Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
​​Senda qancha vaqt qolganini bilasanmi?

Tasavvur qil shunday bank borki, har erta tongda u sening hisobingni $86400 bilan to’ldiradi.

U har kungidan qolgan mablag’ni saqlamaydi.

Har kuni kechasi butun kun mobaynida ishlatilgan va ishlatilmagan pulni nol bilan teng qiladi.

Sen nima qilgan bo’larding? Albatta sen hammasini har kuni ohirgi summasigacha ishlatishga harakat qilasan!!!

Bilasizmi har birimizning ushbu bankda o’z hisobimiz mavjud?! Bu bank nomini bilasizmi? – Bu VAQT.

Har erta tongdan mazkur bank sening hisobingni 86400 soniya bilan to’ldiradi. Har kechki payt bank ma’lumotlarni o’chirib tashlaydi va bank qaysi qismini ishlatmaganingni ko’radi.

Ushbu bank pulni saqlamaydi va boshqa hisoblarga o’tkazishga ruhsat ham bermaydi. Har kuni yangi hisob ochiladi. Har kechasi ortib qolgani o’chiriladi. Agarda sen bu pullarni ishlatmasang – faqatgina sen yo’qotasan.

Sen bugungi kunda berilgan narsaga yashashing kerak. Sog’liqga, baxtga, o’z ustida ishlashga va muvaffaqiyatga ko’proq sarmoya kiritish kerak.

Kecha? Bu tarix!

Erta? Bu sir!

Shuning uchun faqat HOZIR mavjud!!!!

Vaqt seni kutib o’tirmaydi! Sen foydalangan har bir vaqtni qadrla. Hech qachon vaqtni shoshiltirma.

Hech kim o’tmishga qaytib va o’z boshini o’zgartirolmaydi. Ammo har bir inson hozirdan start olib, finishini o’zgartira oladi.😊


Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
#Kayfiyatuchun

°°°
- Qanday talaba darsda telegramdan umuman foydalanmaydi?
- Umumanmi?
- Umuman!
- Telegrami yo‘q talaba.


°°°
600ming so'm stipendiya olib o'rgangan sobiq talaba 400ming so'm maoshga ishlagisi kelmay turganmish...))


°°°
- Domlajon, o‘g‘lim maktabda yaxshi o‘qimagandi. Bilimi juda sust. Bilmadim, imtihonlardan o‘tib, talaba degan nomga ega bo‘ladimi yo‘qmi?..
- Keling, 15ming($)dan garov o‘ynaymiz, o‘g‘lingiz, albatta, talaba bo‘ladi.


°°°
Yotoqxonada ikki talaba nonushta qilyapti.
-Faqat suv ichavermasdan qotgan nonlardan ham yegin
-A yo'q men ertalabdan kuchli ovqat yeyolmayman.


°°°
Talaba restoranga kirib ofitsiantga:
— Bitta bulka non va bir stakan suv, - debdi.
Ofitsiant kulib:
— Shunchalik pastga urasanmi o‘zingni. Hayotga bir marta kelasan, mazza qilib, to‘yib maishat qimaysanmi, - desa
Talaba:
— Ha, to‘g‘ri aytasiz. Maishat bo‘lsa maishatda. Unda manga uchta bulka non va bir chelak suv olib keling, - dermish.


°°°
-Sevgilim meni tashlab ketdi!
-Qanaqasiga, 3 yil bir partada o'tirib, bitta daftarga yozib, bir xil: 5 bahoga sessiyadan o'tardingizku? Endi nima bo'ladi? Kim ekan u - sendan ko'ra uni baxtli qila oladigan, kim u ?
-Yangi starosta!


°°°
- Ustoz, qilmagan ishim uchun meni jazolaysizmi?
- Yo‘q, albatta!
- Uyga vazifamni qilmagandimda...


°°°
— Сен ярамасни деб ҳаётим алғов-далғов бўлди. Сенга бутун ёшлигимни сарфладим, бор пулимни единг!
— Дипломингни тинч қўйсангчи, болам!


Ulashing
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Talabalar Noyabr oyida oylik yo'l chiptalarisiz qolishmaydi.

Ko'pchilikning xabari bor oktyabr oyida bir qancha talabarga "проездной" yetmadi. Ya'ni sentyabr oyini oxiridayoq tugab qoldi. Kuni kecha 7-oktyabr kuni qo'shimchasiga 2500ta oylik yo'l chiptasi chiqarildi. Har oy o'rtacha hisobda 70ming dona oylik yo'l chiptalari chiqarilar edi. Bu oydagi yetishmovchiliklarni inobatga olib noyabr oyida 90000 dona oylik yo'l chiptasini muomalaga chiqarishmoqchi. Bu haqida "Toshshahartransxizmat" xabar bermoqda.

"Проездной"larning qiymati:

Avtobusdan foydalanish uchun.

N (nafaqaho'r va nogironlarga) ─ 60 ming so'm;
Т (talabalarga) ─ 60 ming so'm;
O' (o'quvchilarga) ─ 60 ming so'm;
АВ (umumiy aholiga) ─ 120 ming so'm.

Avtobus va metrodan foydalanish uchun:
NM (nafaqaho'r va nogironlarga) ─ 83 ming so'm;
ТМ (talabalarga) ─ 83 ming so'm;
O'M (o'quvchilarga) ─ 83 ming so'm;
АВМ (umumiy aholiga) ─ 166 ming so'm.

Do'stlarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#YANGILIK

MY5 telekanalining tinib-tinchimas ijodkorlari TALABALAR uchun ajoyib loyihaga start berishdi

🙋‍♂Non yeb choy ichib yurgan baxtli Talabajonlar🙋‍♂

Diqqat qiling!

DEMAYMIZ.😉

Shunchaki e'tiboringizdan bir parcha bering.

Talabalik davridagi qiziqarli
🎥 Videolar
🖼 Rasmlar
hullas o'zingizda sodir bolgan voqealarni video variantini @Dilafruzmy5
@Firdavs9 ga jo'nating(Siz yuborgan videolar saralanib, MY5ning telekanalining yangi loyihasida ko'rsatiladi)

Hay… do'stlaringizniki ham bo'laveradi 🙊

Qo`rqmaydiganlarni esa
“Non Choy”chamizga taklif qilamiz.☺️

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Seni tamom bo'ldi desalar ham, natijaga erishish uchun harakatingni to'xtatma! Qorong'ulikdan keyin albatta yorug'lik keladi.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Qo‘qon universitetiga kirish test sinovlari natijalari 9-oktabr kuni e'lon qilinadi.


Test sinovlari 8 ta ta'lim yo'nalishi doirasida 9 261 nafar abituriyent uchun o'tkazildi.

Test sinovlari natijalariga ko'ra ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha eng yuqori ballar:

✅ "Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili" ta'lim yo'nalishi - 167,5 ball;
✅ "Menejment" ta'lim yo'nalishi - 147,9 ball;
✅ "Moliya" ta'lim yo'nalishi - 145,1 ball;
✅ "Tadbirkorlik" ta'lim yo'nalishi - 141,3 ball;
✅ "Iqtisodiyot" ta'lim yo'nalishi - 137,1 ball;
✅ "Mehmonxona va turizimni boshqarish" ta'lim yo'nalishi - 136,6 ball;
✅ "Maktabgacha ta’lim" ta'lim yo'nalishi - 135,6 ball;
✅ "Boshlang‘ich ta’lim" ta'lim yo'nalishi - 133,4 ball.

Test sinovlari natijalarini 9-oktyabr kuni 10:00dan boshlab ko'rishingiz mumkin. Rasmiy veb sayt 👉 http://qoqon.dtm.uz/


Talaba.uz | official kanali barcha abituriyentlarga muvaffaqiyatlar tilaydi!

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sog'lom hayot, metroda 30 ta o'tirib turishga tekinga metroga bilet berishar ekan. Talabalarga juda ham qulay. 😉 (O'zbekistonda emas)

Do'stlarga ulashish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Ўзбекистон Республикаси Президенти фармони билан Ўзбекистон Республикаси олий таълим тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепциясини тасдиқланди.

Концепциясида
қуйидаги асосий стратегик вазифалар кўзда тутилган:

- олий таълим соҳасида давлат-хусусий шерикликни ривожлантириш, ҳудудларда давлат ва нодавлат олий таълим муассасалари фаолиятини ташкил этиш асосида олий таълим билан қамров даражасини 50 фоиздан ошириш, соҳада соғлом рақобат муҳитини яратиш;

- Ўзбекистон Миллий университети ва Самарқанд давлат университетини мамлакатимиз олий таълим муассасаларининг флагманига айлантириш;

- республикадаги камида 10 та олий таълим муассасасини халқаро эътироф этилган ташкилотлар (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education ёки Academic Ranking of World Universities) рейтингининг биринчи 1 000 та ўриндаги олий таълим муассасалари рўйхатига, шу жумладан, Ўзбекистон Миллий университети ва Самарқанд давлат университетини биринчи 500 та ўриндаги олий таълим муассасалари рўйхатига киритиш;

- олий таълим муассасаларида ўқув жараёнини босқичма-босқич кредит-модуль тизимига ўтказиш;

- олий таълим муассасаларида таълим, фан, инновация ва илмий-тадқиқотлар натижаларини тижоратлаштириш фаолиятининг узвий боғлиқлигини назарда тутувчи “Университет 3.0” концепциясини босқичма-босқич жорий этиш;

- хорижий инвестицияларни кенг жалб қилиш, пуллик хизматлар кўламини кенгайтириш ва бошқа бюджетдан ташқари маблағлар ҳисобига олий таълим муассасаларида технопарк, форсайт, технологиялар трансфери, стартап, акселератор марказларини ташкил этиш ҳамда уларни тегишли тармоқ, соҳа ва ҳудудларнинг ижтимоий-иқтисодий ривожланишини тадқиқ қилувчи ва прогнозлаштирувчи илмий-амалий муассасалар даражасига олиб чиқиш;

- Ўзбекистон олий таълим тизимини Марказий Осиёда халқаро таълим дастурларини амалга оширувчи “хаб”га айлантириш;

- олий таълимнинг инвестициявий жозибадорлигини ошириш, хорижий таълим ва илм-фан технологияларини жалб этиш.

Каналга уланиш👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
🇷🇺 Жизнь — это чудесное приключение, достойное того, чтобы ради удач терпеть и неудачи.
ⓒ Ричард Олдингтон

🇺🇿 Ҳаёт — бу муваффақиятлар учун муваффақиятсизликларга бардош беришга арзирли ғаройиб саёҳатдир.
ⓒ Ричард Олдингтон
​
Каналга уланиш👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
#IMHO

✡OTMlarda tanlov fanlari va o‘qituvchilarni tanlash tizimini yo‘lga qo‘yish qanday imkoniyatlar berishi mumkin?

❗️Birinchidan, bunda talaba hozirgi sistemadagi kabi 10-15ta fanni emas o‘ziga kerakli bo‘lgan fanlarni, ular xoh 5ta bo‘lsin, xoh 10ta, tanlaydi. To‘laydigan kontrakti miqdori esa tanlagan fanlari miqdoriga qarab belgilanadi.
❗️Ikkinchidan, agar talabaga o‘qituvchilarni ixtiyoriy tanlash imkoniyati berilsa, talaba o‘ziga eng ma’qul o‘qituvchining darsini tanlaydi va o‘sha o‘qituvchining maoshi darsiga kirgan talabalar soniga qarab belgilanadi. Bunda tajribasiz va o‘z ustida ishlamaydigan o‘qituvchilar yo izlanadi va yoki ishdan ketadi.

✅Ijtimoiy adolat - talaba o‘qishni istagan faniga qarab kontrakt to‘laydi, o‘qituvchi mahoratiga qarab maosh oladi.

❌Shunda o‘qiydigan joyim 10mln tugul uning yarmini to‘lashga ham arzimaydi kabi fikrlar barham topgan bo‘lar edi...

Hozirgi vaqtda faqat Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ta'limning kredit tizimi joriy qilingan

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Toshkentda Shinxan universiteti tashkil etiladi.

Ta’lim faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “Toshkent shahrida Shinxan universitetini (Koreya) tashkil etish to‘g‘risida"gi prezident qarori loyihasini taqdim etdi.

Toshkent shahridagi Shinxan universiteti yuridik shaxs (ma'suliyati cheklangan shaklidagi nodavlat oliy ta’lim tashkilot) shaklidagi O‘zbekiston rezidenti hisoblanadi, alohida mol-mulkka, mustaqil balansga ega, tasarrufidagi mol-mulk bilan o‘z majburiyatlari bo‘yicha javobgar hisoblanadi.

Universitetda o‘qitish Shinxan universiteti ta’lim dasturlari asosida ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi.

Oliy ta’lim muassasasida kiyim dizayni, moda dizayni, xalqaro turizm menejmenti, hamshiralik ishi, shuningdek talab yuqori bo‘lgan ta’limning boshqa yo‘nalishlarida yuqori malakali mutaxassislari tayyorlanadi.

Universitet bitiruvchilariga Shinxan universiteti diplomini beradi. Mazkur diplom O‘zbekiston va Koreyada oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinadi.

Oliygohda ta’lim ingliz, o‘zbek, va rus tillarida kunduzgi shaklda, to‘lov-kontrakt asosida hamda Universitet bitiruvchilarining potensial ish beruvchilari — yuridik shaxslar tomonidan taqdim etiladigan ta’lim grantlari bo‘yicha, shuningdek, yoshlarning ta’lim olishi uchun avvalo mamlakat hududlari tomonidan ajratiladigan xayriya ehsonlar hisobiga amalga oshiriladi.

Do'stlarga ulashish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
🕌 Juma tongi muborak bo'lsin!

Ezgu orzu - umidlar ila boshlagan yangi kuningiz xayrli, barokatli, foydali o'tsin!

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#lifehack

"Mana bizni kvartiramizda innavatsion texnologiyalar. Men naushnigimni televizorga antenna qildim va qo'shiq eshitishda qo'llay boshladim😂😂😂" deydi TDTU Energetika fakulteti 142-18-guruh talabasi.

Do'stlarga ulashish👇👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Assalomu alaykum, bugun
11-oktyabr "Xalqaro qizlar kuni" bayrami munosabati bilan kanalimizdagi barcha qizlarni tabriklaymiz. 👏👏👏

Do'stlarni xabardor qiling😊👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI STIPENDIYASI UCHUN HUJJAT TOPSHIRMOQCHI BO'LGAN TALABALAR DIQQATIGA!

Hurmatli talabalar! Iqtidorli talabalar uchun joriy etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi stipendiyasiga hujjat topshirish uchun http://mitc.uz/uz/conference/grant-mitc saytidan roʻyxatdan oʻtib, xujjatlaringizni topshirishingiz mumkinligini maʼlum qilamiz.

Roʻyxatdan oʻtish va xujjatlarni (onlayn) topshirish muddati joriy yilning 30-оktyabrigacha!!!

Do'stlarni xabardor qiling😊👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#özga_sayyoraliklar?

To‘g‘risi intervyuni ko‘rib, na yig‘lashni na kulishni bilmayman. Otaxon-ku mayli, tushunsa bo‘lar. Maxsus psixik testlar orqali ruhiy holatiga aniqlik kiritib olishar. Lekin muxbirga nima bo‘lgan? Nahotki bu lavhani tayyorlayotib, nima maqsadda intervyu olganini bilmagan bo‘lsa?
#muhbir1

P/S:Diqqat 18 yoshdan kichkinalar ko'rishi mumkin emas🙈

Do'stlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
Talaba nimalarni bilishi kerak?-Hamma narsani!

-Laborant-chi? -Talaba bilgan narsaning deyarli hammasini.

-Aspirant-chi?-Talaba bilishi kerak bo'lgan narsalarning qaysi kitobdaligini.

-Dotsent-chi?-Bu kitobning qayerdaligini.

-Professor-chi? Dotsentning qayerdaligini.

Kanalga ulanish👇

https://t.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Hurmatli talabalar tayyor turing!🤦‍♂

Stipendiya barchaga bir xil (400.000) bo'lgan bir vaqtda nonning narxi ham ko'tarilishi kutilmoqda🤦‍♂

✅Avtobus va metro uchun oylik yo'l chiptalar narxini ko'tarish va yotoqxonada turishni ham otti "kallasiday" qilib qo'yish qoldi.

"Talaba ham odammi!?"😒

P/S: Nonning narxi ko'tarilishiga sabab, menimcha biz talabalar ko'p non iste'mol qilib yuborayapmiz😁

Talabalarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Assalom-u alaykum hurmatli yurtdoshlar! Bir Farg'onalik opamiz murojaat qilgan edilar. Bir o'g'li bilan yasharkanlar. Onaxonga protez oyoq kerak ekan. "Mehrli qo'llar" hayriya fondi 17 mlnga yaqin pul berishadigan bo'lishayapti. Lekin boshqa harajatlariga yetmas ekan. Yaqin kunlarda operatsiya qilishmasa ham bo'lmas ekan. Shunga iltimos qilib, onaxonni o'zlari yordam so'rab chiqdilar.

Imkonimiz va sharoitimiz bo'lmasa, ushbu xabarni tarqatishda yordam bering! Bizdan umidvorlar...

Parmonova Ra'noxon nomidagi ushbu plastik kartochkaga pul tushirishingiz mumkin:
8600 0904 2818 3907

Murojaat uchun:
+998916504145