Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Яна бир ОТМда ўқув йили янги ўқув биносида бошланади

2019/2020 ўқув йили олдидан Тошкент ирригация ва қишлоқ хўжалигини механизациялаш муҳандислари институтида 600 ўринли янги замонавий ўқув биноси фойдаланишга топширилди.

Тадбирда сўзга чиққан Олий ва ўрта махсус таълим вазирининг биринчи ўринбосари К.Шарипов янги ўқув биноси келажакда сув ва қишлоқ хўжалиги тизимида кўплаб малакали мутахассисларни тайёрлашда муҳим роль ўйнашини эътироф этди.

600 ўринли янги ўқув биносидан 2 та маърузалари зали, интерактив техника ва технологиялар, махсус GIS дастурлари билан жиҳозланган 3 та компьютер синфи, ахборот технологиялари ва интернет тармоғидан иборат ўқув аудиториялари, шунингдек, геодезия ва геоинформатика лабораторияси ўрин олган.

Маълумот учун, 2019 йилда Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тасарруфидаги 18 та олий таълим муассасаларининг 28 та бино ва иншоотларида 356,3 млрд. сўмлик қурилиш-таъмирлаш ишлари олиб борилмоқда.

©️Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

Каналга уланиш👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
Talabaga konspekt kerakmi?

Bir o‘qituvchimiz bor. Talaba kamida 10-12 bet (5-6 varoq) konspekt qilishi kerak, bu uning bilimini oshiradi, yuksaltiradi deydilar. Bu to‘g‘rimi? Umuman, siz konspekt deganda nimani xayolingizdan o‘tkazasiz?

Masalan, men berilgan mavzuning birinchi varog‘idan boshlab to belgilangan “limit”dagi varoq to‘lguncha ko‘chirishni konspekt qilish deb bilaman va shunga amal qilaman. Qo‘limda sezgan og‘rig‘im esa yozayotgan narsamni tafakkur etishga yo‘l qo‘ymaydi (!)

Shu o‘rinda bir kichik savolga javob topamiz. Xo‘sh, konspekt o‘zi nima? Ma’lum bir mavzu bo‘yicha o‘qib o‘rgangan ma’lumotlaringizdan o‘zingiz uchun yangilik va muhim hisoblanganingizni qayd etib borish. Bu talabaning o‘zi uchun. Agar o‘sha ma’lumotni qayd etishga ehtiyoj ko‘rmasangiz, marhamat!

Xorijiy davlatlar ta’lim tizimida konspekt deyarli ahamiyat kasb etmaydi. Talabalar o‘zlashtirgan mavzularini asosan prezentatsiya (taqdimot), amaliy mashg‘ulotlar yordamida ko‘rsatib beradilar.

Xo‘sh, bizda nega unday emas? O‘quv xonalarida yuqorida ko‘rsatilgan misollar - prezentatsiya yoki amaliy mashg‘ulotlarni bajarish uchun kerakli sharoitlar bormi?

Shunday o‘qituvchilar borki, yozgan konspektingning kam yoki ko‘pligiga qarab bilim darajangni baholaydi. Baho qo‘yadi. 2 varoq konspekt yozgansan, lekin senda bilim yetarli - sen yaxshi baho ololmaysan, lekin kitobdagi matndan 5-6 varoq konspektni (o‘qib o‘qimay) yozib kelsang, omadingni bersin, sen a’lochisan!

Talaba uchun baho katta moddiy ahamiyat kasb etishini hisobga olsak, biz konspekt qilishimiz kerak, ko‘p-ko‘p yozishimiz (ko‘chirishimiz!!!) kerak! Menda bir fikr bor - ustoz, bir ilojini qilib kitobni boshidan oxirigacha ko‘chirib kelamiz! Hurmatingiz bor axir! Siz nima desangiz shu!..

Dilbar Ismatullayeva

Konspekt qilishni yoqtirmaydigan va g‘irt konspektchi do‘stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
TalabaUZ`ga tahdid qilindi

Esingizda bo‘lsa, shu yilning 17 avgust kuni Guliston davlat universitetida magistraturaga qabul jarayonlaridagi nohaqliklar haqida mushtariy tomonidan yuborilgan xatni post qilgan edik.

Bugun mazkur post bo‘yicha, o‘zini Guliston davlat universitetidanman deb tanishtirgan shaxs telefon qilib, "esimizni kiritib" qo‘yish bilan tahdid qildi.

Jurnalist Xurshid Daliyevga bo‘lgan tahdid haqida o‘qiganimda avvaliga ishonmagandim. Lekin bugun o‘zim shunga to‘qnash kelgach, amaldorlarimiz hali hanuz tanqidga tayyor emas ekan, degan fikrga keldim.

✅ Janob, rektorlar qachongacha muammolarning sabablari bilan emas, oqibati bilan shug‘ullanasiz?

✅Maqolani kim yozgani emas, undagi faktlar haqiqat yoki yolg‘onligi muhim emasmi. Xabarni sizdirgan odamni qidirgandan, undagi muammoning ildiziga yechim topish foydali emasmi?!

⭕️ Oliy ta’lim muassasalari xalqning farzandlari tahsil oladigan, kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Tizimga shuncha e’tibor qaratilib, islohotlar ketayotgan bir paytda, qolaversa, davlat rahbarining o‘zi "menga qarsaklar emas, tanqid kerak" deb turgan vaqtda ayrim OTM rahbarlari xulosa qilishmagan bo‘lsa.

"O‘zbekiston - Markaziy Osiyoning ta’lim kabi bo‘ladi" deb intvervyularda qayd etgan edi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov. Bunday ezgu maqsadga yetishish uchun esa zamonaviy ilg‘or fikrlaydigan, tirishqoq va avvalo, vatanparvar fidoiy rahbarlar kerak oliy ta’limga. Tanqidiy maqoladan xulosa qilish, unda ko‘tarilgan masala yechim o‘rniga, ijodkorning ovozini o‘chirishga urinish, unga tahdid qilish...... Bilmadim, buni qanday izohlash mumkin.

Maqsadimiz tengdoshlarimiz bo‘lgan talabalarga imkon qadar yordam berish, bitta bo‘lsa-da, talabaning muammolariga yechim topish. Pirovard maqsadimiz esa - barcha yoshlarni Vatanimiz ravnaqi yo‘lida birlashtirish uchun xizmat qilishdir.

Ha, bugun tanqid qildik, lekin unga befarqligimizdan emas, balki achinganimizdan. Toki bir guruh shaxslar manfaati vatan manfaatidan ustun bo‘lmasin. Oliy ta’limni daromad manbai bilgan bitta bo‘lsa ham odam qolar ekan sohada , tizimni orqaga tortaveradi..

Bugun telefon raqamimizga murojaat qilib, o'zini Guliston davlat universiteti rahbariyatidan ekanligini tanishtirgan mulozimning diqqatiga: "Prokuraturaga beramiz, javob berasiz hali gaplaringizga" degan dag'-dag'alar faqat o'zlaringizga zarar. Bizda yetarli darajada isbot va dalillar bor. Haqiqat yo'lida hamkorlik qilishga doim tayyormiz. Haqqimni sud orqali himoya qilaman desangiz - unisiga ham rozimiz. Faqat xalqni asl masaladan chalg'itishga urinmang,

Hurmat bilan TalabaUz kanali ma'muriyati!


https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Layfhak

Mabodo blogerlarning yozayotgan tanqidlarini yoqtirmayotgan va «tanqid qilmanglar» deb talab qilayotgan insonlarni ko‘rsangiz, mana bu videoni ko‘rsating.

Endi kim tanqidga qarshi chiqadi, qani, qo‘lini ko‘tarsinchi? 😉


Kanalga ulanish: 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​@TalabaUz kanalimizning murojaatlar portaliga bir-ikkita xabarlar kelmoqda!

Endigina talabalik baxtiga muyassar bo'lgan viloyatlik talabalar, o'qishdan yotoqxona olish uchun borishganida bir ikkita mutasaddilar "yotoqxonaga joylashtirib qo'yamiz" deb pora (50$ dan 200$gacha) so'rashganini aytishmoqda.

Hurmatli, ayrim oliygohdagi mutasaddilar! Puli yo'qlarni ko'chaga chiqarib qo'yib, harom yo'l bilan farzandingizni qornini to'ydirayapsizmi? Buyurmaydi!!!!!!!!!

Ne-ne umid bilan oliygohga ranjida qilgan talabalarning hafsalasini pir qilmang!

Sizlarni ogohlantiramiz, keyingi safar ham "talabalar yotoqxonasiga joylashtirish" uchun talabalardan pul (pora) olayotganligingiz yetib kelsa oliygoh nomini e'lon qilamiz! Va kuchimiz yetarli darajada kurashamiz!

Bu qo'rqitish emas!

Hurmatli talabalar, sizlarda ham shunaqa holatlar kuzatilayaptimi? Bizning @TalabaUz_MurojaatBot imizga yozib qoldiring. Sizning shaxsingiz sir bo'lib qolishiga kafolat beramiz!

Talaba va abituriyentlar uchun axborot portali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
TATU rektoriga qarshi "MEETING" ya'ni NAMOYISH o'tkazishdi

Aybdor kim?

Bugun Markaziy Studiyada 21:20da batafsil bilib olasiz.

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
SIRTQI TA'LIMGA QABUL QILINGANLAR UCHUN O'QISH QACHONDAN❓

Sirtqi bo'limning ma'lumot berishicha, talabalar uchun o'qish sanalari quyidagicha:👇

👉 1-kurs - 25-oktabrdan
👉 2-kurs - 24-sentabrdan
👉 3-kurs - 10-oktabrdan

Izoh: Sirtqi bo'lim hodimlarini ma'lumot berishicha yuqoridagi kun sanalari 1-2 kunga o'zgarishi ham mumkin ekan! Talabalar taqdim etishlari lozim bo'lgan hujjatlarni ertadan boshlab sirtqi bo'limga taqdim etishlari mumkin.

Yaqinlaringizga ulashing♻️👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Maqsad qo'ying!

Kunlik, xaftalik, oylik, yillik boringki 20-30 yillik.
Jarayonga emas natijaga e'tiboringizni qarating.
Chunki manzilni bilmasdan yo'lga otlanishda mantiq yo'q.

Assalomu alaykum, xayrli tong😊

KANALGA ULANISH👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
SamDAQI 2+2 va 2+3 qo‘shma ta'lim.PDF
2.4 MB
DIQQAT! DIQQAT! E’LON!
Qo‘shma ta’limga hujjat topshirgan abiturientlar diqqatiga!
#abiturient #xorijiy_talim

SamDAQI va xorijiy Rossiya hamda Belarus davlatlarining Oliy ta’lim muassalariga, qo‘shma ta’lim doirasida (2+2) va (2+3) 2019-2020 o‘quv yili uchun hujjat topshirgan abiturientlar uchun Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti imtihon kunlari ma’lum bo‘lganini e’lon qiladi!

Batafsil ma’lumot
uchun @JavlonRashidovich ga
murojaat qilishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
✅Россиядаги 26та ОТМ талабалари ўқишини Ўзбекистонга имтиҳонсиз кўчириши мумкин

✏️27.04.2019 йилдаги Вазирлар Маҳкамасининг 360-сонли қарори билан талабалар ўқишини кўчириш тартибига ҳам ўзгариш киритилди.

✏️Хусусан, халқаро тан олинган ташкилотларнинг ОТМлар рейтингида биринчи 1000 талик рўйхатидан жой олган Россия Федерацияси ОТМларида таълим олаётган талабаларнинг аризаларига мувофиқ уларнинг ўқиши Ўзбекистон ОТМларига синовларсиз, яъни тест, ёзма ишсиз тўлов-контракт асосида кўчирилиши белгиланди.

✏️Демак, янги тартибга кўра, эндиликда TOP-1000 дан жой эгаллаган Россиядаги ОТМларда таҳсил олаётган талабалар ҳеч қандай тўсқинликларсиз, қўшимча имтиҳонлар топшириб ўтирмасдан, шунчаки ариза бериш орқали ўқишини юртимизга кўчиришлари мумкин.

✏️«Россиядаги қайси ОТМлар TOP-1000 таликка кирган?» деган савол кўпчиликни қизиқтириши табиий албатта. Шуни инобатга олиб, бизда тан олинадиган QS, ARWU ва THE халқаро рейтингларида кучли 1000 таликка кирган Россия ОТМлари рўйхатини шакллантириб чиқдим. Унга кўра, Россиянинг қуйидаги 26 та ОТМларидан ўқишни имтиҳонсиз кўчириш мумкин бўлади:

1. Bauman Moscow State Technical University
2. Far Eastern Federal University
3. Higher School of Economics (HSE University)
4. ITMO University
5. Kazan (Volga region) Federal University
6. Lobachevsky State University of Nizhni Novgorod
7. Lomonosov Moscow State University
8. MEPhI (Moscow Engineering Physics Institute)
9. Moscow Institute of Physics and Technology (MIPT / Moscow Phystech)
10. Moscow State Institute of International Relations (MGIMO University)
11. Moscow State University
12. Novosibirsk State Technical University
13. Novosibirsk State University
14. Peter the Great Saint-Petersburg Polytechnic University
15. Plekhanov Russian University of Economics
16. RUDN University
17. Saint Petersburg State University
18. Samara National Research University (Samara University)
19. Samara State Aerospace University
20. Saratov State University
21. Southern Federal University
22. The National University of Science and Technology MISIS
23. Tomsk Polytechnic University
24. Tomsk State University
25. Ural Federal University - UrFU
26. Voronezh State University

Маълумот ўрнида: юқоридаги рўйхат ҳар йили қайта тасдиқланади (кўпайиши ёки камайиши мумкин).
Ⓜ️@xushnudbek

Батафсил👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Тўлов-контракт миқдори (2019-2020).PDF
858.1 KB
Диққат, эълон!

2019/2020
ўқув йилидан бошлаб Республика олий таълим муассасаларида таълим йўналишлари бўйича битта талабани тўлов-контракт шаклида бир йиллик ўқитиш қиймати миқдорлари белгиланган тартибда тасдиқланди.

©Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

Батафсил👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Talaba.uz | Ta'lim portali
Тўлов-контракт миқдори (2019-2020).PDF
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 maydagi “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF–5723-son farmoni 1-bandida:

ikkinchi xatboshidagi “577 170” raqami “634 880” raqami bilan almashtirildi;

Demak, mehnatga haq to'lashning eng kam ish miqdori 634 880 so'm

Do'stlarga ulashib, kayfiyatini buzamiz😕👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sirtqi ta'limda taxsil olayotgan talabalar diqqatiga!

Mazza-ya, sizlarga) Kunduzgi ta'lim narxlari ko'tarilib, sirtqi ancha tushirildi)

Agar, chindan ham mehnatga haq to'lashning eng kam ish miqdori 634 880 so'm bo'lsa, endi sizlar ancha kam miqdorda to'lov qilasizlar!

Sirtqi ta'limdagilarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Diqqat rasman tasdiqlandi!

Rasmiy huquqiy axborot kanali e'lon qiladi

mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 634.880 so‘m.

Endi, e'tiboringizni qaratasiz)

Agar kontraktni kam miqdorda to'lab bo'lgan bo'lsangiz, yana qo'shimchasini to'lashingiz kerak bo'ladi. Aksincha, ortig'i bilan (unaqasi bo'lmasa kerak😁, agar sirtqi ta'limda o'qimasangiz) to'lagan bo'lsangiz keyingi semestrga o'tkaziladi ortiqchasi!

Ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Талабаларга стипендияли ва стипендиясиз тўлов-контракт миқдорларини тўлаш имкони яратилди

Бакалавриат, магистратура ва иккинчи мутахахассислик бўйича кундузги таълим шаклида тўлов-контракт асосида таҳсил олаётган талабалар учун контракт миқдорини стипендияли ёки стипендиясиз ҳолда тўловларни амалга ошириши мумкин.

Жадвалда кундузги таълим шакли бўйича тўлов-контракт қиймати миқдорлари стипендия тўловларини инобатга олган ҳолда тасдиқланган шаклда келтирилган.

Стипендиясиз қиймат миқдорлари, ҳар ойлик талабага тўланиши белгиланаётган 400 000 сўм, бир йилда жами 4 800 000 сўмни чегириб ташлаш ҳисобига шакллантирилади.

Мисол учун, Бакалавриатнинг Педагогика таълим йўналиши бўйича тўлов-контракт асосида таҳсил оладиган талаба 2019/2020 ўқув йилидан бошлаб, қуйидаги тартибда тўловларни амалга ошириши мумкин:

✅ Стипендия билан – 10 792 960 сўм (Меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдорига нисбатан 17 баробарида).

✅ Стипендиясиз – 5 992 960 сўм (10 792 960 сўм - 4 800 000 сўм)


Изоҳ: 2019/2020 ўқув йилидан бошлаб тўлов-контракт асосида таҳсил олаётган талабаларга ойлик тўланадиган стипендия миқдори 400 000 сўм этиб белгиланади.

Меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдори 2019 йил 1 августдан бошлаб - 634 880 сўм этиб белгиланган. (Асос: Ўзбекистони Республикаси Президентнинг 2019 йил 12 июлдаги ПФ-5765 – сон Фармони)

©Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

Батафсил маълумот👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
2019/2020 O’QUV YILIDAN STIPENDIYA BARCHA TALABALAR UCHUN BIR XIL MIQDORDA TO’LANADI

Bakalavriat, magistratura va ikkinchi mutaxaxassislik bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar uchun kontrakt miqdorini stipendiyali yoki stipendiyasiz holda to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin.

P/S: DEMAK OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI TOMONIDAN BERILGAN MA'LUMOT
#RASMAN BO'LSA, ENDI KONTRAKTDA TAXSIL OLADIGAN TALABLAR 400.000 SO'MDAN stipendiya OLISHADI

ALAMLAR)

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA