Talaba.uz | Ta'lim portali
5.49K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
⚡️ Nimadir qilmasak, nima bo'ladi?

1️⃣  Maqsadingizning natijasini tasavvur qiling. Uni yozing.

2️⃣ Agar kamchilik sezsangiz, maqsadingiz yo'lidagi harakatlaringizga o'zgartirishlar kiriting.

3️⃣ O'zingizni rag'batlantiring. "Biror ishni qilib bo'lsam, mana shu narsani olaman", deb va'da bering o'zingizga.

4️⃣ Agar erinchoqlik ustun bo'lsa, maqsadga erisha olmasangiz nima bo'lishini tasavvur qiling. Hozir erinsangiz, ertaga ortda qolasiz.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
⚡️ Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatga olish boshlandi

🖥 Bugun 23-sentabrdan matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat test sinovi uchun talabgorlarni my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatga olish boshlandi. Ro‘yxatga olish 29-sentabr 23:59 ga qadar davom etadi.

❗️30-sentabr – to‘lov qilishning so‘nggi muddati.

📆 Test sinovlari 12–13-oktabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
⚡️ Rasman: endi kambag‘al oiladan chiqqan talabalar davlat yotoqxonalarida bepul yashaydi

✅ Prezident qaroriga ko‘ra, quyidagilar amalga oshiriladi:

🤔 2025-yil 1-yanvardan kambag‘al oilalar farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi;

🤔 2025/2026-o‘quv yilidan, kambag‘al oilalar farzandlarining davlat OTM talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi;

🤔 2025-yildan “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan kambag‘al oilalarning farzandlari uchun alohida kvotalar ajratiladi.''

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1😁12
⚡️ Talabalar amaliyot o‘tagani uchun pul olishi mumkin

❗️ Faqat, hamma talabalar emas. Tanlab olingan bitiruvchi kurs amaliyotchi talabalari.

Yanvarda e'lon qilingan tartibga asosan,  bitiruvchi talabalar bir oydan uch oygacha iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotida bo‘lishi mumkin.

Bunda Oliy ta’lim vazirligi tomonidan talabalar o‘rtasida har yili tanlov o‘tkaziladi.

✔️ Amaliyot o‘tash uchun 500 ta (Toshkent shahri uchun – 45 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun – 35 tadan) o‘rin ajratiladi.

💵 Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchi talabalarga amaliyot o‘tayotgan korxona tomonidan BHMning 2 barobari miqdorida (680 ming so‘m) ish haqi to‘lanadi. Bu pul Oliy ta’lim vazirligidan tashkilotga o‘tkazib beriladi.

Amaliyot o‘tayotgan korxona talabani qo‘shimcha rag‘batlantirishi ham mumkin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
4️⃣4️⃣4️⃣

⚡️1-bosqich talabalar uchun 24–27-sentyabr kunlari ijara to‘lovining bir qismini qoplab berilishi yuzasidan onlayn ariza yuborish imkoniyati yaratildi

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 605-son qaroriga asosan oliy ta’lim muassasasidan uzoq joylashgan hududlardan kelgan birinchi bosqich talabalari (doimiy yashash joyi boshqa tumanda (shaharda) bo‘lgan ijara asosida yashaydigan talabalar)ga sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etmasdan oylik ijara to‘lovining bir qismi qoplab berilishi belgilangan.


Shu munosabat bilan, joriy o‘quv yilida talabalar safiga qabul qilingan va talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan birinchi bosqich talabalar uchun 24–27-sentyabr kunlari ijara to‘lovining bir qismini qoplab berilishi yuzasidan onlayn ariza yuborish imkoniyati yaratildi.

❗️ Eslatma: Nizomga asosan “talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan” deganda yotoqxonada turishga ehtiyoji bor, ammo joylar soni cheklanganligi bois ijarada turishi taqozo qilgan talabalar tushuniladi. Shu bois, o‘z ixtiyoriga ko‘ra ijarada turuvchilarga kompensatsiya to‘lovlari belgilanmasligi eslatib o‘tiladi.

Arizalar vazirlikning kontrakt.edu.uz platformasi orqali faqat onlayn qabul qilinadi.

Ma’lumot o‘rnida, 2024/2025-o‘quv yili 9-sentyabrdan boshlanganligini inobatga olib, ijara huquqi asosida yashayotgan talabalarga qulaylik yaratish maqsadida ishchi tartibda talabalardan onlayn ariza qabul qilish joriy yilning 16-sentyabr sanasiga qadar amalga oshirildi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Kasb-hunar maktablari va kollejlar ham texnikumga aylantiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-sentabr kuni kasbiy ta’limni rivojlantirish va milliy malaka tizimini isloh qilishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Hozirgi kunda professional ta’lim tizimi uch turdagi muassasalar: 333 ta kasb-hunar maktabi, 227 ta texnikum va 112 ta kollejdan iborat. Ular tabaqalashganligi va dasturlari o‘rtasida uzviylik bo‘lmagani sababli mavjud quvvatlardan unumli foydalanilmayapti.

Shu bois mazkur 3 turdagi muassasalar negizida texnikumlar tarmog‘ini rivojlantirish taklif etilmoqda. Unga ko‘ra, 600 ta texnikum tashkil etiladi. Maqbullashtirish natijasida bo‘shaydigan 71 ta muassasa binosi maktablarga aylantirilib, 42 mingta yangi o‘quvchi o‘rni yaratiladi.

Bundan tashqari, ilgari kollejlar turli vazirlik va idoralarga qarashli edi. Endi bu tizimda boshqaruv, tashkiliy va metodik jihatdan yagona davlat siyosati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan yuritiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
⚡️ “Abu Rayhon Beruniy universiteti” NTMda nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati uchun 2024-yil 21-avgust kuni tizimda yuzaga kelgan texnik nosozlik sababli xato berilgan (avtomatik shakllangan) litsenziyani (№ 363695-raqamli) bekor qilish shaklidagi huquqiy ta’sir chorani qo‘llash to‘g‘risida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga ariza kiritildi.

Abituriyentlar va ularning ota-onalariga “Abu Rayhon Beruniy universiteti” nodavlat oliy ta’lim tashkilotiga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirmaslik, to‘lov shartnomasini olmaslik va o‘qish uchun to‘lovni amalga oshirmaslik tavsiya etiladi.

Shuningdek, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan talabgorlar vazirlikning stat.edu.uz saytidagi ro‘yxatda mavjud oliy ta’lim tashkilotlariga hujjat topshirishi maqsadga muvofiqligini ma’lum qilamiz.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️26-sentabr - Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari kuni

DXX – mamlakatimizning konstitusiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini hamda boshqa manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish masalalari bo‘yicha maxsus vakolatli organ hisoblanadi.

Fursatdan foydalanib, soha xodimlarini tabriklaymiz!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
⚡️ O‘quvchi dars vaqtida o‘qituvchiga hurmatsizlik qilib kamsitsa qanday chora ko‘riladi?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi 282-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari 15-bandiga asosan o‘quvchilarga o‘zaro munosabatlarda inson shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish (diskriminatsiya), haqorat qilish va behayo so‘zlarni ishlatishi, turli xil (jismoniy, ruhiy va boshqa) zo‘ravonlikni ko‘rsatishi taqiqlanadi.

Bunday holatda ota-onaga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 47-moddasi ikkinchi qismi bilan javobgarlik chorasi qo‘llaniladi.

Bundan tashqari, xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
⚡️ Bugun 1-bosqich talabalari ijara pulini olish uchun ariza berishlarining oxirgi kuni

Ulardan ariza 24–27-sentyabr kunlari onlayn olinadi.

❗️Eslatma: Nizomga asosan “talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan” deganda yotoqxonada turishga ehtiyoji bor, ammo joylar soni cheklanganligi bois ijarada turishi taqozo qilgan talabalar tushuniladi. Shu bois, o‘z ixtiyoriga ko‘ra ijarada turuvchilarga kompensatsiya to‘lovlari belgilanmasligi eslatib o‘tiladi.

Arizalar vazirlikning kontrakt.edu.uz platformasi orqali faqat onlayn qabul qilinadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ O‘quvchilarga dars vaqtida telefondan foydalanish, uni parta ustiga qo‘yish mumkin emas

Xalq ta’limi vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari"ga ko‘ra o‘quvchilarga dars mashg‘ulotlari vaqtida quyidagilar taqiqlanadi:

➖ dars vaqtida o‘rinsiz gaplashish, ovqatlanish, saqich chaynash;
➖ qog‘oz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketish;
➖ mashg‘ulotlar yakunlangunga qadar ta’lim muassasasi hududidan o‘qituvchilar ruxsatisiz tashqariga chiqish;
➖ yozma ishlar va oraliq nazoratlarni bajarish vaqtida chetdan yordam so‘rash;
➖ boshqa o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan topshiriqlar yoki yozma ishlarni o‘z nomidan topshirish;
➖ telefondan (smartfon, planshet va boshqa gadjet qurilmalar) foydalanish, uni parta ustiga qo‘yish mumkin emas.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
⚡️ Boshqa kasbdagilar 40 soat ishlasa, o'qituvchilar 36 soat ishlaydi

Nega?

⏰ Qonunchilikka ko‘ra, ishi yuqori darajadagi ruhiy, aqliy va asabiy zo‘riqish bilan bog‘liq bo‘lgan, ya’ni alohida xususiyatga ega bo‘lgan tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqa toifadagi xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga ko‘pi bilan 36 soat qilib belgilanadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14
❗️ Bugun hamma xodimlar 1 soat vaqtli ketishi kerak

Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

Ertaga 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni, yaʼni ishlanmaydigan bayram.

😌 Demak, bugun ishga chiqqan xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishga haqli.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Toshkent davlat agrar universitetining o'quv binosi hamda universitet hududida joylashgan O'rmon xo'jaligi agentligi binosi yonmoqda.

Ushbu 2ta alohida binoda nima sababdan yong'in kelib chiqqani hozircha noma'lum.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Qibray tumanida sodir bo‘layotgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot

Bugun soat 20:10 da Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan Toshkent Davlat agrar Universiteti hududidagi binoda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 20:17da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in bartaraf etilmoqda. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.

Hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Oddiy muallimim Aziz Ustozim! Ustozlar uchun ajoyib sher, #ustozlar…
Ronin World
Hurmatli ustozlar va murabbiylar!

1-oktyabr bu insonlar hayotida oʻqituvchi va murabbiylarning oʻrni qanchalik muhim ekani izhor etiladigan bayramdir. Yurtimizda bu kun oʻz hayotini kelajak avlodni oʻqitish va tarbiyalashga bagʻishlagan siz ustozlarga hurmat va minnatdorlik bildiramiz.

Sizlar millat kelajagini shakllantiruvchi yetakchilarsiz –  bilim berish bilan bir qatorda yoshlarning fikri, dunyoqarashini oʻzgartirib, millat xarakteriga taʼsir koʻrsatish kuchiga egasiz. Shavkat Mirziyoyev aytganidek “Bizning dunyodagi eng aziz va moʻtabar xazinamiz – bu umrimiz guli va mevasi boʻlgan farzand va nabiralarimizdir”. Siz mana shu farzandlarimiz va nabiralarimizning intiluvchan, yangiliklarga tashna, adolatparvar,  mehnatkash, haqiqatgoʻy insonlar boʻlib yetishishlariga sababchisizlar.

Ustoz va murabbiylar bayrami munosabati bilan sizlarning kelajak avlodlar tarbiyasi va taʼlim-tarbiyasi yoʻlidagi mehnatingizga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! Ilmiy kashfiyotlar, yangiliklar va taraqqiyot poydevorini shakllantirishdagi saʼy-harakatlaringiz hamisha yutuqlarga boy boʻlsin!

Har kuni siz yoshlarga yangi bilim ufqlarini ochasiz, ularga dunyoda oʻz yoʻllarini topishga yordam berasiz, ularning qobiliyatlarini sayqallaysiz va ularga ilhom bagʻishlaysiz. Sizning aql-zakovatingiz, professionalligingiz va mukammallikka intilishingiz tufayli zamonaviy dunyo sinovlariga tayyor mutaxassislar yetishib chiqmoqda. Sizning mehnatingiz tufayli olgʻa intilmoqdamiz, xalqaro maydonda oʻz oʻrnimizni mustahkamlab, raqobatbardosh taʼlim tizimi ishlab chiqilmoqda.

Barchangizga sihat-salomatlik, kuch-gʻayrat, yangi ilmiy va pedagogik gʻalabalar hamda shogirdlaringizning ulkan yutuqlarini tilaymiz!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Talaba.uz | Ta'lim portali
Toshkent davlat agrar universitetining o'quv binosi hamda universitet hududida joylashgan O'rmon xo'jaligi agentligi binosi yonmoqda. Ushbu 2ta alohida binoda nima sababdan yong'in kelib chiqqani hozircha noma'lum. 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇 https://t.…
Qibray tumanida joylashgan Toshkent Davlat agrar universiteti hududida sodir bo‘lgan yong‘in holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
⚡️ Super-kontraktda istalgan o'qishdan yiqilgan abituriyent o'qishi mumkin. Lekin buning ham tartibi bor

🖥 Tasdiqlangan tartibga ko'ra, 5 ta yo'nalishdan bittasiga ham kirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan yoʻnalishlaridan birida super-kontrakt asosida oʻqishiga ruxsat beriladi.

❗️ Bunda, OTM tomonidan talabalikka qabul qilish tanlov boʻyicha birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida eʼlon qilingan test sinovlari natijalariga koʻra, abituriyentlaring toʻplagan balini asos sifatida qabul qilib, murojaat etgan abituriyentlarning arizalariga muvofiq, toʻplagan ballari qatʼiy ketma-ketligiga rioya etgan holda amalga oshiriladi.

Ya'ni yiqilganlar chizig'ida kim yuqoriroq o'rinda bo'lsa, unda o'qish imkoni ko'proq bo'ladi.


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁3