Talaba.uz | Ta'lim portali
5.49K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
⚡️ Bakalavriatni xorijiy tilda yakunlagan talabalar magistraturaga sertifikatiz qabul qilinadi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi negizida Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi tashkil etiladi.

🧾Davlat OTMning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga ajratilgan grant kvotalarining toʻlmay qolgan qismi hisobidan har yili 500 nafargacha iqtidorli chet el fuqarolariga grant (oʻqish xarajatini qoplash va maxsus stipendiya) berishni nazarda tutuvchi “Yangi Oʻzbekiston stipendiyasi” dasturi amalga oshiriladi.

📝2026/2027 oʻquv yilidan boshlab xorijiy talabalarni o‘qishga qabul qilish “Study in Uzbekistan” platformasi orqali yoʻlga qoʻyiladi. Bunda, qabul shartlari va tartibi oliy taʼlim tashkiloti tomonidan mustaqil belgilanadi.

🔅Shuningdek, taʼlim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar taʼlimning keyingi bosqichi uchun hujjat topshirishda xorijiy tilni bilish toʻgʻrisidagi sertifikatni taqdim etishdan ozod etiladi.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️Davlat oliy taʼlim tashkilotlariga qoʻshimcha vakolatlar berilmoqda

Farmonda davlat oliy taʼlim tashkilotlariga quyidagi qoʻshimcha vakolatlarni berish nazarda tutilmoqda:


🔹 davlat oliygohining prorektorlarini (mahalliy oliygohining filiali direktor oʻrinbosarlarini) oliy taʼlim tashkiloti rektori tomonidan lavozimga tayinlash;

🔹 oʻz tizimidagi ilmiy-tadqiqot, malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari rahbarlari, akademik litseylar direktorlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish;

🔹 kafedralar shtat birliklari hamda professor-oʻqituvchilar oʻquv yuklamasining minimal miqdorlarini belgilash;

🔹 2027/2028-oʻquv yilidan boshlab magistratura mutaxassisliklariga talabgorlarni qabul qilishda mutaxassislik fanlaridan imtihon shaklini belgilash;

🔹 oʻqishi koʻchirilgan, qayta tiklangan, akademik mobillikdan qaytgan talabalarning oʻzlashtirilgan kreditlarni tan olish, aniqlangan farqlarni topshirish tartibini belgilash;

🔹 xorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish shartlari va muddatlarini belgilash, ularga byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan grant kvotalarini ajratish va stipendiya belgilash;

🔹 chet el fuqarolari uchun kontrakt toʻlovlari boʻyicha chegirmalar berish;

🔹 xalqaro reyting tashkilotlari bilan oliygohni xalqaro reytingga kiritish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar tuzish.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Tibbiyot yo’nalishida super-kontrakt bekor qilinmoqda

Muhokamaga qo’yilgan qaror loyihasiga ko’ra, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab tibbiyot oliygohlariga super-kontrakt asosida o‘qishga kirish mumkin bo‘lmaydi.

Shuningdek, tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlarida minimal o‘tish balli 70 foiz (132,3 ball) etib belgilanadi. Hozirda minimal o‘tish balli barcha yo‘nalishlar kabi 30 foizni (56,7 ball) tashkil etadi.

Ya'ni tibbiyot oliygohiga kirishni maqsad qilgan abituriyent kontraktga “ilinish” uchun kamida 132,3 ball to‘plashi kerak bo‘ladi.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍9
⚡️Kelgusi yildan magistraturaga kirishda yana imtihonlar joriy qilinadi

2027/2028-o‘quv yilidan boshlab magistratura mutaxassisliklariga talabgorlarni qabul qilishda mutaxassislik fanlaridan imtihon shaklini belgilash vakolati oliy ta’lim tashkilotining o‘ziga berilmoqda.

❓Bu nima degani?

Hozirda magistraturaga kirishda hech qanaqa imtihon topshirilmaydi. Faqat diplom bali va til sertifikati darajasiga qaraladi.

Kelasi yilda esa oliygohlarning o‘ziga mutaxassislik fanidan imtihonni qanaqa olishni o‘zi belgilash huquqi berilmoqda. Kimdir xohlasa, yana imtihonni qaytaradi, kimdir xohlasa, hozirgi tizimda qoladi. Imtihon shaklini ham o‘zi belgilaydi, masalan, kimdir og‘zaki suhbatni tanlaydi, kimdir yozma imtihonga o‘tadi, kimdir test shaklini ma’qul ko‘radi.

OTM rektorlari bundan korrupsiya yo'lida foydalanishmaydi deb umid qilamiz!

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍2
3ta cho'pni almashtirib eng kichik sonni hosil qiling.

Javobni commentda qoldiring.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Hodim ishdan bo‘shatilganda 2 oylik o‘rtacha ish haqi saqlanadi

✅ Xodim quyidagi asoslar bo‘yicha ishdan bo‘shatilganda ish qidirish davrida 2 oygacha o‘rtacha oylik ish haqi saqlanib qolinadi:

▫️xodim yangi mehnat shartlari asosida ishlashni davom ettirishni rad etganda;
▫️xodim ish beruvchi bilan ishlash uchun boshqa joyga ko‘chishni rad etganda;
▫️xodim tibbiy xulosaga muvofiq sog‘lig‘i ko‘taradigan boshqa ishga o‘tishni rad etgada yoki ish beruvchida tegishli ish bo‘lmaganda;
▫️xodimlar soni yoki shtatlar qisqarganda;
▫️tashkilot tugatilganda;
▫️xodim malakasi yetarli bo‘lmaganda;
▫️shu ishni ilgari bajarib kelgan xodim ishga tiklanganda;
▫️sudning tashkilotni tugatishga oid qarori kuchga kirganda.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️9- va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari kunlari e'lon qilindi

2025–2026-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 9- va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari kunlari e'lon qilindi.

🔹 9-sinf — majburiy fanlar:
• Ona tili va adabiyot / Davlat tili — 1-iyun
• Matematika — 4-iyun
• O'zbekiston tarixi — 8-iyun
• Jismoniy tarbiya — 1–6-may

🔹 11-sinf — majburiy fanlar:
• Ona tili va adabiyot / Davlat tili — 2-iyun
• Matematika (Asosiy / Chuqurlashtirilgan) — 5-iyun
• O'zbekiston tarixi — 9-iyun

🔹 11-sinf — tanlov fanlar (barcha bitiruvchilar uchun majburiy):

• Fizika, Kimyo, Biologiya, Geografiya, Davlat huquq asoslari, Ona tili va adabiyoti (qardosh tillar), Chet tili — 12-iyun va 15-iyun kunlari bo'lib o'tadi.

O'quvchi 2 ta tanlov fan tanlaydi: 1-fan 12 iyunda, 2-fan 15-iyunda o'tkaziladi.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Talabalar qachon akademik ta’til olishi mumkin?

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
"Nolish" so'zini lug'atdan o'chiring!

🎭 Odamlar sizni kuchli, ijobiy fikrlovchi va energiyaga boy shaxs deb bilishsin.

❗️Doim noliydigan, har narsada maydalashib yomonlik qidiradigan insonlar o'zidan boshqalarni nari ketishiga sabab bo'ladi va kamdan kam holda yutuqqa erishadilar.

Ruhan kuchli bo'lsangiz, yo'lingizda uchragan hech bir qiyinchilik sizni orqaga qaytara olmaydi. Nima xohlashingizni tasavvur qiling va buni ro'yobga oshishiga qattiq ishoning va u albatta amalga oshadi.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlar qanday hujjat topshiradi?

O'tgan yilgi qabuldan boshlab, ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlar ham avval imtihon topshirib, keyin yo'nalish tanlash imkoniga ega bo'lsihgan.

Bu turdagi abituriyentlarga ham ruxsatnomalar berish joriy qilingan edi.

Ruxsatnomada abituriyent haqidagi ma’lumotlardan tashqari imtihon haqidagi ma’lumotlar ham mavjud bo‘ladi. Ya’ni, unda kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan:
➖yo‘nalish;
➖oliy ta’lim muassasasi nomi;
➖manzil;
➖sanasi va vaqti aniq ko‘rsatilgan bo‘ladi.

Eslatib o'tamiz, qabul 5-iyundan boshlanishi kerak.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Nimadir xato emasmi?

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
😭25
Biz g'alaba qildik 😁

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
😭3😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
​​Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 1006 ishonch telefoni haqiqatan ham fuqarolar murojaatlari uchun ishlaydimi yoki shunchaki rasmiyatchilik uchun qoʻyilganmi?

Bugun deyarli 1 soat navbat kutdik. Navbatimiz yetgan paytda esa qoʻngʻiroqni shunchaki uzib qoʻyishdi.


Bu xizmat “ishonch telefoni”mi yoki sabrni sinash markazimi?

Innovatsiya degani shu boʻlsa kerak… 🙂

  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
😁7
Talaba.uz | Ta'lim portali
​​Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 1006 ishonch telefoni haqiqatan ham fuqarolar murojaatlari uchun ishlaydimi yoki shunchaki rasmiyatchilik uchun qoʻyilganmi? Bugun deyarli 1 soat navbat kutdik. Navbatimiz yetgan…
#rasmiy

10-06 рақамни териш орқали фуқаролар Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ҳамда Олий таълим, фан ва инновациялар вазирликлари билан боғланиш мумкин.

Бунда 1006 ни териб 1 босиш билан Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигига, 2 ни босиш билан бизни вазирликка тушилади.

Ушбу видеони ёзиб олган фуқаро бизни вазирликка термоқчи бўлиб, 1 босиб юборган, яъни Мактабгача таълим вазирлигига тушган.

Сабаби, видеодаги кутиш вақтида орқа фонда яйраётган мусиқа билан бизни телефондаги мусиқа умуман бошқа-бошқа.

Шунингдек, ишонч телефон дастурий таъминот тизимида 23-24 июн кунлардаги видео ёзиб олинган вақт, яъни 12:30 дан 13:30 гача бўлган вақт ичидаги телефон қўнғироқлар ўтганилиб чиқилди. Ушбу кунларда фуқароларнинг энг кўп кутиш вақти 17:40 дақиқани ташкил этган
😁2
#Qabul2026 #Statistika #Abituriyent

2026/2027-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda

9-iyul soat 19:00 holatiga ko‘ra qabul jarayonlari statistikasi:

➖ Akademik litseylar

Akademik litseylarga 47 410 ta ariza kelib tushdi. Qabul 10-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

➖ Magistratura

Magistratura bosqichiga hujjat topshirish davom etmoqda. Ayni paytgacha 15 509 ta ariza qabul qilindi. Qabul 30-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

➖ Texnikumlar (9-sinf bitiruvchilari uchun)

Texnikumlarga qabul bo‘yicha 179 625 ta ariza ro‘yxatdan o‘tkazildi. Qabul 20-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

➖ Texnikum bitiruvchilarini OTTlarga suhbat asosida qabul qilish

Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni OTTlarga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish uchun 554 ta ariza kelib tushdi. Qabul 25-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

❗️10-iyuldan ikkinchi mutaxassislik uchun onlayn arizalar topshirish boshlanadi

Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️Bugun akademik litseylarga hujjatlar 24:00 ga qadar qabul qilinadi

Talabgorlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritishlari va quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:

🔹 3,5x4,5 cm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;
🔹 O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa).

Tizimga shaxsiy ma’lumotlar kiritilganda, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar FHDYO organi bazasidan, maktab va shahodatnoma to‘g‘risidagi ma’lumotlar esa Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining e-shahodatnoma.uz axborot tizimi orqali avtomatik tarzda olinadi.

📝 Yo‘nalish tanlash tartibi: Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyentlarga uchtagacha akademik litseyning ta’lim tili bir xil bo‘lgan bittadan mos yo‘nalishini (barcha tanlangan litseylarda ta'lim tili bir xil bo'lishi shart) tanlash imkoniyati beriladi.

Abituriyentning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi akademik litseyga yetarli bo‘lsa, u yerga o‘qishga qabul qilinadi va uning natijalari o‘sha litseyda e’lon qilinadi. Bunday holatda uning ikkinchi va uchinchi litseylar tanlovida ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi.

Agar ballari birinchi va ikkinchi litseylarga yetmay, uchinchi litseyga yetarli bo‘lsa, uning natijalari faqat uchinchi akademik litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.

ℹ️ Talabgorlar roʻyxatdan oʻtishda qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi hamda oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.

ℹ️ Eslatib o‘tamiz, barcha arizalar my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda qabul qilinmoqda.

Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2026 #Ikkinchi_mutaxassislik

❗️Ikkinchi mutaxassislik uchun onlayn arizalar topshirish boshlangan


10-iyuldan boshlab oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni olish uchun arizalar qabul qilish boshlandi.

Arizalar 10-avgust kuniga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali onlayn shaklda qabul qilinadi.

📝 Onlayn ariza topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar:

▪️Fuqarolik pasporti yoki ID-karta ma’lumotlari;
▪️Bakalavr diplomi va uning ilovasining elektron nusxasi;
▪️O‘qish istagini bildirgan oliy ta’lim tashkiloti hamda ta’lim yo‘nalishi tanlovi.

❓Qabul parametrlari va kvotalar qanday belgilanadi?

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari har bir oliy ta’lim tashkilotining ilmiy-pedagogik salohiyati hamda moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda, oliy ta’lim tashkilotining Kengashi tomonidan mustaqil belgilanadi.

Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi