Talaba.uz | Ta'lim portali
5.47K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Qibray tumanida sodir bo‘layotgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot

Bugun soat 20:10 da Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan Toshkent Davlat agrar Universiteti hududidagi binoda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 20:17da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in bartaraf etilmoqda. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.

Hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Oddiy muallimim Aziz Ustozim! Ustozlar uchun ajoyib sher, #ustozlar…
Ronin World
Hurmatli ustozlar va murabbiylar!

1-oktyabr bu insonlar hayotida oʻqituvchi va murabbiylarning oʻrni qanchalik muhim ekani izhor etiladigan bayramdir. Yurtimizda bu kun oʻz hayotini kelajak avlodni oʻqitish va tarbiyalashga bagʻishlagan siz ustozlarga hurmat va minnatdorlik bildiramiz.

Sizlar millat kelajagini shakllantiruvchi yetakchilarsiz –  bilim berish bilan bir qatorda yoshlarning fikri, dunyoqarashini oʻzgartirib, millat xarakteriga taʼsir koʻrsatish kuchiga egasiz. Shavkat Mirziyoyev aytganidek “Bizning dunyodagi eng aziz va moʻtabar xazinamiz – bu umrimiz guli va mevasi boʻlgan farzand va nabiralarimizdir”. Siz mana shu farzandlarimiz va nabiralarimizning intiluvchan, yangiliklarga tashna, adolatparvar,  mehnatkash, haqiqatgoʻy insonlar boʻlib yetishishlariga sababchisizlar.

Ustoz va murabbiylar bayrami munosabati bilan sizlarning kelajak avlodlar tarbiyasi va taʼlim-tarbiyasi yoʻlidagi mehnatingizga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! Ilmiy kashfiyotlar, yangiliklar va taraqqiyot poydevorini shakllantirishdagi saʼy-harakatlaringiz hamisha yutuqlarga boy boʻlsin!

Har kuni siz yoshlarga yangi bilim ufqlarini ochasiz, ularga dunyoda oʻz yoʻllarini topishga yordam berasiz, ularning qobiliyatlarini sayqallaysiz va ularga ilhom bagʻishlaysiz. Sizning aql-zakovatingiz, professionalligingiz va mukammallikka intilishingiz tufayli zamonaviy dunyo sinovlariga tayyor mutaxassislar yetishib chiqmoqda. Sizning mehnatingiz tufayli olgʻa intilmoqdamiz, xalqaro maydonda oʻz oʻrnimizni mustahkamlab, raqobatbardosh taʼlim tizimi ishlab chiqilmoqda.

Barchangizga sihat-salomatlik, kuch-gʻayrat, yangi ilmiy va pedagogik gʻalabalar hamda shogirdlaringizning ulkan yutuqlarini tilaymiz!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Talaba.uz | Ta'lim portali
Toshkent davlat agrar universitetining o'quv binosi hamda universitet hududida joylashgan O'rmon xo'jaligi agentligi binosi yonmoqda. Ushbu 2ta alohida binoda nima sababdan yong'in kelib chiqqani hozircha noma'lum. 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇 https://t.…
Qibray tumanida joylashgan Toshkent Davlat agrar universiteti hududida sodir bo‘lgan yong‘in holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
⚡️ Super-kontraktda istalgan o'qishdan yiqilgan abituriyent o'qishi mumkin. Lekin buning ham tartibi bor

🖥 Tasdiqlangan tartibga ko'ra, 5 ta yo'nalishdan bittasiga ham kirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan yoʻnalishlaridan birida super-kontrakt asosida oʻqishiga ruxsat beriladi.

❗️ Bunda, OTM tomonidan talabalikka qabul qilish tanlov boʻyicha birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida eʼlon qilingan test sinovlari natijalariga koʻra, abituriyentlaring toʻplagan balini asos sifatida qabul qilib, murojaat etgan abituriyentlarning arizalariga muvofiq, toʻplagan ballari qatʼiy ketma-ketligiga rioya etgan holda amalga oshiriladi.

Ya'ni yiqilganlar chizig'ida kim yuqoriroq o'rinda bo'lsa, unda o'qish imkoni ko'proq bo'ladi.


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#live

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida yong'in chiqqani aytilmoqda

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
😁12
❗️Diqqat, eslatma!
pedagog.edu.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan arizalarni tahrirlash 4-oktyabr soat 23:59 da to‘xtatiladi

O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarining majburiy attestatsiyadan o‘tish yoki navbatdan tashqari (ixtiyoriy) attestatsiyada ishtirok etish istagida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va arizasi ko‘rib chiqilayotgan pedagog kadrlar joriy yilning 4-oktyabr kuni yakuniga qadar arizalarini tahrirlashlari va belgilangan yig‘im summasi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishlari lozimligini eslatamiz.

❗️O‘z vaqtida to‘lovni amalga oshirmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telefon raqami – shaxsiy ma’lumot

Bizda shaxsiy ma’lumotlarni tarqatish odatiy holdek, ammo bu toʻgʻrimi?

Hozirgina menga Target xususiy maktabidan qoʻngʻiroq boʻldi va qayta bogʻlanishni aytishdi.

Qayta bogʻlanib, mening raqamimni qayerdan olishganini soʻradim. Operator qiz, farzandlarim bor/yoʻqligi va yoshim bilan qiziqdi. Men aytmadim va maktab huquqshunosi bilan bogʻlashni aytdim. Qoʻngʻiroq qilishar ekan

Bizda ayrim “uddabron” marketologlar bor. Telefon raqamlari bazasini sotib olishadi. Ularga ham boshqa uddabron sotadi. Eslatib qoʻyay, bu marketing emas. Bu jinoyat

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 461-moddasiga ko‘ra, shaxsning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uning roziligisiz qonunga xilof ravishda yig‘ish yoki tarqatish bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Men Target maktabi reklamasini 2 yilcha avval, adashmasam, Chilonzor metroda koʻrgan edim, boʻldi. Raqam ham, ariza ham qoldirmaganman.

Huquqshunosdan aniqlashtirib olaman endi

©️ Nurbek Yuldoshev

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
⚡️ Xorijda tahsil olayotgan talabalar soni bo‘yicha O‘zbekiston - dunyoda 3-o‘rinda 
 
📊 YUNESKO statistika instituti ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning 1 yanvar holatiga, xorijda tahsil olayotgan O‘zbekistonlik talabalar soni 150,5 ming nafarni tashkil etgan.  
  
✅ Xorijiy davlatlarda tahsil olayotgan O‘zbekistonlik talabalar soni bir yil ichida qariyb 24 ming nafarga oshgan.  
  
✅ Mintaqadagi ayrim davlatlar bo‘yicha xorijda tahsil olayotgan talabalar soni:
— Qozog‘iston – 78,3 ming nafar
— Ukraina – 76,8 ming nafar
— Rossiya – 63,6 ming nafar
— Turkmaniston – 60,9 ming nafar
— Ozarbayjon – 49,7 ming nafar
— Afg‘oniston – 34,3 ming nafar
— Tojikiston – 32,5 ming nafar
— Belarus R. – 27,0 ming nafar
— Qirg‘iziston R. – 17,1 ming nafar

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Juma tongi muborak bo‘lsin.

🌤☁️ Sog‘–salomat uyg‘otgan Robbimizga hamdlar bo‘lsin!

🍁 Asl saodat nafas olib turgan har onimizga shukr qila olishdir...

🍁 Shukr va zikrga boy kun bo‘lsin!

🍂 Kuningiz mazmunli o‘tsin!.

Sayyidul ayyom va hajjul masokinning hayr-u barokatlaridan Alloh barchamizni nasibador qilsin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
⚡️ Rasman: xotin-qizlar kollej, texnikumlarda grant o'qiydigan bo'ldi

📄 Bunga oid hukumat qarori bor.

Unga koʻra, kollej va texnikumlarga qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida o'qiydigan xotin-qizlar davlat granti asosida taʼlim oladi.

Kollej va texnikumlarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan xotin-qizlar 10-oktyabrga qadar muassasa direktori nomiga davlat granti asosida taʼlim olish uchun ariza bilan murojaat qiladi.

Davlat granti asosida taʼlim oladigan xotin-qizlarga ajratiladigan pullar maqsadli sarflanishi uchun direktorlar shaxsan javobgar bo'ladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁6
⚡️ Til o'rganayotgan vaqtingizda yangi so'zlarni samarali yodlash uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilishingiz mumkin:

1️⃣ Kontekstda o'rganish: So'zlarni alohida emas, balki ularni kontekstda o'rganing. Kitob o'qish, maqolalar yoki filmlar orqali yangi so'zlarni yodlash foydali.

2️⃣ Flashcardlardan foydalanish: Flashcardlar yordamida so'zlarni va ularning ma'nolarini tezda yodlash mumkin. Bir tomonda so'z, boshqa tomonda esa uning tarjimasi, tasviri yoki izohi bo'lishi mumkin.

3️⃣ Maqollar va iboralar: Yangi so'zlarni o'rganishda ularni maqollar yoki iboralarda ishlatishga harakat qiling. Bu sizga so'zlarni yanada chuqurroq tushunishga yordam beradi.

4️⃣ Taqsimlangan o'rganish: Har kuni bir necha yangi so'z o'rganing va ularni muntazam ravishda takrorlang. O'rganilgan so'zlarni unutmang.

5️⃣ O'zaro muloqot: Ingliz tilida suhbatlashish imkoniyatlarini qidiring. Do'stlaringiz bilan yoki onlayn platformalarda muloqot qilish yangi so'zlarni amalda ishlatishga yordam beradi.

6️⃣ O'yinlar va ilovalar: Ingliz tilini o'rganish uchun mo'ljallangan o'yinlar va mobil ilovalarni foydalaning. Bu jarayonni qiziqarli va samarali qiladi.

7️⃣ Yozma mashqlar: Yangi so'zlarni yozma mashqlarda ishlating. Kundalik yoki qisqa hikoyalar yozish orqali so'zlarni mustahkamlashingiz mumkin.

8️⃣ Vizual materiallar: So'zlarni rasm yoki diagrammalar bilan bog'lash, ularni yodlashni osonlashtiradi.

9️⃣ Sabrlilik: Yodlash jarayoni vaqt talab qiladi, shuning uchun sabrli bo'ling va muntazam ravishda harakat qiling.

❗️ Ushbu tavsiyalarni amalda qo'llash orqali yangi so'zlarni samarali yodlay olasiz!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
C1 darajali talabalar o'quvchilarga dars berishi mumkin

◾️ Prezident qaroriga ko'ra, 2024–2026-yillarda oliy ta’lim tashkilotlarining xorijiy til filologiyasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 3 va 4-kursda tahsil olayotgan hamda kamida C1 darajadagi sertifikatga ega talabalariga umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida o‘qituvchi sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat etiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
⚡️ Leksiyalardan foydali ma'lumotlarni olishning eng yaxshi 5 usuli

1️⃣ Ma'ruzada qatnashing va diqqatni o'qituvchiga qarating. Diqqat bilan tinglang, telefoningiz yoki boshqa narsalarga chalg'itmang.

2️⃣ O'qituvchi foydalanadigan asosiy tushuncha va kalit so'zlarga diqqat qiling, ularni yozib oling. Bu mavzuni yaxshiroq tushunishga va muhim ma'lumotlarni eslab qolishga yordam beradi.

3️⃣ Ma'ruzada qatnashing, biror narsa aniq bo'lmasa, savollar bering. Bu ma'lumotni aniqlashtirishga va mavzuni ko'proq tushunishga yordam beradi.

4️⃣ O'z bilim va tushunchangizni chuqurlashtirish uchun o'qituvchi taqdim etishi mumkin bo'lgan qo'shimcha materiallardan, masalan, taqdimotlar yoki maqolalardan foydalaning.

5️⃣ Ma'ruzadan keyin olingan bilimlarni mustahkamlash va muhim fikrlarni eslab qolish uchun materialni takrorlashni unutmang.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
UXLAMA ABITURIYENT!

Hoy abituriyent uxlama,
Yengilmagin g'aflatga.
Yaqin qoldi imtihon,
Qolib ketma kulfatga.

Ota-onang sen uchun,
Ishlamoqda tinmayin.

Uxlolmaydi tunlari,
Dam neligin bilmayin.

O'ylayapsan o'zingcha,
"Yiqilsam ne bo'lardi,
Baxtimga dadam borku
Kontraktim to'lardi".

Agar budjetga o'tsang
Otang hafa bo'larmu?
Yoki mushtipar onang
Baxtsiz bo'lib qolarmu?

Yigitlar hayolingiz,
Olmoqda qizlar balki.
Qalamqoshlar, zebolar
Hoy-havasku shunchaki!

Hoy, uzunsoch ishonma,
Alpqomatning so'ziga.
O'qishga o'tib ketsa,
Ko'rinmaysan ko'ziga.

Yaxshisi har biringiz,
O'ylangiz imtixonni.
Keyin topib olarsiz,
Alpqomat-u, jononni!!!

To'g'ri vaqtimiz ham,
Oz qoldi o'zi juda.
Shularni ham o'ylab SIZ,
Vaqt o'tkazmang bexuda.

Bilmingizga ishoning,
To'ldiring kamingizni.
Axir birov (sizni) o'ylamas,
Bilmaydi g'amingizni.

Mehnat qilgan albatta,
Yetadi murodiga.
Rahmatlar keltiradi,
Avlod-u ajdodiga.

Hali ko'o'o'p yozardimu,
Dars tayyorlash kerakda.
Shoirlik bir kasallik,
Bo'sh vaqtda ermakda.

Xullas har biringizga,
OMAD tilab qolaman.
Inshaalloh sizlarni,
Poytaxtda kutvolaman!

Abituriyentlarga yuboring! ↗️

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
🔥 Darslarni yaxshi o'zlashtirmayapsizmi?

😇 Kayfiyatingizni ko‘taring va yaxshi o'qish uchun o‘zingizga qulay, samarali usullarni toping.

Xotirjam bo‘lish uchun 5 ta tavsiya:

1️⃣ Tayyorgarlikni yaxshi qiling. Ha, agar bilimingizga ishonsangiz, xotirjamligingiz ham o‘z-o‘zidan yuqoriroq bo‘ladi.

2️⃣ Dars tayyorlashdan tanaffus qilib turing. Bu tanaffus sizga stresslardan uzoqlashib, sevimli mashg‘ulotlaringizga ozgina bo‘lsa ham vaqt ajratishga yordam beradi. Ko‘p emas, dars qilishdan charchagan payt yarim soat sevimli kino tomosha qilish, oshxonada biror taom yoki salat tayyorlash yoki shunchaki sayr qilish mumkin.

3️⃣To‘g‘ri nafas olish. Hayajon va asabiylashish nafas olish tizimiga ham ta’sir qiladi. Shuning uchun nafas olishingizga ham e’tibor bering. Sekinlik bilan nafas olish nerv tizimini tinchlantiradi. Chuqur nafas olish maqshlari ham xotirjam bo‘lishga yordam beradi.

4️⃣ Tiniqib uxlang. Yaxshi dam olish butun organizm tetik bo‘lishiga, miya faol bo‘lishiga yordam beradi. O‘z uyqu normangizni bilasizmi? Unda shu me’yorni bajaring.

5️⃣Muhimi, o‘zingizga ishoning, dangasalik qilmasdan potensialingizdan foydalaning. Siz, albatta, hammasini uddalaysiz.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❓ Nodavlat oliygoh talabalariga ham ijara puli qoplab beriladimi?

Nodavlat oliygoh talabalariga ijara puli Davlat budjeti hisobidan qoplab berilmaydi.

✅ Vazirlar Mahkamasining 24.09.2021-yildagi 605-sonli
qarorida — davlat oliy ta’lim muassasalarining faqat kunduzgi ta’lim shaklida, davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan va ijara huquqi asosida yashaydigan barcha talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini belgilangan mezonlar asosida Davlat budjeti hisobidan qoplab berish ko‘zda tutilgan.

Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda, ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan bo‘lishlari shart.

Bunda talabgorlarga oylik ijara to‘lovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qat’i nazar, Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, qolgan hududlarda — bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lanadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Yil oxirigacha qaysi sanalarda chet tili imtihonlari bor?

Oktyabr
- Ro‘yxatga olish: 5-oktyabrga qadar 
- To‘lov qilish: 6-oktyabrga qadar 
- Test sinovlari: 19-20-oktabr kuni 
Tillar: ingliz, nemis, fransuz, arab, italyan, fors, koreys

Noyabr
- Ro‘yxatga olish: 9-noyabrga qadar 
- To‘lov qilish: 10-noyabrga qadar 
- Test sinovlari: 23-24-noyabr kuni 
Tillar: ingliz, arab, yapon, xitoy, dariy, urdu, pushtu

Dekabr
- Ro‘yxatga olish: 14-dekabrga qadar 
- To‘lov qilish: 15-dekabrga qadar 
- Test sinovlari: 28-29-dekabr kuni 
Tillar: ingliz, nemis, fransuz, ispan, uyg‘ur, hind

Hukumat topshiriqlari va talabalarga sonidan kelib chiqqan holda test sinovi o‘tkaziladigan sanalarga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.


To'lov — 506 250 so‘m 

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
⚡️ESLATMA! Kollej va texnikumlarning ayrim kasb(mutaxassislik)lariga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan xotin-qizlar to‘liq davlat granti asosida ta’lim olishi mumkin

Ushbu imkoniyatdan foydalanish bo‘yicha nizom Vazirlar Mahkamasining 516-son qarori (29.09.2023-y.) bilan tasdiqlangan.

Unga ko‘ra:
🔠kollej va texnikumlarga qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi kasb (mutaxassislik) bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan xotin-qizlar o‘quv yilining 10-oktyabriga qadar ushbu kollej yoki texnikum direktori nomiga davlat granti asosida o‘qish uchun ariza bilan murojaat qiladilar.

🔠arizalar taalluqliligi bo‘yicha kollej va texnikumlar tomonidan uch ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi hamda umumlashtirilgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmalariga taqdim etiladi.

🔠hududiy boʻlinmalar umumlashtirilgan maʼlumotlarni 15-oktyabrga qadar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuboradi.

🔗Kasb va mutaxassisliklar roʻyxati

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratildi

Davlat oliy ta’lim muassasalarining o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishlarida davlat granti asosida o‘qish istagini bildirgan vatandosh-yoshlardan arizalar tegishli oliy ta’lim muassasalari tomonidan 2024-yil 20-oktyabr kuniga qadar qabul qilinadi.

Tanlovlarda ishtirok etish uchun quyidagi talablar belgilanadi:

▪️shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida o‘zi yoki ota-onasi yoxud bobo-­momosi:

➖etnik, til va madaniy-tarixiy nuqtayi nazardan o‘zini o‘zbek yoki qoraqalpoq sifatida identifikatsiya qilgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;

➖O‘zbekiston hududida tug‘ilib, istiqomat qilgan, biroq, hozirda xorijda doimiy istiqomat qilayotgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;

▪️xorijiy fuqaro sifatida yuqorida qayd etilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tib, suhbat natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilgan bo‘lishi;

▪️30 yoshga to‘lmagan bo‘lishi;

▪️o‘zbek tilini bilishi lozim.

Batafsil ma’lumot va tegishli yo‘nalishlari mavjud oliygohlar ro‘yxati bu yerda:
👉https://gov.uz/oz/edu/news/view/23644

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
⚡️ Talaba salom bermaganligi yuzasidan tushuntirish xati yozib berdi

Endi O‘zMUning ichki tartib-qoidalariga "Talaba salom bermaganligi uchun o‘qishdan chetlashtirilsin" degan bandni kiritish ham esdan chiqib qolmasin 😁

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁17