shakllantiriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Orangizda talabalik baxtiga muyassar bo’lib, Toshkentga kelayotganlar bor. Ham do’st, ham opa sifatida 2 og’iz nasihatim:

Iltimos, atrofdagi insonlar harakat qilmayotganligi uchun siz ham dangasaga aylanmang. Kursdoshlar o’qimasa, domlalar o’qitmasa, harakatdan to’xtab qolmang!

“Endi ota-onamdan uzoqman, erkinman”-deb axloqingizga putur yetkazmang. Keyinchalik afsuslanasiz.

1-haftada juda ko’p umidlar bilan borasiz ammo doim ham siz kutgandek bo’lib chiqmasligi ham yodingizda tursin. Chekinmang! Men siz bilan 💪🏻

©️ Muxtasar

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26
⚡️Magistraturada o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz qoplab beriladi

Hukumat qarori (447-son, 15.08.2022 y.) asosida davlat OTMlarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Buning uchun talabgor to‘lov-kontraktning to‘liq summasini qoplab berish yuzasidan o‘zlari taʼlim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentyabrgacha ariza bilan murojaat etadi.

Bu tartib Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Iqtisodiy va moliya vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Bank-moliya akademiyasi uchun ham amal qiladi.

❗️Buning uchun talabgor to‘lov-kontraktning to‘liq summasini qoplab berish yuzasidan o‘zlari taʼlim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentyabrgacha ariza bilan murojaat etadi.

⛔️ Quyidagilarga tatbiq etilmaydi:

— 15-sentyabrdan kechiktirib topshirilgan arizalarga;

— tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt to‘lovlariga;

— qo‘shma taʼlim uchun.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
⚡️ “Super” kontrakt boʻyicha qoʻshimcha tartiblar belgilandi

Davlat komissiyasi bayoniga koʻra, kirish imtihonlari natijasi boʻyicha tanlovda ishtirok etib, ikkinchi-beshinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlaridan biri boʻyicha davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga oʻz xohishlariga koʻra, ustuvorligi boʻyicha tanlagan birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga ruxsat berildi. Ushbu holatda abituriyent toʻplagan bali birinchi taʼlim yoʻnalishida toʻlov-kontrakt asosidagi oʻtish balidan past boʻlishi lozim.

❗️ Bunda kontrakt summasini hisoblash Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdorlari asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek, tanlagan barcha yoʻnalishlarga oʻqishga tavsiya etilmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan yoʻnalishlaridan birida tabaqalashtirilgan kontrakt asosida oʻqishiga ruxsat beriladi.

❗️ Bunda, oliy taʼlim muassasalari tomonidan talabalikka qabul qilish tanlov boʻyicha birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida eʼlon qilingan test sinovlari natijalariga koʻra, abituriyentlaring toʻplagan balini asos sifatida qabul qilib, murojaat etgan abituriyentlarning arizalariga muvofiq, toʻplagan ballari qatʼiy ketma-ketligiga rioya etgan holda amalga oshiriladi.

Eslatma: “Super” kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirgan abituriyentlar talabalar safiga qabul qilinadi. Super kontraktni 2024-yil 15-oktyabrga qadar toʻliq (100 foiz) toʻlagan abituriyentlarga, istisno tariqasida 10 foiz chegirma taqdim etiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3