Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Talaba.uz | Ta'lim portali
#anaqa Ahvolimiz...🤦‍♂ Talabalarning shuncha kontrakt pulini nima qilayapti, OTM rahbarlari? "Kontraktni ko'tarding, sharoitni yaratib qo'y... Har tomonlama talabani qonini ichmasdan😡" Talabani xatosi uchun kursda kursga qoldiradi, "ma'sullar"ni xatosi…
#uyate

Uyalib ketayapman to'g'risi🤦‍♂ Talabalar o'tirgan stollarni qarang. Qaysi zamonda yashayapmiz? Maktab bo'lganda ham mayli edi... Lekin, bu oliy toifali kadrlarni tayyorlaydigan oliygoh...

Rasm o'chirilmaydi✅ Xalq ko'rsin, ahvolingizni👌
"Bu OTM rahbarida nima ayb, ungacha yetib bormaydi" deb murojaat qilayotgan hurmatli "mulozim".
Hamma ayb rektorda. Yetib kelishini kutmasin, kuzatsin ahvolini. Bu ularning "uyi" Qolaversa, rahbar odam o'zini o'ylashi kerak emas!

Talabani kursdan-kursga qoldirayotgan bir vaqtda, hamma narsaga e'tiborli bo'lasizlar-ku!
Nega bunday muommolarga e'tibor qilmaysizlar?

Eee bo'ldi, "Talaba ham odammi?"😏

Bunday rahbarlarga tegishli choralar ko'rilishi shart❗️

Talabalarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Assalomu_alaykum

Ko‘cha-ko‘yda yosh bolalar salom bersa, o‘zini katta bo‘lganini his qilganlar, xayrli kun))

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Талабалар, партиялар ўтказаётган сайловолди митингга чақиршяптими, боришдан аввал ушбу мақолани ўқинг😉😉


Аччиқ чой (номни ҳам топишадида бизникилар🙃) партияларнинг сайловолди ўтказаётган митингларини жуда чиройли таҳлил қилиб берибди:

Очиғи, таниқли санъаткорларни таклиф қилиб, майдонларда уюштирилаётган текин концертни митинг дейиш дунё тажрибасида борми-йўқми билмайман. Шунчаки, аввалига митингда жамиятдаги долзарб ва ўткир муаммолар кўтарилди деб, якунда эса тадбир дилрабо куй-қўшиқлар ва рақсларга уланди дейиш шакар ва тузни аралаштиришдек таассурот уйғотади. Яна ҳам ким билсин! Албатта, буларнинг бари – ИМХО!

Манба: @achchiqqinachoy

Каналга уланинг👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Agarda sen o'qituvching bilan janjallashsang. 😅

Tezda tarqatamiz👇😃
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Eng, eng, eng…

1.Eng uzun daryo – Nil (Afrika-6671 km)

2.Eng rivojlangan mamlakat - AQSh

3.Eng maydoni katta mamlakat -Rossiya (17.1 ming kv. km)

4.Eng katta ko’l – Kaspiy ko’li (376 ming kv. km) (Osiyo)

5.Eng kichik mamlakat – Vatikan (Yevropa-0,44 ga)

6.Eng uzun sharshara – Anxel (Janubiy Amerika-1054 m)

7.Eng uzun g’or – Flint–Mamont (Shimoliy Amerika-500 km)

8.Eng chuqur suvdagi botiq – Marianna (Tinch okean-11022 m)

9.Eng oroli ko’p bo’lgan okean – Tinch okeani (10 mingdan ortiq)

10.Eng baland cho’qqi – Jomolungma (Osiyo-8848 m)

11.Eng ko’p neft qazib oladigan mamlakat – Saudiya Arabistoni (y.ga-325 mln tonna) Osiyo

12.Eng ko’p qo’y boqiladigan mamlakat – Avstraliya (165 mln bosh)

13.Eng ko’p kartoshka yetishtiradigan mamlakat – Rossiya

14.Eng ko’p kofe yetishtiradigan mamlakat – Braziliya (J.Amerika)

15.Eng ko’p makkajo’xori yetishtiradigan mamlakat – A.Q.Sh (y.ga-200 mln.t)

16.Eng ko’p soya yog’i yetishtiradigan mamlakat – A.Q.Sh (Jahon soyasining 50% ini )

17.Eng ko’p yeryong’oq yetishtiradigan mamlakat – Hindiston

18.Eng ko’p kungaboqar yetishtiradigan mamlakat – Rossiya

19.Eng ko’p zaytun yetishtiradigan mamlakat – Italiya

20.Eng ko’p qand lavlagi yetishtiradigan mamlakat – Ukraina (y.ga-40 mln.t)

21.Eng ko’p shaqarqamish yetishtiradigan mamlakat – Braziliya (y.ga-350 t.ko’p)

22.Eng ko’p choy yetishtiradigan mamlakat – Hindiston

23.Eng ko’p kakao yetishtiradigan mamlakat – Gvineya qo’ltiqbo’yi mamlakatlari

24.Eng ko’p paxta yetishtiradigan mamlakat –Xitoy (4,5-5 mln.t)

25.Eng ko’p paxtani eksport qiladigan mamlakat – A.Q.Sh

26.Eng ko’p sifatli bug’doy yetishtiradigan mamlakat – Kanada (y.ga-30 mln.t.dan ko’p)

27.Eng ko’p piyoz yetishtiradigan mamlakat – Xitoy

28.Eng ko’p pomidor yetishtiradigan mamlakat – A.Q.Sh

29.Eng ko’p uzum yetishtiradigan mamlakat – Italiya

30.Eng ko’p banan yetishtiradigan mamlakat – Braziliya

31.Eng ko’p mandarin yetishtiradigan maamlakat – Yaponiya

32.Eng ko’p sabzavot va poliz ekinlari yetishtiradigan mamlakat – Xitoy

33.Eng ko’p apelьsin yetishtiradigan mamlakat – A.Q.Sh

34.Eng ko’p xmelь o’simligi yetishtiradigan mamlakat – Germaniya

35.Eng ko’p gul yetishtiradigan mamlakat – Gollandiya (y.ga-1 mlrd.dan ortiq gul sotadi)

36.Eng ko’p guruch yetishtiradigan mamlakat – Xitoy (y.ga-180 mln t.)

37.Eng katta gul bozori joylashgan shahar – Alsmere (Gollandiya-25 ga)

38.Eng ko’p qoramollar boqiladigan mamlakat - Hindiston (240 mln boshdan ortiq)

39.Eng ko’p cho’chqa boqiladigan mamlakat – Xitoy (400 mln boshdan ortiq)

40.Eng ko’p jahon bozoriga qo’y go’shti, jun va teri yetkazib beradigan mamlakat – Avstraliya

41.Eng ko’p pilla yetishtiradigan mamlakat – Xitoy

42.Eng ko’p tuya boqiladigan hududlar – Cho’l va chalacho’l mintaqasi

43.Eng ko’p bug’u boqiladigan mamlakat – Rossiya

44.Eng katta vaznli hayvon – Kit (150 tonna)

45.Eng ko’p baliq ovlanadigan mamlakat – Yaponiya

46.Eng uzun ilon – Piton (Jan.sh. Osiyo-12-14 m)

47.Eng sovuq nuqta – Janubiy qutb, Vostok stansiyasi (89,20 S)

48.Eng katta suv yig’ish havzasi mavjud bo’lgan daryo – Amazonka (7mln kv.km)

49.Eng kichik qush – Kalibri (J.Amerika- og’irligi 1,6-1,8 gr, uzunligi 5,5 sm)

50.Eng tez yurar poyezd – Sinkansen (soatiga o’rtacha 350 km, Yaponiya

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Қонунчилик_янгиликлари

ОТМлар пeдагог кадрлари тeгишли йўналишларда илмий фаолият билан шуғулланишлари шарт

Президент Шавкат Мирзиёев “Илм-фан ва илмий фаолият тўғрисида”ги Қонунни имзолади (ЎРҚ–576-сон, 29.10.2019 й.).

Қонун билан олий таълим тизими муассасалари, шунингдeк бўйсунувида илмий ташкилотлар бўлган вазирлик, идоралар ҳамда ташкилотлар ҳам қуйидаги илм-фан ва илмий фаолият соҳасидаги ваколатларга эга бўлди:

➖ давлат илмий дастурлари, шунингдeк халқаро дастурларни ишлаб чиқишда қатнашади ва уларнинг бажарилишини таъминлайди;

➖ тeгишли йўналишлар бўйича илмий даражали кадрлар тайёрлашни таъминлайди, илмий фаолият юритувчиларни рағбатлантириб боради;

➖ илмий ишланмаларни тижоратлаштиради ва улар эгаларини рағбатлантиради, шунингдeк ёшларни илмий фаолиятга жалб этиш, уларнинг самарали илмий фаолият юритишлари учун зарур шарт-шароитлар яратади ва бошқалар;

Бундан ташқари, қонуннинг 17-моддасида олий таълим муассасаларида илмий фаолият юритиш тартиблари ҳам бeлгиланди. Унга кўра:

👉 Олий таълим муассасаларида таълим жараёни билан бирга илмий фаолият ҳам юритилади.
👉 Олий таълим муассасаларининг пeдагог кадрлари тeгишли йўналишларда илмий фаолият билан шуғулланишлари шарт.

✅ Олий таълим муассасалари:

👉 қонун ҳужжатларида бeлгиланган тартибда илмий фаолият натижаларини тижоратлаштириш билан шуғулланувчи ташкилотлар, илмий асбоб-ускуналардан жамоавий фойдаланиш марказлари ва бошқа ташкилотларни таъсис этиш, шунингдeк ноёб илмий объектларни ташкил этиш;

👉 илмий фаолиятга миллий ва халқаро даражадаги етук олимлар, илмий ташкилотлар вакилларини жалб этиш, етакчи миллий ва хорижий илмий ташкилотлар ҳамда таълим муассасаларида амалиёт ўташни ташкил қилиш ҳуқуқларига эга.

ОТМларнинг илмий салоҳиятини оширишга олий таълим муассасалари, бўйсунувида олий таълим муассасалари бўлган вазирлик, идора ва ташкилотлар, Ўзбeкистон Рeспубликаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги масъулдир.

Қонунга мувофиқ, давлат илмий ташкилотларида илмий фаолият юритувчи шахсларга 48 иш кунидан иборат йиллик ҳақ тўланадиган ҳамда моддий ёрдамни кўзда тутадиган мeҳнат таътили бeрилади.

Қонундаги илмий фаолият юритувчилар учун мeҳнат таътили назарда тутилган қоидалар 2020 йил 1 январдан эътиборан амалга киритилади.

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

Каналга уланиш👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
O‘zMU va O‘zDJSTUda yangi yo‘nalish ochiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida regbi sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.
Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020/2021 o‘quv yilidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida regbi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlovchi yo‘nalishlar ochish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ushbu bandni amalga oshirish bo‘yicha choralar ko‘rishi belgilandi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Million jamoasining 2019 (aprel) konsertini tez orada kanalimizga joylashtiramiz.

YouTube ga chiqishdan oldin😁😁😁

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Million jamoasining yangi konsertini kutib o'tirganlarni huddi abituriyentlarga o'xshataman.😁

Mandatni ham bunchalik kutmagan edik😁🤦‍♂

Do'stlarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor
PREMYERA - "MILLION" - 2019 yangi konsert dasturi HD formatda tomosha qilishingiz va yuklab olishingiz mumkin.

Yaqinlarga birinchilardan bo‘lib yuboring! 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Mo’jiza kutib yashovchilar!!!
Ertalab uyqudan turib yuz qo‘lingizni yuvib oynaga qarang tirikligingizning
o‘zi eng katta MO‘JIZA.

Assalomu alaykum! Yangi kun barchamizga xayrli bo‘lsin!
Bugungi kuningiz mazmunli va albatta ezgu amallar ila go‘zal o‘tishini Yaratgandan so‘rab qolamiz!

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Dinozavrlar qanday paydo bo'lgan bilasizmi? 😂

Do'stlarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​#ОТМ_янгиликлари

ТАТУда ОТМлар орасида биринчи ўқув медиа-маркази очилди

2017 йил 6 декабрда
Ўзбекистон Республикаси ҳамда Япония ҳукуматлари ўртасида “Тошкент ахборот технологиялари университетининг ўқув медиа-маркази фаолиятини ташкил етиш тўғрисида”ги ноталар алмашинуви ва грант келишуви имзоланганди.

Шунга асосан Муҳаммад ал-Хоразмий номидаги Тошкент ахборот технологиялари университетида Ўзбекистон ОТМлари орасида ягона бўлган, умумий қиймати 1,6 млн. АҚШ долларини ташкил этадиган ўқув медиа-маркази очилди.

Ўқув медиа-марказининг асосий мақсади таълим тизимида энг сўнгги замонавий технологияларни қўллаш, талабаларга нафақат назарий билимлар бериш, балки амалий кўникмаларни ривожлантириш, бу орқали эса юқори тажрибага эга бўлган мутахассисларни тайёрлашдир.

Медиа ўқув марказида техник қурилмаларни етказиб бериш ва ўрнатиш ишлари Япониянинг Марубени компанияси томонидан амалга оширилди. Марказда ТВ дастурларни сёмка қилиш, аудио-видео студия, рақамли фотостудия, видео монтаж, аудио ёзиш қурилмалари ўрнатилган.

©Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Hech narsadan baxt shunday yasaladi.

Do'stlarga ulashish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​O‘g‘ri bankdagi barchaga baqirdi:
“Qimirlamang. Pul davlatniki. Jon esa sizniki”.

Bankdagi barcha odam jimgina yerga yotib oldi. Bunga “Fikrni chalg‘ituvchi usul” deyiladi. Odatiy fikrlardan chalg‘itish.

Bir ayol borib stolning ustiga yotib oldi, shunda o‘g‘ri unga baqirdi: “Uyat-e! Bu yerga o‘g‘rilik uchun keldik. Ishrat uchun emas!” Bunga “Mohirlik” deyiladi. Faqat qoyillatib qiladigan ishingiznigina bajarishga qasd qiling!

Bank o‘g‘rilari uyga qaytishganda, kichik o‘g‘ri katta o‘g‘ridan so‘radi:
“Aka, qancha o‘g‘rilaganimizni bir sanamaymizmi?”

Katta o‘g‘ri yoqtirmay javob berdi:
“Ahmoq. Shuncha pulni qachon sanab bo‘lamiz? Kechroq televizorda qancha o‘g‘rilaganimizni o‘zlari aytishadi”. Bunga “Tajriba” deyiladi.

Bugungi kunda hayotiy tajriba qog‘ozda bitilgan malakadan ko‘ra ancha muhim. O‘g‘rilar bankdan chiqib ketishganida bank rahbari ishchisiga tezroq militsiya chaqirishni tayinlaydi. Ammo ishchi rahbariga:
“To‘xtang! Keling bankdan o‘zimiz uchun yana 10 million olib, avval bankdan o‘margan 70 millionga qo‘shib qo‘yamiz”.

Bunga “Oqimga qarab suzish” deyiladi. Har qanday qiyinchilikni o‘z foydasiga burib olish!

Ishchi yana:
“Qani edi har oy shunaqa o‘g‘rilik bo‘lib tursa” dedi. Bunga “Ko‘ngilxushlik” deyiladi. Ichki quvonch ishdan muhim.

Keyingi kun, Televizorda bankdan 100 million o‘g‘irlangani aytildi. O‘g‘rilar ishonmay pullarini sanab chiqishdi, ammo ulardagi pul 20 million edi. O‘g‘rilarning jahli chiqib shunday dedi:
“Biz hayotimizni xavfga qo‘yib atigi 20 million oldik. Bank rahbari ko‘z ochib yumguncha 80 million o‘mardi-ya! Bunaqa o‘g‘ri bo‘lgandan ko‘ra, o‘qimishli o‘g‘ri bo‘lganim yaxshi edi!” Bunga “Bilim oltindir!” deyiladi.

Bank rahbari mamnun. Uning qilmishlarini mazkur o‘g‘rilik qoplagan edi. Bunga “Vaziyatdan unumli foydalanish” deyiladi. Haqiqiy o‘g‘ri kim?

Do'stlarga ulashish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​«Nogiron bolalarning yaqinlari ulardan uyalishi mutlaqo noto‘g‘ri» – ko‘zi ojiz sayyoh O‘zbekistonda.

Rossiya Federasiyasining 20ta hududi va MDH davlatlarida har yili o‘tkazilib kelinayotgan «Ta’limdagi innovasiyalar: xalqaro hamkorlik yo‘nalishi» forumi 31 oktyabr kuni ilk bora O‘zbekistonda ham o‘tkazildi.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, forumda Maktabgacha ta’lim vazirligi mutaxassislari, davlat va nodavlat MTTlar rahbarlari, pedagoglar ishtirok etib, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar bilan shug‘ullanishga yordam beradigan turli innovasion metodlar bilan tanishdilar.

Rossiyalik ko‘zi ojiz sayyoh, bolaligidan mutlaqo ko‘rmaydigan bloger va trener Vladimir Vaskevich ham Toshkentdagi forumda qatnashib, imkoniyati cheklangan bolalar bilan qanday qilib samarali ishlash mumkinligi va ularga MTTdan universitetga qadar yo‘l bosib o‘tishga yordam berish kerakligi haqida so‘z yuritdi.

«Men 24 yoshdaman. Garchi ko‘zlarim ojiz bo‘lsa-da, shu kunga qadar dunyoning 20dan ortiq davlatida bo‘lganman. O‘zbekistonning ham ko‘pgina joylarini bilaman», – deydi Vladimir Vaskevich.

U zalda o‘tirgan yuzdan ortiq odamlarni bir muddat ko‘zlarini yumgan holda dunyoni tasavvur qilib ko‘rishga chaqirdi.

«Ko‘rib turganingizday, hech narsa siz kutganday qo‘rqinchli emas. Men mana shu qorong‘u dunyoda yashab, bolaligimdan futbol o‘ynashni, yaxtalarga chiqishni o‘rganganman, prezident bo‘lishni xohlaganman», – dedi u forum ishtirokchilariga qarata.

Vladimir Vaskevichning so‘zlariga ko‘ra, imkoniyati cheklangan bolalar ham boshqalar qatori katta narsalarni orzu qilishga, o‘rganishga haqli. Bu borada maktabgacha ta’lim muassasalari hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

«Imkoniyati cheklangan bolalarga texnologiyalardan foydalanishni chuqurroq o‘rgatish kerak. Ular bu orqali ta’lim olishi, barcha qatori ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi, o‘z bloklarini yuritishi mumkin.

Shuningdek, texnologiyalar imkoniyati cheklangan odamlarga ishlash, oilasini ta’minlash imkonini ham beradi
», - deydi Vladimir.

«Chegarasiz sayohat» kitobi muallifi bo‘lgan Vladimir Vaskevichning ta’kidlashicha, ota-onalarning imkoniyati cheklangan yoki biror kamchiligi bor bolalarini qabul qila olishlari va imkon boricha ertaroq ular bilan shug‘ullanishiga ko‘p narsa bog‘liq.

«Biroq, afsuski, bizda ko‘pincha imkoniyati cheklangan bolalar yoki shaxslarning yaqinlari ulardan uyalishi holatlarini ko‘proq kuzatish mumkin. Bu butunlay noto‘g‘ri. Mana shunday holatda bunday insonlarga hayot chegaralanib qoladi.

Aksincha, ular uchun qulay hayotni topish va qo‘llab-quvvatlash orqali imkoniyati cheklanganlarning o‘z-o‘zidan rivojlanishiga erishishimiz mumkin
», – deya ta’kidladi Vladimir Vaskevich.

Do'stlarga ulashish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Do'slikni buzar niqob taqqan kimsalar...

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
🕌 Juma tongi muborak bo'lsin!

Ezgu orzu - umidlar ila boshlagan yangi kuningiz xayrli, barokatli, foydali o'tsin!

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Hayot senlarning urushingdan kuchli!

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA