Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
📌 Жорий йил талаба ёшлар учун ҳақиқий синов даври бўлди. Тўлов контракт миқдорининг ваъдадан кўра кўпроқ оширилиши, стипендиянинг баҳолар кесимида эмас, бир хил 400 минг сўм миқдорида белгиланиши бўлажак зиёли ёшлар ўртасида кескин норозилик келтириб чиқарди.

Бу табиий. Ёшларнинг эътирозлари тўлиқ асосга эга. Чунки улар номардлик қилишмади, кўплари яхши ўқиди, изланди, интилди, талабалик ваъдасини бажарди.

Муҳокамалар авжида пайти норматив ҳуқуқий ҳужжатлар лойиҳалари муҳокамаси порталига қўйилган ва шу йилнинг 23 сентябрдан 6 октябргача муҳокама этилган “Олий таълим муассасалари талабаларига стипендия тўлаш тартиби ва миқдорлари тўғрисида”ги Вазирлар Маҳкамаси Қарори лойиҳаси бўйича ҳамон қарор қабул қилингани йўқ. Нима учун? Бу лойиҳа бўйича деярли барча таклиф ва муносабатлар салбий эканлиги билан боғлиқми ёки шунчаки маълум вақтгача ёшларнинг ҳовурни босиш учун қилинган чалғитувчи “маневрми”?

Шунча эътироз, шунча овоз, шунча саволларни кўриб туриб тана бошқа дард билмас, деганларидек талабаликнинг бугунги қийинчиликларини бошидан ўтказмаётган, ўз даврида қулай шароит, имтиёз ва керак бўлса контракт тўловисиз олий таълим олиб, бугун бу каби қарорларни ишлаб чиқишда мутахассис бўлиб ўтирган кишилар узоқ вилоятдан йўлкирасига аранг пул топиб ўқиётган ёшнинг дардини қаёқдан ҳам билсин, деган хулоса пайдо бўлмоқда. Худди шундай: олий таълим масъуллари талабаликнинг “совуғини емаган”, ёшларнинг дардини тушунмайдиган ҳиссиз кишилар эканлигини кундан-кун ойдинлашмоқда. Яна билмадим.

Нон нархи ошган шу кунларда айрим олий ўқув юртларида яхши ўқиб, яхши стипендия олиб яшаган талабалар эндиликда 400 минг сўм стипендия етмаётганлиги боис, “тирикчилик” дардида дарс қолдириб “нб”чилар сафига қўшилиб бораётганини эшитиб, асаблар таранг бўлиб бормоқда. Эртага бу “нб” сабаб унинг талабалар сафидан чиқмаслигига, “нб”ни ёпиш учун домлага топганини қистирмаслигига, эшикма-эшик сарғайиб билимсиз кадр бўлмаслигига ким кафолат беради? Инновацион ғоялар, таклифлар бисёр бир вақтда наҳотки “домлалар”нинг аҳволини яҳшилашнинг бундан бошқа йўли йўқ.
Нима бўлганда ҳам келажак эгалари – ёшлар олдида инсофсизлик, адолатсизлик, бефарқлик ва нотенгликнинг яққол кўриниши бўлди бу.

Бир ҳақиқатни унутмайлик: токи шунча эътироз ва дардини айтган ёшларнинг дардига қулоқ тутмас эканмиз улардан ватанпарварликни талаб қилиб, яхши ўқишга, юрт келажаги учун виждонан меҳнат қиладиган кадр бўлишга даъват қилишга ҳам ҳаққимиз ҳам йўқ. Буни ёддан чиқармайлик.

Парламент ва масалага бефарқ бўлмаган барча даражадаги халқ вакиллари депутатлар, фаоллар эса олий таълим масъулларининг бу ишларини юқори даражада муҳокама қилиши, мантиқсиз ва нотўғри қарор қабул қилинишига сабаб бўлганларнинг ҳаракатларига халқ номидан муносиб баҳо бериши шарт.
Менинг баҳоим эса “икки”!

©O'zLiDep deputati Rasulbek Kusherbayev

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Talaba.uz | Ta'lim portali
📌 Жорий йил талаба ёшлар учун ҳақиқий синов даври бўлди. Тўлов контракт миқдорининг ваъдадан кўра кўпроқ оширилиши, стипендиянинг баҳолар кесимида эмас, бир хил 400 минг сўм миқдорида белгиланиши бўлажак зиёли ёшлар ўртасида кескин норозилик келтириб чиқарди.…
"Открыть комментарии" ni bosib, komentariyalarni bir o'qib chiqishingizni maslaxat beramiz! Talabalar tomonidan judayam achchiq haqiqatlar yozilayapti!

Lekin, bu fikrlarni biror bir mutasaddilar o'qib ko'rishiga ishonmaymiz!
Sababi, oddiy. "Och qornim, tinch qulog'im" qabilida ish qilishadi. Ular uchun "TALABA" zoti odam emas😏

Komentariyalarni o'qish uchun ushbu linkni ustidan bosing👇👇
https://comments.bot/thread/Sl6RI86rD
​​Академик лицей ўқувчиларидан навбатдаги ғалаба

2019 йил 21-22 октябрь кунлари Жиззах шаҳрида умумтаълим мактаби ва академик лицей ўқувчилари ўртасида биология фанидан Абу Али ибн Сино олимпиадаси бўлиб ўтди.

Олимпиада якунларига кўра барча ўринларни академик лицей ўқувчилари эгаллашди. Жумладан, Бухоро давлат университети Қоракўл академик лицейи ўқувчиси Равшанбек Каримов 1-ўринни, Тошкент педиатрия тиббиёт институти академик лицейи ўқувчиси Саида Валижонова 2-ўринни ва Жиззах давлат педагогика институти академик лицейи ўқувчиси Сардор Тожибоев 3-ўринни қўлга киритди.

Абу Али ибн Сино олимпиадасида ғолиб бўлган ўқувчилар эсдалик совғалари ва пул мукофотлари билан тақдирланди:

👉 1-ўрин ғолибига – 22 300 000 сўм;
👉 2-ўрин ғолибига – 14 495 000 сўм;
👉 3-ўрин ғолибига – 11 150 000 сўм.

Шунингдек, мазкур олимпиадада ўқувчиси ғолибликни қўлга киритган ўқитувчилар ҳам пул мукофоти билан тақдирланди.

Манба: Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги.

Каналга уланиш
👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEX5-AudocFp7PIMcQ
​​Toshkent shahri va viloyatida majburiy fanlar bo’yicha test topshiriqlari aprobatsiyasi o’tkazildi

Davlat test markazi tomonidan barcha test topshiruvchilar uchun majburiy uchta fan — ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha namunaviy test topshiriqlari ishlab chiqilib, 2019-yil 22-oktabr kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida mazkur test topshiriqlarining aprobatsiyasi o‘tkazildi.

Aprobatsiya quyidagi ta’lim muassasalarida o’tkazildi.
Toshkent shahrida 10 ta ta’lim muassasasida rus tilida:
• Turin politexnika universiteti huzuridagi akademik litsey;
• O‘zbekiston milliy universitetining Sirojiddinov akademik litseyi;
• Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti akademik litseyi;
• Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi;
• Toshkent axborot texnologiyalari universiteti akademik litseyi;
• Mirobod tumani 94-umumta’lim maktabi;
• Mirzo Ulug‘bek tumani 208-umumta’lim maktabi;
• Uchtepa tumani 107-umumta’lim maktabi;
• Yunusobod tumani 257-umumta’lim maktabi;
• Yashnobod tuman 166-umumta’lim maktabi.

Toshkent viloyatida 5 ta ta’lim muassasasida o’zbek tilida:
• Toshkent davlat agrar universiteti akademik litseyi;
• Piskent tumani 1-umumta’lim maktabi;
• Piskent tumani 4-umumta’lim maktabi;
• Zangiota tumani 22-umumta’lim maktabi;
• Zangiota tumani 25-umumta’lim maktabi.

Aprobatsiya jarayoni 24-oktabr kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi, Samarqand, Buxoro, Jizzax va Namangan viloyatlarida ham o’tkaziladi.

Do'stlarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Majburiy fanlar bo’yicha test topshiriqlarining aprobatsiyasi

2019-yil 30-oktabr kuni Davlat test markazida barcha test topshiruvchilar uchun majburiy uchta fan — ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha test topshiriqlarining aprobatsiyasi o‘tkaziladi.

Aprobatsiya jarayonida ishtirok etish istagida bo’lgan talabgorlar http://3fan.dtm.uz/ sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, aprobatsiyada ishtirok etishi mumkin.

Jarayonda ishtirok etuvchilar soni cheklangan bo’lib, jami 600 ta ariza qabul qilish rejalashtirilgan. Ulardan 1-smena uchun ro’yxatdan o’tgan 300 nafari 30-oktabr kuni soat 10:00 da, 2-smena uchun ro’yxatdan o’tgan 300 nafari soat 15:00 da aprobatsiyada ishtirok etadi.

Ro’yxatdan o’tganda talabgorlarga aprobatsiyada ishtirok etish vaqti yozilgan ruxsatnoma taqdim etiladi.

Talabgorlar mazkur ruxsatnoma va shaxsini tasdiqlovchi hujjat - pasport bilan belgilangan vaqtdan 30 daqiqa oldin (1-smenada 09:30 gacha, 2-smenada 14:30 gacha) Toshkent shahridagi Davlat test markazi bosh binosiga kelishlari lozim.

Ro’yxatdan o’tish va aprobatsiya jarayonida ishtirok etish bepul.

Do'stlarga ulashamiz👇👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​BO‘LAJAK ABITURIYENTLARGA TAVSIYA ETILGAN DARSLIKLAR RO‘YXATI E’LON QILINDI

2019-2020 o‘quv yilida umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida qo‘llanilayotgan darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar ro‘yxati Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitilayotgan umumta’lim fanlari bo‘yicha saytda keltirilgan adabiyotlar ro‘yxati Davlar test markazining Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklariga qilgan murojaatiga javoban mazkur vazirliklardan kelgan xatlar asosida shakllantirilgan.

Darsliklar ro‘yxatini https://dtm.uz/info/textbooks manzili orqali tegishli fan va tilni tanlagan holda olishingiz mumkin.

Do'stlarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Imtihonda ular men bilmagan savollarni berishadi. Men ham ular bilmagan javoblarni yozaman😃

Xayrli tong barchaga

Do'stlarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from The World_ With Us 🌍
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Оскар мукофатини олган мультфилим.

Тафаккур қилайлик.


@the_world_with_us
https://t.me/joinchat/AAAAAFB-Zijr7XQUdOayZg
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
#Kayfiyatuchun
🤪🤪🤪

Jismoniy tarbiya va mehnat fani o‘qituvchilari jangga kirishishdi. Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi baquvvat, chayir, dzyudo ustasi edi, lekin bolg'a baribir bolg'a-da...
Yangi jismoniy tarbiya o'qituvchisi qidiryapmiz)


*🤪
- Bolam, yashirin, ustozing kelyapti, darsga bormaganding-ku...
- Bobo, siz yashirining, men ustozimga sizni o‘lib qoldilar devdim...


*
🤪
- (sms) Siz talabalikka tavsiya etilmadingiz.
- (javob sms) E jonga tegding hammang, tavsiya etilamanmi yo‘qmi endi manga farqi yo‘q. 8 yildan beri kutaman sanlardan yaxshi javobni. Endi ko‘rasanlar mandan. Ertaga o‘qishga boraman. Karnay-surnay bilan kutib ollaring. Tushunarlimi?


*🤪
​Talaba burga ustida tajriba o‘tkazmoqda. Uni stol ustiga qo‘yib, buyurdi:
— Sakra!
Burga sakrabdi. Talaba uni bir oyog‘ini uzib olibdi-da, buyuribdi:
— Sakra!
Burga bu safar ham sakrabdi. Talaba uni yana tutdida, qolgan oyog‘ini ham uzib olibdi.
— Sakra!
Burga qimirlamay turaveribdi. Shunda talaba daftariga yoza boshlabdi: “Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, burganing eshitish organlari oyog‘ida bo‘lar ekan. Agar oyoqlaridan judo etsangiz, u kar bo‘lib qoladi.


*
🤪
Konservatoriya talabasi mutaxassislik bo‘yicha bitirish imtihoni oldidan hayajonlanib tursa, kursdoshi:
— Shu ham muammomi? Imtihon oladigan o‘qituvching yozgan kompozitsiyani olgin-da, boshidan oxirigacha teskari o‘girib yozginda, topshirib chiqaver! – deb maslahat beribdi.
Talaba xafa bo‘lib:
— Unaqa qilib ko‘rdim, ustozim yozgan musiqani teskari chalib ko‘rsam, Betxovenni musiqasi chiqyapti.


*🤪
Arab milliarderiga Germaniyada o‘qiyotgan talaba o‘g‘lidan xat kelibdi:
"Hurmatli dadajon!
Berlin juda chiroyli shahar ekan. Odamlari ham yaxshi. Hamma ishlarim, o‘qishim joyida! Faqat bir muammo bor: men o‘qishga tilla Ferrari mashinamda kelaman. O‘rtoqlarim poyezdda kelishadi. Hatto o‘qituvchilarim ham. Shunga men ba’zida xijolat bo‘laman".
Otasidan javob keldi:
"Sevimli o‘g‘lim!
Xijolat bo‘lishingni istamayman. Seni hisobingga yetarlicha pul o‘tkazdim. O‘zinggga poyezd sotib ol! Bizni uyatga qo‘yma".


*
🤪
Bir student universitet oshxonasiga kiribdi-da oshpazning oldiga kelib “3ta qovurilgan tovuq oyog'idan bering” debdi. Oshpaz “Oooo studentlar kuchayibdimi?” desa, student “Endi 18ta vilka bering” dermish...


*🤪
- Imtihondan o‘tolmasang ota dema meni!
(imtihondan so‘ng)
- Xo‘sh o‘g‘lim, imtihonlar qalay o‘tdi?
-Kechirasiz, sizni tanimayroq turibman?


*
🤪
Ota, o'g'lini sigaret chakayotganda ushlab oldi.
- O'g'lim sigaret chakebsanmi?
- Dada tushuntirib beraman hozir.
- Dada dema mani...
- Dada tushuning...
- Dada dema mani dedim...
- Dada tushuntirib beraman sizga.
- Dada dema mani!!!
- Jamshid aka, tushuntirib beraman sizga, unaqamas...))


***🤪
Talaba imtihondan yiqitgan domlasini ko‘rib qoldi:
- Assalomu alaykum, domla!
- Men ahmoqlar bilan salomlashmayman.
- Men esa salomlashaman


Do‘stlaringizga ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​#Халқаро_ҳамкорлик

Нукус ДПИ Евросиё педагогика университетлари ассоциацияси аъзосига айланди

Ажиниёз номидаги Нукус давлат педагогика институти Евроосиё педагогика университетлари ассоциацияси аъзосига айланди. Мазкур тадбир институт ректорининг Москва педагогика давлат университетига ташрифи давомида амалга оширилди.

Ассоциация 2015 йилда Олмаота шаҳрида МҲД давлатлари педагогик университетлари ректорлари йиғилишида таъсис этилган. Таъсис шартномалари 48 та университетлар томонидан имзоланган.

Ассоциация нотижорат ташкилот ҳисобланиб, унинг таркибига Евросиё минтақасидаги, жумладан Ўзбекистон, Қирғизистон, Беларусь, Қозоғистон, Арманистон ва Россия давлатларидаги олий ўқув юртлари кириши мумкин.

Ташкилотнинг асосий фаолияти МДҲ давлатларидаги Ассоциацияга аъзо бўлган университетлар ўртасида халқаро ҳамкорликни ташкил қилиш ва педагогик таълимни ривожлантиришдан иборат.

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

Каналга уланиш👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​​​BO‘LAJAK TALABALARGA TAVSIYA ETILGAN DARSLIKLAR RO‘YXATI.

#Matematika(o'zbek)

Do'stlarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​​​BO‘LAJAK TALABALARGA TAVSIYA ETILGAN DARSLIKLAR RO‘YXATI.

#Fizika(o'zbek)

Do'stlarga ulashamiz👇👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​​​​​BO‘LAJAK TALABALARGA TAVSIYA ETILGAN DARSLIKLAR RO‘YXATI.

#Ingiliz_tili

Do'stlarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​​​​​​​BO‘LAJAK TALABALARGA TAVSIYA ETILGAN DARSLIKLAR RO‘YXATI.

#Ona_tili_va_adabiyot

IZOH. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.09.2017-yildagi “Kitob mahsulotlarini
nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini
oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi
PQ-3271-sonli qaroriga asosan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining
o‘quv dasturlarida berilgan yuqoridagi badiiy asarlarning darslik va darslik-majmualarda
berilgan parchalarinigina emas, balki ularni to‘liq o‘qib chiqish tavsiya qilinadi.

*Ushbu ustunda badiiy asarlar o‘rganiladigan sinflar ko‘rsatildi.

*Jadvalda to‘liq o‘qib chiqish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlarning nashriyotlari
ko‘rsatildi. Abituriyentlar shu asarlarning mustaqillikdan keyin boshqa nashriyotlarda
chop etilgan nashrlarini ham o‘qishi mumkin.


Do'stlarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Majburiy fanlar bo’yicha test topshiriqlari aprobatsiyasi davom etmoqda

Davlat test markazi tomonidan barcha test topshiruvchilar uchun majburiy uchta fan — ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha namunaviy test topshiriqlarining aprobatsiyasi o‘tkazildi.

Aprobatsiya jarayoni 22-oktabr kuni Toshkent shahridagi 10 ta ta'lim muassasasida rus tilida, Toshkent viloyatida 5 ta ta’lim muassasasida o’zbek tilida o'tkazilgan edi.

Mazkur jarayon 24-oktabr kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi, Samarqand, Buxoro, Jizzax va Namangan viloyatlarida ham o’tkazildi.
Aprobatsiya
- Qoraqalpog'iston Respublikasida 12 ta ta'lim muassasasida qoraqalpoq va rus tillarida;
- Samarqand viloyatida 8 ta ta'lim muassasasida o'zbek va rus tillarida;
- Buxoro viloyatida 8 ta ta'lim muassasasida o'zbek va rus tillarida;
- Jizzax viloyatida 8 ta ta'lim muassasasida o'zbek tilida;
- Namangan viloyatida 8 ta ta'lim muassasasida o'zbek va rus tillarida
bo'lib o'tdi.

Shuningdek, aprobatsiya davomida o'quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda 2020/2021 o'quv yili uchun oliy ta'lim muassasalariga qabul test sinovlaridagi o'zgarishlar bo'yicha ma'lumotlar berildi.

Manba: Davlat test markazi

Do'stlarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Hurmatli talabgorlar!

2019 yil 16-18 oktabr kunlari o‘tkazilgan Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari natijalari e'lon qilindi.
Test natijalarini my.nsfla.uz saytida“Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali aniqlash mumkin.
Appelyatsiya uchun arizalar, natijalar e’lon qilingan kundan boshlab 5 ish kuni davomida qabul qilinadi.

Talaba.uz | official kanali barchangizga omad tilaydi!!!

Do'stlarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Rus tilidan nazorat ishini qilmagan talaba, daftarini boshiga "Не ставте двойку" ( Ikki qo'ymang) deb yozib qoldiribdi.

O'qituvchi uning iltimosini bajardi😂🤦‍♂

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
🕌 Juma tongi muborak bo'lsin!

Ezgu orzu - umidlar ila boshlagan yangi kuningiz xayrli, barokatli, foydali o'tsin!

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Ayrim talabalar o'ylari... 🤔😁

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Ertaga bugungidan yaxshiroq bo'lishning 16 ta qoidasi.

✅Televizor ko'rmang, kitob o'qing.
✅Hech nimaga qaramay oldinga intiling, fikrdamas amalda ham!
✅Yaxshi g'oya hayolga kelsa, darhol yozib qo'ying.📄
✅Kechikyapsizmi, bu haqda ogohlantirib qo'yish yo'lini toping.
✅Birovlarning orzularini ustidan kulmang.
✅Sizga pand bergan insonlardan ogoh bo'ling, ular o'zgarishi qiyin.
✅Ota-onangiz bilan ko'proq vaqt o'tkazing, kun kelib ular mavjud bo'lmasligi, siz esa hech nimaga ulgurmaslingiz mumkin.
✅Xush muomala zabt etish xususiyatiga ega. Xushmuomala bo'lishni o'rganing.
✅Xatolaringizni tan olishni o'rganing, aks holda o'ziga bino qo'ygan haykalga aylanib qolasiz.
✅Hayotdan nolishdan to'xtang! Stop, sizning nolishlaringiz hammasini faqat chigallashtiradi.
✅G'iybat qilmang.
✅Juda tushunarsiz va yoqimsiz vaziyatlarda uxlang, yodda tuting, hammasi o'tkinchi.
✅Juda jiddiy vaziyatlarda ham insonlarning shaxsiyatiga tegmang, vaziyat unutiladi, so'z esa esda qoladi.
✅Rost gapiring, shunda hech narsani eslab qolishga to'g'ri kelmaydi.
✅Kun boshida siz uchun eng yoqimli ishlarni bajaring, kun ohirida charchoq ham sizni sevgan ishlardan chalg'ita olmaydi.
✅Hech kim hech qachon hech kimning oldida qarzdor emas☝️

Do'stlarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA