Talaba.uz | Ta'lim portali
5.49K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
🇺🇿 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni

Bu yil o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga o‘ttiz besh yil to‘ldi!

O‘tgan yillar mobaynida tilimiz milliy birligimiz va o‘zligimiz ramziga aylandi. Davlat tili sifatidagi nufuzi va obro‘si yanada oshib, jamiyatimizning birlashtiruvchi kuchi o‘laroq namoyon bo‘ldi. So‘nggi yillardagi til islohoti natijasida ona tilimizning jozibasi oshdi.

Shu munosabat bilan @TalabaUz jamoasi barcha yurtdoshlarimizni 21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni bilan qizg‘in qutlaydi!

Tilimiz rivoji yo‘lida tinmay mehnat qilayotgan xalqimizning fidoyi farzandlari ishiga ulkan zafarlar tilaydi!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
⚡️ Kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog'i tashkil etiladi

“Kasbiy ta'limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta'lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-158-son, 16.10.2024 y.) qabul qilindi 

🔰 Farmonga ko'ra,  kasbiy ta'lim tashkilotlarining amaldagi turlari maqbullashtirilib, kasbiy ta'limning barcha darajalari bo'yicha kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog'i tashkil etiladi.

🎓 Texnikumlarda:

➖kadrlar tayyorlash Ta'limning xalqaro standart tasniflagichi va O'zbekiston milliy malaka tizimi talablariga mos ravishda tashkil etiladi;

➖ boshlang'ich, o'rta va o'rta maxsus kasbiy ta'lim dasturlari bo'yicha kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yiladi, shuningdek, malaka va kompetensiyalar bo'yicha qisqa muddatli o'quv kurslari tashkil etiladi;

➖ boshlang'ich kasbiy ta'lim dasturlari bo'yicha kadrlar tayyorlash umumiy o'rta ta'lim tashkilotining 9-sinfini tamomlagan o'quvchilar uchun – davlat granti asosida amalga oshiriladi;

➖ o'rta va o'rta maxsus kasbiy ta'lim dasturlari bo'yicha kadrlar tayyorlash davlat granti va to'lov-kontrakt asosida tashkil etiladi;

➖ o'rta maxsus kasbiy ta'lim dasturlarining bitiruvchilariga o'zlashtirgan modullari, to'plagan kreditlari va oliy ta'lim tashkiloti tomonidan belgilangan ballar o'rtacha qiymatidan (GPA) kelib chiqib, bakalavriatning tegishli bosqichidan o'qishni davom ettirishga ruxsat etiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Talaba.uz | Ta'lim portali
⚡️ Kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog'i tashkil etiladi “Kasbiy ta'limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta'lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-158-son…
⚡️ Texnikumlarning direktor va direktor o‘rinbosari lavozimlariga talabgorlar ochiq tanlov asosida tanlab olinadi

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova maʼlum qildi. Shuningdek:

➖ 2026-yil 1-yanvardan o‘rta bo‘g‘in kadrlariga bo‘lgan talab “Kasbiy ta’lim” platformasi orqali shakllantiriladi.

➖ 2025/2026-o‘quv yilidan belgilangan texnikumlarda xalqaro ta’lim dasturlari joriy qilinadi.

➖ Xalqaro ta’lim dasturlari asosida ta’lim olgan va imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan o‘quvchilarga xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha diplom (sertifikat) hamda kasbiy ta’lim to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom beriladi.

➖ 2025-yil 1-yanvardan texnikumlarning direktor va direktor o‘rinbosari lavozimlariga talabgorlarni ochiq tanlov asosida tanlash tartibi joriy qilinadi.

➖ Kasbiy ta’lim tizimida yagona davlat siyosatini yuritish bo‘yicha mas’ul organ etib Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi belgilandi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
21-oktyabr o'zbek tili bayrami kuni

AQSH elchisi bozor qilmoqda.

“Nega qimmat? Dollar oshdimi? Kami bormi?”

Chiroyli kadrlar

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
🔎 O'z-o'ziga ishonishga erishish uchun foydali maslahatlar

1️⃣ O'zingizni boshqalar bilan taqqoslashni to'xtating.

2️⃣ O'zingizni tanqid qilishni to'xtating.

3️⃣ Boshqalarni kechiring va unuting.

4️⃣ Ijobiy, o'ziga ishongan odamlar bilan muloqot qiling.

5️⃣ O'zingiz yoqtirgan narsa bilan shug'ullaning.

6️⃣ O'zingizga sodiq bo'ling.

7️⃣ Qattiq va ishonchli gapiring.

8️⃣ O'z yutuqlaringizni o'zingizga sanab berib turing.

9️⃣ Ijobiy fazilatlaringiz ro'yxatini tuzing.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
⚡️ Huquqshunoslik fani abituriyentlariga katta talab qo'yildi — ular hamma kodeks, protsessual kodekslarni o'qishi kerakmi?

⏩ Bilimlarni baholash agentligi hamma fandan test tuziladigan dasturlarni e'lon qildi. Huquqshunoslik fanidan e'lon qilingan qonunchilik hujjatlari ro'yxatiga bir qator qonun, kodeks va protsessual kodekslar kiritilgan.

Bu yilgi yuridik yo'nalishlarga topshirgan abituriyantlar bilan muammo bo'lganidek muammo bo'lmasin deb hammasini birato'la ro'yxatga kiritishgan shekilli. Abituriyentlar madhiya haqida savol tushganidan nolishgandi, aynan shu qonun ro'yxat boshida turibdi.

💬 Bularni o'qib tugata olasizlarmi, abituriyentlar?

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#biroz_tabassum

Dunyodagi eng katta tashkilot bu beforasatlarning tashkiloti. Ularni hamma joyda odami bor 🫠

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12
Talabaga qulaylik

Siz talabalarni o'ylab shunday qilishibdi. Piyoda yurish inson salomatligi uchun foydali ekan 😄

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁25
⚡️ Davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi

✅ 2024-yil 11-oktabr kuni rahbar kadrlar va mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini dt.uzbmb.uz sayti orqali bilishlari va o‘z sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin.

👨‍💻 Buning uchun “Natijani ko‘rish” bo‘limiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish lozim.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Meni istagancha javobgar qiling baribiri fikrimdan qaytmayman

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15
💛💛💛💜💜💙🩵🩵🩵💚💚💚💙💙💙

📚 Garvard noldan dasturlash bo’yicha bepul onlayn kursni boshladi. Ular IT va dasturlash tillaridagi asosiy tushunchalar, jumladan Python va JavaScript haqida.

Ularning yozishicha, barchasini taxminan 11 haftada o’rganib bo’lasiz — tezroq bo’lishi ham mumkin. Loyiha 31 dekabrda yopiladi, shuning uchun shoshilish kerak.

219 dollarga Garvard universitetining rasmiy sertifikatini ham olishingiz mumkin, ammo bu ixtiyoriy.

👉 Bepul kursga havola.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Hamma yerni 0:4 bosib ketibdi 😂

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁10
Muhammad Amin Shinqitiy rohimahulloh yolg‘on guvohlik haqida leksiya o‘qiyotgandilar. "U nimaga o‘xshaydi?", deb qoldi o‘tirganlardan biri. U kishi hozirjavoblik bilan: "Universitetdan oladigan shahodatnomangizga o‘xshaydi", deya javob berdilar.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁9
Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 2024-yil 1-dekabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi:

➖ bazaviy yoki tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar (1-bosqich);
➖ PF–213-son (31.08.2022-y.) Farmoni asosida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich);
➖ o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) talabalar.

Bunda:
🔠 qabul parametri doirasida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 25 foizi miqdorida;
🔠 tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super) asosida o‘qish istagini bildirganlar, ular uchun belgilangan bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirishi lozim.

Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥💙💙💙💖💖💖💛💛💛

⚡️ Magistraturaga qo‘shimcha qabul qilish uchun ruxsat berildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonida talab darajasidagi xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lib, qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilmagan talabgorlarni oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi to‘lov-kontrakt asosida qabul qilishga ruxsat berildi.

❗️Qo‘shimcha qabul asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar bevosita oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga murojaat qilishlari so‘raladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Keyingi yildan chet tili 1-blok bo'lgan abituriyentlar uchun sertifikat majburiy bo'ladi

🏛 Bu haqda Bilimlarni baholash agentligi eslatdi.

2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

❗️Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlardan belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etish talab etiladi.

✉️ Abituriyentlarga tarqating.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Vatanni sevish - vatanparvarlik haqida kuylashing emas. Vatanni sevish - vatanparvarlik haqida lof urishing ham emas.

Vatanni sevish - mashinang oynasidan tashqariga axlat uloqtirmasliging xolos.

©️ Mubashshir Ahmad

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16
⚡️ Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi

Maktab o‘quvchilari uchun I chorakning so‘nggi kuni 2-noyabrga to‘g‘ri kelib, 4-noyabr, dushanba kuni kuzgi ta’tilning ilk kuni sanaladi.

II chorak darslari 11-noyabr, dushanba kunidan boshlanadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Talaba.uz | Ta'lim portali
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥💙💙💙💖💖💖💛💛💛 ⚡️ Magistraturaga qo‘shimcha qabul qilish uchun ruxsat berildi Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonida talab darajasidagi…
⚡️ Magistraturaga qo'shimcha qabul bo'yicha biroz tushuntirish

🔺 Qo'shimcha qabul faqat yozda hujjat topshirib, kvota doirasida qabul qilmaganlarga tegishli. Qayta hujjat topshirish haqida hech qanday ma'lumot yo'q

🔺 Kontrakt miqdori, oddiy kontraktdan 2 barobar farq qiladi. Misol uchun: 14 mln bo'lsa oddiy kontrakt miqdori. Qo'shimcha kontraktda 28 mln bo'ladi.

🔺 Qo'shimcha kontrakt miqdori 2 yil mobaynida bir xil miqdorda to'lanadi. Xotin qizlarga to'lab berilmiydi. Chunki qo'shimcha qabul bilan o'qishga qabul qilinganlar o'zlari to'lashadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁4
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
⚡️ 2024/2025-oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi

Davlat qabul komissiyasining tegishli bayoniga asosan 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab respublika davlat oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari) bo‘yicha bitta talabani bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining miqdorlari tasdiqlandi.

Bunda kontrakt miqdorlari o‘rtacha yaxlitlangan holda 15% atrofida oshirilgan. Ma’lumot uchun, to‘lov-kontrakt miqdorlari 4 yildan buyon oshirilmay kelinayotgan edi.

Eslatma: moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalari belgilangan tartibga muvofiq 2024/2025-o‘quv yilida qabul qilingan talabalar uchun to‘lov-kontrakt miqdorlarini mustaqil belgilash huquqiga ega.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1