Talaba.uz | Ta'lim portali
5.5K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Ota o‘g‘lining xonasiga kirdi. Yotoq o‘rni yig‘ilgan. Toza, hammayoq sarishta. Stol ustida "Dadamga" deb imzolangan xat.

Ota bir ko‘ngilsizlikni sezgan kuy, qo‘llari qaltirab, konvertni ochdi.

Mehribon dadajonim!

Men sizga og‘ir qalb va chuqur afsus bilan ushbu nomamni bitayapman. Men bir qizni uchratdim, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz sahnani oldini olish maqsadida, siz va onam kelguncha uydan chiqib ketishga majburmiz.

Men Sara bilan o'zimni juda yaxshi his qilaman, men uni juda ham yaxshi ko'raman.

Lekin shuni ham bilaman-ki, sizlar uni tanasidagi pirsinglari, tatuirovkasi va kiyib yuradigan charm shimlari, shuningdek yoshi sizlar bilan tengqur ekanligi sabab qabul qila olmaysizlar.

Saraning aytishicha biz juda ham baxtli bo‘lamiz.

Bunga sabab nafaqat o‘rtamizdagi sevgi, dadajon, - u homilador.

Saraning o‘rmon yaqinida eski bir treyleri va butun qishga yetadidan yoqilg'i zaxirasi bor. Bilasizmi dadajon, biz serfarzand bo'lishni orzu qilamiz.

Sarani taniganimdan bo‘yon ko‘zlarim ochildi. Ma’lum bo’lishicha, oz miqdorda marixuana mutlaqo zararsiz ekan. Biz kelgusida marixuana yetishtirib, uni yaqin qo'shnilarimiz bilan kokain va ekstaziga ayirboshlashni reja qilib oldik.

Sara haqida yomon o‘ylamang, dada. U juda ham oqko‘ngil va dindor qiz. Biz Yaratgandan uni tezroq OITSdan tuzalib ketishi yo‘lida mo‘jiza sodir qilishini so‘rab ibodat qilamiz. Biz uchun sizlar ham duoda bo‘linglar. U bunga loyiq.

Xavotir olmang, dadajon. Men hozir 15 yoshdaman va o‘zim haqimda o‘zim bemalol g‘amxo’rlik qila olaman.

Ishonchim komilki, kun kelib siz bilan yana uchrashamiz, shunda siz va onam nevaralaringizni ko‘rasiz.

Sizni juda ham sevuvchi, o‘g‘lingiz Jon.

P.S. Dada, yuqorida yozganlarimning hammasi yolg‘on. Men ko‘chamizning qarama-qarshisidagi do‘stimning uyida mehmondaman. Shunchaki sizga, hayotda, men stolning tepa g‘aladoniga solib qo‘ygan maktab choraklik baholari varaqasidan ham qo‘rqinchli narsalar borligini eslatib qo‘ymoqchi edim. Uyga bexavotir qaytishim mumkin ekanligini anglagan pallangizda, qo'ng'iroq qiling.

Otabek Narzullayev tarjimasi. (muallifi noma’lum)

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍11
⚡️Reels va Shorts'larni ko’rishni to’xtatamiz. Olimlar qisqa videolar haqiqiy qaramlikka olib kelishi va miya faoliyatiga salbiy ta’sir qilishini isbotlashdi.

Asosiy alomatlar: uyqu buzilishi, depressiya, diqqatning pasayishi va xotira buzilishini o’z ichiga oladi. Ha, tezkor kontent shunchalik zararli.

Eng qizig’i, buni odat qilib olganlar asosan o’smirlar emas, balki 20 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan odamlardir.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍6
Bir kuni Afandi ko‘chada shisha banka ichiga baklashka solib, uni tutatib o‘tirgan kishini ko‘ribdi.
— E, aka, bu nima hol? — deb so‘rabdi.
Kishi javob beribdi:
— Bu yangi uslub, jahon standarti, innovasion chilim!
Afandi boshini qashlab:
— Ha-a… men ichida aql bor desam, tutun chiqyaptiku — dermish.

Jamoliddin Muhammad

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍1
#eslatma

Bugun muhandislik sohasida e’lon qilingan tanlovga ariza topshirishning so‘nggi kuni!

⏺️Eslatib o‘tamiz, tanlov “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarida o‘tkaziladi.

G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

🥇1-o‘rin egalariga: elektromobil (9 ta);
🥈2-o‘rin uchun: xorijiy davlatlarga stajirovka yo‘llanmasi;
🥉3-o‘rin uchun: pul mukofotlari.

🗓 Tanlovga arizalarni yuborish va uni tahrirlash 10-aprel soat 23:59 qadar muhandis.edu.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

📋 TANLOV NIZOMI

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
📞 555200808 (357), 900650509.

Muhandislar safiga qo‘shiling va o‘z kelajagingiz me’moriga aylaning!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
OʻzMU huzurida Nazariy fizika instituti tashkil etiladi

💬 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti huzurida Nazariy fizika institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

☑️ Unga ko‘ra:

🟢
Institut tuzilmasida xodimlarning tasdiqlangan umumiy cheklangan soni 20 nafarni tashkil etadi;

🟣 Institut yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan ilmiy-tadqiqot tashkiloti hisoblanadi.

Quyidagi vazifalar institutning asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi:

🟢 Nazariy fizika sohasining dolzarb muammolarini o‘rganish va fundamental, amaliy, innovatsion hamda xalqaro ilmiy-tadqiqot loyihalarda ishtirok etish;

🟢 Kvant maydon nazariyasi, subatom fizikasi, nochiziqli fizika, gravitatsion maydon va kvant tarmoqlar bo‘yicha ilmiy anjumanlar va seminarlar tashkil etish;

🟢 Yosh olimlar uchun zamonaviy nazariy fizika yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-o‘quv materiallar tayyorlash;

🟢 Fizika sohasida ta’lim va ilmiy faoliyat integratsiyasini kuchaytirish, talabalar va doktorantlarni tadqiqot ishlariga jalb etish;

🟢 Iqtidorli talabalarni nazariy fizika bo‘yicha tayyorlashda oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish;

🟢 Xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish va nufuzli tadqiqot markazlari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish;

🟢 Rivojlangan davlatlar tajribasi asosida tahliliy ma’lumotlar tayyorlash;

🟢 Ilmiy loyihalar uchun mahalliy va xalqaro mutaxassislarni jalb etish;

🟢 Tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish va nazariy fizika bo‘yicha xalqaro ilmiy jurnallardagi nashrlar sonini oshirish.


📃 Institutga quyidagi huquqlar beriladi:

▶️ boshqa ilmiy tashkilotlar, jamgʻarmalar, oʻquv muassasalari, shu jumladan, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish uchun shartnomalar tuzish;
▶️ ilmiy tadqiqotlar sohasida zarur axborotlarni, statistik, tahliliy va boshqa maʼlumotlarni davlat organlari va tashkilotlaridan soʻrash;


🧩 Universitet zarur mebel, kompyuter texnikasi va boshqa moddiy vositalar bilan ta’minlanadi.

📣 Muhokamalarda faol ishtirok etib, takliflaringizni regulation.adliya.uz platformasi orqali qoldiring.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍2
Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra:
✅Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi;

✅Universitet respublikada pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha yetakchi oliy ta’lim tashkiloti etib belgilandi.

2025/2026 o‘quv yilidan:

➖Universitetning boshqaruv tizimi “Yangi O‘zbekiston” universiteti tajribasi asosida tubdan takomillashtiriladi;

➖Universitetning mavjud 14 ta fakulteti maqbullashtirilib, 6 ta pedagogika oliy maktablari tashkil etiladi;

➖akademik faoliyat raqamlashtirilgan boshqarish tizimi (Learning management system) orqali yo‘lga qo‘yiladi hamda “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi;

➖Universitetning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 1-kursdan  xalqaro ta’lim dasturlari bosqichma-bosqich joriy etiladi.

➖ pedagog kadrlarni tayyorlash faqat kunduzgi va kechki taʼlim shakli boʻyicha tashkil etilib, sirtqi taʼlim shakliga qabul amalga oshirilmaydi;

➖ oliy pedagogik taʼlim yoʻnalishida nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xulosasi asosida amalga oshiriladi.

2026-2027-oʻquv yilidan boshlab alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida “Gospital pedagogika” magistratura mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍4
Buxoroda nimalar bo‘lyapti? Yana bir talaba o‘z joniga qasd qildi

27 aprel kuni Buxoro davlat texnika universitetining yangi qurilgan yotoqxonasining 1-qavatida yashab turgan birinchi kurs talabasi o‘zini osib, joniga qasd qilgan. Kecha, 28 aprel kuni ham ushbu universitetning yana bir talabasi sahar soatlarida o‘z joniga qasd qilgan.

Manbaga ko‘ra, talaba F.D. (erkak) talabalar turarjoyida o‘zini osib o‘ldirgan. Yotoqxona qabriston ustida qurilgani aytilmoqda. Aytishlaricha ushbu surunkali suiqasdlar universitet talabalariga qattiq ta’sir qilyapti. Ular har tong vahima bilan uyg‘onmoqda.

“Bizning ruhiyatimizga juda qattiq ta’sir qilyapti bu. Kattalar kelib holatni o‘rganib, bunaqa ayanchli ishlarni oldini olmaydimi?! Har bir talaba bilan suhbat qilib, ruhiy holatini o‘rganish kerakdir”, deydi murojaatchi.


2005 yilda tug‘ilgan fuqaro F.D. (2-bosqich talabasi) noma’lum sabablarga ko‘ra Buxoro davlat texnika universiteti qoshidagi akademik litseyida joylashgan sport zalining tom qismiga chiqib, bo‘yin sohasidan o‘zini osib, vafot etgan.

Marhumning Instagram'dagi sahifasiga 27-28 aprel kunlari 3 marotaba o‘z joniga qasd qilish mazmunidagi lavhalarni joylagani aniqlangan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍2
Eng past maosh ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasi xodimlarida(mi)!

Statistika qo'mitasiga ko‘ra, 2025 yilning birinchi choragida o‘rtacha ish haqi 5 796,1 ming so‘m tashkil etib, shundan bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati xodimlari eng yuqori maosh olgan – 15 847,9 ming so‘m.

Shu bilan birga ta’lim sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 4 044,2 ming so‘m, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 3 626,1 ming so‘m bo‘lib, eng past ko‘rsatgichda ekanligini ko‘rishimiz mumkin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
😭9
Besh yildan so'ng o'zingizni qayerda ko'rasiz?

Bir so'z bilan tasvirlab bering.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍4
Xullas shunday gaplar...

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Xullas shunday gaplar...

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍16😭8
Chiroyli orzular qiling. Musulmon odam diniga va dindoshlariga xizmat qilishni, boshqa insonlar uchun foydali bo'lib yashashni orzu qilishi kerak. Sababi orzular tugab qolmaydi, ular davom etaveradi.

Qadrli bitiruvchi ukalar singillar yuragingizni keng qilib maqsadingizni aniqlab oling va shunga monand ravishda ilm izlang, dunyo kezing. Eeeeeng kamida siz tufayli bu yigit yoki qiz falonchilardan degan maqtov eshitish.

Bo'shashmanglar! Mahzun bo'lmanglar! Agar ahdingizga sodiq bo'lsalaringiz, sizlar ustunsizlar!


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍13
Shundaymi? 😄

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
😭2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
3️⃣3️⃣3️⃣ SIUTda 2025/2026 o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda!
😍 Samarqand xalqaro texnologiya universiteti 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriatning quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro ta’lim dasturlari asosida abituriyentlar qabulini e’lon qiladi:

⚙ School of Engineering
– Geologiya muhandisligi (Geological Engineering)
– Konchilik ishi (Mining)
– Neft va gaz muhandisligi (Petroleum Engineering)
– Kimyo muhandisligi (Chemical Engineering)

🇫🇷 French Higher School of Engineering and Commerce
– Geologiya muhandisligi (Geological Engineering)
– Konchilik ishi (Mining)
– Tadbirkorlik va menejment (Entrepreneurship and Management)

🇨🇳 Chinese Institute of Electric Power (CIEP)
– Issiqlik energetikasi (Energy and Power Engineering)
➕ Ushbu dastur doirasida Xitoyda tahsilni davom ettirish va “double diploma”ga ega bo‘lish imkoniyati mavjud.


🇰🇷 Korean Institute of Technology and Culture (KITC)
– Qayta tiklanadigan energiya (Renewable Energy)
– Dizayn (Design)
– Raqamli iqtisodiyot (Digital Economy)
➕ Dastur Koreya Respublikasida o‘qishni davom ettirish va “double diploma” olish imkonini beradi.


🤖 School of Computing
– Sun’iy intellekt (Artificial Intelligence)
– Kiberxavfsizlik (Cyber Security)

📈 Business School
– Tadbirkorlik va menejment (Entrepreneurship and Management)
– Xalqaro logistika (International Logistics)

📅 Hujjatlar topshirish muddati — 2025-yilning 15-iyuligacha!
➕ Ro‘yxatdan o‘tish offlayn va onlayn shaklda amalga oshiriladi.
🎓 Batafsil

📞 Murojaat uchun: +998557055005
📍 Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Spitamen shoh ko‘chasi, 270

🛫 Telegram 📅 Facebook 📷 Instagram 🎞 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Akademik litsey, Texnikum, OTM, 2-mutaxassislik, O‘qishni ko‘chirish — qaysi platformalar orqali qachon hujjat topshirish mumkin?

➖ Akademik litseylarga qabul (10-iyundan 10-iyulgacha)
👉 my.edu.uz

➖ OTM va texnikumlarga qabul (5-iyundan 25-iyungacha)
👉 my.uzbmb.uz

➖ Magistratura mutaxassisliklariga qabul (1-yuldan 30-iyulgacha)
👉 magistr.edu.uz

➖ Texnikumni a’lo baho bilan tamomlagan abituriyentlarni suhbat asosida OTMga qabul qilish (5-iyuldan 25-iyulga qadar)
👉 my.edu.uz

➖ Ikkinchi mutaxassislikka qabul (10-iyuldan 10-avgustga qadar)
👉 my.edu.uz

➖ O‘qishni ko‘chirish (15-iyuldan 5-avgustgacha)
👉 transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
3️⃣3️⃣3️⃣ SIUTda 2025/2026 o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda!
😍 Yorqin kelajakni hozirdan boshla!

Samarqand xalqaro texnologiya universiteti 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriatning quyidagi 15 yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro ta’lim dasturlari asosida abituriyentlar qabulini e’lon qiladi:

⚙ School of Engineering
– Geologiya muhandisligi (Geological Engineering)
– Konchilik ishi (Mining)
– Neft va gaz muhandisligi (Petroleum Engineering)
– Kimyo muhandisligi (Chemical Engineering)

🇫🇷 French Higher School of Engineering and Commerce
– Geologiya muhandisligi (Geological Engineering)
– Konchilik ishi (Mining)
– Tadbirkorlik va menejment (Entrepreneurship and Management)

🇨🇳 Chinese Institute of Electric Power (CIEP)
– Issiqlik energetikasi (Energy and Power Engineering)
➕ Ushbu dastur doirasida Xitoyda tahsilni davom ettirish va “double diploma”ga ega bo‘lish imkoniyati mavjud.


🇰🇷 Korean Institute of Technology and Culture (KITC)
– Qayta tiklanadigan energiya (Renewable Energy)
– Dizayn (Design)
– Raqamli iqtisodiyot (Digital Economy)
➕ Dastur Koreya Respublikasida o‘qishni davom ettirish va “double diploma” olish imkonini beradi.


🤖 School of Computing
– Sun’iy intellekt (Artificial Intelligence)
– Kiberxavfsizlik (Cyber Security)

📈 Business School
– Tadbirkorlik va menejment (Entrepreneurship and Management)
– Xalqaro logistika (International Logistics)

📅 Hujjatlar topshirish muddati — 2025-yilning 15-iyuligacha!
➕ Ro‘yxatdan o‘tish offlayn va onlayn shaklda amalga oshiriladi.
💼 Kerakli hujjatlar:
– Pasport nusxasi (yashash joyi qayd etilgan sahifasi bilan) yoki ID karta nusxasi (PDF)
– Attestat / diplom yoki maktabdan ma’lumotnoma (PDF)
– 3,5x4,5 formatdagi fotosurat (JPG)
– SAT va/yoki IELTS/TOEFL sertifikatlari (agar mavjud bo‘lsa)

⌨ Hali bitiruv sinfda oʻqiyotgan oʻquvchilar tahsil olayotgan oʻqish joylaridan berilgan tegishli ma’lumotnomani attestat oʻrniga taqdim etishlari mumkin. Ular maktabni tugatganlaridan keyin attestatlarini qabul komissiyasiga taqdim etishlari talab etiladi.

🎓 Batafsil
📞 Murojaat uchun: +998557055005
📍 Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Spitamen shoh ko‘chasi, 270
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sirtqi ta’lim shakli tugatilishi yuzasidan fuqarolar va jamoatchilikdan kelib tushayotgan savollarga javoblar

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Endi “TalabaExpo – 2025” kasb koʻrgazmasi Samarqandda

2025-yil 20-21-iyun kunlari Samarqand shahrida oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchi talabalari uchun “TalabaExpo – 2025” kasb koʻrgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Tadbir “Kelajakka qadam” dasturi, “Dolzarb 90 kun” doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Oʻzmilliybank” AJ, Savdo-sanoat palatasi hamda Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida bitiruvchilar bandligiga koʻmaklashish maqsadida o‘tkazilmoqda.

2 kun davom etadigan keng qamrovli ko‘rgazma davomida:

▶️“Talaba – kelajak” bitiruvchilar bilan muloqot;
▶️ Seminar-treninglar;
◀️ Biznes va startap loyihalar taqdimoti;
◀️ Oliygohlar bilan tanishuv;
▶️ Imtiyozli kreditlar;
◀️ Madaniy shou va musiqiy kechalar sizni kutmoqda!

Barchani ushbu ko‘rgazmaga taklif etamiz!

📍 Manzil: Samarqand shahar, Universitet xiyoboni.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi